Xurshid Saidmuhammad | Notes
Ir al canal en Telegram
997
Suscriptores
Sin datos24 horas
-107 días
-5330 días
Archivo de publicaciones
Hammaga xayrli kun!
Boshlayotgan yangi haftangiz samaradorlikka boy bo’lsin.
Yangi haftangizni qaysi 1ta iqtibos bilan izohlagan bo’lardingiz?
Men boshlab beraman, qani ketdik:
“Hafsalamiz pir bo’lishining sababi, katta rejalar qilib shunga yarasha harakat qilmasligimizda”
👉 @lidernotes
#101Maslahat
💡2️⃣2️⃣ Liderlik - bu voz kechib bo’lmas ko’nikma!
Sohangizning eng bilimdoni bo’lasizmi, yoki oilada eng kattasi bo’lasizmi yoki qaysidir davrada eng tajribali inson bo’lasizmi - ma’lum bir nuqtaga kelganda bularning birortasi ham yetarli bo’lmay qoladi. Bu nuqta sizdan liderlik mahorati talab qilingan nuqta. Ishga kirganingizga 5 yil bo’lgan, lekin hali ham bir xil lavozimdamisiz, unda sizga liderlik mahorati yetishmayapti. O’qish joyingizda balkim eng bilimdoni sizsiz, lekin guruh sardori emassiz chunki sizga liderlik mahorati yetishmayapti. Xullas, shu kabi holatlarga hayotimizning turli nuqtalarida duch kelamiz. Shu nuqtadan bir pog’ona yuqoriga chiqishimiz uchun esa bizdagi liderlik mahorati yordam beradi. Liderlik esa talant emas, aksincha o’zlashtiriladigan mahoratdir.
👉 @lidernotes
#Iqtibostime
“Muloqotda eng muhim narsa aytilmagan narsalarni eshitishdir.”
©️ Peter Drucker
👉 @lidernotes
#101Maslahat
💡2️⃣1️⃣ Ijobiy (Pozitiv) munosabat bildirib qo’yavering!
Inson ongi atrofdagi holatlarga salbiy reaksiya bildirishga moyilligi ko’proq, ijobiy munosabat bildirishdan ko’ra. Albatta, har narsaga ham pozitiv munosabat bildirib bo’lmaydi, ortiqcha pozitivlik sog’liqqa zarar (hazil). Lekin 90% holatlarda ijobiy tarafini ko’rsa bo’ladi. Kimdir nimadir qilmoqchimi, agar uni hech kimga zarari bo’lmasa pozitiv munosabat bildirib qo’yavering. Chunki bu atrofga pozitiv energiya tarqatadi, o’zingiz bilib-bilmay kimnidir olg’a yurishiga sababchi bo’lib qolasiz. Shularni yozar ekanman, ko’z oldimdan birgina ijobiy munosabat bildirganim uchun o’zi xohlagan natijadan ko’ra yaxshirog’iga erishgan do’stlarim, jamoadoshlarim o’tdi. Albatta buni ko’plari bilishmasa ham kerak😊 Shuning uchun birovdan, uni ishidan ayb qidirmay ijobiy reaksiya qilib qo’yavering. Masalan, shu postga ham ijobiy munosabat qilib imkon qadar tarqatib tashlayvering, kimgadir foydali bo’lib qoladi😊
👉 @lidernotes
#101Maslahat
💡2️⃣0️⃣ Oddiylikka o’rganing! Materialist bo’lmang! (Bu shaxsiy xatoimdan olgan xulosam)
Butun umr uy qurish uchun, to’y qilish uchun va hech kimdan kam bo’lmay yashash uchun qilyotgan harakatlarimiz oqibatida eng muhim vazifalarimizni unutib qo’yamiz. Masalan, o’zimizni oilaga va ota-onalikka tayyorlash, farzandlarimizning kelajagi uchun jiddiy qayg’urish yoki shunchaki kerakli paytda oilamizga vaqt ajrata olishimiz. Menimcha, ozgina materialistlikdan voz kechsak, eng muhim vazifalarning hammasiga ulgursak bo’ladi. Har oy yangi kiyim kiygandan ko’ra, qaysidir oy bir dona kitob ham olishni odat qilib qo’yaylik.
👉 @lidernotes
Repost from Najot Ta'lim
Savodxonlik madaniyatdir
⚫️ Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqda "savodsizlik" sindromi avj olib, ko'pchilik "zamonaviy alifbo"dan foydalanmoqda.
Harflarni atayin o‘z o'rnida qo'llamasdan, o'zbek imlo lug'atida yo'q so'zlardan foydalanadiganlarning asosiy qismini yoshlar tashkil qiladi.
⚙️ Ushbu postda tuzatishimiz shart bo'lgan ba'zi xatolarni keltirdik.
🎉 O'zbek tili bayrami muborak bo'lsin, o'z ona tilimizni hurmat qilaylik!
➡️ Postni "zamonaviy alifbo"dan foydalanadigan do'stlaringizga yuboring.
📖Tungi mutolaadan xulosa!
Kechadan beri “Tazkirat ul-avliyo” kitobini o’qiyapman. Avliyolar hayotidan, ularning hikmatli so’zlari va o’gitlaridan shunday mazza qilyapmanki. Lekin ularni sizlar bilan ulashishga meni haddim yetmas ekan. Yaxshisi, birgalikda o’qiganimiz ma’qul ekan!
👉 @lidernotes
Vatan sog’inchini bosib turadigan makon va avrab qo’yadigan issiq choy!
👉 @lidernotes
Repost from Alisher Isaev blogi
✅ Англияда бир нарсага кўз тушди. Покистонликлар, ҳиндлар фарзандларини энг зўр мактабга беришга харакат қилишар экан, инглизлар эса - уйига энг яқинига!
Оқибат: Буюк Британиянинг бош вазири ҳинд, Лондон хокими - Покистонлик! Бу бошланиши!
Фарзандларни яхши мактабда ўқиши кўпроқ нарсага эришишини эҳтимолини анчага оширади!
Telegram: @AlisherIsaev_blogi
Instagram: Alisher Isaev blogi
Yaponiyalik mashxur minimalist ekspert shunday deydi:
“Odamlar qanchalik tartibli bo'lishidan qat'i nazar, tartibsizlikka yana qaytsa, xato ularning xonasi tor yoki narsalari ko’pligida emas, balki ularning fikrlash tarzidadir.”
©️Marie Kondo
👉 @lidernotes
#101Maslahat
💡1️⃣9️⃣ Halovatni minimalizmdan topish mumkin!
Uyimizdan yillardan beri sawlab kelayotgan buyumlarimiz, keraksiz mebel va yana shu kabi matohlarimiz yetarli bo’lsa kerak. Yangi uylanib, to’ydan keyin ayolim bilan Yaponiyaga qaytganimizda bo’m-bo’sh uyga kirib borganmiz. Va sekin-sekin faqat kerakli mebel va jihozlarni ola boshlaganmiz. O’zi shundoq ham kichik bo’lgan uyga ortiqcha narsa olishni o’ylamaydi odam. Ishim ko’pincha stressda o’tgani uchun har kuni uyga kelganimda halovat topar edim. Chunki uyda ortiqcha narsani o’zi yo’q, kichik xonalar bo’lsa ham yetarlicha keng ko’rinar edi. Lekin O’zbekistonda buni aksi. Bizda joy, xonalar yetarlicha va qo’limizdan kelganicha to’ldirishga harakat qilamiz. Keraksiz narsalardan qutulish, soddalashtirish va minimallik sari harakat qilish ishoning halovat beradi.
👉 @lidernotes
✅ Topdim!
- Ulug’lik istadim, uni tavoze’likdan topdim!
- Raislik istadim, uni halol luqmadan topdim!
- Ayol istadim, uni sadoqatdan topdim!
- Faxr istadim, uni faqirlikdan topdim!
- Sunnatni istadim, uni taqvodan topdim!
- Shon-sharaf istadim, uni qanoatdan topdim!
- Rohat istadim, uni parhezdan topdim!
©️ Uvays Qaraniy
📖 Tungi mutolaadan…
👉 @lidernotes
O’zbek tilida kitob varoqlaganimga bir necha oy bo’libdi.
Ruhiyatga ozuqa berish vaqti keldi. Birgalikda o’qiymizmi?!
👉 @lidernotes
