cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Yangiyoʻl tuman hokimligi axborot xizmati / Янгийўл туман ҳокимлиги ахборот хизмати

Янгийўл туман ҳокимлиги Ахборот хизматининг расмий телеграм канали. Мурожаат: @Tumanpressa Instagram: https://bit.ly/3rXniLD Facebook: https://bit.ly/3yjFEHX Youtube: https://bit.ly/3INm4IC Туман ҳокимига мурожаат: @Fuqaromurojaati_testbot

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
3 034
Suscriptores
Sin datos24 horas
+57 días
+1030 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

03:20
Video unavailableShow in Telegram
☺️ Endilikda, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan pullik xizmatlar ko’rsatiladi.
🤝 Qabul qilingan yangi qarorga ko'ra, endilikda garchi fuqaro o'zgalar parvarishiga muhtoj yolg'iz yashovchi, yakka yolg'iz keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslar ro'yxatiga kiritilmagan, "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" da turmagan bo'lsada, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagini bildirsa, markaz hamda mijoz o'rtasida shartnoma tuziladi. Bunda: ➖Dastlab, shaxsning o’zgalar parvarishiga muhtojligi baholanadi. Buning uchun bir martalik 168 000 so’m to’lanadi. ➖ O’zgalar parvarishiga muhtoj shaxsga uyda ijtimoiy-maishiy xizmat ko'rsatish soatiga 19 357 so'm. ➖O’zgalar parvarishiga muhtoj shaxsga hamrohlik qilish soatiga 19 000 so'm. ➖O’zgalar parvarishiga muhtoj shaxsga qarab turish soatiga 19 000 so’m. ⚠️ Eslatma! Pullik xizmatlar faqat "Inson" markazlari ish vaqti davomida ko’rsatiladi. Kanalga a’zo boʻlish 👈 ✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati
Mostrar todo...
14.60 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#EʼLON Hurmatli “GʻALABA” MFY  fuqarolari! Joriy yilning 10-iyul kuni soat 17.00 da GʻALABA mahallasidagi 15-umumiy oʻrta taʼlim maktabida mahalla yettiligi, tuman adliya boʻlimi, Davlat xizmatlari markazi, Yuridik markaz va FHDYO boʻlimi tomonidan “Huquqiy targʻibot kuni” tadbiri oʻtkaziladi. Shu munosabat bilan huquqiy muammosi bor fuqarolar tadbirda ishtirok etishlari mumkin. Kanalga a’zo boʻlish 👈 ✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Bildirish Yangiyoʻl TET shuni maʼlum qiladiki, RP-Depodan chiquvchi fider SRP-1,2 6 kV bosh kabelida nosozlik kuzatildi. Hozirda xodimlar tomonidan sinov sozlash choralari koʻrilmoqda. Shu sababli Oʻzbekiston bekati, qisman Yuksalish va Gʻalaba mahallasining baʼzi joylarida xodimlar havfsizligini taʼminlash maqsadida kuchlanish uzilib turilmoqda. Ishlar tugatilgach hududlarda elektr energiyasi qayta tiklanadi. Kanalga a’zo boʻlish 👈 ✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
Mostrar todo...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
"E-auksion" platformasida 140 dan ortiq bo'lgan Davlat aktivlarini sotib oling! 🔹Angren shaharida 11 ta (Ko'rish) 🔹Bekobod shaharida 10 ta (Ko'rish) 🔹Nurafshon shahrida 4 ta (Ko'rish) 🔹Olmaliq shahrida 8 ta (Ko'rish) 🔹Ohangaron shahrida 4 ta (Ko'rish) 🔹Chirchiq shahrida 1 ta (Ko'rish) 🔹Bekobod tumanida 7 ta (Ko'rish) 🔹Bo'ka tumanida 10 ta (Ko'rish) 🔹Bo'stonliq tumanida 17 ta (Ko'rish) 🔹Qibray tumanida 3 ta (Ko'rish) 🔹Quyi Chirchiq tumanida 12 ta (Ko'rish) 🔹Oqqo'rg'on tumanida 4 ta (Ko'rish) 🔹Ohangaron tumanida 16 ta (Ko'rish) 🔹Parkent tumanida 7 ta (Ko'rish) 🔹Piskent tumanida 6 ta (Ko'rish) 🔹Toshkent tumanida 5 ta (Ko'rish) 🔹O'rtachirchiq tumanida 5 ta (Ko'rish) 🔹Chinoz tumanida 7 ta (Ko'rish) 🔹Yangiyo'l tumanda 8 ta (Ko'rish) 👇Xabardor bo'lish uchun👇 Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Mostrar todo...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Mehnat va huquq Yangiyoʻl tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi Davlat mehnat huquq inspektorlari tomonidan Toshkent viloyati "Zangiota obodon" MCHJ Yangiyoʻl filial xodimlarini jami boʻlib 118,961,729,86 (118 mln soʻmdan oshiq) soʻm oylik ish haqqi undirib berildi. Mazkur jarayonlar mehnat inspektori M.Tashov tomonidan toʻliq nazoratga olingan.
Mostrar todo...
👍 6🤩 1
Photo unavailableShow in Telegram
DIQQAT DIQQAT !!! ⚡️Yangiyoʻl tumanidagi ijodkor yoshlar uchun ajoyib yangilik! 🇺🇿Joriy yilning 10-iyul sanasi soat 09:00 da “Vatanni madh etuvchi qoʻshiqlar” tanlovi oʻtkaziladi. ✅Ushbu tanlovning shartlari: ishtirokchining yoshi 30 dan oshmagan boʻlishi, vatanni tarannum etuvchi taronalar jonli yoki fonogrammadan foydalangan holatda qoʻshiq ijro qilishi hamda tanlov oʻtkaziladigan joyga kech qolmasdan kelishi lozim! 📍Manzil: Yangiyoʻl tuman Ahil MFYda joylashgan 5-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi. 📞Murojaat uchun: 97) 539 70 70 Kanalga a’zo boʻlish 👈 ✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
Mostrar todo...
👍 3🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Rasmiy munosabat Joriy yilning 7-iyul kuni soat taxminan 20:40 atrofida "Agrobank" ATB Toshkent viloyat boshqarmasi Yangiyo‘l filiali hovli qismida joylashgan transformatorda noma’lum sabablarga ko‘ra yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘ining oldini olish maqsadida, mazkur tumandagi Yong‘in xavfsizlik bo‘limiga 20:45 larda xabar berilgan va qisqa vaqt oralig‘ida yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida bank binosiga va xodimlariga zarar yetmagan. Hozirda tuman FVV tomonidan yong‘inning yuzaga kelish sabablari o‘rganilmoqda. Agrobank Matbuot xizmati Kanalga a’zo boʻlish 👈 ✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
Mostrar todo...
👍 1
Yangiyo'l tumani FVB xodimlari tomonidan maxsus taktik-o'quv mashg'uloti o'tkazildi Xabaringiz bor, 1-iyuldan yurtimizda “Dolzarb 30 kun” dasturi doirasida yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha kompleks chora-tadbirlar boshlandi. Tadbir doirasida kuni kecha tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda sohaviy hamkorlikdagi xizmatlar birgalikda tuman hududida joylashgan tadbirkorlik subyektlarida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazilib bilim hamda ko‘nikmalari oshirildi. Kanalga a’zo boʻlish 👈 ✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
Mostrar todo...
Repost from Hydromet.uz
Photo unavailableShow in Telegram
8 IYULGA OB-HAVO PROGNOZI Bugun kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi , ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 32-37°, janubda ba’zi joylarda 40° gacha bo‘ladi. Poytaxtimizda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 33-35° bo‘ladi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi. __ ПРОГНОЗ ПОГОДЫ НА 8 ИЮЛЯ Сегодня днем по республике без осадков, лишь в отдельных районах Ташкентской, Джизакской, Сырдарьинской областей и областей Ферганской долины возможен кратковременный дождь, гроза. По предгорным и горным районам Ташкентской, Андижанской, Наманганской, Ферганской областей возможны селе-паводковые явления. Ветер 7-12 м/с, местами возможно усиление до 13-18 м/с, в отдельных районах с пыльным поземком. Температура 32-37°, по югу местами до 40°. В столице возможен  кратковременный дождь, гроза. Ветер 3-8 м/с, возможно усиление до 12-14 м/с. Температура 33-35°. По предгорным и горным районам в отдельных районах возможен кратковременный дождь, гроза.  Ветер 7-12 м/с, местами возможно усиление до 13-18 м/с. Температура 22-27°.
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Bildirish Yangiyoʻl TET shuni maʼlum qiladiki, 110/35/6 kV Xalqobod-2 PS, 35/6 kV Xalqobod-1 PS, 35/6 kV Oʻzbekiston PSdan chiquvchi fider Buloq 6 kV, 35/6 kV Doʻstlik PSDAN chiquvchi fider Samarqand 6 kV yuqori kuchlanishli havo elektr tarmogʻida avariyaviy holat yuzaga kelgan. Shu sababli Samarqand, Saidota, Gʻalaba, Yuksalish, Xalqobod, Nihol, Olmazor, Mirishkor, Vatan, Nurobod, Tuyabogʻiz, Xonqoʻrgʻon, Nurafshon va Chamanzor MFY hududlarida elektr energiyasida uzilishlar kuzatilmoqda. Hozirda xodimlar tomonidan avariyani bartaraf etish choralari koʻrilmoqda, tez orada elektr energiyasi qayta tiklanadi. Kanalga a’zo boʻlish 👈 ✍️ Yangiyoʻl tuman hokimligi Axborot xizmati Telegram | InstagramFacebook | Youtube|Web-site
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.