cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

❤️Y❤️U❤️R❤️A❤️G❤️I❤️M❤️D❤️A❤️S❤️A❤️N❤️

KANALIMIZGA XUSH KELIBSIZ SIZLAR UCHUN ENG SOʻNGI FOTO VA VIDEOLAR , GIFLAR VA MP3 BIZLARNI KANALIMIZDAN TOPASIZ

Mostrar más
Uzbekistán66 332El idioma no está especificadoLa categoría no está especificada
Publicaciones publicitarias
179
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

U ONADIR Millyard turfa odam bor, Lekin u bir donadir, Hamisha ul hokisor, U onadir onadir. Figʻon chekib, jon kuyar, Farzandining dardiga. Oʻzi yemay yedirar, Jon tutar farzandiga. Tunlar uxlamay bedor, Yurak bagʻri poradir, Hamisha ul hokisor, U onadir onadir. Qalb qoʻri mehrga boy, Jannatga dil rishtadir. U koʻkda porlagan oy, Yerdagi farishtadir. Koʻp gʻami tashvishi ham, Xilvat dami,oni yoʻq. Duodir qargʻishi ham, Onaning yomoni yoʻq. Olis ketmagin zinhor, Doim habar olib tur. Taʼzimlar ayla ming bor, Izlarin koʻzingga sur. Millyard turfa odam bor, Lek, ul zot yagonadir. Hamisha ul hokisor, U onadir onadir. @Armonliqizaloq02
Mostrar todo...
❤️
------------Dadajonim---------------- Yuragimga toʻlib ketdi oh dardlarim, Na bolamga, na yorimga aytolmadim. Erta ketib qolar deya oʻylamasdim, Bilganimda sizla oʻtib lahza onim, Jilmas edim yoningizdan dadajonim. Toʻylarimga bosh boʻlsangiz boʻlardiku, Gʻarib koʻnglim koʻz yosh toʻkmay yurardiku, Nabirangiz bobojon deb suyardiku Sizsiz bugun omonatga oʻxshar jonim, Yuragimga darmon boʻlgan dadajonim. Togʻ edingiz men suyangan endi netay, Dardlarimni koʻnglim ochib kimga aytay, Judolikdan ayting ota qayga qochay, Siz edingiz mening baxtim shuxrat shonim Obod boʻlsin oxiringiz dadajonim . Qaytib keldi qish ham oʻtib yana bahor, Sogʻinaman mayus koʻnglim chekar ozor, Koʻrolmasman nahot sizni endi zinhor, Tebratadi yeru koʻkni bugun ohim, Tashlab ketdi deya meni dadajonim. @Armonliqizaloq02
Mostrar todo...
💚
KIMIM BOR ONA Gʻurbat toʻla kunim bor ona, Dardlashgani tunim bor ona, Mehribonim, bu dunyolarda, Sizdan ulugʻ kimim bor ona. Sabarimni koʻp sinaydi kimlar, Oqibatni bilmaydi kimlar, Doʻstingman deb tunaydi kimlar, Sizdan ulugʻ kimim bor ona. Gʻam, gʻussalar ekganda boshim, Toʻlib ketsa dilda bardoshim, Sirdoshim siz, yolgʻiz sirdoshim, Sizdan ulugʻ kimim bor ona. Gʻurbatlari jonimga tashna, Hasratlari qonimga tashna, Bir siz ahir dardimga oshna, Sizdan ulugʻ kimim bor ona. Jannatimsiz,toʻrt tomonim siz, Soniyam siz,lahza onim siz, Jonim ichra tanho jonim siz, Sizdan ulugʻ kimim bor ona. Toki men ham sizni deb yashay, Diydoringiz koʻrmoqqa shoshay, Poyingizga jonimni toʻshay, Sizdan ulugʻ kimim bor ona. t.me/Durdow02
Mostrar todo...
🧡
ONANGIZNI KOʻRGANI BORING! Nima koʻrdi dunyoga kelib, Aytingchi, bir dardingiz yoring? Hamma ishni bir chetga surib, Onangizni koʻrgani boring! Ertaga deb paysalga solmang, Ishim koʻp deb charchoqda tolmang. E voh, bir kun attangda qolmang. Onangizni koʻrgani boring! Kechalari beuyqu, uygʻoq Yemirmasin vujudin firoq. Yoʻlingizga turgandir mushtoq? Onangizni koʻrgani boring! Xira tortgan koʻzlarin nuri. Lekin yoniq qalbining qoʻri. Bordir balki biror soʻz, siri? Onangizni koʻrgani boring! Sezdingizmi, ancha qaribdi? Vujudidan kuchi aribdi. Mehringizga ilhaq turibdi. Onangizni koʻrgani boring! Boring, oppoq sochlarin silang, Shodligiga shodliklar ulang. Xudoyimdan umrlar tilang. Onangizni koʻrgani boring! Hech yoʻq, bugʻdoy soʻzingiz bilan. Yoki oʻgʻil-qizingiz bilan. Koʻrib keling koʻzingiz bilan. Onangizni koʻrgani boring! Erkalating,chiroyligim deb, Quyoshimsiz, guloyligim deb Toju-taxtim,chin boyligim deb Onangizni koʻrgani boring! Koʻrdi qancha sinov, mashaqqat Dardin yorib aytmadi faqat. Oyoqlarin ostidir jannat. Onangizni koʻrgani boring! Maxkam quching, singib bagʻriga. Darmon boʻling koʻngil dardiga. Zor boʻlamiz bir kun gardiga. Onangizni koʻrgani boring! Har narsaga topilar imkon. Oʻrtamasin kun kelib armon. Ona qaytib kelmas hech qachon. Onangizni koʻrgani boring! Nima qildik, onamiz uchun? Sindiring bas, sogʻinchlar kuchin. Iltimos, bugunoq shu bugun. Onangizni koʻrgani boring! @Armonliqizaloq02
Mostrar todo...
💚 1
Ona Ishim tashvishim baxona qilib, Yuribman shaxarda oʻzimcha daydib. Erta indin borib qolishim aniq, Ona borgunimcha siz qolmang qarib. Yuribman yuribman baxtim axtarib, Yuribman bedavo dardim axtarib. Aslida baxtimsiz taxtimsiz mening, Ona borgunimcha siz qolmang qarib. Chang koʻchamiz bosgan izinggiz oʻzim, Chitoyli hush bichim yuzinggiz oʻzim. Farishtam munisam oxirgi soʻzim, Ona borgunimcha siz qolmang qarib. Davonlar ustidan quchday uchayin, Boshim egib men sizga qilayin taʼzim, Ulgʻaydim men sizni sogʻingan sayin, Ona borgunimcha siz qolmang qarib. t.me/Durdow02
Mostrar todo...
💞 1
Insonlardan koʻra iting vafo qladi🥺🥺🥺🥺
Mostrar todo...
❤️ 1
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.