cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Toshkent temir yo'l texnikumi Yoshlar kanali

Toshkent temir yo'l texnikumi "Yoshlar Ittifoqi"ningrasmiy telegram kanali @Texnikum_yoshlar_ittifoqi Murojaat uchun: Dilbar Nigmatullayevna +998946249899 Dukkiyev Saidali +998931486445 G'ulomov Abdullox +998946505597 Maqsad sari doimo intiling

Mostrar más
Tayikistán7 029El idioma no está especificadoTransporte12 621
Publicaciones publicitarias
315
Suscriptores
Sin datos24 horas
-67 días
-1730 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
#Kun hikmati!!! Ruhingni tushirma, niyatingdan qaytma. Do‘stim, sening yo‘ling bitta: o‘zing­­ni takomillashtir va irodangni mustahkam qil. Muhokamalaru to‘siqlardan aslo cho‘chima.
Mostrar todo...
Aziz va qadrli temiryo‘lchilar! Sizlarni mamlakatimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami, Vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy hayotida butunlay yangi davrni boshlab bergan unutilmas tarixiy voqea – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik ayyomi bilan samimiy tabriklaymiz. O‘tgan qisqa davr davomida elimizning fidokorona mehnati va qatʼiyati bilan milliy o‘zligimiz, qadimiy tariximiz, boy madaniyatimiz, ezgu qadriyat va anʼanalarimiz qayta tiklandi, davlat va jamiyat hayotining tub asoslari o‘zgarib, mamlakatimiz dunyo hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘ldi. Bugungi kunda Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshchiligida mustaqil taraqqiyot yo‘lidagi keng ko‘lamli islohotlarimiz izchil davom ettirilmoqda, barcha soha va tarmoqlar rivojini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida yurtimizda millati, tili va dinidan qatʼi nazar, har bir fuqaro erkin va farovon yashaydigan yangi jamiyat va davlat barpo etilmoqda. Mamlakatimiz erkin, obod va farovon hayot qurish, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek ulug‘vor ishlar yo‘lidan dadil bormoqda. Jonajon O‘zbekistonimiz taraqqiyoti yo‘lidagi ushbu hayotbaxsh islohotlarda temir yo‘l sohasi ham mamlakatimizning muhim iqtisodiy tarmog‘i sifatida o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgani quvonarlidir. Aziz hamkasblar! Qo‘lga kiritayotgan muvaffaqiyatlarimiz omili, kuch-g‘ayrat, g‘urur va ilhom manbai bo‘lib xizmat qilayotgan Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi barchangizga muborak bo‘lsin! Yurtimizning buyuk kelajagi, xalqimizning farovonligi, baxt-saodati, sohamizning bundan-da taraqqiy ettirish yo‘lida olib borayotgan keng qamrovli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz! Oilalaringizdan xotirjamlik, ro‘zg‘oringizdan qut-baraka va farovonlik arimasin! Jonajon O‘zbekistonimiz ravnaqi, temir yo‘l sohasi rivoji yo‘lida sidqidildan, shijoat bilan mehnat qilishda aslo charchamang! Bayramingiz muborak bo‘lsin! Hurmat va ehtirom bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Z.Nazrullayev O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Q.Sabirov |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|
Mostrar todo...

👍 1 1
📣📣📣 “ЗУККО КИТОБХОН”ЛАР БЕЛЛАШДИ ✅ Президентимиз томонидан илгари сурилган 5 та муҳим ташаббуснинг ёшлар ўртасида китобхонликни кенг тарғиб қилиш доирасида ўтказилган “Зукко китобхон-2023” танлови Марказий касаба уюшма кутубхонасида бўлиб ўтди. 👉 Танловда “Ўзбекистон темир йўллари” АЖ тизимидаги корхона, ташкилот ва муассасаларда фаолият юритаётган ёш темирйўлчилар 4 та шарт бўйича беллашди. 📌 Танлов якунида 1-ўринни Қуюв механика заводи” ШК 1-тоифали муҳандис-технологи Моҳичеҳра Ашурова қўлга киритди. 📌 2-ўринни “Тоштемирйўллойиҳа” МЧЖ Комплекс лойиҳалаш бўлими муҳандиси Хасанжон Мухаммадрасулов, 📌 3-ўринни “Ўзбекистон” локомотив депоси дефектоскописти Саломат Азамова ва 📌 Самарқанд темир йўл техникуми ўқувчиси 📌 Рамазон Мухиддиновлар қўлга киритиб, якуний Республика босқичида иштирок этиш имкониятини қўлга киритди. ✅ Танлов иштирокчилари Ўзбекистон темирйўлчилари ва транспорт қурувчилари касаба уюшмаси Республика Кенгаши томонидан қимматбаҳо совғалар билан рағбатлантирилди.
Mostrar todo...
👍 2
00:45
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿 Bugun davlatimiz timsolini o'zida aks ettirgan ramzlardan biri - O'zbekiston davlat gerbi qabul qilinganiga 31 yil to'ldi! 🗣 1992-yilning 2-iyulida “O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to'g'risida”gi Qonun qabul qilingan. Davlat gerbi O'zbekiston Respublikasi Oliy kengashining X sessiyasida tasdiqlangan. 📄 Barcha davlat ramzlarimiz singari gerb ham xalqimizning g‘ururi, or-nomusi, tarixiy xotirasi va orzu-umidlarini o‘zida mujassam etgan bo'lib, istiqlolimiz ramzi, o‘zini shu yurt farzandi deb bilgan har bir inson uchun cheksiz faxr-u iftixor manbaidir. 🇺🇿 O'zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi barcha hamyurtlarimizni ushbu tarixiy sana bilan muborakbod etadi! #davlatgerbi #yoshlarittifoqi 🤝Bizning sahifalarimiz: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Mostrar todo...
Gerb_tg.mp45.91 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Ўзбекистон ёшларига байрам табриги — Праздничное поздравление молодежи Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
⏺⏺ Yangi O‘zbekiston yoshlari 30-iyun "Yoshlar kuni" muborak bo‘lsin! 🇺🇿 Biz butun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi nomidan bugungi muhim sana - Yoshlar kunida barcha yoshlarga mustahkam sihat-salomatlik, bilim olish, kasb-hunar o‘rganish va izlanishdan to‘xtamaslik, eng asosiysi, ota-onangiz, oilangiz, yaqinlaringiz, do‘st, tengdoshlaringiz ishonchini oqlab, ezgu maqsadlaringizga erishishingizda muvaffaqiyat tilaymiz! 🇺🇿 G‘oyalaringiz, shijoatingiz va pok qalbingizdagi nurni hech ham so‘ndirmang, do‘stlar! 🎉 Yoshlar kuni muborak bo‘lsin! #yoshlarkuni #yoshlarittifoqi 🤝Bizning sahifalarimiz: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Mostrar todo...
“Yoshlar kuni” munosabati bilan temiryo‘lchi yoshlarga tabrik “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi X.Xasilov “Yoshlar kuni” munosabati bilan temiryo‘lchi yoshlarga tabrik yo‘lladi . . . BATAFSIL O'QISH BU YERDA ⬅️ |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|
Mostrar todo...

👮‍♂Rahbar va yoshlar uchrashuvi doirasida profilaktik tadbir👮‍♂ Toshkent temir yo‘l texnikumida “O‘zbekiston temir yo‘llari”AJ boshqaruv raisi v.b. X.N.Xasilovning 34-H sonili buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quvchi-yoshlar bilan “Temir yo‘lda xavfsizlikni ta’minlash va yoshlar o‘rtasida xuquqbuzarliklarni  oldini olish”, “Ommaviy madaniyat global xavf va xatarlar” mavzularida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Mirobod tumani IIO FMB 3-son IIB profilaktika inspektori mayor D.D.Ermatov, Mirobod tumani IIO FMB 3-son IIB voyaga yetmaganlar bilan ishlash inspektori leytenant Yu.A.Dirova, Texnikum direktori v.b. A.X.Mavlanov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari v.b  S.A.Nabiyev, Yoshlar yetakchisi D.N.Rejametova, xotin-qizlar masalalari boyicha direktor maslahatchisi N.R.Pardayeva,  texnikum psixologi  K.A.Abdurahmonova va o'quvchi-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida mavzuga doir xujjatli film namoish etildi va o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
Mostrar todo...