cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

🇺🇿Самарқанд онлайн | Samarkand online🇺🇿

Самарканд хаетига доир кизикарли маьлумотлар билан танишиб боринг. Администраторга хабарларни юбориш @Adm_al_bot

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
288
Suscriptores
+224 horas
-57 días
-930 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Repost from Samarqand yoshlari
#Yoshlar_xususida ➡️ Yig‘ilishda migratsiyadagi yoshlar bilan ishlash masalasi ham muhokama qilinib, ularning huquqlari poymol etilmasligi, turli yot g‘oyalar ta'siriga tushib qolmasligini ta'minlashda mas'ullar yanada hushyor bo‘lib, mas'uliyat bilan yondashishi lozimligi ta'kidlandi. 📌 Yig‘ilish yakunida DXX Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Axmedov yoshlar masalasiga panja ortidan qarashning og‘ir oqibatlari haqida so‘zlar ekan, mutasaddilarni yana bir bor qat'iy ogohlantirib, vazifasiga jiddiy yondashishga, har bir yosh bilan individual ishlab, jinoyatchilik, qonunbuzarlik holatlarining oldini olishda birgalikda harakat qilishga chaqirdi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube
Mostrar todo...
👍 1
Repost from Samarqand yoshlari
Yig'ilish davomida viloyat IIB boshlig'i R.Mamatov ham yoshlar jinoyatchiligiga to'xtalib, mas'ullarning o'z vazifasiga yuzaki yondashayotganligini tanqid qildi. Ma'lumot o'rnida: viloyatda 2024-yilning o‘tgan 4 oyi davomida yoshlar tomonidan 308 ta (28 taga oshgan) jinoyatlar sodir etilgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 10 foizga oshgan. Voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida Kattaqo‘rg‘on tumani 4 ta, Urgut tumani 7 ta, Samarqand shahar 8 ta sodir etilgan jinoyat bilan viloyatdagi yoshlar jinoyatchiligi eng yuqori hududlar bo‘lib qolmoqda. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube
Mostrar todo...
Repost from Samarqand yoshlari
#Live Tanqidiy va tahliliy ruhda o'tayotgan yig'ilishda A.Axmedov yoshlar orasida jinoyatchilik ko'rsatkichlari yuqori bo'lgan hudud mas'ullarini qattiq ogohlikka chaqirib, holatlarni muhokama qildi. Xuddi shunday, Ishtixon tumani Majburiy ijro byurosi boshlig‘i S.Zaynuddinovga biriktirilgan Ishtixon tumani “Ravot” mahallasida yashovchi 1997-yilda tug‘ilgan K.B. narkotik modda sovdosi bilan qo‘lga olinganligi, Toyloq tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari Zafar Qobilov biriktirilgan Toyloq tumani “Shopo‘lat” mahallasida yashovchi 1997-yilda tug‘ilgan D.B. probatsiya hisobida turgan bo‘lsa-da, maktabda o‘zini Milliy gvardiya xodimi deb tanishtirib, maktab mas’ullaridan pul mablag‘lari talab qilganligi uchun JKning 168-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi alohida tahlil qilinib, mahalla yettiligi vakillarining faoliyati tanqid ostiga olindi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube
Mostrar todo...
👍 3🔥 1👏 1
Eng ustuvor masala yoshlar jinoyatchiligini oldini olishdir Ayni paytda Yoshlar jinoyatchiligini oldini olish bo‘yicha viloyat shtabi tomonidan uyushmagan yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida qilinayotgan ishlar va ularning natijalari yuzasidan kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tmoqda. Unda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Axmedov, viloyat hokimi o'rinbosari H.To'xtayev, viloyat IIB boshlig'i R.Mamatov hamda viloyat sektor rahbarlari o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Ayni vaqtda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Axmedov Vazirlar Mahkamasining 468-sonli qarori doirasida yoshlarga biriktirilgan rahbarlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar xususida so'z yuritib, tumanlarda bu borada amalga oshirilgan ishlarni mahalla yettiligi ishtirokida tahlil qilyapti... You tube | Instagram | Telegram | Facebook
Mostrar todo...
Repost from Samarqand yoshlari
#Live DXX Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig'i A.Axmedov:
Bu masalaga yuzaki qaralganining oqibati. Qachon jinoyat sodir qilsa, keyin chora ko'rish odat bo'lib qoldimi?
Uchrashuvda Bulung‘ur tumani IIB Probatsiya bo‘limi boshlig‘i Q.Yamanqulovga biriktirilgan Bulung‘ur tumani “Xo‘jabachcha” mahallasida yashovchi 2001-yilda tug‘ilgan M.J. profilaktik hisobda turgan bo‘lsa-da, ushbu MFYning hokim yordamchisi J.Radjabov bilan janjallashib, janjal davomida M.J. J.Rajabovga yengil tan jarohatlari yetkazganligi natijasida holat yuzasidan JKning 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg‘atilganligi, mahalladagi mas'ullar yo'l qo'ygan sustkashlik tanqid ostiga olindi. Shuningdek, A.Axmedov Oqdaryo tumani Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i F.Zoirovga biriktirilgan 1994-yilda tug‘ilgan Oqdaryo tumani “Kumushkent” mahallasida yashovchi M.R. qimor va tavakkalchilikka asoslangan, ijtimoiy tarmoq bilan bog‘liq turli xildagi o‘yinlarga ruju qo‘ygan uyushmagan yoshlar ro‘yxatida tursa-da, 2024-yil yanvar oyida qayta o‘g‘irlik jinoyatini sodir etib, JKning 169-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilganligi ham e'tiborsizlik, mas'uliyatsizlik sabab kelib chiqqanligi ta’kidladi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube
Mostrar todo...
👍 2❤‍🔥 1 1
Repost from Samarqand yoshlari
#Live Viloyatda uyushmagan yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida qilinayotgan ishlar va ularning natijalari yuzasidan kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tmoqda. Unda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Axmedov, viloyat hokimi o'rinbosari H.To'xtayev, viloyat IIB boshlig'i R.Mamatov hamda viloyat sektor rahbarlari o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishmoqda. Ayni vaqtda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Axmedov Vazirlar Mahkamasining 468-sonli qarori doirasida yoshlarga biriktirilgan rahbarlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar xususida so'z yuritib, tumanlarda bu borada amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy tahlil qilmoqda. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube
Mostrar todo...
👍 2 1🔥 1
⚡Тезкор: Самарқанддан "йўлга чиққан" героин манзилига етиб бормади. https://telegra.ph/Tezkor-Samar%D2%9Banddan-j%D1%9Elga-chi%D2%9B%D2%9Ban-geroin-manziliga-etib-bormadi-05-10-2
Mostrar todo...
👍 1
Mostrar todo...
Тезкор: Самарқанддан "йўлга чиққан" героин манзилига етиб бормади

Хусусан, ДХХ Самарқанд вилояти бошқармаси томонидан гиёҳвандлик воситаларининг ноқонуний айланмасига қарши курашиш йўналишида ўтказилаётган тадбирлардан бирида 1967 йилда туғилган, Ургут тумани “Чеп” маҳалласида яшовчи А.Д., 1982 йилда туғилган, туманнинг “Ваткан-Қўзибек” маҳалласида яшовчи Ш.Х.лар жиноий тил бириктириб, “ажал оғуси” олди-сотдиси билан шуғулланиб келаётганлиги аниқланди. Вилоят ҳуқуқ-тартибот идоралари ходимларини жалб қилган ҳолда ўтказилган тезкор тадбирда фуқаролар А.Д., З.Ф. ҳамда Ш.Х.лар…

Repost from Telegram yulduzlari
#Premyera Nomi: Londonning Qulashi
Mostrar todo...
1