cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Hujjat topshirish jarayonlari

🌍 Chet el oliygohlariga hujjat topshirgan o'zbekistonliklardan maslahat, ma'lumot va hujjat namunalari ✅ Murojaat uchun: @GN_Murojaat_bot 👉 Hamkor kanal: @grantlar Reklama: @gn_work

Mostrar más
Uzbekistán3 386El idioma no está especificadoEducación6 128
Publicaciones publicitarias
24 162
Suscriptores
-424 horas
-657 días
-49430 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Water Innovation contest: barcha O'zbekiston talabalari uchun tanlov. Bosh mukofot 1000 AQSH dollari! K-water Central Asia markazi talabalar o‘rtasida sun’iy intellektdan foydalangan holda suv xo‘jaligi, suv ta’minoti tizimlari va aqlli shaharlar bo‘yicha innovatsion yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha tanlov o‘tkazmoqda. Mavzular: — Markaziy Osiyoning suv resurslari — Suv ta'minoti tizimini takomillashtirish — Suvdan samarali foydalanish va sun'iy intellektga ega aqlli shaharni rivojlantirish Sovrinlar: — Best of the Best: taxminan 1000 AQSH dollari. — Gold Award: taxminan 700 AQSH dollari. — Silver Award: taxminan 500 AQSH dollari. — Future Star Award: taxminan 200 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti va sertifikatlar bilan taqdirlanadilar. Ariza topshirish muddati: 2024-yil 13-maydan 2024-yil 7-iyungacha Batafsil ma’lumot uchun: [email protected] @grantlar_namuna
Mostrar todo...
👍 15
I Respublika bolalar forumi: 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun forum 2024-yil 19-23-may kunlari O‘zbekiston bolalar tashkilotining I Respublika bolalar forumi bo‘lib o‘tishi reja qilinmoqda. Forum doirasida seminar-treninglar, tanlovlar, sport musobaqalari, madaniy dasturlar tashkil etiladi. Shuningdek, ishtirokchilar taniqli soha mutaxassislari bilan uchrashish, vazir va rahbarlarga o‘z tashabbus hamda g‘oyalarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Forumda ishtirok etish istagini bildirgan 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ariza topshirishi mumkin: - Ta’lim - Imkon - Madaniyat va san’at - Ekologiya - Media - Sport - Liderlik va jamoani shakllantirish - IT Ariza topshirish uchun ro'yxatdan o'tish lozim: 👉 RO'YXATDAN O'TISH 👈 Ariza topshirish oxirgi muddati: 2024-yil 15-may 👉 Batafsil ma'lumot BU YERDA @grantlar_namuna
Mostrar todo...
👍 8🔥 2
🌐 DUNYO bo'ylab sayohat, 🇰🇷Koreya 🇺🇸 Amerika 🇪🇺Yevropa davlatlariga ish davomida sayohat qilish imkoniyati ✈️ Koreya yoki O'zbekistonda aviatsiya va aeroport xizmatlari sohasida ishlash 🛫 Aviatsiya, styuardessalik yoki aeroport xizmatlari sohasiga qiziquvchilar diqqatiga! ✔️ Koreyaning TOP 1 aviatsiya universiteti rasmiy vakillari o'quvchilarmiz bilan suhbat qilish uchun tashrif buyurishmoqda. ⚠️ Agarda, sizga ham shu yoki boshqa sohalar qiziq bo'lsa darhol ro'yxatdan o'ting! ➡️ RO'YXATDAN O'TISH 👈 👨‍🎓 Bakalavr & Magistratura 🇰🇷 Koreya: IELTS 5.5 yoki TOPIK 3 📞 Murojaat uchun: (95)020-97-99 | 📩 Yozish         (95)020-98-99 | 📩 Yozish 💬Telegram|📹 Instagram|📹Youtube
Mostrar todo...
👍 10
“Ilm-fan oromgohi” loyihasi: tadqiqotchi ayol-qizlar uchun bepul 1 haftalik ilm-fan oromgohi Yoshlar ishlari agentligi tashkiloti ilmiy tadqiqot bilan shug’ullanayotgan yosh ayol-qizlar uchun “Ilm-fan oromgohi” tashkil etilmoqda. Maqsadi: yosh ayol-qizlarni ilmiy tadqiqot ishlarining natijadorligini oshirish, ularni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, iqtidorli tadqiqotchi qizlarni izlab topish hamda rag‘batlantirishdan iborat. Ushbu loyiha 2024-yil 27-may — 2-iyun kunlari Toshkent viloyati, Bo’stonliq tumani, "Yoshlar oromgohi"da tashkil etiladi. Kimlar uchun: O’zbekistondagi yosh tadqiqotchi ayol-qizlar uchun Grantning manfaatli jihatlari: Qabul qilingan ayol-qizlar 7 kunlik ushbu dasturda bepul ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi. Oromgohda ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplanadi. 👉ARIZA TOPSHIRISH👈 Ariza topshirish muddati: 2024-yil 24-may @grantlar_namuna
Mostrar todo...
👍 21 2
Bugun (4-may) O'zbekiston vaqti bilan 21:00 dan boshlab 2023-yilda o'ynalgan Grin karta (Green Card) natijalarini tekshirish mumkin bo'ladi. ❗️Tasdiqlash raqamingizni rasmiy saytga kiritgan holda, arizangiz holatini tekshirishingiz mumkin bo'ladi. 👉 NATIJANI TEKSHIRISH 👈 Grin karta natijalarini qanday qilib tekshirish va unutib qo'yilgan tasdiqlov raqamini qanday qayta tiklash mumkinligi haqida batafsil👇 https://grantlar.uz/blog/green-card-grin-karta-natijalarini-qanday-tekshirish-va-unutib-qoyilgan-tasdiqlov-raqamini-qanday-tiklash-mumkin P.S. 2023-yilda Grin karta o'ynaganmidingiz? @grantlar_namuna
Mostrar todo...
🔥 22👍 11 2
NSP dasturiga ariza topshirganlar statistikasi 2024-yil 30-aprel kuni NSP dasturining navbatdagi mavsumiga arizalar topshirish yakunlandi. Statistakaga ko'ra, bu qabulda dunyo bo'ylab 64 ta davlatdan 747 nafar nomzod ariza topshirgan. Bulardan: — A kategoriyaga (bakalavr, magistr talabalari): 361 nafar nomzod; — B kategoriyaga (PhD talabalari): 149 nafar nomzod; — C kategoriyaga (tadqiqotchi va universitet o'qituvchilari): 237 nafar nomzod ariza topshirgan. Ma'lumot uchun, o'tgan qabul natijasiga ko'ra, ariza topshirgan va saralab olingan nomzodlar soni quyidagicha bo'lgan: — A kategoriya: 229 nafar nomzod topshirgan. Ularning 74 nafari gʻolib ( 63 tasi oʻzbekistonlik) bo'lgan. — B kategoriya: 61 nafar nomzod topshirgan. Ulardan 22 nafari gʻolib (4 tasi oʻzbekistonlik) bo'lgan — C kategoriya: 210 nafar nomzod topshirgan. ulardan 84 ta gʻolib (2 tasi oʻzbekistonlik) bo'lgan edi. ESLATMA: ushbu mavsum saralash natijalari 2024-yil iyun oyi ikkinchi yarmida chiqishi kutilmoqda. @grantlar_namuna
Mostrar todo...
👍 34🔥 3 1
` 🇰🇷 1️⃣0️⃣0️⃣ 🔤 🔤🔤🔤🔤 AKSIYASI VIZANGIZNI OLGANDAN SO'NG TO'LOV QILING ✔️ Siz ham Koreyaga vizangizni 100% aniq olgandan keyin firma to'lovini to'lashga nima deysiz? ✔️ 100% gacha grant yutishgachi? 🗂 O'qishga va vizaga hujjatlarni apostil qilish, notarius, tarjima, pochta, o'qishga topshirish va shu kabi xizmatlarini o'zimiz bajaramiz. 🏃‍♂️ Shoshiling, aksiyamizda joylar cheklangan, ulgurib qolish uchun bizga murojaat qiling! 👨‍🎓 Bakalavr & Magistratura 🇰🇷 Koreya: IELTS 5.5 yoki TOPIK 3 💰 Bu aksiyada firma to'lovini vizadan so'ng to'laysiz. 📞 Murojaat uchun: (95)020-97-99 | 📩 Yozish         (95)020-98-99 | 📩 Yozish 💬Telegram|📹 Instagram|📹Youtube
Mostrar todo...
👍 6 1
Oʻzbekiston fuqarolariga AQSH hukumati tomonidan taklif etiladigan toʻliq moliyalashtirilgan dasturlar AQSHda oʻqish, malaka oshirish yoki amaliyot oʻtash imkonini beruvchi qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar (borish-kelish, turar joy, oziq-ovqat va hk) toʻliq qoplanadi. Bu dasturlar turli yosh va soha egalari uchun (maktab oʻquvchilaridan tortib, 10 yildan ortiq ish tajribasiga ega mutaxassislargacha) moʻljallangan. Quyida ulardan ayrimlarini keltirib oʻtamiz. 1. Fulbright Foreign Student Program: AQSHda magistraturani toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi. Hozirda arizalar qabul qilinmoqda. Dedlayn: 2024-yil 25-may. 2. FLEX dasturi: maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, kollej va litsey oʻquvchilariga AQSHda 1 yil toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi. Navbatdagi qabul 2024-yil avgust yoki sentabr oyida boshlanadi. 3. Global UGRAD: bakalavriat bosqichi talabalariga AQSH universitetlarida 1 semestr davomida oʻqish imkonini beradi. Navbatdagi qabul taxminan 2024-yil noyabr oyida boshlanadi. 4. Fulbright FLTA: ish tajribasi 7 yildan oshmagan ingliz tili, amerikashunoslik, jurnalistika va media, Amerika yoki ingliz adabiyoti oʻqituvchilariga 9 oy davomida AQSHda oʻzbek tilidan dars berish imkonini taqdim etadi. Navbatdagi qabul taxminan 2024-yil iyulda ochiladi. 5. Humphrey Fellowship Program: kamida bakalavrlik darajasi va 5 yillik ish tajribasiga ega, ingliz tilini biladigan nomzodlarga AQSHda 10 oy davomida malaka oshirish imkonini beradi. Hozir qabul ochiq. Dedlayn: 2024-yil, 7-iyun. 6. SUSIs for Young Women Leaders: ayol-qiz talabalar uchun AQSHda 4-5 hafta malaka oshirish imkonini beradi. Navbatdagi qabul 2024-yil noyabr oyida boshlanadi. 7. TechGirls dasturi: 15-17 yoshli qizlarga AQSHda boʻlib oʻtadigan 4 haftalik taʼlim oromgohida qatnashish imkonini beradi. Navbatdagi qabul 2024-yil noyabrda boshlanadi. 8. Fulbright TEA: oʻrta maktab, kollej va litseylarda dars beruvchi va kamida 5 yillik ish tajribasiga ega oʻqituvchilar uchun AQSHda 6 hafta malaka oshirish imkonini beradi. Navbatdagi qabul taxminan 2025-yil yanvarda boshlanadi. 9. TechWomen dasturi: bakalavrlik darajasi va STEM sohasida 2 yillik tajribaga ega ayol-qizlarga AQSHda 5 hafta malaka oshirish imkonini beradi. Navbatdagi qabul 2024-yil noyabrda boshlanadi. 10. SUSI for Secondary School Educators: oʻrta maktab, litsey va kollej oʻqituvchilari, shuningdek, oʻrta taʼlim sohasida ishlaydigan boshqa xodimlarga AQSHda 5 haftalik taʼlim dasturida qatnashish imkonini beradi. Navbatdagi qabul 2024-yil noyabrda boshlanadi. 11. SUSI for Scholars: oliy taʼlim va tadqiqot muassasalarida kamida 7 yillik ish tajribasiga ega boʻlganlarga AQSHda 6 hafta malaka oshirish imkonini beradi. Navbatdagi qabul 2024-yil noyabrda boshlanadi. @grantlar_namuna
Mostrar todo...
🔥 21👍 16 5🤩 1
Want to improve your SAT score but not sure how to begin? Meet Umar and Jamshidbek, our expert tutors with impressive scores of 1560! 👨‍💻 They're here to help you with: 1. Evaluation of your current case 2. Crafting a personalized study plan 3. Sharing tips and tricks to ace all questions Get started on your academic journey with a consultation for just 199,000 sums. Book your first SAT consultation with Educore. Telegram | Instagram | Registration
Mostrar todo...
👍 6
Book consultation
Telegram channel
🇰🇷 Ingliz tili va Kompyuterda ishlashni yaxshi biladigan xodim kerakIngliz tilini B2 ( IELTS 6) darajada bilishi kerak 🧑‍💻 Kompyuterda Regestratsiya qilish kerak - ( Universitetlarga regestatsiya qilishni bilsa yaxshi, afzal ko'riladi ) 📍Manzil: Toshkent Shahri , Sergeli metro bekatiga yaqin Ish vaqti : 9:00 dan 18:00 gacha ( kechki smenadagi o'qiydiganlar ham bo'ladi ) Qulayliklar: - Oylik bonuslar - Shinam ofis - Karyera va shaxsiy rivojlanish - Ahil jamoa Murojaat qilish uchun Rezyumeni 👉@hr_managerF_S 📞 993233839 telegramga yuborishingiz mumkin. ( Resume junatsangiz ko'rib chiqib xabar beramiz) 💬Telegram|📹 Instagram|📹Youtube
Mostrar todo...
👍 23 3