cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Shaxnoza Xolmaxamatova

Qashqadaryo viloyati 134- Yakkabog’ saylov okrugidan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati 👇 @Shaxnoza_Xolmaxamatova

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
744
Suscriptores
-124 horas
-97 días
-5730 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
#PrezidentXalqBilan Shavkat Mirziyoyev Farg’ona viloyati Bog’dod tumani Yuksalish mahallasida bo’lib, aholi turmush sharoiti bilan tanishdi
Mahalla budjetida 83 million so‘m bor. Ko‘chalar obod, xonadonlar saranjom-sarishta. Mahalla markazida huquq-tartibot idorasi, chiqindi yig‘ish punkti barpo etilgan.
Mostrar todo...
👍 6🔥 1👏 1
Senat binosida Yoshlar parlamentlarining xorijiy mamlakatlar bilan hamkorligini yanada mustahkamlash maqsadida joriy yilning 9-iyul kuni Yevropa Ittifoqining “Inter Pares” dasturi doirasida “Parlament va yoshlar” mavzusida xalqaro seminar o’z ishini boshladi. Unda O‘zbekiston, Germaniya, Kipr, Slovakiya va Chexiya mamlakatlari parlament a’zolari va yoshlar parlamenti vakillari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etmoqda.
Mazkur seminar O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlarda yoshlarni parlament faoliyatiga samarali jalb etish bo‘yicha muloqot va tajriba almashishni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, unda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda O‘zbekiston tajribasini o‘rganish nazarda tutilgan.
Mostrar todo...
👍 8🔥 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Депутат Шахноза Холмахаматованинг тезликни ҳаддан ташқари ошираётганларга жазо чорасини кучайтириш бўйича билдирган таклифи бир чеккада қолиб, мавзуни бошқа ёққа бураётган "псевдоблогер"лар ҳам учраб турибди. Нима эмиш? Депутат йўлнинг абгорлигини, радарлар ноқонуний ўрнатилгани, йўллардаги “яма”лар кўплигини танқид қилса бўларди, шундай депутатлар халқнинг қийналишига сабабчи бўлаяптимиш. Савол бор да: охирги вақтларда бола ўлими билан якун топган қоидабузарлик, янаям аниқроғи жиноятларнинг қай бирида нотекис йўл, ноқонуний радар ёки “яма”лар айбдор бўлди? Бу аянчли ҳолатларнинг ҳаммаси инсон омили туфайли юз берди. Депутат нима демоқчи-ю, бу "автотеррорчи"лар ҳимоячиси нима демоқчи? Ўзини ёзганини ўзи ўқирмикан? Депутат белгиланган тезликни соатига 40 километрдан оширганлар (масалан 60км/соат белгиланган йўлда 40 км/соат ошириб, 100км/соат тезликда харакатланган) потенциал жиноятчи, улар маълум муддат ўзига кеволсин, кейин "права"ларини қайтариш керак, демоқчи, холос. Ўғри бўл, ғар бўл, инсоф билан бўл, дейишади. "Хайп", "просмотр" учун депутатни текис жойда танқид қилиб, яна нималардадир айбдор қилишга неча экан?
Бошқаларни обрўсизлантиришга ҳаракат қилиб, интернетга ҳар нарса ёзишдан тап-тортмайдиганлар аввал масалани моҳиятига етиб, кейин фикр билдирса, яхши бўларди.
🚀 @deputatlar_nima_deydi саҳифасини кузатиб боринг
Mostrar todo...
👍 14👏 3🔥 2👎 1
#Yalpi_majlis Mamlakatimizning energetika xavfsizligini mustahkamlash, shaffof va raqobatbardosh elektr energiyasi bozorini rivojlantirish hamda sohaga xususiy investitsiyalarni jalb qilishni nazarda tutivchi Qonun loyihasi Quyi palatada deputatlar tomonidan ma’qullanib Senatga yuborildi.
Qonun loyihasida ijtimoiy himoyaga muhtoj iste’molchilarni qo‘llab-quvvatlashga oid normalar aks etmoqda.
Elektr energetika sohasidagi faoliyatni litsenziyalash
Energetika bozori regulyatori tomonidan amalga oshirish
nazarda tutilmoqda.
Mostrar todo...
👍 6🔥 2👏 1
01:04
Video unavailableShow in Telegram
#Yalpi_majlis ☝️Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi. Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti, youtubedagi kanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.
Mostrar todo...
IMG_2323.MP45.56 MB
👍 9🔥 2👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#UzLiDeP_fraksiya #Qonun_muhokama
Hokimlarning ayni bir vaqtda tegishli hududdagi Mahalliy Kengashlarni boshqarish vakolati bekor qilinishini nazarda tutuvchi Qonun loyihasi O’zLiDeP fraksiyasida deputatlar tomonidan birinchi o’qishda atroflicha muhokama qilindi va ma’qullandi.
Mostrar todo...
👍 9🔥 1👏 1
Qat’iy choralar ko‘rish vaqti keldi So‘ngi paytlarda fuqarolar tomonidan o‘zining shaxsiy avtomobilini shahar markazlarida katta tezlikda harakatlanib, ushbu hatti-harakatlarini video tasvirga olgan holda uni ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirayotgan holatlar ko‘paymoqda. Bu esa ko‘pchilikni o‘ziga jalb qilishga, boshqalar ham shunday qoidabuzarlikni takrorlashiga, eng yomoni fojeali halokatlar, begunoh odamlar o‘limiga sabab bo‘lmoqda. Bu kabi halokatlarda qurbonlar orasida yosh bolalarning borligi hech kimni befarq qoldirmaydi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda birgina 2023-yilning o‘zida 9839 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 9209 nafar fuqaro jarohatlangan va 2282 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Ushbu holatlar asosan katta tezlikda hakatlanish, yo‘l qoidasiga amal qilmaslik oqibatida sodir etilgan.
Bu kabi noxush xatti-harakatlarni oldini olib, unga nisbatan qat’iy choralar ko‘rish zarur deb hisoblayman.
Shu sababli qonunchiligimizda belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ko‘p kattalikda oshirib yurganlik uchun hech qanday ikkilanishsiz transport vositasini boshqarish huquqidan uch yil muddatga mahrum qilish taklifini bildiraman. Ya’ni, shahar ichida tezlik 60 etib belgilangan bo‘lsa, 100 tezlikda yuradigan “shovvoz” haydovchilar transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum bo‘lishi shart.
Bu orqali fuqarolarimizni mas’uliyatini oshirish va yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarimizning hayotini saqlash hamda avtohalokatlar soni kamayishiga erishamiz degan umiddaman.
Mostrar todo...
👍 19👎 5👏 5🔥 4😁 1
#Munosabat Farzand tarbiyasi juda nozik, mas’uliyatli vazifa! Vatan, oila kelajagi farzandlarimiz qo’lida! Voyaga yetmagan farzandlarimiz bilan muomila qilish, ularga do’st bo’lish, turli yomon illatlardan asrash farzand tarbiyasining eng muhim bosqichi hisoblanadi. Huquqlarini bilgan, majburiyatlarini anglagan, eng asosiysi Vatanini, ota-onasini sevgan, qadriyatlarini e’zozlagan yoshlardan jinoyatchi, huquqbuzar chiqmasligi hayotiy xaqiqat! Internet orqali har qanday chegara va to'siqlar yo'q bo'lib, dunyoda global madaniyat shakllana boshlagan bir vaqtda bu vazifalar ahamiyati yanada ortdi desak to’g’ri bo’ladi. Har qanday o'zgarishlarni biz faqatgina yaxshi tarafini o'zimizga olishimiz darkor. Foydali, zararli ma’lumotlarni farqlashni bolalarimizga o’rgatishimiz ularda istemol madaniyatini shakllantirishimiz kerak nazarimda. Buning uchun esa ota-onalar o'z farzandlariga e'tiborli bo'lishlari, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli to'ldirib borishlari, farzand tarbiyasi uchun ham ota, ham ona mas'ul ekanligini tushunishi zarur.
Mostrar todo...
IMG_2295.MP413.94 MB
IMG_2296.MP46.84 MB
👍 13🔥 2👏 2
Photo unavailableShow in Telegram
EL QO'LLASA
El qo'llasa, azizim, omon bo'lsak, ajabmas Qo'llamasa — rang-ro'yi somon bo'lsak, ajabmas. Elni bizdan qizg'anib so'z aytguvchi zotlar bor, Ular uchun bir umr yomon bo'lsak, ajabmas.
✍ Abdulla Oripov
Mostrar todo...
👍 17🔥 5👏 2😁 1
02:05
Video unavailableShow in Telegram
#Muloqotda_Takliflar Soliq maslahatchisi Lola Karimova bolalarda kam uchraydigan ogʻir kasalliklar uchun moʻjallangan “Orfan” dori vositalarini import qilish uchun soliq imtiyozlari berishni taklif qildi. Unga koʻra, mazkur dori vositalarini xorij kompaniyalaridan sotib olish jarayonida ular qoʻshimcha dorilarni bepul taqdim etishga ham rozi boʻladi. Ammo mahalliy kompaniyalar ularni mamlakatga olib kirish uchun katta miqdorda foyda soligʻi va QQS toʻlagani sababli bepul dorilardan voz kechishga majbur boʻlmoqda.
Mostrar todo...
IMG_2276.MP410.97 MB
👍 6🔥 2👏 1
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.