cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

college.bro

📚 AQSH dagi ta'lim haqida gaplashamiz 💭 Fikr va mulohazalar uchun guruh @collegeblog

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
763
Suscriptores
Sin datos24 horas
-37 días
-2430 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan kechki 8 ga belgilandi. Savollaringni oldindan tayyorlab qo’yinglar :)
Mostrar todo...
Mehmon sifatida University of Cincinnati da o’qiydigan Azizbekni chaqirdik. Shu hafta yakshanba kuniga qiladigan bo’ldik. https://t.me/Azizbek_SK
Mostrar todo...
Seeker of Knowledge

Talib al-Ilm,Wrestler🤼‍♂️aspiring lawyer👨‍⚖️ Speak: Uzbek🇺🇿, English🇺🇸, Russian🇷🇺, Arabic🇸🇦 SK=Seeker of Knowledge Student at UC🇺🇸 Man city fan

👍 4🔥 1
00:15
Video unavailableShow in Telegram
Sizda ham shunaqami ?
Mostrar todo...
IMG_7009.MP410.27 MB
😁 6🤣 4👍 1
Bir voice chat qilmaymizmi ? Mavzu: AQSHda o’qish va ishlash.
Mostrar todo...
🔥 17 4👍 3
Do your part. Results will come from the Creator.
Mostrar todo...
7
Photo unavailableShow in Telegram
MBA programs in Bay Area
Mostrar todo...
The problem is you think you have time.
Mostrar todo...
👍 5😭 5🔥 1
Yaqinda eshitgan boʻlsangiz kerak, AQSh hukumati Qirgʻiziston fuqarolari uchun sayyohlik va ishbilarmonlik vizalari muddatini 10 yilgacha uzaytirdi. Tabiiy savol boʻlishi mumkin, nima uchun Oʻzbekistonliklarga bu vizalar bir yil muddati bilan beriladi, lekin qoʻshni Qozogʻiston mana endi esa Qirgʻiziston fuqarolariga — oʻn barobar uzunroq muddat bilan beriladi? Farq nimada? Xuddi shunday, AQShga talaba boʻlib kelgan Oʻzbekistonliklarga ham AQSh 1 yillik muddat bilan viza bersa, Qozogʻistonliklarga 10 yillik muddatli viza beradi. Oʻsha oʻsha universitet va oʻsha oʻsha programma uchun. Deylik bakalavrga kirgan Oʻzbekistonlik toʻrt yil ichida 4 marta navbatga turib, toʻrt marta pul toʻlab, viza suhbatidan oʻtishi kerak boʻlsa, uning Qozogʻistonlik kursdoshi bir marta viza olib, bakalavr, kerak boʻlsa magistrni va aspiranturani ham bitirgunicha bir martagina pul toʻlab vizaga navbatga yoziladi. Bu narsada AQSh hukumatini Oʻzbekistonliklarga nisbatan adolatsizlikda ayblashimiz mumkin. Lekin gap shundaki, AQShni qonunchiligida “oʻzaro mutanosiblik” (reciprocity) talablari mavjud va oʻsha talablar barcha mamlakatlarga birdek tegishli. Bu degani agar bir mamlakat AQSh fuqarolari uchun viza muddatini 10 yil qilmasa, AQSh ham oʻsha mamlakatga oʻn yillik viza muddatini qila olmaydi. Lekin AQSh hozirda masalan turistik vizani Oʻzbekistonliklarga bir yillik muddat, xohlaganicha marta kirib chiqish va kirganda 180 kungacha turishga imkon beradi. Lekin Oʻzbekiston AQSh fuqarolariga turistik vizani atigi 30 kunlik muddat bilan beradi. Yaʼni Oʻzbekistonning AQShliklarga boʻlgan talablari, AQShnikidan ancha kuchliroq. AQShlik talablar Oʻzbekistonda oʻqimoqchi boʻlishsa (juda kam boʻlsa kerak bundaylar), Oʻzbekiston faqat bir yillik muddat bilan viza beradi. Xuddi shu sababdan, qonunchilikka koʻra, AQSh Oʻzbekistonlik talabalarga bir yillik viza berishiga toʻgʻri keladi. Yaʼni AQShda hozir Umid fondi orqali oʻqiyotgan talabalar toʻrt yillik programmada oʻqishsa ham, yoki besh yillik doktoranturada oʻqishsa ham, AQSh ularga bir yillik viza berishini sababi — Oʻzbekiston AQShlik talabalarga shunday qilgani uchun. Xuddi shunday, AQShlik tadbirkorlarga ham Oʻzbekiston bir yillik viza bergani uchun, Oʻzbekistonlik tadbirkorlar ham AQShga bir yilgacha muddatli viza ola oladilar xolos. Qoʻshni mamlakatlardagi Tashqi Ishlar siyosatiga masʼullar AQSh bilan munosabatlar, birinchi oʻrinda, akademik, talaba, biznes va sayohat uchun AQShliklarga talablarni osonlashtirgani uchun, ularni fuqarolari AQShga kelib ketishlari ham ancha osonlashgan. Oddiy narsadan boshlasak boʻladi, AQShliklarga Qozogʻiston turistik vizani umuman bekor qilgan, lekin agar oʻqish yoki biznes bilan kelmoqchi boʻlganlarga 10 yillik viza beradi. Biz ham AQShlik sayyohlarga, talabalarga va tadbirkorlarga viza muddatini 10 yil amal qiladiganini bersak — bundan faqat va faqat bizni iqtisodiyotimiz va bizni fuqarolarimiz yutadi. AQSh elchixonasiga ortiqcha minglab dollar toʻlashmaydi vatandoshlarimiz va eng muhimi vaqtni tejaydi bu chora. Hozir minglab Oʻzbekistonlik talabalar bor, koʻplari davlat byudjetidan moliyalashtiriladi, ularni ogʻirini yengil qilish uchun, AQShlik talabalarga Oʻzbekiston vizani muddatini choʻzib berishi mantiqiy yechim. Xuddi shunday, oʻnlab Oʻzbekistonlik tadbirkorlarni bilaman, ular AQShdan investitsiya olishadi, texnologiya va ilm olishadi, AQSh bilan iqtisodiy munosabatlar qilishadi, ular ham bemalol oʻn yillik AQSh vizasini olishlari uchun, oddiy narsa, AQShlik tadbirkorlarga vizani oʻn yillik qilib qoʻyishni hech qanday yomon tarafi yoʻq deb oʻylayman. AQShlik tadbirkorlarga vizalar boʻlgani uchun, bir xil payt, oʻzlarini oʻzbek hamkorlari bilan viza talab qilinmaydigan Qozogʻistonda uchrashishadigan holatlar haqida ham bilaman.
Mostrar todo...
AQSh qirg‘izistonliklar uchun sayyohlik va ishbilarmonlik vizalari muddatini uzaytirdi

Shuningdek, B1, B2 va B1/B2 vizasiga ariza topshirishda olinadigan $20 miqdoridagi yig‘im bekor qilindi.

👍 9🔥 3
These Americans say everything differently. Normal people: Fight Americans: Throw hands
Mostrar todo...
😁 4🤣 4
Repost from Seeker of Knowledge
00:32
Video unavailableShow in Telegram
video.mp43.97 MB
🔥 2 1🕊 1