cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Siyosat | Fakt |URUSHGA QARSHI

Siyosat olamidagi barcha statistikalar, infografikalar, yangiliklar, shuningdek qiziqarli maqolalar faqat bizda. ☑

Mostrar más
Uzbekistán39 751El idioma no está especificadoNoticias y medios46 857
Publicaciones publicitarias
708
Suscriptores
-124 horas
-67 días
-1730 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Bloomberg yozishicha, Ozarbayjon Parij Yerevanga bergan qurol-yarog’ tufayli Fransiya bilan Tinch okeani, Karib dengizi va Lotin Amerikasidagi fransuz hududlarida ziddiyatni kuchaytirmoqda. Ozarbayjon hukumati bilan bog’liq bo’lgan Boku tashabbus guruhi, Fransuz Polineziyasi va Yangi Kaledoniya kabi joylarda turli siyosiy faollarni (mustaqillik tarafdorlari va namoyishchilar) qo’llab-quvvatlab, Parijning chet eldagi ko’plab mintaqalarida hukmronligini tugatishga intilmoqda. Shubhasiz, bu qarama-qarshilik kuchayib borishni davom etadi, chunki armanlarning uchinchi yirik diasporasi joylashgan Fransiya Yerevan bilan qurol yetkazib berish bo’yicha yangi shartnoma imzoladi. Taxminlarga ko’ra, Parij navbatdan tashqari parlament saylovi natijalariga qaramay Armanistonni harbiy qo’llab-quvvatlashda davom ettiradi. Ozarbayjon Armanistonning Fransiyadan qurol olganidan g’azablandi va bunga keskin munosabat bildirdi, deydi Karnegi tahlilchilari. O’z navbatida, Armaniston TIV Bokuning qurol sotishga munosabati “hayratlanarli” deb baholagan. “Zamonaviy harbiy vositalar bilan jihozlangan jangovar tayyor qurolli kuchlarni saqlash har bir davlatning suveren huquqi. Armanistonning xalqaro miqyosda tan olingan hududidan tashqarida ambitsiyalari yo’q”, deyiladi TIV bayonotida. @SiyosiyFakt
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Erondagi prezidentlik saylovlarida Masʼud Pezeshkian g‘alaba qozondi Etnik ozarbayjon bo‘lgan Pezeshkianga 16,4 mln eronlik — saylovda qatnashganlarning 54,8 foizi ovoz berdi. Uning raqibi Said Jaliliy esa 13,5 mln ovoz to‘pladi. Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/erondagi-prezidentlik-saylovlarida-mas-ud-pezeshkian-g-alaba-qozondi Lotin|Кирилл
Mostrar todo...
🇺🇸AQSh davlat qarzi rekord darajada oshib ketdi Ukraina, Isroil va Tayvanga milliardlab yordam bergan AQSh byudjeti taqchilligi 2024-yilda $2 trlnga yetadi. Taxminlarga ko’ra, bu ko’rsatkich 2034-yilga kelib $3 trln tashkil etadi. 10 yil ichida mamlakatning umumiy davlat qarzi $51 trlnga (hozir $35 trln) yoki YaIMning 122%ga ko'tariladi. Qayd etish kerak, davlat qarzining o'sishi tezlashmoqda. Boshqa mamlakatlarga yordam berishdan tashqari, AQSh byudjeti taqchilligi va davlat qarzining ko'payishi quyidagilarga bog’liq: - AQSh sanoat sektoriga investitsiyalar; - prezident Jo Baydenning o’n millionlab amerikaliklarga talaba kreditlarini qisqartirish rejalari; - qariyalar uchun Medicare federal tibbiy sug'urta dasturi xarajatlarining oshishi; - koronavirus pandemiyasi paytida favqulodda choralar oqibatlari; -shuningdek, 2017-yilda korporatsiyalar uchun daromad solig'i stavkasini 35% dan 21% gacha pasaytirgan sobiq prezident Trampning soliq islohoti. @SiyosiyFakt
Mostrar todo...
👍 2👎 1
Repost from Muslim.uz
Photo unavailableShow in Telegram
🌙 ҚУРБОН ҲАЙИТИ 16 ИЮНЬ КУНИ НИШОНЛАНАДИ
✅ Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев “Муборак Қурбон ҳайитини нишонлаш тўғрисида”ги қарорни имзолади.
Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати #qurbon #hayit MUSLIM.UZ GA 😎 OBUNA BO'LING VA ULASHING🗣 ▶️ YouTube | 📷Instagram | 🔵 Facebook
Mostrar todo...
👍 1
#infografika Dunyo davlatlarining tan olinmagan "Tolibon" hukumati bilan munosabatlari qanday? 🟣 "Tolibon" diplomatlarini ishonchli vakil maqomida qabul qilgan davlatlar: 🇶🇦 Qatar 🇮🇷 Eron 🇵🇰 Pokiston 🇺🇿 O‘zbekiston 🇦🇪 BAA 🇲🇾 Malayziya 🇹🇲 Turkmaniston 🟢 Afg‘on diplomatlari "Tolibon" bilan hamkorlik qiladigan davlatlar: 🇮🇩 Indoneziya 🇸🇦 Saudiya Arabistoni 🇹🇷 Turkiya 🇯🇴 Iordaniya 🇮🇳 Hindiston 🇰🇿 Qozog‘iston 🟠 "Tolibon" tashrif buyurgan boshqa mamlakatlar: 🇳🇴 Norvegiya 🇨🇭 Shvetsariya 🇧🇪 Belgiya 🇳🇱 Niderlandiya 🇩🇪 Germaniya 🇬🇲 Gambiya 🇹🇯 Tojikiston 🔴 "Tolibon"dan elchi maqomiga ega diplomatlarni qabul qilgan davlatlar 🇨🇳 Xitoy 👉 @suhrob_buranov
Mostrar todo...
Dunyo_mamlakatlari_tan_olinmagan_Tolibon_hukumati_bilan_qanday_munosabatda.png2.67 MB
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
❗️ Ba'zi mamlakatlarning tog'li hududi foizda. @SiyosiyFakt
Mostrar todo...
👍 1🤯 1
O’zbekistonda AESni yaratish (maqola 2023-yil chop etilgan) Shavkat Abdukomilov, texnika fanlari nomzodi Energiya barqaror iqtisodiy o'sish va inson farovonligini oshirish uchun zarurdir. Shuning uchun ham BMTning Barqaror rivojlanish bo’yicha maqsadlaridan biri "hamma uchun arzon, ishonchli, barqaror va zamonaviy energiya manbalaridan umumjahon umumiy foydalanishni ta'minlash"dir. Shu ma'noda, atom energetikasi iqlim o’zgarishining salbiy oqibatlarini yumshatish bilan birga, toza, ishonchli, mavjud va arzon energiyadan foydalanish imkonini beradi. U jahon umumiy energiyasining muhim qismini tashkil qiladi va kelgusi o'n yilliklarda undan foydalanishning o'sishi kutilmoqda. Xalgaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) ma'lumotlar bazasiga ko’ra, bugungi kunda dunyoda umumiy o’rnatilgan quvvati 377 800 MVt bo'lgan 422 ta yadro reaktori faoliyat ko'rsatmoqda. Ushbu reaktorlar dunyodagi elektr energiyasining (ishlab chiqarilgan) taxminan 10%ni ishlab chiqaradi. Shu bilan birga, hozirda umumiy loyiha quvvati 59 580 MVt bolgan 57 ta yadro reaktori qurilmoqda. Tabiiy uranning katta zaxiralariga (ishlab chiqarish bo’yicha jahonda 6 - o'rinda, zaxiralari bo’yicha 10 - o'rinda) hamda yadro fizikasi sohasida ilmiy-texnik salohiyatga ega bo'lgan O'zbekiston o'z hududida birinchi AESni qurishni rejalashtirmoqda. Ta'kidlash joizki, O'zbekistonning atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishi yangilik emas. 1959-yildan boshlab mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining VVR-S Milliy-tadqiqot yadro reaktori faoliyat ko'rsatmoqda. O'zbekiston olimlari yadroviy quilmalarini ishga tushirish, ishlatish va ularmi boshqarish, yangi va sarflangan yoqilg’ini saqlash, radioaktiv chiqindilardan foydalanish, yadro texnologiyalarini tibbiyot, farmatsevtika, qishloq xo'jaligi, texnik, zargarlik, tog'-konchilik sanoati va boshga ko'plab sohalarda qo'llash bo'yicha katta tajribaga ega. O'z atom elektr stantsiyasi O'zbekistonga quyidagilar imkonini beradi: - umumiy energiya majmuasiga qo'shimcha 2,4 GVt barqaror ishlab chiqarish quvvatini kiritish; - har yili 3,5 milliard kub metr tabiiy gazni tejash; - atmosferaga issiqxona effektini chagiruvchi gazlar chiqindilarini, xususan, 14 million tonna karbonat angidrid va 36 ming tonna azot dioksidiga kamaytirish; - AES quriladigan mintaganing iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga hissa qo’shish. Shuni ham ta'kidlash joizki, AES qurilishida va foydalanish jarayonida minglab aholi jalb qilinadi. Mutaxassislarning fikricha, multiplikativ effekti tufayli AES qurilishiga sarflangan har bir dollar kelajakda mamlakat iqtisodiyotiga o'rtacha 5-6 dollar foyda keltiradi. Bundan tashqari, atom energetikasi O’zbekistonning energiya balansini diversifikatsiya qilishga imkon beradi, chunki mamlakatdagi elektr energiyasining 86% tabiiy gaz ta’minotiga bog’liq bo’lgan issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi. @SiyosiyFakt
Mostrar todo...
👍 3
01:11
Video unavailableShow in Telegram
🇵🇸🇪🇸 Ispaniya hukumati Falastinni rasman davlat sifatida tan oldi Bugun, 28-may kuni Ispaniya Falastinni mustaqil davlat sifatida rasman tan oldi. Bu haqda qirollik bosh vaziri Pedro Sanches ma'lum qildi. «Shunday qilib, Ispaniya Falastinni tan olgan dunyoning 140 dan ortiq davlatiga qo'shiladi. Falastinning tan olinishi tarixiy qaror bo'lib, yagona maqsad Isroil va Falastin o'rtasida tinchlik o'rnatishga qaratilgan». @SiyosiyFakt
Mostrar todo...
IMG_6073.MP424.91 MB
👏 6👍 3🎉 2
Photo unavailableShow in Telegram
Eron prezidenti Raisi o’limi bilan bir qator mamlaktlarda motam e’lon qilindi: 1 kunlik motam: Hindiston, Pokiston, Turkiya, Iroq, Shri-Lanka. 3 kunlik motam: Livan va Suriya. Shuningdek, Tojikiston radio va televideniye qo’mitasi raisi Nuriddin Said Tojikistonda 2 kun davomida ko’ngilochar teleko’rsatuvlar efirga uzatilmasligini ma’lum qilgan. #XalqaroMunosabatlar #Eron @StratFocusCA
Mostrar todo...
00:42
Video unavailableShow in Telegram
🇮🇷 Eronning Tabriz shahrida vertolyot halokatida halok bo'lgan Eron prezidenti va tashqi ishlar vaziri bilan vidolashuv marosimi boshlandi – IRNA @SiyosiyFakt
Mostrar todo...
2.mp41.52 MB
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.