cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Payariq tuman Axborot- kutubxona markazi-rasmiy telegram kanali

Kitobxonlarga xizmat ko'rsatish oliy maqsadimiz

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
618
Suscriptores
+124 horas
-977 días
-8530 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

"Kitobxon ona-kitobxon bola" 2024-yilning 17-iyul kuni Payariq tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari Chelak shahrida joylashgan Ma'rifat markazida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi "Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-40-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Yo'l xaritasining Oilalarda kitobxonlik madaniyatini oshirish bo'yicha Qo'shma chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan "Kitobxon ona-kitobxon bola" shiori ostida faol kitobxonlar ishtirokida davra suhbati o'tkazildi. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling: 👇 I Telegram I Facebook I Web-sahifa I YouTube I
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Qadimiy kutubxona ANDALUS   Qurtuba kutubxonasidagi kitoblar soni 325 hijriy sanada 400.000 (toʻrt yuz ming)dan ortiq boʻlgan. Holbuki oʻsha paytda bosmaxonalar hali mavjud emas edi. Barcha kitoblar qoʻlda yozilar edi. Bu ish nusxa koʻchiruvchi xattotlarga topshirilgan edi.    Bir kishiga biror kitob kerak boʻlsa nusxa koʻchiruvchining oldiga borib unga qanaqa kitob kerakligini aytar, nusxa koʻchiruvchi esa Qurtuba kutubxonasiga borib mijoz istagan kitobdan nusxa koʻchirib berar edi! Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling: 👇 I Telegram I Facebook I Web-sahifa I YouTube I
Mostrar todo...
01:15
Video unavailableShow in Telegram
#Tanlov 🎤O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxona markazida 📃"Vatanim-bu muqaddas maskan" deb nomlangan she'rlar, kichik hikoyalar tanlovini e’lon qiladi. 📃Tanlovda qatnashish shartlari oddiy bo'lib, vatanimizni madh etuvchi shoirlarning yoki o'z qalamingizga tegishli she'rni yoddan o'qib video yoki audio shaklda yuborishingiz yoki o'z ijodingiz mahsuli bo'lgan vatan haqida kichik hikoyani quyidagi telegram @library_sam akkauntiga o'zingiz haqingizda qisqacha ma'lumot bilan yuborishingiz kerak! 📌Tanlov joriy yilning 10-iyuldan 20-avgustga qadar davom etadi. 📜Yuborilgan materilllar kutubxonaning rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali e'lon qilinib, hakamlar hayati hamda kanal obunachilar tomonidan eng ko'p ovoz to'plagan video, audio hamda hikoya egasi kutubxonaning maxsus sovg'asi bilan taqdirlanadi. 📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling ⬇️ Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web Sayt
Mostrar todo...
dlya tg.mp481.72 MB
"Moviy jamadon" 2024-yilning 16-iyul kuni Payariq tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tumanimizda joylashgan "Umidjon" nomli maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lib, muhtaram Prezidentimiz ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusidan to'rtinchi tashabbusi ijrosini ta'minlash maqsadida "Moviy jamadon" loyihasi asosida bolalar uchun mo'ljallangan o'zbek xalq ertaklari kitoblarining targ'ibotini o'tkazdilar. Ushbu kitoblardagi ertaklar haqida bolajonlar ham fikrlar bildirishdi va qiziqtirgan savollariga AKM xodimlari tomonidan javoblar olishdi. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling: 👇 I Telegram I Facebook I Web-sahifa I YouTube I
Mostrar todo...
Davra suhbati "Vatan himoyasi muqaddas burch" 2024-yilning 16-iyul kuni Payariq tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Payariq tumani Ichki ishlar organlari Probatsiya guruhi xodimlari ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi munosabati bilan "Vatan himoyasi muqaddas burch" nomli davra suhbati o'tkazdilar. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling: 👇 I Telegram I Facebook I Web-sahifa I YouTube I
Mostrar todo...
Navbatdagi bibliografik sharh 2024-yilning 15-iyul kuni Payariq tuman Axborot-kutubxona markazida axborot-bibliografiya xizmati xodimlari hamda faol kitobxonlar ishtirokida Respublikamiz vaqtli matbuot nashrlarida yoritilayotgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari hamda Respublikamizda yuz berayotgan yangiliklar, hududiy gazetalarda chiqqan maqolalar yuzasidan bibliografik sharh o'tkazildi. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling: 👇 I Telegram I Facebook I Web-sahifa I YouTube I
Mostrar todo...
06:36
Video unavailableShow in Telegram
🎬 Booktreyler 👤Aleksandr Dyuma 📚“Graf Monte-Kristo“ yoxud if qal'asining mahbusi 📀 Hajmi: 40,4 mb ⏰ Davomiyligi: 06:35 daqiqa 🎞 Format: MP4 Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling: 👇 I Telegram I Facebook I Web-sahifa I YouTube I
Mostrar todo...
Edmon Dantes(HD).mp440.49 MB
Davra suhbati "Inson huquqlari-oliy qadriyat" 2024-yilning 15-iyul kuni Chelak shahrida joylashgan Ma'rifat markazida Payariq tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Konstitutsiyaviy islohatlarning mazmun-mohiyati haqida ma'lumotlar berish maqsadida 79-umumta'lim maktabining faol o'quvchilari ishtirokida "Inson huquqlari-oliy qadriyat" nomli davra suhbati o'tkazildi. Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling: 👇 I Telegram I Facebook I Web-sahifa I YouTube I
Mostrar todo...
Kichik hikoya 📖 INSON QALBI    Donishmanddan soʻradilar: “Inson qalbi haqida juda koʻp tushuncha mavjud. Shundan eng soddasini aytib bering”. Shunda donishmand javob oʻrniga oʻquvchisini bir xonaga yetakladi. U xona ichi juda goʻzal va oʻrtada stol ustida bir ovqat turardi. U ovqatdan xushboʻy hid taralar, lazzatli ekanligi shundoq bilinib turar edi. Oʻquvchining ovqatdan taʼtib koʻrgisi keldi... Donishmand oʻquvchisini bu xonadan yetaklab olib chiqib, ikkinchi xonaga taklif qildi. Ikkinchi xonaga kirishgan edi hamki, u xona chidab boʻlmas darajada sassiq badboʻy hidda edi. Oʻrtada stol ustida kosada ovqat, ammo u kosadagi ovqatning badboʻy hidi hamma yoqqa anqigan edi. Ishtahalar yopilib, u xonadan tezroq chiqib ketishga shoshildi... Tashqariga chiqqandan soʻng donishmand dedi: “Birinchi xona - goʻzal qalbli inson vujudi. Kosadagi lazzatli taom uning qalbi. Har qanday odamning undan tatib koʻrgisi keladi... Ikkinchi xona - yomon qalbli kimsa vujudi. Kosadagi badboʻy taom uning qalbi. Har qanday inson u ovqatni tatib koʻrishdan bosh tortib qochadilar...”. 📌 Xulosa oʻzingizdan! Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling: 👇 I Telegram I Facebook I Web-sahifa I YouTube I
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.