cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Zoxidov — IT Blog

Tajribali fullstack web dasturchi frilanser — Umidjon Zoxidov Savollar uchun: @zoxidovbot

Mostrar más
Uzbekistán47 141El idioma no está especificadoLa categoría no está especificada
Publicaciones publicitarias
239
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Hozirgi kunda dasturchilikni sizga ko'rinayotgan va ko'rinmayotgan qismlari.😉 Telegram | Facebook
Mostrar todo...
Assalomu aleykum aziz do'stlar qadrdonlar, bugungi hayyit ayyomi barchamizga muborak bo'lsin! Keyingi hayitlarga tinch omonlikda yetish nasib qilsin! Telegram | Facebook
Mostrar todo...
Ozgina kayfiyat )) Telegram | Facebook
Mostrar todo...
220738907_214210933926808_6508512199808128052_n.mp46.20 MB
Mfaktor kanalidagi 12 soatlik biznes marafonning audio ko'rinishi. Vaqt topganingizda yoki juda bo'lmasa yo'lda yurganda eshitib chiqishni tafsiya qilaman. Megabytni ayamang😉 Telegram | Facebook
Mostrar todo...
biznes-marafon-12-soatlik.mp3815.07 MB
Bajarib ko'rdim - tushundim! Dasturlash o'rganuvchilarga boshqa dasturchilar tomonidan yasalgan dasturlar kodlarini ochib o'qish ular qanday algoritmlar ishlatganini o'rganish juda foydali. Agar o'sha dasturni o'zingiz qaytadan yasashga harakat qilsangiz bu o'rganishni ancha qiziqarli va unumli qiladi. Asosiysi siz ham bajarib ko'ring shu ishni ana o'shanda ko'p narsani tushuna boshlaysiz. Shunday kodlari ochiq (open source) dasturlarni quyidagi havola orqali olsangiz bo'ladi. Ko'ring bajaring o'rganing :) LINK 👉 https://code-projects.org Telegram | Facebook
Mostrar todo...
Kiber qurol nimalarga qodir? Internetda vaqtini foydali narsalarga sarf qilishni yoqtiradiganlar uchun youtubedagi XURMO kanalini tavsiya qilaman. Bu kanal asosan rus tilidagi TOPLES, GEO va bir nechta kanallarning videolarini o'zbek tiliga mohirona tarjima qilib kelishadi. Hayotimizda uchraydigan qiziqarli savollarga batafsil javoblar olasiz. Xullas aqlingizni charxlaydi. Ushbu videoda kiberqurol, hackerlik, virus turlari va shunga o'xshash narsalar haqida so'z boradi. P.S. Kanalga hech qanday tanish bilishligim yo'q. Telegram | Facebook
Mostrar todo...
​​IDE — bu «g'oya» degani emas IDE(Integrated development environment) — dasturlash tillari uchun muhit hisoblanadi, ko'pchilik bu tushunchani aynan shundayligicha biladi, lekin bu ta'rifning ma'nosi nimaligini unchalik tushunmaydi. Bugungi maqola shu haqida. Dasturlash muhiti deganda, siz yozayotgan kodlarni aynan qayerga yozish kerakligi tushuniladi. Misol uchun, oddiy «Блокнот» ham IDE vazifasini bajarishi mumkin. IDE sifatida, dasturlar yoki dasturlar yig'indisi ishlatiladi. Zamonaviy va mashhur dasturlash muhitlariga quyidagilarni misol qilish mumkin: ▫️ PHPStorm — asosan PHP dasturchilar uchun; ▫️ VisualStudio — .Net dasturchilar uchun; ▫️ NetBeans — asosan java, php dasturchilar uchun; ▫️ PHPDesigner — asosan web(PHP) dasturchilar uchun; ▫️ PyCharm - asosan python dasturllash tili uchun; ▫️ Android Studio - android platformasi uchun dasturlar yaratilinadi. Agar hali ham tushunarsiz bo'lsa, boshqa mavzuda misol keltiraman. Siz kompyuter tuzatuvchi ustasiz, siz o'z ishingizni qilishingiz uchun yaxshi sharoit kerak: elektr toki bilan ta'minlagan xona, kerakli qurilamalarga(tester, payalnik, otvyorka..) ega bo'lishingiz, har hil turdagi ulanuvchi va ulovchi simlar bo'lishi, kompyuterning asosiy ehtiyot qismlarining nusxasi va boshqalar. Umuman olib qaraganda, bunday sharoit bo'lmasa ham usta bo'laverasiz, lekin biror kompyuterni tuzatish uchun ancha vaqt kerak bo'lib qoladi(kerakli jihozlarni kimdandur so'rash kerak bo'ladi, tok o'chib qolsa, uni kelishini kutish). IDE ham shunday, qanchalik yaxshi va qulay muhit bo'lsa, ishingiz ham shuncha tez va sifatli bitadi. Mukammal dasturlash muhitlarida, dasturchilar uchun hamma sharoitlar yaratilgan bo'ladi, ya'ni biror loyihani tuzish uchun qo'shimcha dasturlar kerak bo'lmasligi lozim, misol uchun quyidagi imkoniyatlar bo'ladi: ▪️ matn muharriri; ▪️ kompilyator/interpretator; ▪️ loyihaning barcha qismlarini avtomat yig'uvchi(Сборщик); ▪️ xatolarni aniq ko'rsatuvchi funksiyasi; ▪️ kod sintaksislarini yozishda yordam beradigan kutubxona; ▪️ kodni ishlatib ko'rish uchun sharoit(emulyatorlar, brauzerlar); ▪️ terminal(konsol uchun); ▪️ versiyalar bilan ishlovchi modul(github); ▪️ katalog ierarxiyasi; Bunday dasturlash muhitlari, dasturchilarni biroz dangasa qilib qo'yadi degan gap rost, lekin tez biror loyihani tuzmoqchi bo'lsangiz, bularsiz ancha vaqt ketib qoladi. Dasturlash muhitlari ham, boshqa dasturlarga o'xshab pullik yoki bepul bo'lishi mumkin, pullik muhitlar: 🔸 PHPStorm; 🔸 VisualStudio; 🔸 RAD Studio; 🔸 KomodoIDE; 🔸 PHPDesigner; Bepul dasturlash muhitlari: 🔹 KomodoEdit 🔹 VS Express; 🔹 NetBeans; 🔹 Aptana Studio; 🔹 Eclipse; 🔹 VSCode; Dasturlash tiliga qarab, kerakli IDE tanlanadi, o'zimni oladigan bo'lsam, web uchun Jetbrainsga tegishli IDE lardan foydalanaman. Albatta litsenziyalangan😉 ©️Maqolani tayorlashda Texnoman ma'lumotaridan foydalanildi Telegram | Facebook
Mostrar todo...

Targeting nima? Hozirda targeting atamasi tez-tez quloqqa chalinib qolmoqda. Keling bugun targeting haqida qisqacha ma'lumot berib o'taman. Targeting — ingliz tilidan tarjima qilganda "maqsad", "nishon" ma'nolarini anglatadi. Bu faqat maqsadli auditoriyaga ko’rsatiladigan reklamani sozlash deganidir. Yani ijtimoiy tarmoqlarda reklama joylayotganingizda auditoriyani mahsulotingizdan kelib chiqib target qilasiz. Chunki siz kitob sotsangiz uni umrida kitob o'qimagan odamga ko'rsatishdan foyda yo'q. Bilsangiz kerak facebook google kabi tarmoqlar sizni internetdagi har bir qadamingizni kuzatib ma'lumot yig'adi. Shu ma'lumotlar asosida sizni reklamangiz aynan siz xohlagan odamlarga yetib boradi. Mana shuning uchun ham targetolog degan kasblarga ehtiyoj ortib bormoqda. O'rganib qo'ysa zarar qimaydi 😉 Telegram | Facebook
Mostrar todo...
​​Telegram versiyasi 2 karra yangilandi. Nima yangiliklar? • Endi guruh bo'lib video qo'ng'iroqlar amalga oshirish mumkin; • Video qo'ng'iroq vaqtida siz qurilmalaringiz ekranini ham translatsiya qilishingiz mumkin; • Kompyuter va plashetlarda videoqo'ng'iroqlar bilan ishlash yanada qulay qilingan; • Ovozli chatlarda esa siz ortiqcha shovqinni yo'qotish uchun shovqinsizlantirish xususiyati qo'shildi; • Shuningdek, ushbu yangilanishdan keyin, chat orqa fonidagi rasmlarni jonli animatsion fonga alishtirishingiz mumkin bo'ladi. — Ushbu yangilanishlar faqat rasmiy Telegram uchun! Plus va boshqa Telegram klientlaridan foydalanayotganlar keyinroq yuqoridagi kabi yangilanishni qabul qilib olishlari mumkin. P.S. Telegram guruh va kanallarda ovozli chatlar funksiyaini qo'shish endigina rivojlanyotgan ClubHouse dasturi uchun yaxshi zarba bo'ldi. Bu galgi yangilik esa zoom platformasi uchun ataldi. Durovniyam eplab bo'may qoldi😉 Telegram | Facebook
Mostrar todo...

Hayotimizdagi chegara biz o'zimiz qo'yib oladigan chegaralar holos! Robin Sharma. O'z «Ferrarisini» sotgan rohib kitobidan. P.S. Vaqt topganda o'qib chiqishni tavsiya qilaman. Shaxsiy rivojlanish uchun ajoyib qo'llanma. Telegram | Facebook
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.