cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

𝐎𝐭𝐚𝐬𝐢𝐧𝐢 𝐬𝐨𝐠'𝐢𝐧𝐠𝐚𝐧 𝐪𝐢𝐳✍

Mostrar más
Uzbekistán96 107El idioma no está especificadoLa categoría no está especificada
Publicaciones publicitarias
102
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Ulug' oy Ramazon oyida turibmiz, o'tgan ota-onalarimizga bir kalima Qur'on tilovat qilishni unutmaylik ❗️
Mostrar todo...
Qur'onga tushgan muhabbatim kuchaygandan, kuchayyapti. Allohning o'zi madad bo'lsin, tez oralarda Qur'onni yod olish niyatim amalga oshsin 🤲)
Mostrar todo...
Tan olaylik, nolishga haqqimiz yo'q!
Mostrar todo...
Bu dunyoga kelganimga ming shukur. Alloh meni mana shu oilamga mos deb, shu oilani a'zosi qilganiga ham ming shukur. Men Ota-onamdan, opa-ukamdan, bobolarimdan-buvilarimdan, togʻalarimdan, amakilarimdan, ammalarimdan, kennayilarimdan, amakivachcha-tog'avachchalarimdan-ammavachchalarimdan, jiyanchamdan va boshqa hamma qarindoshlarimdan mingdan-ming roziman. Allohga ming shukur, shunday oila davrasida dunyoga kelganimga)
Mostrar todo...
Sira ham mehr oqibat yo'q demang, Mehr turli xil ko'rinishda bo'ladi, masalan, otangiz sizni kalta kiyim kiyma deb tanbeh berishi, sababi otangiz sizni o'zgalarning fitnasiga uchrashini oldini oladilar. Bu esa haqiqiy mehrning isboti! Mehrning yana bir ko'rinishi bu Ona) Onajonlarimiz biz uchun doimo mehr atalmish hisni bizga his qildirib yashashadi. Faqat ba'zida uyga kechiksayiz koyishlaridan asablaringiz taranglashar, ammo ayting-chi, ona bo'lmasa, kim xavotir oladi. Hech kim! Mehrning yana bir ko'rinishi opa-singil, aka-ukangiz, qarindosh-urug'ingiz! Har bir narsani, har bir insonni qadrlaylik. Qolaversa, faqatgina ishlari tushsa eslanamiz o'sha qarindoshlarga ham demang aslo. Qo'lingizdan kelsa, yordamingizni ayamang. Undan ko'ra, ey Allohim ushbu birodari azizni ishlari bitishiga ya'ni savobli ish qilishga qodir qilganing uchun rahmat deng🤍
Mostrar todo...
Yaqinda ikki uch kun avval edi adashmasam, bir qiz bilan suhbat qurdim (deyarli begona😅, lekin juda yaxshi qiz ekan) Bu qizning aytishi bo'yicha do'sti tomonidan xiyonatga uchragan ekan. Ya'ni bir qalin dugonasi bo'lgan ekan. Katta muvaffaqiyatga erishgach doimiy yuradigan dugonasini xalq tilida aytganda 1 tiyinga olmaydigan bo'libdi. Hattoki ko'rsa ham ko'rmaslikka oladigan bo'lib qolibdi. Shunda bir qarindoshimning gapi esimga tushib ketdi. Qarindoshim shunday degandi: siz ishongan insonlaringiz ham ba'zan siz kutmagan ishlarni qiladilar. O'sha payt tushkun bo'lib qolasiz. Shuning uchun hamma ham siz kutmagan ishlarni qilishi mumkin ekan degan fikrni yodizda tuting degan edi. O'shanda men ham u qizga shunday dedim. Hattoki ota-onangiz ham sizni kun kelib, tashlab ketadilar(vafot etadilar). Sizni faqatgina Alloh taolo do'stingiz bo'lib qoladi xolos. Chunki u sizni hech qachon tashlab qo'ymaydi. Xato qilib tavba qilsangiz kechiradi. Undan nima so'rasangiz beminnat beradi, zero, sizga nima yaxshiligini Alloh yaxshi bilguvchidir...) / Yangi do'stlar orasida eski do'stingizni oyoqosti qilmang. Shundan keyin Ezopning bir masali yodimga tushib ketdi. "Yovvoyi echki va cho'pon". Bu masalaning ham mazmuni yangi do'stni ko'rganda eskisini unutma jumlasiga mos keladi. Shu gaplardan so'ng u qizni yuziga tabassum yugurganini ko'rib ko'nglim yorishib ketdi) * Bunday voqeani yil boshidan buyon 3-marta eshitdim. Barcha do'stlarga Allohning o'zi insof bersin. Shunda kollejda birga o'qigan bir yaqin dugonam yodimga tushdi. Dugona bo'lganimizga 5-yil bo'libdi. Judayam yaxshi qiz. Hech qachon menga xiyonat qilmadi Alhamdulillah🥰. Kollejda 3 yil birga yurdik. Keyin otam vafot etgan payt (eng og'ir kunlarimda) tinmay telefon qilib, qolaversa uyimizga 4-marta kelib, dalda bo'ldi. Hattoki, buvisi telefon qilib ta'ziya bildirdi(buvisinikida yurardi). So'ng to'yi bo'ldi. To'yiga bordim. Lekin keyin kelinlik uyiga ko'rishga bormoqchi edim borolmadim. Farzand ko'rdi. Birinchilar qatorida shifoxonoda bo'lsa-da telefon orqali bu xushxabarni menga yetkazdi🤗. So'ng bir qarasam, uyimizga kelibdi (4-oylik bolasini qaynonasiga tashlab, ishi bor ekan ko'chada, meni unutmasdan birinchi meni ko'rgani kelibdi) Bir soat maza qilib suhbat qurgandik o'shanda... Haliyam, har har , zamonda telefonda gaplashib turamiz😍 Alloh rozi bo'lsin sizdan aziz do'stim.
Mostrar todo...
Ramazon oyining fazilatli kunlarida omonlik ila yashayotganimizga ming shukur) Xabaringiz bo'lsa har kuni Uzreport telekanalidan iftorlik paytiga qadar (nechida boshlanishini bilmayman lekin😁) Muborak oy suhbatlari ko'rsatuvi namoyish etib borilmoqda. Ushbu ko'rsatuvda ahli ilmlarimiz turli xil mavzularda juda ham bir chiroyli bo'lgan ma'ruzalar qilmoqdalar. Ko'rsatuv so'nggida esa hamyurtlarimiz tomonidan yo'llangan savollarga javob berilmoqda. Bugun bu ko'rsatuv to'laligicha savol-javob tarzda o'tar ekan. Sizni qiziqtirgan savollar bo'lsa, siz ham o'z savollaringizni yo'llang.
Mostrar todo...
Assalomu alaykum ahli jamoa!
Mostrar todo...