es
Feedback
Josh*Developer

Josh*Developer

Ir al canal en Telegram

IT blog of: Umar Sadullayev Senior Software Engineer @ EPAM Google Developer Expert Founder of @vector_academy_uz Reklama: @joshdeveloper_ad Shaxsiy: @umar_shares

Mostrar más
4 816
Suscriptores
Sin datos24 horas
-187 días
+1730 días
Archivo de publicaciones
Dasturingizga test yozishni bilasizmi?
Anonymous voting

Taksida ketayotsam, haydovchi aka ishim haqida qiziqib qoldilar. “Sayt tuzamiz” degan joyimga kelganda, “Nima u sayt?” dedilar. Shunda biroz qiynaldim “sayt”ni oddiy tilda tushuntirishga. Qani oramizda oddiy tilda tushuntirish qobiliyati borlar bormikan? 🤨 #qiziq @JoshDeveloper

Repost from Ali Ahmad
Hozirgi 20-24 yoshli maqsadi bor, lekin juuuuuuuuuuda sekin natijalarga erishayotgan uka-singillarga bir gap! Ustoz tuting, bilimlarizni oshirish va mustahkamlash ustida ikki barobar ishlang, robot yoki qulday ishlayapman degan tushunchani miyyangizdan chiqaring. Vaqt sizlarni ayamaydi, hozirgi vaqtingiz ham energiyangiz ham nisbiy! Manzilga yaqin qolgansiz, yagona kalit bu ustoz! Sizlardagi bu tushkunlik muvaffaqqiyatsizlik emas, energiya yetishmasligi ham emas, bu shunchaki ruhiyat, ha sizni ildamlaydigan, koyib turadigan, “ping”lab turadigan, maqtab turadigan va Sizni eng zoʻr mutaxassis boʻlishizga ishonadigan Ustoz kerak! Tutayotgan roʻzalaringiz qabul boʻlsin azizlar! Biz baxtli davrada tugʻildik, roʻza tutmoqdamiz, biz omadga erishmoqdamiz, sizlarga ham juuuuuuuda ozgina qoldi. @AkhmatovichUz

Backend’chilarni API chiqarishini kutgan vaqtimga Elon Musk’ni karyerasini qurishim mumkin edi. (hazil 😄) #joke @JoshDeveloper

Eng birinchi boshlangan "JS, TS va Angular" kursida Angular'ga ham yetib keldik. 🎉 Kimda-kim JS va TS'ni bilsa va Angular'da o'qimoqchi bo'lsa bir-ikkita joylar bo'shadi. 🙂 Kurs haqida o'quvchilar fikrlari juda ajoyib. Adminga yozish: @vector_academy_admin #angular @JoshDeveloper

Ish e'lonlarini hardoim kuzatib yurish yoqadi. 🍿 Nega axir ishingiz borku deysizmi ? 🤔 Chunki, ish e'lonlarida talab qilingan texnologiyalarni, talablarni va ularga takliflarni ko’rib borish uchun. Texnologiyalar juda tez o'zgarganidek, talablar ham shunday o'zgaradi. Dasturchi hardoim hozirgi talablar va takliflar haqida xabardor bo’lib borishi kerak. Shunday emasmi ? @JoshDeveloper

Biror dasturchisi bormikan o’zi? 🤨 #waiting

Saytlarni “verstka” qilishda kam muddatlik haqiqiy “master class” bo’lsa, o’zim ham qatnashvorardim. 💯 Narxi-ku hamyonbob bo’lsa, ayni muddao. Sizchi, qatnashgan bo’larmidingiz? #sorovnoma @JoshDeveloper

Repost from Vector IT Academy
“Sharh” loyihasida akademiyamiz yuqorilashda davom etyapti. 🎉 Biz haqimizda samimiy fikrlarini bildirayotgan barcha o’quvchi
Sharh” loyihasida akademiyamiz yuqorilashda davom etyapti. 🎉 Biz haqimizda samimiy fikrlarini bildirayotgan barcha o’quvchilarimizga rahmat. 🙂 #sharh @vector_academy_uz - tajriba ulashamiz!

*Loyiha o'zida muommo yo'q. Ishlab turibdi. 👍 Aynan mani vaziyatimda ishlamayapti. Yordam berisha olmayapti katta muddatdan beri "support"dagilar. #eslatma

Oramizda MyID ustida ishlaydiganlar bormi? Bir oydan beri kira olmayman-ku.( Bu sabab ko'p davlat/nodavlat xizmatlaridan foyd
Oramizda MyID ustida ishlaydiganlar bormi? Bir oydan beri kira olmayman-ku.( Bu sabab ko'p davlat/nodavlat xizmatlaridan foydalana olmayapman.( "Support" ga birnecha marta chiqdim. "Biror dasturchisi bilan to'g'ridan to'g'ri gaplashaqolaylik undan ko'ra" degan qarorga kelgan edim. #help @JoshDeveloper

Buyoqda “Hackaton” bo’layotgan ekan :) Bemalol “qatnashorasla”. P.s: Biz esa tepadagi sovg’a egasini aniqladik ✅ #share @JoshDeveloper

Repost from Vector IT Academy
Sovg’a 💸 Akademiya nomini “Vector IT Academy” deb nomlashimizdan ma’no nima? 🤔 Shu savolga o’z fikringizni shu post komment
Sovg’a 💸 Akademiya nomini “Vector IT Academy” deb nomlashimizdan ma’no nima? 🤔 Shu savolga o’z fikringizni shu post kommentida qoldiring 🔽 Eng to’g’ri va tushunarli aytgan insonga bizdan 99 000 so’m sovg’a 💸 26-Mart, 17:00 da g’olib e’lon qilinadi, Xudo xohlasa. 📆 @vector_academy_uz - tajriba ulashamiz.

Nimadir xato emasmi? 🤔 Bir inson ish topishda qiynalayotganini ko’p yozardi shaxsiyda. ✍️ Hozir “Linkedin” sahifasini ko’rib
Nimadir xato emasmi? 🤔 Bir inson ish topishda qiynalayotganini ko’p yozardi shaxsiyda. ✍️ Hozir “Linkedin” sahifasini ko’rib qolsam, hech vaqosi yo’q. ➖ Nimalar bilishi yo’q. ➖Nimalar qilgani yoki qayerlarda ishlagani yo’q. ➖Contact ma’lumotlari yo’q. ➖Ism o’rniga familiya, familiya o’rniga ism yozgan. Va hokazo. Nimadir xato emasmi? P.s: Bu haqida “Ishsizlik” nomli postimda yozgan edim. #maslahat @JoshDeveloper

Yaxshi Frontend dasturchisi bo’lish uchun juda katta qism dasturchilar eng asosiysilarini tashlab “Freymvork”larga sakrab ketishmoqda. Eng asosiysilarini ikkitasini aytaman. 1. HTML va CSS (Toza “verstka” qila olish 💯) 2. JavaScript #frontend @JoshDeveloper

Blog oching. 🖥 Shu paytgacha ushbu shaxsiy blogim borligi qanchalar foyda berganini tasavvur ham qila olmaysiz. Birinchi boshlaganimizda, bunday katta bo’lib ketishimizni o’ylamagandim. Shunchaki JS’dan maqolalar yozib, insonlarga ulashib yurardim. Alloh izni bilan ancha kattalashdik. Barakasini bersin. Juda ko’p foydalar olaman blogimdan. Oddiy tepadagi postda siz azizlardan ajoyib takliflarni oldim. Va hokazo. Maslahat beraman ochishni. Zo’r yurita olsangiz, Allohni izni bilan manfaatini ham olasiz. #maslahat @JoshDeveloper

O'quv markazda ikkita asosiy qiyinchiligi bor. 1. Odam yig'ish 2. Ularni ushlab qolish (+to'lovlarini vaqtida olgan holda) Akademiyamizda ikkisiga ham duch keldik. Ayniqsa ikkinchisi juda qiyin. "Keyin beraman" deydiganlar juda ko'p topiladi. Mayli vaziyatlarini tushunishimiz kerak deysiz. Ammo guruhning 80-90% qismi "Keyin beraman"lardan tashkil topib qolsa, yaxshigina muommo bo'lar ekan. Buni mentor sifatida o'zim, admin sifatida adminlarimiz yaxshigina his qilyapmiz. Qani edi o'quvchilar bir oy oldinroq his qilib, tayyorlanib tura olsa dars to'loviga. Endi siz azizlarga savol, shunday holatda o'quv markaz nima qilishi kerak? Doimiy "keyin beraman"larni to'xtatish, aytgan vaqtida bermaydiganlarni va yozsa javob yozmaydiganlarni to'g'ri yo'lga solish uchun qanday usullarni bilasiz? #tanqid #sorovnoma @JoshDeveloper

Yaqin dasturchi akalarimizdan birlari, offline o'quv markaz ochibdilar. Meni nomimdan borsangizlar, 90% skidka berishmasmush 😁 Link: https://t.me/pixelschool_uz/4 #tabrik @JoshDeveloper

Oramizda Angular’ga qiziqayotganlar oshgani sabab, bo’sh vaqtim kichkina maqolachalar yozishni boshlayapman, inshaaAlloh. Kimga qiziq bo’lsa, birinchi kichik qadamlar haqida quyidagi maqolada. Link #angular @JoshDeveloper

To’g’risin aytsam, bunday yutuqli “challenge” uyushtirish juda mas’uliyatli ish ekan. Juda qiyin kechdi. Ayniqsa g’oliblarni aniqlash. Yaxshi qilganlar birnechta. Ekspertlar ham harxil insonlarga ovoz berishdi. Eng ko’p berilganini oldik xolos. “Challenge”da qatnashganlar bir narsani tushunishini xohlar edim. Yutuq bu pul emas. Yutuq bu tajriba. Siz tajribaga ega bo’ldingiz. Hammangiz. “Vector IT Academy” - tajriba ulashamiz!