Xurshid Saidmuhammad | Notes
Ir al canal en Telegram
997
Suscriptores
Sin datos24 horas
-107 días
-5330 días
Archivo de publicaciones
Ota - faqat pul topib keluvchi shaxs emas‼️⚠️
Bu hayot yo’lingizda har bir davrning muqarrar haqiqatlari bordir. Masalan, oila qurib, Alloh sizni go’zal ne’mat bo’lmish farzand ne’mati bilan siylaganda boshlanadigan otalik maqomingiz. Bu davr ko’pchiligimizda yoshlik davrimizga to’g’ri keladi(o’rtacha 20-26), qaysiki hali hayotning past-balandini tushunib ulgurmagan va qanday ota bo’lishlikni yaqinlarimizning xatti-harakatlaridan ko’rib o’rganadigan davr. Afsuski, aksariyat holatlarda turli sabablarga ko’ra ilk farzandimizga to’g’ri otalik qilolmaymiz. Ya’ni, kop vaqtimizni ko’chada o’tkazib, oilaga bo’lgan e’tiborimiz deyarli yo’q bo’ladi. Bechora ayolingiz ozgina e’tibor xohlaganida, darrov erkak kishi ko’chani odami, senlarni deb erta-yu kech ishlayapman va hokazo bahonalar bilan ovozini o’chirib qo’yamiz. Xuddiki, biz ularni boqib qo’yyapmiz va otalik vazifamiz a’lo darajada bajarilyapti. Bu holat o’tgan asrdan beri bir xil takrorlanib kelyapgani uchun, allaqachon oddiy holga aylanib bo’lgan va ayollarimiz ham farzandlarining otalariga yoki farzandlariga(ulg’aygach) pul topik keluvchi inson sifatida qarashadi.
Xurmatli otalar, ayniqsa yosh otalar! Siz faqat pul topik keluvchi shaxs emassiz. Oilangizga koproq vaqt ajrating va farzandingiz tarbiyasini faqat ayolingiz yoki kattalarga topshirib qo’ymang. Bu otalik davringizning eng muhim haqiqatlaridan biri va bu haqiqatni farzandingiz 20ga kirganda siz bilan erkin muloqot qilolmay har narsani onasi orqali so’ragan paytida anglab yetish xavfi oldini oling.
👉@xurshidsaidmuhammadnotes
