cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Agrobank_Press

🏦 "Agrobank" ATB Matbuot kotibining rasmiy telegram kanali. 📍Manzil: 100096, Toshkent sh., Muqimiy ko'chasi 43 🌍 agrobank.uzInstagram.com/agrobank_presshttps://www.facebook.com/yulduz.fayzullaeva.79?mibextid=LQQJ4d 📬[email protected] 📞1216

Mostrar más
Advertising posts
11 140Suscriptores
-4824 hours
-7337 days
-4 01030 days

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxondaryo viloyati tumanlarining birida Agrobank boshlig‘i kuni kecha bankka olingan yangi Oniks avtomobilini mast holda boshqarib avariya qilib yuborgan” mazmundagi xabar yuzasidan “Agrobank” ATB Matbuot xizmati quydagilarni ma’lum qiladi: Aniqlanishicha, bankning Oltinsoy filiali boshqaruvchisi 30.05.1989 yilda tug‘ilgan Adham Yakubov filialga tegishli bo‘lgan davlat raqami belgisi 75 747 ZAA oq rangli Chevrolet Onix avtomobilini joriy yilning 18 aprel kuni kech soat 23:00 lar atrofida boshqarib ketayotganida yo‘l-transport hodisasiga uchragan. IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining so‘rovnomasiga asosan Oltinsoy tuman Tibbiyot birlashmasi vrach Narkolog Sh.X.Tog‘aynazarov tomonidan narkologik ekspertiza o‘tkazilib, 18.04.2024 yildagi “Mastlik holatini aniqlash bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tkazganlik to‘g‘risida”gi xulosasida mastlik holati aniqlanmaganligi qayd etilgan. Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan YXX va ichki ishlar tergov organi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Surishtiruv natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Agrobank Matbuot xizmati
Mostrar todo...
👍 11👏 2 1🔥 1🤔 1
🏐 Joriy yilning 27 aprel kuni poytaxtimizning Bolalar va oʼsmirlar sport majmuasida "Аgrobank" АTB Bosh ofisi tarkibiy tuzilmalari xodimlari oʼrtasida sportning "Voleybol" turi boʼyicha sport musobaqasi boʼlib oʼtdi. ✅ Musobaqa yakuniga koʼra quyidagi tarkibiy tuzilmalar gʼoliblikni qoʼlga kiritdi: 🥇Аxborot texnologiya departamenti 🥈Аxborot xavfsizligi departamenti 🥉Muammoli kreditlar bilan ishlash departamenti P/s: Gʼolib va sovrindorlarni tarkibiy chin dildan tabriklaymiz👏👏👏👏
Mostrar todo...
👏 2🔥 1
Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Agrobank sobiq boshqaruvchisi 600 mln. so‘m mablag‘ni o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi” sarlavhasi ostida chiqarilgan xabar yuzasidan “Agrobank” ATB Matbuot xizmati quydagilarni ma’lum qiladi: O’rganish natijasiga ko’ra, bankning Namangan viloyat boshqarmasi Davlatobod filiali mijozi “LION PRIDE GROUP” MCHJning bank Boshqaruviga yo‘llagan 2023 yil 17 iyuldagi arizasida jamiyat rahbari D.A. 2022 yil 31 martda “LION PRIDE GROUP” MCHJga tegishli kredit qarzdorligini so‘ndirish maqsadida 600 mln. so‘m pul mablag‘larini naqd ko‘rinishda bankning Davlatobod filiali sobiq boshqaruvchisi M.F. va boshqalarga berganligini, ushbu pullar bank xodimlari tomonidan boshqa mijozning kredit qarzdorligini so‘ndirish maqsadida sarflab yuborilganligini, bir necha bor ogohlantirishiga qaramay pul mablag‘larini hozirga qadar qaytarib berilmaganligini bildirib, pul mablag‘larini undirib olishida amaliy yordam so‘ragan. Murojaatda ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan bank Boshqaruvining 2023 yil 31 iyuldagi buyrug‘iga asosan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan. Amalga oshirilgan xizmat tekshiruvi davomida jamiyatga tegishli kredit yig‘ma jildi, amalga oshirilgan pul hisob-kitoblari o‘rganib chiqilib, ariza muallifi, arizada nomlari ko‘rsatilgan shaxslar ishtirokida suhbat o‘tkazilib bayonnoma va ma’lumotnoma rasmiylashtirilgan. Bank tomonidan o‘rganishlar davomida aniqlangan yuqoridagi holatlar bo‘yicha huquqiy baho berish, aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish maqsadida tegishli tartibda Namangan viloyat prokuraturasiga 2023 yil 8 sentyabrda hujjatlar taqdim etilgan. Prokuratura tomonidan holat batafsil o‘rganilib qonunchilikda belgilangan moddalar bilan aybdorlik masalasi ko‘rilishi uchun mazkur ish Sudga taqdim etilgan. Sud tomonidan aybdorlarga nisbatan tegishli jazo choralar ko‘rilgan. Bank faoliyatiga befarq bo‘lmagan ijtimoiy tarmoq faollariga minnatdorchilik bildiramiz va bu kabi holatlar bo‘yicha bankka murojaat qilgan holda ma’lumotlarni aniqlashtirish yanada maqsadga muvofiq bo‘lishini eslatib o‘tamiz. Agrobank Matbuot xizmati
Mostrar todo...
👍 27🤔 4💯 2🔥 1
📚Markaziy bank tashabbusi bilan har yili an’anaviy tarzda “Umumjahon Pul haftaligi” (Global money week) xalqaro kompaniyasi doirasida “Pullaringizni himoya qiling, kelajagingizni ta’minlang” shiori ostida butun respublika bo’ylab qator ta’lim tadbirlari o’tkazib kelinmoqda. 📘 Xususan, ushbu tadbirlarni yuqori saviyada va xalqaro darajada tashkil etilishida “Agrobank” ATB ham faol ishtirok etib kelmoqda. 📗 Jumladan, joriy yilning aprel oyida Namangan va Sirdaryo viloyatidagi umumta’lim maktab o’quvchilari hamda Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun bankning ichki biznes-trenerlar tomonidan navbatdagi o’quv tadbiri bo’lib o’tdi.
Mostrar todo...
👍 7👏 1
Agrobank Boshqaruvi raisi Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashdi Joriy yilning 25 aprel kuni "Agrobank" ATB Boshqaruvi raisi Rustam Mamatkulov Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi alohida ishlash uchun biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda tumanning "Gulbog‘" va "Kengkechik" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi xonadonlarda yashovchi yoshlar ishtirok etdi. Mazkur tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiynayotgan asosiy hamda ikkilamchi muammolar haqida gapirdi, bank Boshqaruvi raisi esa o‘z navbatida ushbu muammolarning yechimi bo‘yicha tegishli taklif hamda mas’ul xodimlarga topshiriqlar berdi. Xususan, yoshlar bandligi, uy-joy muammolari, ularning bilim olishi, tadbirkorik bilan shug‘ullanish, kontrakt to‘lovlari kabi yoshlar hayotida muhim o‘rin tutuvchi masalalar muhokama qilindi. Agrobank ijtimoiy mas’uliyatli bank ekanligidan kelib chiqib, shuningdek davlat rahbarining ushbu yo‘nalishdagi topshiriqlari ijrosini ta’milash maqsadida shu kabi uchrashuvlarni muntazam tashkillashtirib turishga kelishib olindi. Agrobank Matbuot xizmati
Mostrar todo...
👍 24👏 4 3🏆 1
Agrobank Boshqaruvi raisi Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashdi Joriy yilning 25 aprel kuni "Agrobank" ATB Boshqaruvi raisi Rustam Mamatkulov Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi alohida ishlash uchun biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda tumanning "Gulbog‘" va "Kengkechik" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi xonadonlarda yashovchi yoshlar ishtirok etdi. Mazkur tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiynayotgan asosiy hamda ikkilamchi muammolar haqida gapirdi, bank Boshqaruvi raisi esa o‘z navbatida ushbu muammolarning yechimi bo‘yicha tegishli taklif hamda mas’ul xodimlarga topshiriqlar berdi. Xususan, yoshlar bandligi, uy-joy muammolari, ularning bilim olishi, tadbirkorik bilan shug‘ullanish, kontrakt to‘lovlari kabi yoshlar hayotida muhim o‘rin tutuvchi masalalar muhokama qilindi. Agrobank ijtimoiy mas’uliyatli bank ekanligidan kelib chiqib, shuningdek, davlat rahbarining ushbu yo‘nalishdagi topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida shu kabi uchrashuvlarni muntazam tashkillashtirib turishga kelishib olindi. Agrobank Matbuot xizmati
Mostrar todo...
👍 1
❗️Asosiy stavka o‘zgarishsiz qoldirildi Markaziy bank Boshqaruvining 2024 yil 25 aprelda bo’lib o’tgan yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.
Mostrar todo...
👌 12👍 6🔥 1👏 1
Repost from Agrobank
Masofaga qaramasdan birga bo'ling! 📗 Yangi Agrobank Mobile ilovasi orqali pul o'tkazmalarini 0% komissiya bilan amalga oshiring: IOS | Android *** Оставайтесь вместе несмотря на расстояние! 📗 Переводите деньги без комиссии в новом приложении Agrobank Mobile: IOS | Android
Mostrar todo...
👍 11🔥 3 2😍 1
Davlat tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashda ishtirok eting! Davlat rahbarining 2022-yil 11-maydagi PQ-240-sonli qaroriga muvofiq, joriy yilning mart-aprel oylarida “E-anticor.uz” elektron platformasida davlat tashkilotlar tomonidan o‘z faoliyatidagi funksiyalarda korrupsiyaviy xavflarni aniqlash ishlari amalga oshirildi. Unga ko‘ra, 7 mingdan ortiq funksiyalarda korrupsiyaviy xavflar “yuqori”, “o‘rta” va “past” darajalarda baholandi va Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri loyihasi (Reyestr loyihasi) shakllantirildi. Reyestr loyihasi Agentlik tomonidan jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish uchun "E-antikorrupsiya" elektron tizimiga joylashtirildi. Keng jamoatchilik ushbu havola orqali davlat tashkilotlari tomonidan funksiyalardagi korrupsiyaviy xavflar qay darajada xolis baholanganligi, qanchalik samarali va manzilli choralar belgilanganligi yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarini onlayn rejimda yuborish imkoniga ega. Agentlik va jamoatchilik tomonidan berilgan takliflar asosida davlat tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturlari shakllantirilib, davlat tashkiloti birinchi rahbari tomonidan tasdiqlanadi va yil yakuniga qadar belgilangan choralar amalga oshiriladi. —————————————— Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Mostrar todo...
👍 3🔥 2😍 1
⚡️ Mamlakatimizda o‘tkazilib kelinayotgan yugurish marafonlarida yildan yilga ishtirokchilar soni kengayib bormoqda. Bugun Toshkent shahrida o‘tkazilgan Xalqaro "BYD-Tashkent International Marathon" hamda "Yangi nafas" yugurish marafonlarining ishtirokchilari ko‘pligi bu sport tadbirining yuqori saviyada o‘tkazilganligidan dalolatdir. Bu marafonda ishtirokchilar 42 km, 21 km, 10 va 3 km masofalarga yugurish bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi. Musobaqada "Agrobank" ATB xodimlari ham ishtirok etdi va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Mostrar todo...
👍 1