"Hududiy Elektr Tarmoqlari" Aksiyadorlik Jamiyati Toshkent hududiy filiali
Ir al canal en Telegram
" HET" AJ Toshkent hududiy filiali Murojaat uchun: @Toshvilhet_bot Facebook: https://www.facebook.com/share/1FCmEJT2G2/
Mostrar más855
Suscriptores
-224 horas
-77 días
-3030 días
Archivo de publicaciones
RASMIY MUNOSABAT
18 iyun kuni Ijtimoiy tarmoqlarda Yangiyo'l tumanida svet o'chdi sarlavxali murojaatiga asosan:
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali Yangiyo'l tumani elektr ta'minoti shuni ma'lum qiladi:
“Milliy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi podstansiyada joylashgan Yangiyo‘l transformatorida qisqa tutashuv sodir bo‘lganligi munosabati bilan ma’lum qilamiz:
18 iyun kuni, soat 08:20 da yuzaga kelgan nosozlik sababli Yangiyo‘l tumanining ayrim MFYlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Shu kunning o'zida Soat 11:20 holatiga ko‘ra, ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlanib, elektr energiyasi uzilgan barcha hududlarda ta’minot to‘liq tiklangan.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati.
📝 Telegram
+9
“YOSHLAR FORUMI”DA TOSHKENT HUDUDIY FILIALI YUTUQLARI BILAN FAXRLANAMIZ!
Avval xabar berganimizdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tgan “Yoshlar forumi”da “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filiali rahbariyati ishtirokchilarni ko‘tarinki ruhda kutib oldi.
Filialimiz vakillari Forum doirasidagi tanlovlarda ham faol ishtirok etib, bir qator yutuqlarni qo‘lga kiritdi:
🏆 “Jamoada liderlik va mas’uliyat namunasi bo‘lgan ayol” nominatsiyasi bo‘yicha Toshkent hududiy filiali bo‘lim boshlig‘i Nodira Niyazova munosib g‘olib bo‘ldi! 🎉
🥈 “An’ana, urf-odat va qadriyat ko‘rik tanlovi” ning “Milliy taomlar namoyishi” yo‘nalishida faxrli 2-o‘rinni egalladik. 🍲
🥈 “Zakovat intellektual” o‘yinida ham bilimdon yoshlarimiz faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 🧠
🥇 Shashka bo‘yicha esa yoshlarimiz 1-o‘rinni zabt etdi! ♟️
Barcha g‘olib va ishtirokchilarni chin dildan tabriklaymiz! Sizlarning bu yutuqlaringiz Toshkent hududiy filiali jamoasi uchun katta faxrdir!
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati.
📝 Telegram 📝 Facebook
+8
“Media haftalik”ning ilk kuni muvaffaqiyatli yakunlandi
Media sohasi vakillarini bir maydonga jamlagan “Media haftalik”ning birinchi kuni qizg‘in va mazmunli ruhda o‘tdi. Seminar-treninglar davomida ishtirokchilar zamonaviy jurnalistika, raqamli media, kontent yaratish, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish hamda samarali kommunikatsiya yo‘nalishlarida yangi bilim va tajribalarni egallashdi.
Interaktiv formatda tashkil etilgan mashg‘ulotlarda media-ekspertlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, amaliy tavsiyalar va zamonaviy yondashuvlarni taqdim etdi. Fikr almashuvlar, ochiq muloqotlar va amaliy topshiriqlar esa tadbirning yanada samarali o‘tishiga xizmat qildi.
“Media haftalik”ning ilk kuni yangi g‘oyalar, kasbiy muloqotlar va foydali tajribalar maydoniga aylandi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati.
📝 Telegram 📝 Facebook
📌📌📌📌📌📌
QORAQALPOG‘ISTON 2026: QARATEREN OSMONIDA ORZULAR SHU’LASI
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan мamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida Yoshlar forumi Taxtako‘pir tumanidagi “Qarateren” etno-turistik majmuasida davom etdi.
Forum davomida faol va tashabbuskor yoshlar bir maydonga jam bo‘lib, o‘z g‘oyalari, maqsadlari hamda kelajak rejalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Kechki dastur esa yanada unutilmas taassurotlar qoldirdi. Yoqilgan gulxan atrofidagi samimiy suhbatlar, kuy-qo‘shiqlar va yorqin salyutlar Qarateren osmonini bezab, yoshlarning orzu-intilishlari timsoliga aylandi. Forum ishtirokchilari ushbu tadbirni yangi imkoniyatlar, ilhom va do‘stlik maydoni sifatida yodda saqlaydigan bo‘ldilar.
Qarateren osmonida porlagan shu’la — yoshlar orzulari va kelajakka bo‘lgan ishonchining yorqin ifodasi bo‘ldi.
2-qism
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
“XAVFSIZLIK TEXNIKASI KO‘RIGI” OYLIGI
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filiali tomonidan 2026-yilning 10-iyunidan 10-iyuliga qadar “Xavfsizlik texnikasi ko‘rigi” oyligi e’lon qilindi.
🔰 Oylik doirasida quyidagi maqsadlar ko‘zlangan:
✅ Intizom va nazorat: Mehnat, ishlab chiqarish va texnologik intizomni mustahkamlash hamda ish joylarida qoidabuzarliklarning oldini olish.
✅ Mas’uliyat va innovatsiya: Ishlarni xavfsiz tashkil etishda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish va rahbar xodimlar mas’uliyatini oshirish.
✅ Bilim va mahorat: Yosh xodimlar uchun kasbiy mahorat musobaqalari, o‘quv seminarlari hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish.
⚠️ Unutmang: Xavfsizlik qoidalariga rioya qilish — har bir xodimning eng muhim burchidir!
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati.
📝 Telegram 📝 Facebook
📌📌📌📌📌📌
QORAQALPOG‘ISTON 2026: YANGI G‘OYALAR VA YANGI IMKONIYATLAR MAYDONI
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri hamda Taxtako‘pir tumanidagi “Qarateren” etno-turistik majmuasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida Yoshlar forumi o‘tkazildi.
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan forumda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy filial va korxonalarida faoliyat yuritayotgan 700 ga yaqin yoshlar ishtirok etdi.
1-qism.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
+5
📌📌📌📌📌📌
YOSHLAR FORUMI DOIRASIDA RAHBARLAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI
Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilayotgan Yoshlar forumi doirasida rahbarlar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi – Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchi Tursinxon Xudaybergenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbaev hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi Asrorjon Asqarov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlar siyosatini qo‘llab-quvvatlash, Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlar hamda yoshlarning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritildi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
MUHAMMAL TA’MIRLASH ISHLARI
Toshkent tumani, “Xiyobon” mahallasi, Oydin o‘tish hamda Sharofobod ko‘chalarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi TP-704 sonli transformator punktida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Ushbu tadbirlar aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati.
📝 Telegram 📝 Facebook
QORAQALPOQDA YOSHLAR FORUMIGA START BERILDI!
Nukus shahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida yoshlar forumi boshlandi.
🔹 Forumning ilk kuni tafsilotlari:
— Ishtirokchilar “Oqqush” pavilonida milliy qadriyatlar va ko‘rgazmalar bilan kutib olindi;
— Toshkent viloyati hududiy filiali o‘zining milliy liboslari, urf-odatlari va taomlari bilan tadbirga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishladi;
🏆 “Zakovat” intellektual o‘yini natijalari:
🥇 1-o‘rin: Toshkent shahar HET;
🥈 2-o‘rin: Toshkent viloyati hududiy filiali;
🥉 3-o‘rin: Farg‘ona hududiy filiali.
Shuningdek, kun doirasida shaxmat va shashka musobaqalari ham yuqori ko‘tarinkilikda o‘tkazildi. Forum davom etmoqda!
Ma'lumot o'rnida shashka bo'yicha 1-o'rinni Toshkent viloyati hududiy filiali qo'lga kiritdi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati.
📝 Telegram 📝 Facebook
#Tezkor_xabar
DIQQAT: ELEKTR ENERGIYASI VAQTINCHA O‘CHIRILDI
Nurafshon shahar elektr ta'minoti va O‘rta Chirchiq tumani elektr ta'minoti ogohlantiradi:
📍 F.Degantepa 6kV tarmog‘idagi avariyaviy holat (bosh chiqish kabelida yong‘in) tufayli elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.
🕒 Tiklanish vaqti: 15:00
Elektr ta’minoti uzilgan hududlar:
🏙 Nurafshon shahri:
🔹 Degantepa MFY
🔹 Huriyat MFY
🚜 O‘rta Chirchiq tumani:
🔹 Adolat MFY
🔹 Nomdanak MFY
🔹 Oltio‘g‘il MFY
🔹 Qorakuyli MFY
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati.
📝 Telegram
+4
⚡️ “XAVFSIZLIK TEXNIKASI KO‘RIGI” OYLIGI O‘TKAZILMOQDA
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali tomonidan Toshkent viloyati bo‘ylab 2026-yil 10-iyundan 10-iyulgacha “Xavfsizlik texnikasi ko‘rigi” oyligi o‘tkazilmoqda.
🔰 Ko‘rikning asosiy maqsadlari:
✅ Intizom va nazorat – xodimlarning mehnat, ishlab chiqarish va texnologik intizomga rioya etishini kuchaytirish hamda ish joylaridagi qoidabuzarliklarning oldini olish.
✅ Mas’uliyat va innovatsiya – ishlarni xavfsiz tashkil etish va bajarishda zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash, rahbar xodimlarning mas’uliyatini oshirish.
✅ Bilim va mahorat – yosh xodimlar o‘rtasida kasbiy mahorat musobaqalari, o‘quv seminarlari va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish orqali ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish.
⚠️ Xavfsizlik qoidalariga rioya qilish — har bir xodimning eng muhim vazifasidir!
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati.
📝 Telegram 📝 Facebook
📌📌📌📌📌📌
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xorijiy investorlar kengashining yalpi majlisidagi nutqi
—
Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на заседании Совета иностранных инвесторов
—
Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the meeting of the Foreign Investors Council
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
+4
📌📌📌📌📌📌
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va Xitoyning energiya sohasidagi nufuzli uyushmasi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Bugun V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisi Asrorjon Askarov hamda “Xitoy sanoat energiyasini tejash va yashil energiya ishlab chiqarish uyushmasi” rais о‘rinbosari Lyu Minje boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan muzokaralar bо‘lib о‘tdi.
Muzokaralarda elektr energetikasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, energiya samaradorligini oshirish, zamonaviy va innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda yashil energetika loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va sohada malakali kadrlar tayyorlash yо‘nalishlarida о‘zaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuv davomida Xitoy tomoni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan energetika sohasidagi islohotlar hamda yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni yuqori baholadi. Shuningdek, О‘zbekiston energetika tizimida energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan istiqbolli loyihalarda ishtirok etishga qiziqish bildirildi. Muzokaralar yakunida tomonlar о‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, qо‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini о‘rganish va ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash bо‘yicha kelishib oldilar.📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
📌📌📌📌📌📌
V Toshkent xalqaro investitsiya forumida Prezidentimiz o‘z nutqlarida barcha sohalar qatori energetika tarmog‘ini rivojlantirish masalasiga ham alohida to‘xtalib o‘tdilar. Davlatimiz rahbari sohani modernizatsiya qilish, yangi quvvatlar va elektr tarmoqlarini barpo etish, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 54 foizga yetkazish bo‘yicha aniq rejalar belgilanganini ta’kidladilar. Bugungi kunda aholi sonining ortishi, iqtisodiyot tarmoqlarining jadal rivojlanishi va sun’iy intellekt kabi zamonaviy texnologiyalarning keng joriy etilishi energiya resurslariga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda. Shu bois yurtimizda iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, mavjud tarmoqlarni modernizatsiya qilish va yangi infratuzilmani barpo etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonlarda xorijiy hamkorlar bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani, energetika sohasiga bo‘lgan qiziqish va investitsiyalar hajmi ortib borayotgani ham alohida ahamiyatga ega. Buning yaqqol isboti sifatida V Toshkent xalqaro investisiya forumida energetika sohasida faoliyat yuritayotgan 50 dan ortiq xorijiy kompaniya va investorlar ishtirok etayotganini qayd etish mumkin. Bu esa O‘zbekistonda investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, ochiq investision muhit hamda xorijiy hamkorlarning mamlakatimizda uzoq muddatli va samarali faoliyat yuritishga bo‘lgan katta qiziqishi va ishonchining yorqin namunasidir.📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
+4
📌📌📌📌📌📌
ENERGETIKA SOHASIDA XALQARO HAMKORLIK VA INNOVATSION TAJRIBA ALMASHINUVI
2026-yil 16-iyun kuni Toshkent davlat texnika universitetining Energetika muhandisligi fakultetida Xitoyning yirik energetika korporatsiyalaridan biri — Dongfang Electric Corporation bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Energetika sohasida qo‘shma tadqiqotlar va ishlanmalar ilmiy-innovatsion markazi” faoliyati doirasida ilmiy-amaliy hamda madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi Ilmiy-texnik va xodimlar malakasini oshirish markazi filiali tinglovchilari — dispetcherlar, ASKUE muhandislari hamda inspektorlar ham faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida Dongfang Electric Corporation kompaniyasining zamonaviy energetika texnologiyalari, innovatsion yechimlari, ishlab chiqarish salohiyati hamda xalqaro tajribasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, energetika sohasida ilm-fan, ishlab chiqarish va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish, kadrlar malakasini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni chuqur o‘rganish hamda xalqaro tajriba almashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bunday tadbirlar energetika sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, zamonaviy texnologik yondashuvlardan xabardor bo‘lish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
📌📌📌📌📌📌
To‘rtinchi yo‘nalish – “yashil” energetika va sun’iy intellekt sohalaridagi sheriklikni yanada chuqurlashtirish.
Investorlarga quyosh va shamol elektr stansiyalari bilan bir qatorda energiya saqlash tizimlarini rivojlantirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, “yashil” energiya asosida ishlaydigan data-markazlar barpo etish taklif etildi.
Sun’iy intellekt tarmog‘ini rivojlantirish – davrimizning muhim talabi. Xorijiy ekspertlar O‘zbekistonda kelgusi besh yilda ushbu yangi yo‘nalishda kamida 10 milliard dollarlik qo‘shimcha qiymat yaratilishini prognoz qilmoqda.
“Asosiy vazifamiz sun’iy intellekt orqali aholining barcha qatlamlari hayotini yaxshilash, undan ta’lim, davlat xizmatlari va biznes jarayonlarida keng foydalanishdan iborat”,– dedi Prezidentimiz. Qoraqalpog‘istonda sun’iy intellekt loyihalari va data-markazlar uchun maxsus zona yaratildi. Bu hududda 2040-yilgacha investorlar barcha turdagi soliq va bojlardan ozod qilinadi, yo‘l, elektr, suv infratuzilmasi davlat hisobidan qurib beriladi, 1 kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 5 sent miqdorida imtiyozli tarif belgilanadi. Shu bilan birga, maxsus huquqiy rejimga ega bo‘lgan O‘zbekiston xalqaro raqamli texnologiyalar markazi ham tashkil etilmoqda. Prezidentimiz investorlarni ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha jozibadorligi yuqori bo‘lgan loyihalarda hamkorlikka taklif etdi. 📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
¡Ya disponible! Investigación de Telegram 2025 — los principales insights del año 
