cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Oqoltin yangiliklari

Oqoltin tuman hokimligining rasmiy kanali Web-site http://oqoltintumani.uz Facebook:https://www.facebook.com/oqoltin.yangiliklari Youtube:https://youtube.com/channel/UCODSax5LIRC77F2V9LXchIw Murojaat uchun @OqoltinUzBot Ishonch raqami +998672431005

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
3 330
Suscriptores
+324 horas
-197 días
-16730 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Unda tuman hokimi Komiljon Ernazarov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Sirdaryo viloyati bo‘limi rahbari Murodjon Xayitov, Oqoltin tuman Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi aʼzolari ishtirok etdi. Yig‘ilish avvalida tumanda maʼnaviy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan ishlar, bu borada viloyat ishchi guruhining o‘tkazgan o‘rganish natijalari tanqidiy muhokama qilindi. Ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklardan kelib chiqib, Maktabgacha va maktab taʼlimi, Kadastr palatasi, "Oqoltintumangaz" bo‘limi, "Sirdaryo suv taʼminoti” MCHJ tuman filiali, tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbarlari qatʼiy ogohlantirildi. Yig‘ilishda tuman Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi raisi Komiljon Ernazarov sohaga oid qarorlar ijrosini taʼminlash, hududlarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish, bu borada idoralararo hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga eʼtiborni qaratdi. @Oqoltin_yangiliklari
Mostrar todo...
“Ijtimoiy norma” tizimi mazmun-mohiyati mahallabay targ‘ib etilmoqda Xabaringiz bor “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinib, unga ko‘ra 1-maydan boshlab aholi uchun elektr-energiyasi va tabiiy gaz isteʼmolining oylik bazaviy meʼyorlari tasdiqlandi. Mazkur qaror mazmun mohiyatini yetkazish yuzasidan joylarda targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Jumladan bugun Oqoltin tumani prokurori Uchqun Qo‘shboqov va soha vakillari 2-sektor hududidagi "Ko‘rkam diyor" va “Ahillik” mahallalari aholisi bilan uchrashib, energetika sohasida joriy etilgan “ijtimoiy norma” tizimi bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib bordi. Shuningdek tuman prokurori bir necha aholi xonadonlarida bo‘lib, tomorqadan unumli foydalanib serdaromad mahsulotlar yetishtirish va o‘zini-o‘zi band qilgan holda daromadga ega bo‘lish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Telegram | Web-site | Facebook
Mostrar todo...
#Bilasizmi ✔️ Qonunchilikka ko'ra, uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya, daromadi yuqori bo'lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarga ajratilishi belgilangan. ⚠️ Bunda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanishi mumkin bo'lgan o'rtacha oylik daromadlar miqdori quyidagicha bo'lganlar, daromadi yuqori bo'lmagan fuqaro yoki oila deb hisoblanadi: 🔹Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda belgilangan mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha (2 mln 835 ming so'mdan 8 mln 400 ming so'mgacha); 🔹Toshkent shahrida belgilangan mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha (2 mln 835 ming so'mdan 9 mln 660 ming so'mgacha). ❕Ma'lumot uchun: bugungi kunda mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori 1.050.000 so'm Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Mostrar todo...
#3_sektor #Sayyor_qabul Toshkent mahallasi aholisining murojaatlari o’rganildi Aholining uzog‘ini yaqin qilish, ularni o‘ylantirayotgan muammolariga tezkor va joyida yechim topishda sayyor qabullar ahamiyati muhim. Shu bois Oqoltin tumani sektor rahbarlarining "mahallabay" sayyor qabullari o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, bugun Toshkent mahallasida tuman IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari Xurshid Javlonovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda Toshkent mahallasi fuqarolarining moddiy yordam, sog‘likni tiklash, kredit, ichimlik suvi va elektr ta'minotiga oid murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning aksariyati ijobiy hal etilgan bo‘lsa, muddat talab etadigan murojaatlar yuzasidan mas'ullar belgilanib, ijrosi sektor rahbari nazoratiga olindi. Telegram | Web-site | Facebook
Mostrar todo...
Malayziyaning yetakchi BPO kompaniyasiga ishga taklif qilinmoqda Malayziyaning yetakchi "UpStream" BPO kompaniyasi Guliston shahridagi filiali uchun iqtidorli xodimlarni qidirmoqda. Agar siz ingliz tillini bilsangiz va xalqaro kompaniyada karyera qurishga intilayotgan bo'lsangiz, bu sizning imkoniyatingiz! ➖ Nimalar taklif qilinadi: - 400 dollardan boshlab ish haqi va bonuslar, keyinchalik KPI asosida oshib borishi; - Kasbiy ta'lim va rivojlanish; - Do'stona va qo'llab-quvvatlovchi ish muhiti; - Karyera o'sishi va ko'tarilish imkoniyatlari ➖ Talablar: - B2 darajasida ingliz yoki rus tillarini bilish (sertifikat talab etilmaydi); - 20 yoshdan yuqori; - Erkin muloqot va jamoada ishlash qobiliyati 👇Hoziroq ro'yxatdan o'ting: https://docs.google.com/forms/d/1ScU0QpRDokYsy3bPPEOwa3BKpTQP0SgwcjxwckuqeVY/edit Qo'shimcha ma'lumot uchun: ▪️ @Xurshidrashidovich 📞 +998 99 477 47 49 @Oqoltin_yangiliklari
Mostrar todo...
Tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli Navoiy mahallasida o‘tkazildi Mahallalarda aholi bilan ochiq muloqotni taʼminlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan sayyor qabul bugun 1-sektor hududidagi Navoiy mahallasida bo‘lib o‘tdi. Qabulda mahalla ahli tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, sog‘liqni saqlash, kommunal sohaga oid, mahalla infratuzilmasini yaxshilash kabi masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Ushbu murojaatlarning ko‘pchiligiga qabul davomida ijobiy yechim topilgan bo‘lsa, hal etilishi muddat talab etadigan masalalar tegishli masʼullardan iborat ishchi guruhi tomonidan joyiga chiqib o‘rganiladigan bo‘ldi. @Oqoltin_yangiliklari
Mostrar todo...
Sirdaryo viloyatidan 3816 ta dehqon xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ijaraga oling ➤ Oqoltin tumanidan 469 ta (ko'rish) ➤ Boyovut tumanidan 425 ta (ko'rish) ➤ Sayxunobod tumanidan 364 ta (ko'rish) ➤ Guliston tumanidan 804 ta (ko'rish) ➤ Sardoba tumanidan 453 ta (ko'rish) ➤ Mirzaobod tumanidan 427 ta (ko'rish) ➤ Sirdaryo tumanidan 551 ta (ko'rish) ➤ Xovos tumanidan 287 ta (ko'rish) ➤ Guliston shahridan 36 ta (ko'rish) 👇Xabardor boʼlish uchun👇 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Mostrar todo...
Oqoltin tumanida Sayxunobod tajribasi tobora ommalashib bormoqda Telegram | Web-site | Facebook
Mostrar todo...
Mahallalarda Sayxunobod tajribasi ommalashmoqda Telegram | Web-site | Facebook
Mostrar todo...
#Mulohaza_vaqti Qaysi mamlakatda yashashingiz muhim emas, nimani xohlashingizni bilsangiz bas! Telegram | Web-site | Facebook
Mostrar todo...