cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

ÕTUKAN

"TURK IDUK YER SUBI"(Muqaddas TURK zamini) Kul tegin bitigidan.

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
264
Suscriptores
+124 horas
+27 días
+430 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
Monarxiya yoki despotik hokimiyatni muhofaza qilish va tutib turish uchun ko‘p ham halollik talab etilavermaydi. Monarxiyada qonunlar kuchi, despotik davlatda esa hukmdorning doimo ko‘tarilgan qo‘li [mushti] hamma narsani aniqlab beradi va tiyib turadi. Ammo xalq hukmron bo‘lgan davlatga qo‘shimcha dvigatel kerak; bu dvigatel fazilat [siyosiy erkinlik]dir. Sharl Lui Monteskye @bitikchiuz
Mostrar todo...
👍 4
O‘g‘uzlar VIII-IX asrda Sirdaryo va Orol dengizi yaqinidagi hududlarda yirik qabila ittifoqini tashkil etadilar. IX asr oxirida bu qabila ittifoqi asosida O‘g‘uz davlati (yabg‘uligi) vujudga keladi. O‘g‘uz yabg‘ularining qarorgohi Sirdaryoning quyi oqimidagi Yangikent shahri bo‘lgan. VI-X asrlarda o‘g‘uzlarning ayrim guruhlari Zarafshon vodiysida, Nurota tog‘larida ham yashagan. XI asrning birinchi yarmida o‘g‘uzlar va qipchoqlar orasida siyosiy ziddiyat yuzaga keladi va o‘g‘uz-saljuqlarning katta bir qismi g‘arbga ko‘chadi. Qolgan qismi o‘g‘uz etnosi va uning tarkibidagi turkmanlarning salmoqli qismi Nurota tog‘larida qolib, bu yerda oldindan yashab kelgan qabiladoshlari bilan birga bo‘lgan. O‘g‘uz turkmanlarining bir guruhi asrlar davomida O‘zbeklar bilan birga yashab ular bilan aralashib ketganlar va o‘zlarini O‘zbek yoki O‘zbek turkmanlari deyishgan. Movarounnahrda yashovchi etnik guruhlardan biri o‘g‘uz-saljuqlar asosan Nurota tog‘ etaklarida, unga tutash cho‘llarda yashaganlar. O‘g‘uz saljuqlardan ajralgan turkman guruhlari XI-XII asrlarda Buxoro atroflarida ham yashagan. Ularning keyingi avlodlari o‘zlarini O‘zbek turkmanlari yoki Nurota turkmanlari deb ataganlar. t.me/bitikchiuz
Mostrar todo...
ÕTUKAN

"TURK IDUK YER SUBI"(Muqaddas TURK zamini) Kul tegin bitigidan.

👍 4
TOMA - 92 bovli O‘zbek urug‘idan biri. K. Shoniyozov fikricha, tomalar qo‘ng‘irot, qipchoq, naymanlar kabi turk/mo‘g‘ul urug‘i. Dashti Qipchoq O‘zbeklarining o‘rta oqimi bilan janubga siljigan. Taxminan XV-XVI asrlarda Zarafshon daryosi bo‘ylari, Nurota tizmasining Oqtov Qoratovi orasidagi bepoyon kengliklarda o‘troqlashgan. Nurota tomalari o‘tgan asrning o‘rtalariga qadar yarim o‘troq hayot kechirishgan. Chorvachilik bilan birga dehqonchilik (mayizi, ayniqsa, qovuni mashhur), hunarmandchilik (Nurota gilamchiligiga qo‘shni O‘zbek turkmanlari bilan teng hissa qo‘shgan) rivojlangan. E‘tiborli jihatlaridan yana biri, o‘tmishda, hatto sovet davrida ham ushbu hudud diniy ulamolarining aksari mazkur urug‘ vakillari bo‘lishgan. Tomalar katta urug‘lardan hisoblanmaydi, taxminan 250-300 ming kishi. Navoiy viloyatining Nurota, Xatirchi tumanlari, Samarqand viloyatining Paxtachi, Narpay tumanlari, Toshkent viloyatining Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on tumanlari aholisining muayyan qismi toma urug‘iga mansub. Zamonaning zayli bilan urug‘-aymoqchilik unutilgan, aytilgan hududlar aholisining aksar qismi bu urug‘dan ekanligini bilmaydi. Sovet hukumatining repressiv va kolxozlashtirish siyosati oqibatida toma urug‘i parokanda bo‘lib, identifikatsiyasini qariyb yo‘qotgan. Nurota tumanining ba‘zi, Xatirchi tumanining shimoliy hududlaridagi qishloqlar aholisining muayyan qismidagina toma urug‘iga xos urf-odat saqlanib qolgan. Asrlar davomida qo‘shni yashab kelayotgan O‘zbek turkmanlari bilan assimilyatsiya jarayoni yuz bergan. Toma urug‘i shuningdek, qozoq, tatar xalqlari tarkibida ham bor. Mana shu ma‘lumot ayrim chalkash xulosalarni keltirib chiqaradi. Xususan, qozoqlar barcha tomalarni qozoq urug‘i sifatida o‘ziga tortadi, xuddi qo‘ng‘irot, qipchoq, nayman va boshqa O‘zbek urug‘larini qozoq urug‘i deb hisoblaganlari kabi. Aslida har ikki xalqning shakklanishida muayyan urug‘lar birday ishtirok etgan. Toma urug‘ining Qozon tatarlari tarmog‘i o‘ris istilosiga qadar Qozon xonligida katta nufuzga ega bo‘lib, sarkardalar asosan shu urug‘dan chiqqanligi aytiladi. Toma urug‘ining qozoq tarmog‘i Kichik juzga mansub. Toma urug‘ining qozoq tarmog‘i Qozog‘istonning g‘arbiy va janubiy mintaqalarida yashaydi. Xususan, Chimkent atroflarida ham yashashi ma‘lum. Taniqli qozoq adibi Hamid Ergaliyev, qozoq milliy volyitasi tarxini chizgan rassom Xayrulla Abjalilov ham toma urug‘iga mansubligi aytiladi. Yana bir qiziq ma'lumot: ayrim manbalarda toma urug‘ining tarixi qadimgi skiflarga bog‘lanadi. XIX asr oxirida Turkistonga kelgan V. Vershchagin o‘z xotiralarida Toshkent, Chinoz, Xo‘jakent tomalari haqida ma‘lumot keltiradi. Vershchagin tomalarning tashqi qiyofasi qozoqlarga emas, O‘zbeklarga o‘xshashiga e‘tibor qaratgan. Shavkat Yodgorov t.me/bitikchiuz
Mostrar todo...
ÕTUKAN

"TURK IDUK YER SUBI"(Muqaddas TURK zamini) Kul tegin bitigidan.

El_netib_topqay_menikim,_men_o'zimni_topmasam,_mavzusidagi_Shaxsiy.docx0.35 KB
Photo unavailableShow in Telegram
Bundan 34 yil oldin O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilingan! Tarixiy kun! @bitikchiuz
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Bir dehqon tovuqlari birin-ketin nobud bo‘layotganini sezib qoladi va maslahat so‘rab ruhoniyga murojaat qiladi. U dehqonga tovuqlari haqqiga duo qilishni maslahat beradi, ammo tovuqlar baribir o‘laveradi. Shundan so‘ng ruhoniy tovuqxonada musiqa chalishni maslahat beradi, lekin bu bilan ham hech narsa o‘zgarmaydi. Yana o‘ylanib qolgan ruhoniy tovuqxonani yorqin ranglarga bo‘yash kerakligini aytadi. Oxiri barcha tovuqlar nobud bo‘ladi. Bu qayg‘uli xabarni eshitgan ruhoniy dehqonga qarab: "Afsus, menda hali ko‘plab bir-biridan yaxshi g‘oyalar bor edi", - deydi. @bitikchiuz
Mostrar todo...
🥱 5
Photo unavailableShow in Telegram
Barchaga Qurbon bayrami qutlug‘ bo‘lsin! @bitikchiuz
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Mostrar todo...
👍 5
QURBONLIK XUSUSIDA Qurbonlik "maxsus hayvonni maxsus vaqtda so‘yishdir". Qurbonlik qilish hukmi hijriy ikkinchi yilda shariatga kiritilgan. Mazhabimizga ko‘ra qurbonlik qilish vojibdir. Qurbonlik qilish hur, oqil, muqim va zakot nisobiga molik bo‘lgan musulmon shaxsga vojib bo‘ladi. Alloh taolo Kavsar surasida: "Albatta, Biz senga Kavsarni berdik. Bas, Robbingga namoz o‘qi va jonliq so‘y", degan (1-2-oyatlar). Mixnaf ibn Sulaym roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan Arafotda turgan edik. Men u zotning: " Ey odamlar! Har bir uy ahliga har yili bir qurbonlik... lozimdir", deganlarini eshitdim". Qurbonlikning vaqti - shaharda so‘ysa, iyd namozidan, boshqa joyda (cho‘l-biyobonda) bo‘lsa, iyd kunining tongi otganidan so‘ngdir. Uning oxirgi vaqti uchinchi kunning quyoshi botishidan sal oldin. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Zikr ahlidan so‘rang t.me/bitikchiuz
Mostrar todo...
ÕTUKAN

"TURK IDUK YER SUBI"(Muqaddas TURK zamini) Kul tegin bitigidan.

👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Oxirat ulamolari deyilganda, ilmni oxirat uchun talab qilgan va ishlatgan sodiq olimlar ko‘zda tutiladi. Olim qoidaga muvofiq ish tutib, amr va nahyilarni ado etib turishi lozim. Oxirat ulamolari oxiratni bu dunyodan ustun qo‘yadilar. Ularning amallari gaplariga xilof bo‘lmaydi. Ular oxiratda foyda beruvchi ilmga moyil bo‘ladilar. Oxirat ulamolari shar‘iy amallarning sirlari haqida bahs va ularning hikmatlari haqida mulohaza yuritadilar. Agar sirini bilolmasa, shariatga taslim bo‘ladilar. Oxirat ulamolari sahobalarga va tobe‘inlarning yaxshilariga ergashadilar Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Ruhiy tarbiya" kitobidan @bitikchiuz
Mostrar todo...
👍 2
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.