cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

•твоя ухт жариҳун.

-mendan mengacha 🛋️🧋🪴✨🪞🎧📔🕯️🌿 -nomalar: @jarihunbot

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
1 087
Suscriptores
Sin datos24 horas
+367 días
+4330 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
Har bir namozdan so'ng yengillik bor. Qalb halovati va tantanasi ham.✨ Namozga huzur istab keling. Orom istab keling. Shunda, hushu tamini totib xushvaqt bo'lasiz.🌱 Bomdodni unutmang! @jarihun
Mostrar todo...
🕊 19
🌙 Hijriy yangi 1446-yil kirib keldi. 2024-yilning 7-iyul kuni – yangi 1446 hijriy yil – Muharram oyi boshlanishining 1 kunidir. Ashuro kuni 2024-yilning 16-iyul, seshanba kuniga toʻgʻri keladi. • Muharram oyi lugʻatda “hurmatlanuvchi”, “ulugʻlanuvchi” degan maʼnolarni anglatadi. • Bu oy urush harom qilingan muqaddas oydir, oʻninchi kuni – Ashuro kuni hisoblanadi. • “Allohning oyi” deb nomlanadigan Muharram, Ramazondan keyingi eng barokatli va fazilatli oydir. • Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muharram oyida tutilgan roʻzani Ramazondan keyingi eng afzal roʻza ekanini taʼkidlaganlar. Kirib kelgan Yangi yilingiz muborak boʻlsin!✨🌷
Mostrar todo...
🕊 21
00:10
Video unavailableShow in Telegram
6.90 KB
🕊 17
“أكثر من تلاوة القرآن.. سیقوى قلبك ، ستطهر روحك" Qur’on tilovatini ko‘paytir, shunda qalbing kuchli bo‘lib, ruhing poklanadi!💚🌷 @jarihun
Mostrar todo...
🕊 22
U tillarning turli-tuman boʻlishi, hojatlarning har xil boʻlishiga qaramasdan ovozlarning hammasini eshitadigan Zotdir. Uning eshitishida maxfiy soʻz bilan ochiq soʻz barobardir...✨🌷 @jarihun
Mostrar todo...
🕊 19
Repost from unutulmaz
L A H Z A L A R💞
Mostrar todo...
🕊 12
Repost from unutulmaz
Гул учун энг гузал якун...🙂
Mostrar todo...
🕊 26
🎀G’iybat o’zi nima?
Hadis
. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga past bo’yli bir ayol keldi. U ketgach, Oisha roziyallohu anho: “Bu ayolning boʻyi buncha ham past boʻlmasa”, dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ey Oisha, sen uni gʻiybat qilding”, dedilar. Oisha roziyallohu anho: “Men undagi bor narsani aytdim xolos-ku?!” dedilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:“ (Biroq) sen undagi eng yomon sifatni zikr qilding”, deb marhamat qildilar. (Tanbehul g’ofilin, 205-hadis)
Hadis.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobai kiromlardan: “Gʻiybat nima ekanini bilasizlarmi?” deb soʻradilar. Sahobalar: “Alloh va Uning Rasuli biluvchiroq”, deb javob berishdi. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam: “Gʻiybat – birodaringni u yoqtirmaydigan narsa bilan zikr qilishingdir”, dedilar. “Ey Allohning Rasuli, men aytgan narsa birodarimda bor boʻlsa ham gʻiybat boʻladimi?” deb soʻrashgan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sen aytgan narsa unda bor boʻlsa, gʻiybat qilgan boʻlasan. Sen aytgan narsa unda boʻlmasa, boʻhton qilgan boʻlasan”, deb marhamat qildilar. (Sahihi Muslim, 2589-hadis)
Izoh.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “brodaring” degan soʻzlari bilan sen gʻiybat qilayotgan kishi bir qarashda senga qarindosh boʻlmasa ham, aslida u senga brodar demoqchi boʻlganlar. Bu brodarlik uch jihatdandir. Birinchidan, sening ham, uning ham bobokaloni Odam alayhissalotu vassalamdir. Ikkinchidan, sening ham, uning ham momokaloni Havvo roziyallohu anhodir. Uchinchidan, har ikkingiz musulmonsizlar, musulmonlar esa oʻzaro aka-ukadir. Kishi tugʻishgan aka-ukasini gʻiybat qilishdan va uni xorlashdan iloji boricha saqlanganidek, boshqa kishining aybini fosh qilishdan ham saqlanmogʻi lozim.
Baʼzilar:
“Kishida boʻlmagan yomon sifatlarni zikr qilish gʻiybat boʻladi, agar unda rostdan xam bor boʻlgan ayblar bayon qilinsa, gʻiybat boʻlmaydi”, deydilar. Holbuki, bu gap ham toʻgʻri emas. Hozirgina zikr etilgan hadislardan yoʻq aybni gapirish gʻiybat emas, balki boʻhton ekani maʼlum boʻldi. Boʻhton esa gʻiybatdan ham ogʻirroq gunohdir. Demak, baʼzilarning yuqoridagi gaplari Payg’ambarimiz alayhissalotu vassalamning soʻzlariga butkul zid ekan. Yana baʼzilar: “Birovning xech kimga maʼlum bo’lmagan yomon sifatini zikr qilish g’iybat bo’ladi, xammaga mashhur bo’lgan ayblarini bayon qilish esa g’iybat emas”, deyishadi, Shuning uchun unga: “Nima uchun gʻiybat qilyapsiz?” desangiz, u: “Men aytgan ayb maxfiy emas, undan hamma xabardor, yaʼni ular men aytgandan soʻng bilib qolgani yoʻq, avval ham uni bilishardi, shuning uchun bu giybat bo’lmaydi”, deb javob beradi. Bu ham notoʻgʻri tushuncha, chunki kishining hammaga maʼlum aybini aytish ham, undagi yashirin aybni gapirish ham birdek g’iybat hisoblanadi. Toʻgʻri, ularning biroz farqi bor: yashirin aybni aytgan kishida ikkita gunoh boʻladi. Biri gʻiybat qilgani uchun boʻlsa, ikkinchisi aybni oshkor etgani uchun. Kishining hamma bilgan aybi bayon qilinganda esa aybni ochish degan jinoyat boʻlmasa ham, gʻiybat qilish jinoyati boʻladi. Ikkala holatda xam g’iybat uchun gunoh yozilishi aniq. “Maʼlum va mashhur boʻlgan aybni aytish nima uchun gʻiybat boʻladi?” desangiz, bu savolga javob ushbu risolaning avvalidagi hadisda keltirib oʻtildi. Unda aytilishicha, Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam bir ayolning bo’yi pastligini gapirgan Oisha onamiz roziyallohu anhoga tanbeh berganlar, oʻsha aytgan gapini gʻiybat deb baholaganlar. Vaholangki, u ayolning boʻyi pastligi hammaga maʼlum edi. Biroq mana shu ayblov uning qulog’iga yetib borsa, qalbi ozor topishi aniq edi. Demak, gʻiybat vujudga kelishi uchun bir kishining aybini uning ortidan gapirishning o’zi etarlidir. Bunda aybning el orasida maʼlum yoki nomaʼlumligiga qaralmaydi. ©️“G’iybat o’zi nima?” kitobidan. @jarihun
Mostrar todo...
🕊 13
@musiyra - Qur’onga muhabbatingiz ziyodalashishiga sabab boʻluvchi sahifa 💭 Turli kreativ gʻoyalar bilan ^_^
Mostrar todo...
🕊 10
Photo unavailableShow in Telegram
📖 Qur’onni mahkam tuting! Agar siz Qur'onga mashgʻul boʻlsangiz, uning qimmatli lahzalarini boshqa narsaga chalgʻib, zoye qilmang. Atrofimizda boʻlayotgan barcha hayot shovqinlari qabrlarimizda birinchi kechada so'nib ketadi va qolmaydi. Magar Qur'on nuri yolg'izligimizga taskindir ✨ #tarjima
Mostrar todo...
🕊 8
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.