cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Birga kitob o'qiymiz

📚“Birga kitob o‘qiymiz” loyihasi rasmiy sahifasi Kanalimizda ibratli, foydali va barchaga manfaatli ma’lumot ulashmoqchi bo‘lsangiz @diqqatloyiha ga murojaat qiling! 🤝 Reklama va hamkorlik uchun: @hamkoradmin

Mostrar más
Uzbekistán1 366El idioma no está especificadoLibros263
Publicaciones publicitarias
59 735
Suscriptores
-17724 horas
-1 1537 días
-5 14830 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

📚Kitoblar haqida ko‘pchilik bilmaydigan 8 ta fakt Koʻpchiligimiz kitob oʻqishni yaxshi koʻramiz, lekin kitoblar haqida bilmagan narsalarimiz anchagina, keling, bugun siz bilan kitoblar haqida ajablanarli 8 ta fakt haqida gaplashamiz ↪️Eng koʻp tilga tarjima qilingan – adabiy asarlar mashhur detektiv yozuvchi Agata Kristiga tegishli. Adiba kitoblari yuzdan ortiq dunyo tillariga tarjima qilingan va toʻrt milliarddan ortiq nusxada chop etilgan. ↪️Zamonaviy adiblar ichida eng sermahsuli braziliyalik yozuvchi — Joze Karlos Inuye. U 1046 ta ilmiy-fantastik, sarguzasht roman muallifidir. Qizigʻi, u shuncha asarni oʻn yil ichida, 1986–1996-yillar oraligʻida qogʻozga tushirgan. ↪️Eng uzun roman fransuz yozuvchisi Jyul Romenga (asl ismi Lui Anri Farigul) tegishli. Uning “Ixtiyori oʻzida odamlar” romani 1932–1946-yillar oraligʻida 27 jildda nashr etilgan. ↪️Eng keksa mualliflar — amerikalik Sara va Elizabet Delenilardir. Ular 1994-yili “Opa-singil Delenilarning kundalik hikmatlari” nomli kitob eʼlon qiladi. Bu paytda opa 105, singil 103 yoshda edi. 1997-yili esa Sara Deleni kitobning davomini yozib, “Oʻzimning 107 yoshimda” nomi bilan chop ettiradi. ↪️Eng katta ensiklopediya “Yevro-amerika universal bezakli ensiklopediyasi”dir. 105 ming sahifadan iborat bu kitob 104 jildga ega boʻlgan. ↪️Hozircha eng mitti kitob Yaponiyada bosilgan “Har mavsumga gullar” kitobi boʻlib turibdi. 0,75 millimetrli bu sanʼat asarini oddiy koʻz bilan tugul, koʻzoynak taqib ham koʻra olmaysiz. ↪️Eng koʻp sotilgan kitob — “Ginnesning rekordlar kitobi”dir. U AQSh kutubxonalaridan oʻgʻirlanishi boʻyicha ham rekord qayd etgan. Bu toʻplam ilk bor 1955-yili chop etilgan. ↪️Eng qadimgi kitob doʻkoni Portugaliyadagi “Livraria Bertrane”dir. U 1732-yildan beri faoliyat yuritib ketadi. ✈️KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Mostrar todo...
👍 59👏 7 5🔥 4
Barcha kitobxon yoshlarga 30-iyun – Yoshlar kuni muborak boʻlsin!
Mostrar todo...
🔥 157 42🎉 39👍 30🥰 12👏 10👎 1🤩 1
Repost from OYINA.UZ
01:24
Video unavailableShow in Telegram
Kitob oʻqib, 20 million soʻm yutib olish mumkin boʻlgan tanlov boshlandi! Shoshiling! Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oyina.uz portali sovrin miqdori 66 mln soʻm boʻlgan “Kitoblararo 80 kun” marafoniga start berdi! 4 bosqichdan iborat marafonda 8 kitobni oʻqing va maxsus sinovlardan oʻtib, gʻolib boʻling! Toʻliq ma'lumot va marafonda ishtirok etish uchun manzil: @oyinatanlovbot Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | X | Instagram
Mostrar todo...
tg1.mp421.20 MB
👍 30 30
Photo unavailableShow in Telegram
🟦🟦🟦🟦 Bugun 20-iyun payshanba kunida ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌍Butunjahon Wi-Fi kuni. 🌍Xalqaro tennis kuni. 🇺🇳BMT – Butunjahon qochoqlar kuni. 🇺🇿O‘zbekiston – Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan kun. 🇦🇺Avstraliya – Daraxt ekish kuni. #muhim_voqealar 🔵1793 – Amerikalik Eli Uitni paxta tozalash mashinasiga patent oldi. 🔵1840 – Samuel Morze telegraf uchun patent oldi. 🔵1967 – Muhammad Ali Vyetnamda urushayotgan AQSh armiyasida xizmat qilishdan bosh tortgani uchun 5 yil qamoq jazosiga hukm qilindi. 🔵1990 – Oʻz SSR Oliy Soveti Oʻzbekiston mustaqillik deklaratsiyasini qabul qildi. #tavalludlar 🔴1861 – Ser Frederik Goulend Xopkins (1947) – ingliz medigi va bioximigi, Nobel mukofoti sohibi (1929). 🔴1905 – Imomxo’jayev Ortiqxo’ja (1996) – xonanda, O’zbekiston xalq hofizi (1949). 🔴1919 – Karimov Muhammadjon (1998) – xonanda, O’zbekiston xalq hofizi (1992). 🔴1927 – Simin Behbahoniy (2014) – taniqli eronlik shoira va yozuvchi. 🔴1983 – Ignatiy Nesterov – Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasining sobiq darvozaboni. ✈️KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Mostrar todo...
👍 17👏 1😁 1😱 1
00:29
Video unavailableShow in Telegram
👩‍🎓Qizlarni o‘qitish kerakmi? ‼️Bir zal to‘la erkak kirib kelgan ayolning chiroyi, boyligi, nasabi yo lavozimi uchun o‘rnidan turgani yo‘q. U malika ham, dunyo go‘zali ham emasdi.
☑️U – Nobel mukofoti olgan birinchi ayol. U poloniy va radiy elementlarini kashf qildi. Uning eri, qizi va kuyovi ham Nobel mukofoti laureati bo‘lgan.
↪️Bir zal erkak ayoldagi ilm, tajriba, jasorat uchun oyoqqa qalqdi va bosh egdi. ⚜️Tasavvur qiling, ertaga qizingiz ham shu darajaga erishsa, siz esa uni kuzatib tursangiz. Buning uchun qizlaringizni bugun o‘qiting! Siz nima deysiz? Fikringizni izohlarda yozib keting. ✈️ Oddiy odamlar | Ibratli dunyo
Mostrar todo...
164453784_1311523009517075_3474174180814239442_n_online_video_cutter.mp45.56 MB
🔥 70👍 41🥰 6👏 5👎 2🤩 2
Photo unavailableShow in Telegram
Saytlar yaratish va onlayn pul ishlashni o'rganing. Zamonaviy IT kasbini bepul o'rganish imkoniyati O‘zbekistonda saytlarga buyurtma beruvchi kompaniyalar soni ortib bormoqda. Bu 2024 yilgi eng mashxur tendentsiya. Sayt nima? 2 soat ichida sayt yaratishni qanday o'rganish mumkin? Birinchi daromadni qanday topish mumkin? Bularning barchasi haqida bepul onlayn treningda (jonli efirda) bilib olasiz.
Qo'shimcha bonus: ushbu post chop etilgandan keyin 24 soat ichida sizga sovg'a sifatida "2024 yilda saytlar orqali qanday qilib pul ishlash mumkin" kitobini olasiz.
[Bepul trening + Kitob]
Mostrar todo...
👍 4😱 4🔥 3
👉 Bepul trening + Kitob 👈
Photo unavailableShow in Telegram
🟦🟦🟦🟦 Bugun 19-iyun chorshanba kunida ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳BMT – Barqaror oziq-ovqat mahsulotlari (gastronomiya) kuni. 🇺🇳Xalqaro nafratga qarshi kurash kuni. 🌍Xalqaro vahimaga qarshi kurash kuni. 🌍Xalqaro piknik (tabiat qo‘yniga chiqish, sayr) kuni. 🇦🇿Ozarbayjon – Inson huquqlari kuni. 🇦🇩Moldova – Tarixchilar kuni. #muhim_voqealar 🔵1037 – Buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sino vafot etdi. 🔵1583 – Londonda ilk marotaba inson hayoti sug‘urta qilindi. 🔵1928 – Amelia Earhart samolyotda Atlantika okeanini oshib o’tgan birinchi ayol uchuvchi bo’ldi. Earhart bu parvozni 20 soat 40 daqiqada yakunladi. 🔵1946 – Italiya respublika deb e’lon qilindi. 🔵1989 – O‘zbekistonda Davlat tili to‘g‘risidagi qonun loyihasi matbuotda e’lon qilindi. #tavalludlar 🔴1511 – Bartolomeo Ammanati (1592) – florensiyalik haykaltarosh va me’mor, manyerizm davruning yirik vakili. 🔴1889 – Karrer Paul (1971) – shveysar organik kimyogari va biokimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1937). 🔴1914 – Se Tyan (Se Xunkun) (2003) – aktyor, rejissyor, xitoy kinosi asoschilaridan. 🔴1942 – Pol Makkartni – britaniyalik qo‘shiqchi, bastakor. 🔴1946 – Nuriddin Hamroqulov – xonanda, O’zbekiston xalq artisti (1987). 🔴1976 – Maksim Galkin – rossiyalik estrada artisti, paridiyachi, teleboshlovchi, qo‘shiqchi. ✈️KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Mostrar todo...
👍 20 4👎 2 1🎉 1
Qurbon hayiti muborak boʻlsin!
Mostrar todo...
👍 133 57🥰 33🎉 21🔥 8😍 5😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
🟦🟦🟦🟦 Bugun 11-iyun seshanba kunida ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌍Butunjahon yaguarlar kuni. 🇱🇺Lyuksemburg – Onalar kuni. 🇦🇹Avstriya, 🇧🇪Belgiya – Otalar kuni. 🇭🇳Gonduras – Talabalar kuni. 🇷🇺Rossiya, 🇧🇾Belarus, 🇺🇦Ukraina, 🇰🇿Qozog‘iston – yengil sanoat xodimlari kuni. 🇦🇷Argentina – Qo‘shnilar kuni. #muhim_voqealar 🔵1742 – Benjamin Franklin tejamkor pechni ixtiro qildi. 🔵1826 – Moskvada ilk Ko‘z kasalliklari shifoxonasi ochildi. 🔵1889 – Amerikalik Jon Perdi va Jeyms Sadgvarlar yig‘ma stul ixtriro qilishdi. 🔵1939 – Birinchi o‘zbek operasi “Bo‘ron”ning premyerasi bo‘lib o‘tdi. 🔵2010 – JAR da futbol bo‘yicha jahon chempionati boshlandi. #tavalludlar 🔴1572 – Ben Jonson (1637) – ingliz shoiri, dramaturg, aktyor, drama nazariyachisi. 🔴1818 – Aleksandr Ben (1903) – shotland psixologi. 🔴1884 – Halide Edib Adıvar (1964) – turk yozuvchisi. 🔴1899 – Yasunari Kavabata (1972) – yapon adibi, Nobel mukofoti sohibi (1968). 🔴1910 – Jak Iv Kusto (1997) – fransuz okeanografi, akvalang ixtirochisi. 🔴1912 – Muxtor Ashrafiy (1975) – o‘zbek kompozitori, dirijyor, pedagog, SSSR Xalq artisti. 🔴1956 – Abdulaxad Abdurashidov – sozanda (naychi), Oʻzbekiston xalq artisti (2000).  🔴1959 – Xyu Lor – britaniyalik aktyor, hajviyachi, yozuvchi va musiqachi.  ✈️KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
Mostrar todo...
👍 37🔥 2😁 2 1
Kanalimiz faoliyati anchadan beri to‘xtab qolgan, sababi hozirda ishlarimizda ortmayabmiz. Ayni damda Samarqand shahridamiz, “Talabalar teatr studiyalari” va “Munozara” tanlovlarini final bosqichini o‘tkazyabmiz. O‘zimiz SamDU yotoqxonasiga joylashdik, umrimda ilk marta talabalardek TTJda yashayabman. Taassurotlar keng (bu haqida keyinroq katta post yozsam kerak). Samarqandliklar bormi? Tanlov finalida qatnashayotganlar-chi? SamDUdan kuzatadiganlar-chi? Kechga rejalar qanday?
Mostrar todo...
👍 54🔥 11👏 3
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.