cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Huquqiy axborot | Lotin

Qonunchilikdagi yangiliklar, normativ huquqiy hujjatlardagi foydali ma'lumotlar va huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal. ▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot ▪️|Rus tilida — @pravoinf ▪️|Ingliz tilida — @leginf

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
6 281
Suscriptores
+424 horas
-77 días
-5930 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

"Eski do'stlar", meros, ruxsatsiz ijro: Jo'raevlar ishi nima bilan tugaydi? Qo'shiqlar ham meros bo'lib o'tadimi? Kafe, restoranlarda qo'yilgan va ijro etiladigan qo'shiqlar uchun ham jarima undiriladimi? Asar uchun ruxsat olish tartibi qanday? "Huquqshunos oshxonasi"ning navbatdagi soni intellektual mulk mavzusiga bag'ishlandi. Bunda siz ijodkorning asari qachon xalq mulkiga aylanishi, qo'shiqlarni egasidan ruxsat olib kuylashning qonuniy tartiblari, otaning ijodiy mulkiga farzandlari qanchalik haqli bo'lishi, umuman, internet olamida "trend"da bo'lgan Jo'raevlar ishining huquqiy tomonlari haqida muhim ma'lumotlarga ega bo'lasiz. To'liq video: 👉 https://youtu.be/_8tPKFvEFrY Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Mostrar todo...
#Yoʻl_qoidalariga_amal_qiling 🚫 Qonunchilikka ko'ra, haydovchiga yo'l-transport hodisasining oldini olish zarurati bo'lmaganda, keskin tormoz berish taqiqlanadi. ✅ Yo'l harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yo'nalishini keskin o'zgartirishga yoki o'z xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash uchun o'zga choralarni ko'rishga majbur qiluvchi huquqbuzarlikni sodir etish 3 mln 400 ming so'm jarima solishga sabab bo'ladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Mostrar todo...
#Adliya_xabari #Ijtimoiy_aksiya 🔰Adliya vazirligi tomonidan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o'tkaziladi. 🗓 Aksiya 2024-yil 13-maydan 13-iyungacha davom etadi. ✔️ Aksiya doirasida quyidagilar tashkil etiladi: 🔹sayyor qabullar; 🔹mehnat yarmarkalari; 🔹yoshlar bilan uchrashuvlar; 🔹“Yoshlar sayli”; 🔹“Targ'ibot poezdi” loyihasi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Mostrar todo...
❗️Go‘shtni yengil transport vositalarida tashish mumkin emas
Manba: VMQ-386-son, 08.05.2019-y. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Mostrar todo...
#Bilasizmi ✅ Quyidagi sabablar bilan bolaning bog'chaga ketma-ket 3 kundan ortiq kelmagan davri uchun to'langan to'lovlar keyingi to'lovlarni amalga oshirishda hisobga olinadi: ▫️bolaning yoki oila a'zolarining kasalligi sababli; ▫️karantin holatida bo'lganligi tufayli; ▫️ota-onalardan birining ishdan (o'qishdan) bo'sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko'ra. Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik to'lov miqdoriga ko'paytirilib, keyingi to'lov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi. ❗️Agar bolaning kelmagan kunlari uchun to'lov hali amalga oshirilmagan bo'lsa, to'lanishi lozim bo'lgan to'lov miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan to'lov summasiga kamaytiriladi. ☑️ Shuningdek, ota-onaning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning bog'chaga qatnashi butunlay to'xtatilgan taqdirda, to'lov to'liq bo'lmagan oy uchun, ya'ni bola amalda bog'chaga qatnagan kunlar uchun to'lanadi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Mostrar todo...
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Vazirlar Mahkamasining (226-son, 06.05.2024 y.) qarori bilan qonunchilik hujjatlari qisqartirilmoqda
✔️Qarorni qabul qilish zarurati: 1️⃣ Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi Lex.uz da 14 mingdan ortiq amaldagi qonunchilik hujjatlari mavjud bo'lib, ularning deyarli 93 foizini qonunosti hujjatlari tashkil etadi;
Ma'lumot uchun: Yevropa davlatlarida qonunlarning salmog'i o'rtacha 25-30 foizni, shu jumladan, Germaniyada 30 foizni, Fransiyada 26 foizni, Avstraliyada 26 foizni Buyuk Britaniyada 23 foizni tashkil etadi.
2️⃣ har yili o'rtacha 1,5 mingta qonunchilik hujjatlari qabul qilinib, ularning aksariyat qismini qonunosti hujjatlari tashkil etadi. Tahlillar shuni ko'rsatmoqdagi ularda, ayniqsa Hukumat qarorlarida, normativ-huquqiy tusga ega bo'lmagan vaqtinchalik (bir martalik) tashkiliy chora-tadbirlar nazarda tutiladi;
Ma'lumot uchun: 2017-2022 yillarda qabul qilingan 6 mingta yaxlit qonunchilik hujjatlarida belgilangan masalalar o'rganilganida, ularning 45 foizini huquqiy normalar, qolgan 55 foizini esa topshiriqlar, tavsiya va ma'lumot ko'rinishidagi boshqa masalalar tashkil etishi aniqlangan.
3️⃣ shu bois norma ijodkorligi sohasida o'z ahamiyatini yo'qotgan qonunosti hujjatlarini bekor qilish doirasida “Tartibga solish gilotinasi” usuli qo'llanilib kelmoqda va ushbu yo'nalishda so'nggi 5 yilda 8 848 ta qonunosti hujjatlari bekor qilindi.
Ma'lumot uchun: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 sentabrdagi PF–6075-son Farmoni bilan 498 ta hamda 2021 yil 30 apreldagi PF–6218-son Farmoni bilan 380 ta, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 fevraldagi 87-son qarori bilan 1 887 ta, 2022 yil 21 iyuldagi 396-son qarori bilan 422 ta, shuningdek, vazirlik va idoralarning buyruqlari bilan 1 322 ta, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi PF–6155-son Farmoni ijrosi doirasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining 4 339 ta eskirgan va o'z ahamiyatini yo'qotgan hujjatlar bekor qilindi.
✅Qarorda quyidagilar nazarda tutilmoqda: O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 493 ta (shundan 362 tasi yaxlit, 131 tasi o'zgartirish va qo'shimchalar) o'z ahamiyatini yo'qotgan qarorlarini o'z kuchini yo'qotgan deb topish.
Ma'lumot uchun: ushbu qarorlar vaqtinchalik (bir martalik) hamda tashkiliy chora-tadbirlarni (yillik rejalar, bayram kunlari va yubileylarni nishonlash) amalga oshirish bilan bog'liq hujjatlar hisoblanadi.
Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Mostrar todo...
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Tazyiq o'tkazgan va zo'ravonlik sodir etgan shaxslarning reyestri yuritiladi
Qaror bilan, tazyiqdan jabrlangan shaxslarga ruhiy inqiroz holatida birlamchi tibbiy xizmat ko'rsatish tizimini yo'lga qo'yish maqsadida, shoshilinch qabul bo'limlarida tunu kun ishlaydigan birlamchi ko'mak xonalari tashkil etiladi: ➖2024-yil 1-iyundan Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlarida; ➖2024-yil 1-oktabrdan respublikaning qolgan barcha hududlarida. 📁 Birlamchi ko'mak xonalarida: 🔸jismoniy va ruhiy holatini yaxshilash uchun tazyiq va zo'ravonlikka uchragan, o'z joniga suiqasd qilgan yoki o'z joniga qasd qilishga moyilligi bo'lgan xotin-qizlar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlari uch sutkadan ko'p bo'lmagan muddatga joylashtiriladi; 🔸shoshilinch birinchi yordam, shu jumladan ruhiy, psixoterapevtik yordam ko'rsatiladi, shuningdek, yuqumli kasalliklar mavjudligi to'g'risida tahlillar o'tkaziladi. 🗓 2024-yil 1-oktabrdan himoya orderi berilgan har bir holatda tazyiq va zo'ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo'lgan shaxsning zo'ravonlik xulq-atvorini o'zgartirish bo'yicha tuzatish dasturi “Inson” markazlari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi; 📝 2025-yil 1-yanvardan ichki ishlar organlari tomonidan tazyiq o'tkazgan va zo'ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo'lgan shaxslarning reyestri yuritiladi; 🔍 2024-yil 1-dekabrdan bir kalendar yil davomida ikki va undan ortiq marta tazyiq va zo'ravonlik holati bo'yicha murojaat qilinganda ichki ishlar organlari tomonidan himoya orderi tashabbus tartibida beriladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Mostrar todo...
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish takomillashtiriladi
“Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatishni takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-175-son, 10.05.2024 y.) qabul qilindi 🔰Qarorga ko'ra, tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan shaxslarga “oila – mahalla – tuman va hudud” tamoyili asosida kompleks ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish tizimi joriy etiladi. 🗓 2024-yil 1-iyundan: 🔹tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan yoki jabrlanish xavfi ostida bo'lgan xotin-qizlarga himoya orderi talab etmagan holda ijtimoiy, psixologik va yuridik xizmatlar ko'rsatish tartibi joriy etiladi; 🔹xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holati ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga kelib tushgan murojaatlar asosida ro'yxatga olinadi; 🔹tazyiq va zo'ravonlik holati yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan e'tiboran 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladi: ➖xotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori ishtirokida tazyiq va zo'ravonlikni sodir etgan shaxs bilan suhbat o'tkaziladi; ➖profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtiriladi; ➖tazyiq va zo'ravonlikdan jabr ko'rgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining shoshilinch qabul bo'limlariga joylashtiriladi; ➖rasmiylashtirilgan himoya orderlari va jabrlangan shaxslarga doir ma'lumotlar “Inson” markazlariga “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali yuboriladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Mostrar todo...
#Bilasizmi 🔰 “O'zbekiston — 2030” strategiyasining suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish yo'nalishi doirasida, ijobiy ekologik ekspertiza xulosasini olmagan obyektlarga nisbatan moliyalashtirish, kreditlash va boshqa moliya operasiyalarini to'xtatib turish mexanizmi joriy etilishi belgilangan. ⚠️Bunda, ekologik huquqbuzarlik sodir etganlarga nisbatan zararni qoplash bilan bir qatorda, zarar yetkazilgan tabiat obyektini tiklash va uning muayyan muddat davomida muhofaza qilinishini ta'minlash majburiyati yuklanadi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Mostrar todo...
#Bilasizmi
❗️Ishga qabul qilinayotganda qanday hujjatlar so'raladi?
✅ Qonunchilikka ko'ra, ishga qabul qilish chog'ida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 🔹pasport yoki uning o'rnini bosuvchi hujjat yoxud identifikasiyalovchi ID karta (16 yoshgacha bo'lgan shaxslar esa tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma yoki identifikasiyalovchi ID karta); 🔹oxirgi ish joyi bo'yicha tasdiqlangan qog'oz shaklidagi mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasidan ko'chirma (bundan birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar mustasno). ❕ O'rindoshlik asosida ishga kirayotganlar mehnat daftarchasi o'rniga asosiy ish joyidan ma'lumotnoma; 🔹harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar uchun tegishincha harbiy guvohnoma yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma; 🔹oliy yoki o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim tashkilotini tamomlaganligi to'g'risidagi diplom; ❕qaysi ishni bajarish uchun faqat maxsus ma'lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega bo'lgan shaxslar qo'yilishi mumkin bo'lsa, o'sha ishga kirish chog'ida ushbu ishni bajarish huquqiga doir guvohnoma (sertifikat) yoxud boshqa tegishli hujjat; 🔹soliq to'lovchining identifikasiya raqami (STIR); 🔹jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (JSHSHIR); 🔹jamg'arib boriladigan pensiya daftarchasi, birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Mostrar todo...