cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Bookaholic

Ilmsizligimizni anglash uchun ozgina kitob o'qishimiz yetarli.📚+☕ Kanal yoqmadimi,shunchaki tark eting.Qimmatli vaqtingizni o'g'irlamoqchi emasmiz. Fikrlaringizni kutaman: @Bookgirl_bot @Qalb_bitiklari_bot Buyuk kun: 28.09.2020

Mostrar más
Uzbekistán71 683El idioma no está especificadoLa categoría no está especificada
Publicaciones publicitarias
169
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

O'qing va dunyo kezing... Litseyni bitirganimga 20 yil to’libdi. 20 yil oldin 25-may oqshomini qanday nishonlaganimiz kechagidek esimda... U davrlar dunyodagi eng ulkan orzuimiz Toshkentda o’zimiz xohlagan oliy o’quv yurtiga o’qishga kirish edi. Undan uyog’ini ko’ra olmagan edik... Maktabni bitirib, haqiqiy hayot ostonasiga endi qadam qo’yayotgan yoshlarga eski bir postimni ulashmoqchiman... Shoyad, kimlargadir ibrat bo’lsa... Ukalar, singiljonlar! O'qinglar, dunyo kezinglar. Sizlarni bundan nima to'sib turibdi? Pulingiz kammi? Repetitorga, til markaziga qatnashga mablag' yetishmayaptimi? Busiz ham eplasa bo'ladi-ku. Miyangiz soppa-sog'mi? To'rt muchangiz salomatmi? Daftar-qalamingiz, yeyishga non-choyingiz, boshingizda boshpanangiz bormi? O'qish uchun yana nima kerak? Kitob bo'lsa kifoya-ku. Men 90-yillarda, O'zbekistonda iqtisodiy qiyinchilikning eng og'ir pallalarida, qishloqda ulg'ayganman. Hashar yo'li bilan qurilgan 9 yillik maktabda o'qiganman. Keyinroq tuman markazidagi litseyga o'qishga o'tganman. Qaysidir yili maktabga olib borish uchun hatto daftarim bo'lmagan. Oilamizda moddiy qiyinchilik juda qattiq bo'lgan shekilli, dadamga daftar olib bering, deb so'ramaganman ham. Chunki ortiqcha pul bo'lganda, albatta, olib bergan bo'lardi. O'tgan yildan qolgan daftarlarning yozilmagan oppoq varaqlarini ajratib olib, ularni bir-biriga ustma-ust qo'yib, daftar yasaganman. Muqovasi daftarga o'xshasin deb ustini yashil yoki qizil qalam bilan bo'yab chiqqanman. Ruchka bilan muqovaning o'rtasiga 4-5 qator chiziq tortganman, dars nomini va ism-familiyamni yozish uchun. Varaqlarni bir-biriga igna-ip bilan tikib ulaganman... Bir yilni shu daftarlar bilan o'tkazganman... Qish uchun paltom bo'lmagan. Bir yosh katta akam bilan bitta paltoni kiyardik. Men tushdan keyin 2-smenada o'qiganim uchun akamning maktabdan qaytishini kutardim. U kelishi bilan paltoni kiyib, o'qishga ketardim. Xitoyning arzon dermantin etiklari bo'lardi. 1-2 hafta kiysangiz yorilib ketardi. Yirtilgan etik kiyishga rosa uyalardim. Akam ustiga boshqa charm qoplab, yoriqlari ko'rinmaydigan qilib qo'lda tikib bergan edi... Maktabimizning kichkina kutubxonasi bo'lardi. Men o'qib chiqmagan badiiy kitobi qolmagan. Uyimda 20-30 tacha o'zimning kitoblarim bo'lardi. Ko'pi dadamniki. Ularning har birini kamida 2-3 martadan o'qib chiqqanman. Nega? Chunki o'qishga boshqa kitob topa olmaganman. Rubob bo'yicha musiqa maktabiga qatnardim. Bir kuni maktabga borsam, zalning o'rtasida uyum-uyum kitoblar, minglab badiiy kitoblar yotibdi... Bular qayerdan keldi??? Bilsam, qishlog'imiz kolxozining katta kutubxonasi bor ekan; shu kutubxona yopilibdi, ya'ni binosini olib boshqa qaysidir tashkilotga berishibdi. Kitoblarni qo'ygani joy topilmagani uchun musiqa maktabining zaliga olib kelib tashlashibdi... Qishlog'imizda shunday kutubxona bor ekan... Buni menga hech kim aytmagan, bunday kutubxona borligini bilmaganman... Shunaqa alam qilgan... Afsus, endi bu kutubxona ham yo'q edi... Zalda uyulib yotgan kitoblarni keyin nima qilishgan, bilmayman, qayergadir olib ketishgan. Ulardan olib rosa o'qigim kelgan, ammo olishga, birovdan so'rashga uyalganman. Eslasam, haligacha ichim tirnaladi... Bugun hamma narsam bor. Vashingtonda dunyoning eng ulkan Kongress kutubxonasi joylashgan. Shaharda ko'plab davlat kutubxonalari bor. Hammasidan foydalanish tekin. Borishga erinsam, "Kindle" readerimga internet orqali bir soniyada yuklab olaman. Ammo... Bugun avvalgidek kitobxonligim yo'q. Bugun dangasaman. Ilgarigidek kitobga tashnalik, soatlab kitob o'qish yo'q. Nega? Nazarimda, odamda hashamat kuchaygan sari, qulaylik ortgan sari dangasaligi ham ortib boradi. Bugun dunyoning istalgan burchagi bir qadam. Aqlli, ilmli, qaysdir sohaning bilimdoni bo'lgan odamlarga bugun hech qayerda chegara yo'q. Xohlang AQShda, xohlang Avstraliya yoki Yaponiyada o'qing, ishlang. Mutaxassis bo'lsangiz bas. Hamma narsaga erishsa bo'ladi. O'zbekistonda tug'ilganingiz, o'zbekligingiz yoki qishloqda, dehqonning bolasi ekaningiz bunga aslo to'siq bo'la olmaydi. Hammasi o'zingizga bog'liq! @bmamadiev
Mostrar todo...
#instagramdan olindi
Mostrar todo...
#pride_and_prejudice O'z shaxsiga nisbatan shafqat qilish insonga xos. ©Jeyn Ostin "Andisha va g'urur" @bibliobibulis📖
Mostrar todo...
​​📚 Гордость и предубеждение (Покетбук) ✍🏻 Джейн Остин Книги знаменитой на весь мир английской писательницы Джейн Остин, среди почитателей которой были В. Скотт, В. Вулф, С.Моэм, Д. Б. Пристли, Р. Олдингтон, уже давно снискали себе славу и читательскую любовь. Перу Остин принадлежат такие изящные и искрометные романы, как «Гордость и предубеждение», «Мэнсфилд-парк», «Эмма», «Нортенгерское аббатство» и другие. В них, как отмечал С. Моэм, «ее интересовало обыкновенное, а не то, что зовется необыкновенным. Однако благодаря остроте зрения, иронии и остроумию все, что она писала, было необыкновенно». И все же наиболее совершенным из всего, что создано Джейн Остин, считается роман «Гордость и предубеждение», до сих пор не утративший ни капли своего неподражаемого очарования и блеска. Цена: 39 000 сум Обложка: Мягкая Сайт: https://u.to/rBVWGw 📲Тел: +998 71 200 01 05 📧Телеграм: @asaxiybook
Mostrar todo...

Заказать
Задать вопрос
#pride_and_prejudice Bitta odamni deb insondagi yaxshi fazilatlarga nisbatan bo'lgan qarashlaringni o'zgartirish mumkin emas. ■Jeyn Ostin "Andisha va g'urur" @bibliobibulis📚
Mostrar todo...
#book_photos 📚📚📚📚 @bibliobibulis📖
Mostrar todo...
Aybdorlik hissi. Birinchi farzandi dunyoga kelganda u o‘g‘lini halol, yetuk, komil inson bo‘lsin deya Komil deb ism qo‘ydi. Oradan ikki yil o‘tar-o‘tmas ikkinchi farzandi ham tug‘ildi. U ikkinchi farzandiga Umid degan ism tanladi. U farzandlarini bilim olishiga jiddiy e’tibor qaratardi. Oradan yillar o‘tib katta o‘g‘li o‘qituvchi, kichigi esa fizik olim sifatida nom qozondi. Biroq, kutilmaganda katta o‘g‘li pora bilan qo‘lga tushib qamalib ketdi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay kichik o‘g‘li ham qandaydir ayolga ilakishib oilasini tashlab butunlay ketib qoldi. U otasiz qolgan nabiralariga qarab unsiz yig‘lardi. U ikki farzandini hech kimdan kam qilmay, bilimli qilib o‘stirdi, biroq ularga xudoni tanitmagan edi. © Oqil To‘raqul @optimalblog
Mostrar todo...
#talablarga binoan
Mostrar todo...
abdulla_qurbonov_-_oqqan_daryo_oqmay_qolmas_(zf.fm).mp33.41 MB
#good_night Arazda ham sevgi yashar, Sinalar yor, do'st-u oshno. ...Chin yor axir ishqdan tolmas, Ko'ngil gulin so'ldirma sen. @bibliobibulis🎧
Mostrar todo...
Nurmatov_Ibrohim_Oqqan_daryo_oqmay_qolmas_The_Cover_Up_Kids.mp38.45 MB
#🎈 Oqqan daryo oqmay qolmas, Butkul to'xtab qolganda ham. Yoqqan go'zal yoqmay qolmas, Ag'yor bo'xton qilganda ham. Yorug' kunlar kelar kutsang, Daryo yana oqar to'lib. ©qo'shiqdan @bibliobibulis🎆
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.