cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Maqolalar | Azizbek Zubaydullayev

Islomiy-shaxsiy rivojlanish trenerligi bo’yicha xalqaro sertifikatga ega trener - Azizbek Zubaydullayevning maqolalari toʻplami Boshidan diqqat bilan oʻqib chiqishni juda tavsiya qilaman)

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
3 308
Suscriptores
-924 horas
-97 días
+2930 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Mohiyatni o’rganish Yoshligimda matematik edim. O’zimni bag’ishlavorib har bitta mavzuni, undagi har bitta qoidani mohiyatini chuqur o’rganishga, undagi har bir misol-masalani chuqur tushunib, yechib chiqishga harakat qilardim. O’z sinfimga, hattoki yuqori sinflarga tegishli eng qiyin kitoblarning barcha misollarini erinmay, kunida 6-10 soatlab bo’lsa-da yechib o’tirardim Va bu yillar davom etdi… Katta sinf bo’lganimda, matematikani endi o’rganib boshlagan sinfdoshlarim fanni o’rganishga bunday yondashmas edi. Mavzuni, qoidalarni tushunar-tushunmay misol yechishga o’tib ketishar, misollarni ham chala-chulpa yechib, yecha olmaganini ustida deyarli urinmas edi Ko’p misol yechib, ko’p xato qilib o’rganaman deyishar edi Ular sayoz va ko’pga, men esa kam va sekin bo’lsa-da, chuqur va mohiyatga urg’u qaratgan edim Va buning farqi tez orada yaqqol sezildi. Ular men yechmagan oson kitoblardagi qiyin misollarni mendan so’rashar, men esa hech qachon ko’rmagan uslubimdagi misollarni darrov yechib qo’yar edim. Chunki men mohiyatni anglagan edim, ular esa tez natija xohlashgan, o’zlari esa o’rganishga erinchoq bo’lishgan edi (davomi bor) @Azizbek_Zubaydullayev
Mostrar todo...
"Oʻsha ishni qanday qilishni / unga munosib boʻlishni oʻrgansang, senga uni qilish uchun pul / resurs beriladi" hikmatiga oldinroq amal qilmaganimga pushaymon qildim) Pul topishga emas, katta ishlarni qilishni oʻrganishga harakat qilsam boʻlar ekan
Mostrar todo...
Kir koʻylak Hech birovning oldiga ataylab kir koʻylagingizni kiyib chiqqanmisiz? Menimcha yoʻq boʻlsa kerag-a? Chunki uyalasiz. Birovning oldida uyalib qolishdan va uning taʼbini xira qilishdan. Lekin aslida koʻylakdan ham muhimroq bir jihatingiz boʻlsa-chi? Bu - sizning chehrangiz. Yaʼni, jilmayib turgan va undan Alloh zikri ufurib turgan Siz birovning oldiga oʻz gʻamingizni, tashvishlaringizni koʻtarib borar, koʻrsatar ekansiz - siz unga ataylab kir koʻylagingiz bilan peshvoz chiqqandek gap. Uni yashirib qoʻyishingiz, oʻrniga chiroyli, toza, xushboʻy koʻylagingizni kiyib oʻzingizni ham, boshqalarni ham xursand qilishingiz mumkin edi Chehrangizdan xursandlik, goʻzal muaomala, qalbingizdan esa Alloh zikri va shukri ufurib tursin Shunday boʻlsinki, sizni koʻrgan kishi xursand boʻlsin, Alloh esiga tushsin @AzizbekZubaydullayev
Mostrar todo...
Yoshligimda * Menga juda ishonishgan * Darsni doim uy yumushlaridan ustun qoʻyishgan * Nimani xohlasam oʻrganishimga, qilishimga ruhsat berishgan * Bilim olishim uchun barcha sharoitlarni qilib berishgan Bu esa oʻzimga juda kuchli ishonch va hurmat bergan alhamdulillah
Mostrar todo...
Qiziq, bitta hadis hayotimni juda katta burib yubordi...oʻzi bilan birgalikda qanchalik tinch qoʻymas, lekin balki shirin gʻamlar va goʻzal maqsadlar olib keldi Oila qurish haqidagi, oʻzimning kelajagim haqidagi maqsadlarimni oʻzgartirib yubordi U "Hadis va hayot 3" kitobida yashiringan)
Mostrar todo...
Olim yetishtirishda 3ta narsa koʻraman 1. Baraka Ota-onasing oʻzlariga va unga halol luqmasi, ota-onasining va ustozlarning u uchun duosi, bola homiladaligida va chaqaloqligida koʻp Qurʼon eshittirish 2. Ixlos Ota-onasining va ustozlarning Allohga boʻlgan ixlosi. Chunki haqiqiy ilm - hissiyot. Hissiyot esa boshqalardan yuqadi 3. Juda kuchli ilm muhiti Chaqaloqligidanoq toʻgʻri rejalashtirilgan, uning har taraflama - aqliy, xulqiy, ilmiy, ruhiy, jismoniy rivojlanishi obdon hisob kitob qilingan, vaqt va sharoit yetarli taʼminlangan, iloji boricha uyda oʻqitilgan 4. Iqtidor. Lekin bu eng muhimi emas. Tepadagi 3ta toʻgʻri taʼminlansa, deyarli har qanday bolani olim qilish mumkin @AzizbekZubaydullayev
Mostrar todo...
Yigitlar, diniy qizlar bilan turmush qurish harakatini boshlashdan oldin, dinimizda shu holatdagi * Qizga murojaat odoblari * Otasiga murojaat odoblari * Shu jarayonning asl ketma-ketlikni oʻrganing Boʻlmasa, qoidasini bilmay yaxshi nomzodlardan quruq qolishingiz mumkin
Mostrar todo...
Hijron - ishqni oshirish uchun bir bosqich boʻldi deb umid qilaman
Mostrar todo...
U - yoningda Musibatdasiz, deylik biror azobli kasallik yoki chuqur yolgʻizlik yoki ogʻriqli magʻlubiyat. Shu payti inson oʻzidan, oʻzidagi azobidan qochib, biror orom beruvchi malham topgisi keladi.
Va bunday vaziyatda inson ilk va eng xohlaydigan narsa bu - oʻzi sevgan kishi suhbati Tashvishlardan emas, muammolardan emas, shunchaki oddiy mavzularda uning suhbati boʻlsa bas Sevganingiz esa - yoningizda, siz uchun qaygʻurib, oʻz mehri va muhabbatini beradi
Bunday vaziyatda albatta, oilalilar ustunlikka egalar. Ular oʻz turmush oʻrtoqlari bilan bunday qiyin vaziyatlarda bir-birlarining yonlarida turib, qoʻllab quvvatlay oladilar Lekin oila qurmaganlarni esa, shunday vaziyatlarda oʻzlari sevgan insonlari oldida boʻlmasligi ularni kattagina qiynashi tabiiy hol Lekin, aslida biz - yolgʻiz boʻlmasakchi? Aslida sevganimiz oldimizda boʻlsachi? Husayn Buxoriyning Risalatul Qushayriya kitobiga sharhlarida
Inson sevgisi - Robbining sevgisiga vasila boʻladi
maʼnosida hikmat keladi Bu - juda muhim tushuncha. Tushunyapsizmi? Yaʼni, siz siz sevgan insonga muhabbatni qanday tasavvur qilsangiz, oʻsha tuygʻularni va yondashuvni Allohga nisbatan muhabbatni tuyishda ham foydalanish mumkin! Bu degani, siz musibatda boʻlsangiz, sevganingizning suhbatini xohlaysiz, toʻgʻrimi? Alloh esa, yoningizda! Qanday qilib: "Riyozus Solihiyn"da ushbu hadis keladi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Alloh azza va jalla qiyomat kuni: "Ey odam bolasi, kasal boʻldim, meni koʻrgani kelmading" deydi. Shunda u kishi "Ey Robbim, qanday qilib seni ko'rgani boraman? Sen olamlarning Rabbi boʻlsang" deydi. Alloh esa: "Bilmasmiding, falonchi bandam kasal boʻldi, lekin uning ko'rgani kelmading. Agar uni ko'rgani borganingda uni huzurida meni topar eding" deydi
U - yoningizda. Munosabatingiz faqat ibodat yuzasidan boʻlib qolmasin. Uni qalban zikr qiling @AzizbekZubaydullayev
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
("Baxtiyor oila" kitobidan) Boylarni ayollari, endi xizmatkor, xodim soʻrashga hujjatingiz bor😁
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.