es
Feedback
💜•𝐏𝐔𝐑𝐏𝐋𝐄 𝐋𝐈𝐆𝐇𝐓•💜

💜•𝐏𝐔𝐑𝐏𝐋𝐄 𝐋𝐈𝐆𝐇𝐓•💜

Ir al canal en Telegram

Hɪ Kᴘᴏᴘᴇʀ🙋🏻‍♀️ Bɪᴢɴɪ ᴋᴀɴᴀʟɢᴀ xᴜsʜ ᴋᴇʟɪʙsɪᴢ💜 ғᴀɴғɪᴄs_ᴍᴇɴᴜ : @Fanfic_menu_Light💜 Hᴀᴍᴋᴏʀ ᴋᴀɴᴀʟʟᴀʀ : @UzbBTS 💜 ᴄʀᴇᴀᴛᴏʀ : @Jk_Miso⛓️🖤 ᴏᴄʜɪʟɢᴀɴ sᴀɴᴀ : 03.07.2021💜

Mostrar más
Tayikistán11 777La categoría no está especificada
373
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días
Archivo de publicaciones
••• Yuta: bilasanmi senda nima bor? Sejong: nima? Yuta: Nafislik. Sejong: A? Yuta: Ichingdagi bir narsa nafis va sokin.. lekin qayergadir qamalib qolgan.. yoki o'zing qulflab qo'ygansan.. Sejong: ...nima deyotganingni tushunmadim.. Yuta: ahh.. sen baribir oddiy qiz emassanda.. yuzingga stress so'zi yozilgan, ammo qalbing stressni xohlamas.. Sejong: .... Yuta: anyway ...i wanna be yours💞 Sejong: pashol na#uy Tun.. 01:00.. Biroz vaqt o'tib Sejong hushiga keldi. G'alati tushdan boshi og'riganini sezib, yuzi burishdi. "Yuta.." Ko'zlarini asta ochar ekan qayerdaligini bildi-yu qaytib yumdi. "Yutani ko'rib.. o'lgandim shekilli..." Jin: ...o'lmading. Seokjin ovozini eshitib ko'zlarini ochdi. Birozdan so'ng o'rnidan asta turar ekan, kimdir uni yelkasidan tutdi. Jin: ..tobing yo'q, yot. U aytganidek qildi, qizgina. Yostiqqa boshini qo'yar ekan nima deyishni bilmas, hayolida bo'shliq edi. Nima his qilayotganini tushunmas go'yoki tuman ichida qolgandek keyingi buyruqni kutardi. Janob Seokjindan esa so'z chiqmasdi. Sejong nima bo'lganini asta-sekin esladi. Urushdi va.. o'zidan ketib qolganini yodiga tushgach o'rnidan sapchib turib ketdi. Uning harakatlaridan hayron bo'lgan Jin qizni yoniga yaqinlashdi. Jin: tinch.. Sejong: kechiring, Janob! Yigit bir muddat nima deyishni bilmay, ko'zidan yosh oqayotgan qizga tikilib qoldi. Jin: ..yig'layapsan? Sejong: ..nima? Sejong yuzini ushladi va namligini his qildi. Nahotki sezmagan bo'lsa?.. Sejong boshini egdi. Endi chindan ham nima qilishni ham nima deyishni ham bilmay jim o'tirardi. Jin: ichib ol. Qiz uning qo'llariga uzatilgan suvni ko'rdi. So'ng asta olib suvdan xo'pladi. Sejong yoniga Jin o'tirib, o'zi ham qo'lidagi suvni ichardi. Qizning ichiga iliq suyuqlik kirdimi, biroz yengillasha boshladi. Suvni ichib bo'lgach shisha idishni divan to'g'risidagi stol ustiga qo'ydi. Hali ham boshini ko'tara olmasdi. Biroq, jangdagi unga qattiq baqirgan Janob Jin hozir uning yonida sokingina o'tirganini tushunmasdi. Avvalari biror jangni eplay olmaganida otasi uni tibbiyot xonasiga jo'natib 3-4 kun xabar olmasdi. Lekin Janob Seokjin... Jin: boshing qanday? Sejong: ..b-biroz og'riyapti, Janob.. Jin: hm... yura olasanmi? Sejong: menimcha ha.. Jin: uyga ketamiz. Sejong: xo'p... Ular ikkisi o'rinlaridan turishganida Sejongni boshi aylandi-yu o'zini tuta olmasdan divanga yiqildi. Seokjin unga bir muddat qaradi-yu qizga yaqinlashdi... so'ngra uni qo'liga ko'tarib oldi. Sejong: j-janob.. kechiring.. men.. o'zim.. Jin: yelkamdan ushla va jim bo'l. Kutilmagan hodisadan bir so'z deyolmadi, qizgina. Ha, qaysar bir gapidan tap tortmaydigan Janob hozir uni qo'lida ko'tarib ketardi. Bundan esa Sejong uyalar va o'zini qattiq aybdor his qilardi. Janobning sovuq va g'alati taftini sezdi. Biroq yuziga qarashga botina olmadi. Mashinaga yetguncha o'zini bir joyga ko'mib, yeb-bitirdi jangchi brilliant qiz.. ••• Yarim tundan o'tgan, yo'lda mashina uy tomon yurardi. Bu tunda esa to'lin oy chiqibdi. To'lin oyga termulib ketayotgan Sejong pala-partish hayollar og'ushida edi. Negadir o'zini qandaydir yengil va g'alati his qilardi. Bir necha soat avval urushib, hushini yo'qotib so'ngra hech narsa bo'lmagandek... qizning ko'zi ilina boshladi. Boshini mashina oynasiga qo'ydi-yu ko'zlari yumildi. Seokjinning pichirlagan ovozini ham eshitishga ulgurmadi, "tentak... kechir meni.." Seokjin o'ziga-o'zi shu so'zlarni aytgancha osmondagi oyga nazar tashlab qo'ydi.. Juuzou: I know I'm a bad adminka.. I can't deal with it, guys.. sorry for last time.. this story is in my head but it is full of fucking depression that i don't wanna share with others, i don't wanna harm and make your mind upset, you know. I appreciate your precious mood and time. But it disturbs me every day, this Sejong's story is in my head every day😂 I apologize for this. 💎Tez orada davomi Marsdan Yerga tushadi💎 #Juuzou

Daqiqalar o'tdi.. hushsiz Hyuna va hali ham uning bo'ynidan tutib, yuzidagi qonni artayotgan Sejong. Usti boshqaning qoni bilan iflos, ammo yuzida g'alati tabassumli qiz. Shunday tabassum bilan u nimani o'ylayapti? Nimani his qilyapti? Jindagi qotib qolgan nigohlar uning tabassumidan ko'z uzmasdi. G'alati.. tabassum ham achchiq bo'lishi mumkinmi?! Sejong Hyunani yerga tashladi. Yuzidagi kulgi yo'qolganini sezgan Seokjin nima bo'lishini fahmlay boshladi... va hayoliga kelgan fikrdan ko'zlari ochilib ketdi-yu.. ko'z oldida esa o'sha o'ylagan ishi sodir bo'lay deganda.. "BAS!!" Jessining yo'g'on baland ovozidan Sejong qo'lidagi uchli tayoq Hyunaning yuziga 10 sm qolganida to'xtab qoldi. Hyuna qattiq ovozdan hushiga kelganida esa ustida o'tirib, unga tayoqni o'qtalib tikilib qolgan Sejongni ko'rdi. Jessi tezda ularni oldiga yetib borgach, Sejong qo'lidan tayoqni olib, uni bir chetga tepib yubordi. Qattiq tepkidan so'ng Sejong o'ziga kelar ekan, atrofga qaradi. "..Nima bo'ldi o'zi?" Yon tomonda Jessi yerda hushidan ketgan Hyunani yuziga urar, o'ziga keltirishga urinardi. Birozdan so'ng, qandaydir kishilar kelib Hyunani olib ketishdi. Jessi bir chetda qotib qolgan Sejongga ko'z qirini tashladi-da yuqoridagi kuzatuvchilarga qaradi. Jin boshini eggach, Jessi Sejong tomonga bordi-yu... uning bo'yniga zarba berib, hushidan ketkazdi. J-hope: haha, bilgandim shunday qilishini, Jessi zo'r-da Taehyung: qoyil, bunaqa jang.. hah.. yana oxirida bitta so'z bilan.. ha, Jin? Seokjin pastdan ko'z uzmasdi. Qizning hushsiz tanasini olib ketishgach undan so'z kutayotgan yigitlarga qaradi. Yuzida sovuq ifodadan boshqa hech nima yo'q edi. Jin: ..kimdir RM: yo'q. Jin: bu qizni uyimda ko'rishni ham istamayman. RM: 1 oy bo'ldi, Jin. Ko'rinib turibdi, u sening sodiq xizmatkoring bo'ldi. Jin: ..bunaqa xizmatkordan o'ligi afzal. Suga: rejani buzganing qoladi. Jin: ..tuzatilib xonamga yuborilsin.

Jin nigohlarini qizdan uzmas, uning harakatlarini sinchikovlik bilan kuzatardi. Hammaning e'tibori jiddiy tus olgan jangga qaratildi. Qiz o'zi sezmagan holda raqibi tomon yugura boshladi. Hyuna oldiga shiddat bilan kelayotgan qiz qamchisini o'qtalgancha u ham tashlanishga tayyorlandi. Uzun silliq qamchi Sejong yuziga uchar ekan, tezkor qo'llar ushlab oldi-yu qamchini o'ziga tortdi. Hyuna qamchini qattiq ushlagancha qancha harakat qilmasin raqib tomondagi kuch ustunlik qildi-yu qamchi bilan o'zi Sejong tomonga uchdi. Va... Sejongni qattiq mushti uning biqiniga tegdi. Hyuna qo'lidan qamchi dastasi chiqib ketdi. Ilk marta bunday zarba va og'riqni his qilganidan rangi oqarib ketdi va ortga yiqildi. O'zini o'nglab turishga ham ulgurmay keyingi zarbani boshidan yedi. Sejong uni boshiga oyog'i bilan tepgach, yanada yaqinlashdi. Labi qonagan, tanasini og'riq va g'azab egallagan Hyuna yerda yotardi. Sejong uning qo'llarini oyoqlari bilan eza boshladi. Hyunaning qattiq baqirishiga qaramay ikkala qo'lini battar ezardi. Hyunada biroz kuch bo'lsa ham joyidan tura olmasdi. Sejongning sovuq ko'zlari uni joyiga mixlab qo'ygandek, kamiga tanasini og'ritardi. Sejong yerga o'tirib chalajon bo'lishiga oz qolgan Hyunani bo'ynidan tutdi. Sejong: hali tugamadi) Bir shapaloq.. qars.. ikki.. qars.. uch.. qars.. to'rt.. besh.. qars.. qurs.. qo'llar musht tugilib endi haqiqatdan yuz bejalishi.. qon.. qon.. lab..burun qonashi... bo'yin qattiq siqilib tomirlar qisilishi-yu.. og'riq.. juda qattiq og'riq... qars.. ...Sejong qo'li to'xtamas, Hyunaning holi qolmaganidan ko'zlari yumila boshlar, yuzi esa qontalash bo'lardi.. Hyunaning madori qolmadi.. uning ongi go'zal yuzi xor bo'layotganini ko'tara olmadi-yu 10ta zarbadan so'ng o'zini yo'qota boshladi.. Sejong uni siltab yerga tashladi. Usti va qo'li sachragan qizillik bilan qoplangan ekan atrofga qarab nimadir izlardi. Boya kirish joyida oddiy yog'och stul bor ekan. Stul tomonga bordi-yu.. stulni olib yerga qattiq urardi. Qizga oddiy tayoq kerak edi.. va uni oldi ham. Qo'lidagi tayoq bilan Hyunani oldiga yura boshladi. Bu vaqtda esa kuzatuvchilar bo'lib o'tgan manzaradan qotib qolishgan. Hech kim bir so'z deyolmas, joyidan ham qo'zg'alishmagan edi.

#16_qism "nomsiz" davomi Inson ichidagi sirli va o'ziga xos imkoniyatlarini hayot davomida tajriba va sinovlar orqali kashf qilib boradi. Agar xohish va urinish bo'lsa, bu imkoniyatlar yuzaga chiqadi. Agar ular bo'lmasa-chi.. yoki shu holatingizda umringizni o'tkazasiz yoki.. kimdir majburlashi mumkinmi? Agar o'sha imkoniyatlarni, ichki kuchni brilliantga qiyoslasak... undan siz foyda olasizmi, yoki uni topish uchun sizni majburlagan kimsa.. mana shu ichimizda mudrab yotgan brilliantni sindirmang... uni uyg'oting~ O'sha brilliant sohiblaridan biri siz hayotini o'qiyotgan Sejong ham bor. Garchi, u buni tan olishni istamasa-da, undagi o'tkir nigohlar-u, sezgirligini yoshlikdan kuzatib kelayotgan marhum ota Janob Song bajonidil aytardi. Va.. asrab olingan qizdagi tug'ma qobiliyatlarini rivojlantirishga kirishdi. Avval nazariy, so'ng amaliy.. jang turlari.. shafqatsizlik usullari.. Janob Song o'zidagi bor ilmni qolgan qizlaridan ko'ra negadir Sejongga o'rgatgandi. Ba'zan bir chetda ularning urushishini kuzatib o'tirgan qizi Sananing hasadi kelsa ham, baribir bor bilimini Sejongga singdirdi. Daholik yana bir dahoga qattiq mehnatlar ila singdirildi. Biroq savol shuki, ushbu daho "daho bo'lish"ni istagan edimi? Yoshligidanoq ideal bo'lish bosimini xohladimi? ...Janob Songdan uni shug'ullantirishni so'radimi? ...O'zining unutib yuborilgan, eslashga urinsa ham hayoliga kelmaydigan "beg'ubor yoshlik orzulari" qayerda? U "yo'q istamayman" deyishni xohlagan shunchaki.. u o'z hayotini qo'liga ushlay olmagan nuqsonli "ideal qiz" xolos. Ushlashni unutgan, o'zini quyi pog'onadan g'arq bo'lishgacha borgan "brilliant". •••Sejong Yuta bilan bo'lgan voqeadan so'ng Yaponiyada yashagan vaqtda, Janob Song unga ofisdagi "ayrim ishlar"ni yukladi. Kaltaklash, bo'g'ish, tepkilash, qiynash bari Sejongni yelkasiga tushdi. Ammo qizning sabr kosasi to'lar, ishidan jirkanardi. Sejong: ..oyog'ini sindirdim. Janob Song: keyinchi? Sejong: ..qo'lini issiq suvga tiqdim. Janob Song: xo'sh? Sejong: ..sizga sodiq it ekanini va itlar galasi qayerdaligini aytar ekan. Janob Song: rahmat, borib darsingni qil. Sejong: ... Janob Song: nima gap? Qizning vujudidagi "boshqa bu ishlarni istamayman" so'zini aytolmasdi. "Janob Song, meni ishdan bo'shating, boshqa kimnidir qiynash.." Janob Song: ..qachonki, boshqa kishiga turmushga chiqsang ozodsan. Hali hayollaridagi so'zlar aytib bo'lmasidanoq, qari cho'chqa gap nimadaligini fahlmagan. Sejong biroz ta'zim qilib, xonadan chiqdi. Eshikni yopar ekan, o'zini qayerdadir osib o'ldirgisi kelar, yo'lak devorlarini ushlagancha zo'rg'a yurardi. "Nega men ayta olmadim? Nega? Nega? Nega? Nahotki.. shunchalik ahmoq, qo'rqoq bo'lsam.. Nega?" Shu tarzda 22 yoshgacha yashadi. Janob Song ishlari tufayli yana Koreyaga qaytilgach, Sejongning tosh qalbi orom oldi. Ba'zan o'tmish xazonlari lip etmaganida.. 22 yoshdan so'ngi hayoti Janob Song o'limigacha yaxshi o'tdi. Hozir, qarshisida qandaydir befarosat qiz bilan jang qilar ekan, undagi "brilliant" faollashdi. Yillab, daho kuchi singdirilgan noyob qobiliyat ila Sejong Hyuna tomonga ikkilanishlarsiz qadam bosdi. Sejong endi hech narsani o'ylamas, tarqoq hayollari izsiz yo'qolgandek, raqib tomonga erkin yurib borardi. Xuddi atrofda hech kim yo'q va qarshisida unga o'qrayib turgan jodugarni bemalol bo'g'ib o'ldirsa.. Sejong shuni o'yladi-yu, asta kula boshladi. Shu onda unga qarab turgan ko'zlar ko'z kosasidan chiqib ketay degandi. Hattoki Hyuna zaldagi aura o'zgarganini sezib harakatlana boshladi.

Агар бугун 21:00 кечгача 50 тадан ошса овозла иккита кисм ташиман🌚💙

🖤𝙌𝙖𝙡𝙗𝙞𝙢𝙙𝙖𝙜𝙞 𝘿𝙖𝙧𝙙🖤 fanfigini o'qimaganimizga ancha bo'ptiyu🥲 davomini haliyam kutvotganla bormi?🌚
Anonymous voting

OY OSHIG'I 20 yillik orzuyim 'ن' kabi sevmoq edi. Shunday tarif berishgandi-ku: Nun kabi sevmoq. Qarang, qanday goʻzal sevadi
OY OSHIG'I 20 yillik orzuyim 'ن' kabi sevmoq edi. Shunday tarif berishgandi-ku: Nun kabi sevmoq. Qarang, qanday goʻzal sevadi nun. Suyuklisini ikki qoʻli orasiga olgancha... Ammo qoʻl tekkizishga koʻzi qiymaydi. Gapim tugamayapti, ammo tugatishim kerak... Yana bir bor oʻsha soʻzni aytaman... Oy chiroyli❤️ Garchi endi uni koʻrmasangizda, oy chiroyli boʻlib qolaveradi... 🎡@dreams_chapter🎡

❗️Anyeong qizlar kim D-Day albom oladi 3 ta setlik albom huddi Yoongi ochganidaka agar anniq omoqchi bosela manga yozila faqat bir kishiga I bunaqa arzon narxda ololmisila

#Fanfik #Tragedy #Love 🖤𝙌𝙖𝙡𝙗𝙞𝙢𝙙𝙖𝙜𝙞 𝘿𝙖𝙧𝙙🖤 💜 @Purple_Lights 💜
#Fanfik #Tragedy #Love           🖤𝙌𝙖𝙡𝙗𝙞𝙢𝙙𝙖𝙜𝙞 𝘿𝙖𝙧𝙙🖤 💜 @Purple_Lights 💜

~Jungkook bir amallab uni chalg'itti doktor unga asabiylashish mumkin emasligi yoqsa ko'zlariga yana zarar 💔yetishini aytgan edi. Jungkook qo'lidan tutib bolalar xonasiga o'g'lini yoniga olib bordi. Oyna ortida turib o'g'lini qo'l bilan ishora qilib ko'rsatdi. Bolakay shirin uyquda edi🥺 buvisi uni ko'rib ko'ziga yosh keldi. Buvi: Mening malikamning jajji shahzodasi, biram beg'ubor u ko'proq oyisiga tortgan yoqimtoy va kelishgan🥹 Jungkook: Buvi!😏 Hechamda men kelishgan yigit bo'lganim uchunam o'g'limiz menga tortgan😌 Buvi: 😂 Jajji shahzodani burin va lablari otasiga tortibdi..... Jungkook: Chunki bu men☺️ Buvi: O'g'lim uni qo'limga tutgim kelyabdi.... Jumgkook: Bu mumkin emasda buvijon Buvi: Nabiramni bag'rimga judayam bosgim kelyabdi.... Jungkook: 😐👀👀 Davomi bor... 💜 @Purple_Light 💜

#Fanfik #Tragedy #Love           🖤𝙌𝙖𝙡𝙗𝙞𝙢𝙙𝙖𝙜𝙞 𝘿𝙖𝙧𝙙🖤 30-Qism Doktor: Yaxshi chiqganingizdan so'ng aytasiz degan umiddaman. ~deya Doktor chiqib ketdi. Jungkook otasini muzlagan tanasiga qarab yana yig'lab "Meni kechiring Ota" deya peshonasidan o'pib yuzini ustida turgan mato bilan yopib ortiga bir bor qarab chiqib ketdi. Misoni buvisi yotgan palataga keldi .Eshikdan sekin qadam tashlab ichkariga kirdi. Biroq eshikdan uzoqlashmasidan Misoni buvisini ovozini eshitdi. Kravat ustida tepaga qaragancha yorug'likni ko'rmay gapirishni boshladi Buvi: Miso senmisan qizim? Miso? Qizim ahvoling yaxshimi? Iltimos yonimga kel qizim seni judayam sog'indim go'yo yillab yuzingni tabasumingni ko'rmagandek o'zimni his etyabmam. Miso kelaqol qizim......🥹 ~deya yig'lam sirab toxtamay gapirardi. Yorug'likni endi ko'rolmaydigan bu ko'zlar Misoni izlashga urinardi. Jungkook buni ko'rib bardoshi yetmadi og'zini qo'li bilan berkitib ich ichida yana yig'lardi. Biroz davom etgach Jungkook o'zini qo'lga olib buvisini yoniga yaqinlashdi. Va uni qo'llaridan tutib sekin ovozda Jungkook: Buvijoon Buvi: O'g'lim sen? Senmiding....? Jungkook: Ha men buvi (ko'zida yosh) Buvi: O'g'lim men uzoq uxlagandekman huddi.... Miso qayerda? Jungkook: U.........(yig'lab lablarini tishlab o'zini tiydi) Buvi: O'g'lim Miso? Jungkook: Buvijon Misomi? U hozir dam olyabdi..... Buvi: Ahvoli yaxshimi? Nabiram? Uchi? Jungkook: Yaxshi. Nabirangiz ham yaxshi..... Buvi: Nabiram qizmi o'g'il? (Jilmayib) Jungkook: O'g'il buvijon u sog'lom Buvi: Tabriklayman ota bo'lding endi hammasi yaxshi bo'ladi o'g'lim Hyorin bilan ikkingiz farzandingizni katta qilasiz hali baxtli kunlaringiz oldinda ~deya Jungkookni qo'lini qattiq qisib quvonib gapirardi. Jungkook esa unga bilintirmay alamli ko'z yosh to'kardi. Jungkook: Dokotor men roziman Doktor: Shu qarorga keldingizmi? Jungkook: Ha Otamning..... Uning ko'zlarini olishingiz mumkin Doktor: Yaxshi bir ikkita hujjat beraman tanishib qo'l qo'yasiz Jungkook: ............ ~Jungkook hujjatlar bilan tanishib chiqib qo'l qo'ygach. Bolalar xonasiga keldi. Oyna ortida turib o'z o'g'lini izlardi.... Uyerda chaqaloqlar ko'p edi. U izlayotganida bir chaqaloq yig'lashni boshladi ichkarida navbatchi yo'qligini ko'rib yig'layotgan bolani yoniga bordi. Jungkook jim qilish niyatida bolani qo'liga olib ovutishga urindi.... Shu vaqt uni yuragi tez ura boshladi shu onda bu o'g'li ekanligini tushunib yetdi. U juda kichkina beg'ubor shirin edikki yig'isiga xatto bardoshi yetmay Jungkook: O'G'LIM...💔 ~deya yig'lab yubordi. Uni qattiq bag'riga bosib goh isini hidlab goh yuzidan o'pib hidiga to'ymay yig'lardi. Oradan bir necha soat o'tib....... Doktor janob Jeonning ko'zlarini Misoni buvisi uchun oldi. Operatsiya uzoq davom etdi va yaxshi o'tdi. Ertasi kuni Jungkook otasini dafn marosimini yolg'iz o'tkizdii. Marosimdan so'ng kasal xonaga qaytdi. Kunu tun Misoni buvisi goh o'g'lini yoniga borib ulardan ko'zini uzmay nazorat qilib ularga qarardi. Oradan 2 hafta o'tgach...... ~Nihoyat bugun Buvisini ko'zlari ko'radigan kun. Doktor Misoni buvisini ko'zlaridagi bintni sekin yecha boshladi. Jungkook esa sabri yetmay kuzatib turardi. Ko'zlari bintdan halos bo'ldi. Doktor: Xonim ko'zingizni ochishingiz mumkin Buvi: Agar yana qorong'ulik bo'lsachi doktor biroz qo'rqyabman..... Jungkook: Buvii ochaqoling endiii🥹 ~Jungkookni so'zlaridan so'ng u ko'zini sekin ochdi avalliga qorong'ulik so'ng g'ira shira qarshisida ko'zi yoshlanib turgan Jungkookni ko'rdi ....... Buvi: O'g'lim~ ~deyishi bilan uni anniq ko'ra boshladi. Jungkook quvonganidan ichiga sig'may uni bag'riga otildi. Buvisini quchoqlab Jungkook: Endi siz hamma narsani hamma hammasini ko'rasiz buvi Buvi: O'g'limmm😭 ~deya ikkisi ko'zida quvonch ko'z yoshlari bilan bir birini qattiq bag'riga bosardi. Oradan bir necha soat o'tib...... Buvi: O'g'lim Miso qayerda uni ko'rishni istayman judayam sog'indim Jungkook: ......... Buvi keling undan avval nabirangizni ko'rsataman u buvisini judayam sog'ingan axr Buvi: Nabiram? Yaxshi meni uni yoniga olib bor.

Qizlar jangi. Bu qanday bo'lar ekan? Biz tasavvur qilgandek, yerga yotqizib, zaif mushtchalar bilan tarsaki tushirishmi, yoki sochlarni tortib-yulishmi.. yoki maktablardagidek zo'ravonliklarmi.. kim biladi, har kim o'z tajribasida hayolida boshqachadir. Biroq, faqatgina oddiy tayoq bilan himoyalanyotgan qiz va oyog'idan oddiy tayoq tufayli yaqinda zarba yegan qiz. 10 daqiqa o'tar ekan, Sejong qamchini ushlab tortib olishni reja qilar, biroq Hyuna fursat boy bermay, Sejongni bir burchakka tiqishga urinardi. Buni sezgan Sejong esa o'zini olib qochar, imkon bo'lganida uning zarbalariga chap berardi. To'satdan uning qo'lidagi tayoq qo'lidan chiqib ketdi. Qiz o'zini olib qochishga ulgurmay qoldi-yu yelkasiga tekkan qamchining og'riqli zarbasini qabul qildi. Sejong yelkasini ushladi va battar jiddiylashdi. Yelkasini tilib o'tgan qurol kiyim yengini biroz yirtgan. Sejong Janob Kim tomonga qaradi. Uning yuzidagi ifoda savolga aylangan, xuddi "qo'lingdan kelgani zarbalardan qochishmi?" degandek tuyuldi. Sejong bir muddat jimib qoldi. "Axir buni istamagandim xolos..." Sejong har qancha urinmasin, o'zini qo'lga olishga tobora qiynalar, qandaydir bosim, uning hislari yoki begona ko'zlar, erkin qobiliyatlaridan foydalanishiga to'sqinlik qilardi. ••• RM: qiziq... Suga: bu shallaqi Hyunani kim chaqirdi? Tfu, jangdan ovqatim hazm bo'lmayapti. Taehyung: bori shumi? Anavi AfSoNaViy JaNoB SONG QIZI qani? Jin bor e'tibori qizning harakatlarida edi. Sejongning u tomonga tez-tez qarashlari asabini tamom qilar, nega e'tiborini jangga to'liq qarata olmayotganini ko'rib ich-etini yemirardi. Bir muddat Jin hayoliga kelgan narsani esladi-yu o'rnidan turdi. Uning qo'liga kelgan yashirin hujjatlarda Sejongning shaxsiyati haqidagi psixolog xulosasi.. "...perfektsionist,... eng yomoni otasini ranjitib qo'yishdan qo'rqadi, erkinlik chegaralangan... " Oynaning bir cheti sinib tushdi. Jin qilgan ishidan hamma to'xtab qotib qolishdi. Hyuna va Sejong ham u tomonga qarashardi. Jin: Senga o'lish mumkin emas yodingdan chiqdimi?! Sejong boshini egdi. Rost, uning yodidan chiqqan, hozir o'lim tomonga endi qadam bosayotganida, og'riqli buyruq unga xuddi tarsaki tushirgandek bo'ldi. Bu "o'lish mumkin emas" tarsakisi oxiri Sejongga ishora bo'ldi. Sejong asta boshini ko'tarib Hyuna tomon qadam bosdi. Vaziyatni qanchalik o'zgarganini ko'rgan yigitlar og'iz juftlasha olmas, bir Jinga bir zalda o'zini robotdek tutayotgan qizga qarashardi. Jin yoniga J-hope asta yaqinlashdi. J-hope: hoy tentak.. bu nima qil.. Jin: jim. J-hope: ...hoy Jin: yordamchimni chaqir. J-hope: nima? Jin: qo'lim qonayapti, tez bo'l. J-hope hech narsani tushunmas, oxiri Jihyoni chaqirish uchun chiqishga majbur bo'ldi. Qo'lini ushlab turgan Jin esa hamon Sejongning harakatlaridan ko'zini uzmas, nimanidir kutgandek unga qiziqish bilan qarardi. "Siringni fosh qil, Janob Song qizi". 💎Tez orada davomi Marsdan Yerga tushadi💎 #Juuzou Ahhh~~  jang sahnalari mani ojiz tomonim.. agar biror joyi tushunarsiz bo'lsa so'rela bemalol, man yana qayta ishlab keyingi qismga jang san'ati turlarini o'rganib kelay🫠💜 O'qigan va ketqazgan vaqtiz uchun rozi bo'ling, sog' bo'lasiz🫡💎

Ular muhokama qilishayotgan paytda Sejong yuzida xavotirni bildirmaslikka urinar, raqibini chiqishini kutardi. Xuddi Janob Song tiriklik vaqtida uni sinagan paytlari.. Sejong o'sha xotiralarni eslab xo'rsinib qo'ydi. "Nega doim meni jang qilish uchun chiqarar edingiz Janob.. mana hozir ham siz tufayli kimdir bilan urushish arafasidaman. Yangi Janob ham sizning ishingizni qilyapti.. Aslida.. nega meni shug'ullantirdingiz.. jimgina pianoni chalsam bo'lmas edimmi?" Qiz bir narsani sezganday ortga tisarildi. Diqqatini bir joyga jamlab atrofga qaray boshladi. Uchib kelayotgan ovoz. O'tkir, silliq va uzun narsa. Sejong ortidan nimadir kelayotganini fahmlab o'zini chetga olib qochdi. Hyuna: tegmadi ah.. Qizning kuchli sezgirligi uni qamchi zarbasidan olib qochdi. Sejong u tomonga kelayotgan Hyunani ko'rib, yuzi burishdi. "..axir bu.. tizzalarimni qonatgan qiz.." Hyuna: hm.. nega xo'mrayapsan? Kimligim esingdan chiqdimi? Sejong indamadi. Biroq endi ichidagi tashvish o'rnini sovuqlik va nafrat qoplar, ularni kuzatib turgan Janob Kimni ham o'ylamay qo'ydi. Hozir, bor e'tibori, uni mana shu joyga ilk kelgan paytida mazax qilganga qaratilgandi. ••Mini-flashback•• Hyuna: ah sen! Sejong: nega senga javob berishim kerak tfu🌬 Hyunaning yuziga tupurishdi. Qandaydir begona qo'lga olingan asir qizdan go'zal tupukni qabul qilishga Hyunaning g'ururi chiday olmadi. So'ng stulga bog'lab qo'yilgan Sejongni ura boshladi. Jahl ustida uning tizzalarini qamchisi bilan urar ekan, Sejong miq etmasdi. Hyuna: hali shunaqami, chidaysanmi a?! Sejong: ... Hyuna: o'zingdan ko'r. Qancha vaqt o'tmasin, Sejongdagi temirdek sabr devorini Hyunaning na suvilondek qamchisi, na uning qarg'ish-u haqoratlari buza oldi. Oxiri Jessining buyrug'i bilan u xonadan yo'qoldi. Sejong chuqur nafas olib yuqoriga qaradi. Ko'zlari qonga to'lay deganda, negadir yuzidagi jarohatlarni sezmasdi. Sejong: ..senga o'zi nimadir qildimi.. kelib urasan, tovuqmiya... Ha, Sejong Hyunaning hayollaridan bexabar edi. Shunchaki Janob Kim Seokjin bu qizni olib keltirishni aytganiga rashk va qahr to'la yuragi toqat qilmadi xolos. Gap shundaki.. Hyuna Janob Kimning yonida o'ralashishni yoqtiradiganlardan edi.. yo'q.. u bu kompaniyada yagona girdikapalak suyuq edi. ••End Flashback•• Shu hodisadan so'ng Sejong ham, Hyuna ham dushmanlik pozitsiyasiga o'tib qolishgan.. Afsuslar bo'lsinki, ularning yo'li hozir mashqlar zalida qayta tutashdi. Hyuna urushishga tayyorlana boshlagandek, zalda qamchisini qarsillatgancha o'zini ko'rsatishga urinardi. Ba'zan ilon ko'zlari bilan Janob Kim tomonga ko'z tashlar, ochiq ko'ksini yanada kerar, o'ziga xos viqor va qandaydir "yarashmagan" nozlanish bilan labini tishlardi. Jimin: ...bundan ko'ra dorama ko'rganim yaxshi emasmi.. qanday xunuk manzara bir qara... Sejong esa mashqlar zalini ko'zdan kechirardi. Raqibida qurol bor ekan, demak u ham qandaydir qattiqroq narsani topishni xohladi. Bir chetda yotgan tayoq. Sejong tayoqni olishga bordi. Ammo hushyorlikni yo'qotmas, sokinlik bilan o'sha tomonga yurar ekan, sudralayotgan qamchi va unga qarab turgan o'tkir nigohlarni sezardi. "Takabbur, qamchini ishlatishga usta.. qanday jang qilar ekansan, bilishim kerak.. 3 ta gapdan so'ng tez jahli chiqadi, bu aniq, sinab ko'rsamchi" Sejong tayoqni yerdan asta olib, ortga burildi. Ko'zlarini bir muddat yumib, o'zini tinchlantirishga harakat qilardi. "Yangi Janobni uyaltirma, Oh Sejong ammo senga urishish yoqmasa.. nima bo'lsa bo'ldi!" Ko'zlarini ochib, ularni oyna ortidan kuzatib turgan yigitlar tomonga qaradi. Uni zimdan kuzatib turgan Janob Jinga. Ularning ko'zlari bir-birini ko'rgach, Sejong undan ma'no uqishga harakat qildi. Ammo Jin sir boy bermas.. Biroq bu uzoqqa cho'zilmadi. Hyunaning kelayotgan zarbasi Sejong ko'zlarini olib qochishga majbur bo'ldi.. "Sizni uyaltirmayman Janob Kim." Sejong shu so'zlar bilan raqibiga tashlanar ekan, ichidagi xavotirni hech ham bosa olmasdi.

#Fanfic_by_Juuzou #Fanfic       #IDEAL                          `𝐈𝐃𝐄𝐀𝐋´                     💎#16_qism💎         • Wanna Die?! • Jimin: nima?! Ikki kishiga bittasi..?! Taehyung: qo'ysangchi Hoseok hyung.. J-hope: yigitlar.. Suga ham guvoh, hehe Suga: bari rost. Taehyung: safsata. Oddiy tentak qiz hattoki o'zini tuta olmasa.. pff.. RM: hm.. bu qizdan ko'p narsa kutish tayin ammo.. J-hope: Jin bugun kelsa ko'rsatadi RM: Bugun u kelmaydigan kun.. J-hope: U keladi😌 Hamma jim qolgancha J-hopega savol nazari bilan qarashdi. To'satdan yig'ilish xonasi eshigi qattiq ochildi. J-hope: U ham sizlarga o'xshab ko'rganiga ishonadigan heh.. xush kelibsan~ Jin: 15 daqiqadan so'ng mashqlar zaliga. Barcha gap nimada ekanini fahmlashdi. Bugun Jinda asabi joyida emasligini sezgan yigitlar hech narsa deyishmadi. ••• Seokjin buyrug'i bilan hozir Sejong oshxonada uning yordamchisi Jihyo bilan ovqatlanardi. Oshxonada ulardan boshqa hech kim yo'q, ba'zan Jihyo Sejongga bir nimalarni aytib berar, qiz esa ha yo'q deyishdan boshqa hech narsa demasdi. Jihyo ancha kirishimli qizligini Sejong ilk ko'rganidayoq sezgandi. Ammo hozir uning ichidan xavotir qattiq tirnar, birozdan so'ng nima bo'lishidan qo'rqardi. Boyagina jahldor Janobdan xavotir olgan qiz, hozir endi kimning qo'lini sindirib qo'yishidan tashvishlanardi. Sejong tabiatdan urushishni yoqtirmaydi.  Qaniydi unga hech kim tegmasa-yu, o'z olamida yashasa.. qiz xo'rsingancha yeyishdan to'xtab qoldi. Jihyo: Sejong-shi, yaxshimisiz? Sejong: bo'ladi.. Jihyo: ..ah, nimadir bo'lsa bexijolat so'rang~ Sejong: bugungi jang.. xabaringiz bordir.. qoidalar qanday? Jihyo: qoidalar.. hmm, o'ylashimcha raqibingizni to og'zidan ko'pik chiqqunicha urishingiz mumkin! Haha! Sejong: ajoyib gapirar ekansiz.. Jihyo: sizga esa jilmayish yarashadi Sejong: ..nima? Jihyo: hozir hazildan kuldingiz~ ko'proq tabassum qiling~ Lablari tabassumdan keng yoyilganini sezmagan qiz bir muddat hayratdan qotib qoldi. "Rostdan ham kulyapman..n-nega o'zim.. sezganim yo'q..?" Sejong asta yuziga tegib ko'rdi. Jihyo: voy vaqt bo'libdi! Qorningiz to'ydimi?! Sejong: ha..ha. Devorlari och ko'k tusdagi uzun yo'lakdan Jihyo va Sejong aytilgan joyga borishardi. Ba'zan yo'lakdagi chiroqlar pirpirab odamni bezovta qiladigan darajada yonib o'chardi. Xuddi qorong'ulikda qolasan-u chiqmaysan deb ishora qilayotgandek. Ammo hozir bularning bari Sejong uchun ahamiyatsiz edi. Yo'lak oxirlashib borgan sari o'zini g'alati his qilar, barmoqlari chetini tirnay boshlagandi. Urushishdan qo'rqyaptimi? Yo'q. Shunchaki ichidagi tuyg'ular uning istaklariga qarshi ishlar bo'layotganidan bezovta xolos va yana... Janob Kimning boyagi holatini o'ylardi. Jihyo: oh, shu yerni ham tuzatib qo'yishsa bo'lar edi.. menimcha kech qolmadik.. Sejong: ..agar yutqizsam nima bo'ladi? Jihyo: ..raqibingiz o'ldirishdan toymaydi. Lekin o'lmaslikka harakat qiling ya'ni.. raqibingizni to og'zidan ko'pik chiqqunicha do'pposlang!😌 Sejong: ..yaxshi. Jihyo eshikni ochib Sejongni zalga kiritgach o'zi shoshilgancha qayergadir ketdi. O'rtacha kenglikdagi mashqlar zali, chiroqlari deyarli yoqilmagan makonda o'zini yolg'iz turardi. Birozdan so'ng chiroqlar asta-sekin yoqildi. Sejong atrofga nazar tashlar ekan, chap tomonida shishali oynaga qaradi. U yerni chirog'i yoqilgach, uni ko'rib turgan odamlarni ko'rib ko'zini olib qochdi. Uni so'roqqa tutgan, Janob Jin to'yida ishtirok etgan odamlar. Hozir esa unga o'z ko'zlari bilan ko'rib baho berishga kelgan insonlar. J-Hope: Jungkook shu yerda bo'lganida edi.. chet eldan oyog'i uzilmadi... RM: kelsa, xabar beramiz.. Taehyung: yoki jang videosini yuborsak hal.. Jin: yo'q. RM: tinchlikmi, Jin? Jin: yigitlar bu maxfiy ish, Jungkook bilan yuzma-yuz ko'rishganimiz ma'qul. Jimin: undan 1 oydan beri sado chiqmadi, hyung.. Jin: ...xavotir olmang, o'lganida o'ligini jo'natgan bo'lardi.. yana qandaydir orolda kayf qilib yurgandir.. J-hope: pxax.. to'g'ri.. Ooo ana kimdir kel... nima?!

  Bugun 🖤𝙌𝙖𝙡𝙗𝙞𝙢𝙙𝙖𝙜𝙞 𝘿𝙖𝙧𝙙🖤 fanfigini davomini o'qimizmi????🌚

Assalomu Alaykum~~ #IDEAL fanfigini o'qiyotganlar diqqatiga, nasib qilsa ertaga davomini chiqaraman hozir yozilish jarayonida va aytmoqchi bo'lganim, bu sirli ijod mahsulimni haftada 2 marta chiqaraman🫰💜 Vaqtingiz va e'tiboringiz, qo'llab-quvvatlashingiz uchun tashakkur, rozi bo'ling💓 Sog' bo'lasiz🌞 💜• @purple_lights •💜