Umar Sadullayev | Blog
Ir al canal en Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares
Mostrar más4 809
Suscriptores
+624 horas
-217 días
+1030 días
Archivo de publicaciones
Repost from Umar Sadullayev
Bilasizmi nega internetda, ijtimoi tarmoqlarda bema'ni hazillar, rasm va videolar ko'p?
Chunki haridorlar shuni talabida.
Biror yaxshi va foydali post chiqsa hech kimga ulashmaymiz, ammo be'mani, uyatsiz narsalar, yolg'on xabarlar chiqsa darrov tarqatib tashlaymiz.
Mana shu sabablar orqali, internet qoralanadi. Ammo, uni qoralayotgan biz, o'zimiz uni qora rangga bo'yayapmiz.
#tanqid
@UmarSadullayev
Sayt xavfsizligini oshirish bo'yicha bilimlaringizni kuchaytirmoqchi bo'lsangiz, Content Security Policy haqida ham o'qib ko'ring.
Link: web.dev/csp
#maslahat
@JoshDeveloper
Kompaniyamiz IT Park'ning Yashnoboddagi filialidan "Coworking" joylar olibdi bizga.
Yakshanba kuni borgan edim. Juda ajoyib qilishibdi. Ammo, aholisining deyarli 90% qismi Musulmonlar ekanini ham hisobga olishsa bo'lar edi. Tahorat olishga sharoit yo'q ekan. Hech bo'lmasa dush qilib qo'yishsa ham bo'lar edi. Xodimlardan so'rasam, bilishmas ekan. Balki bordir, topa olmagandirman.
Bugun C-Space Yunusobodga keldim. Tahorat uchun ham, namoz o'qish uchun ham alohida xonalari borligi uchun. Shu narsalarni hisobga oladigan insonlar bor bo'lishsin.
Shunaqa gaplar...)
@JoshDeveloper
Ishda bir vazifani qilayotganimda, yechimni topish va tushunib olish uchun chizgan chizmamni ko'rib, kulib yubordim 😄
O'sha payti tushungan edim bu chizmaga lekin. 😄
@JoshDeveloper
Shu paytgacha qaysi chetel kompaniyaga ishchi sifatida kirgan bo'lsam, deyarli hammasida "Ishxona odob-axloq qoidalari" bor edi va ular bilan tanishib chiqish majburiy edi.
Hammasini ichida pora berish haqida jiddiy qaytarmalar bor edi. Bo'lganda ham, oddiy yosh bola ham tushunadigan darajada chiroyli tushuntirilgan.
Ha ular bu narsalarga(ishdagi odob-axloqqa) shunaqa jiddiy qarashar ekan.
Bizdagi kompaniyalarda ko'p ishlamaganman. Ularda ham shunday "Onboarding" kurslar mavjudmi ?
#tanqidQilmadimHali 😄
#kommentdaQilishyaptiTanqidni
@JoshDeveloper
TypeScript 5
O'tgan oyda TS'ning yangi versiyasi e'lon qilindi.
Yangi versiyada nimalar bor ? 🤔
Bu haqida batafsil, Microsoft'ning blog postida tanishishingiz mumkin. Marhamat:
https://devblogs.microsoft.com/typescript/announcing-typescript-5-0/
#news
@JoshDeveloper
Isroil va Falastinda bo'layotgan ishlari, Isroilni qilayotgan daxshatli jinoyatlari haqida hech ma'lumotga ega bo'lmagan Musulmonlarga uyat.
#tanqid
@JoshDeveloper
Repost from Umar Sadullayev
Ayni vaqtda Livan Isroilni raketalar bilan oʻqqa tutmoqda ekan.🌚
Hech hayotimda raketa uchsa hursand bo'laman deb o'ylamagandim.
Batafsil: https://t.me/yolyolakayuz/28295?single
Duoda bo'ling yaqinlarim.
Alloh oson qilsin Musulmonlarga.
@UmarSadullayev
O'zim kuzatib turadigan "Osmondagi bolalar" loyihasi ajoyib mehmonlar bilan o'z ishini yana davom etyapti.
Bu safargi soni boshqa sonlaridanda qiziqarli va manfaatliroq bo'ladi degan umidda, siz azizlarga ulashyapman.
Link: https://youtu.be/tvb1iNzqaLg
#tavsiya
@JoshDeveloper
Mana, shuncha xalqqa kerak bo'lgan sifatli kadrlarni, "hayp" qilib "IT"ga tiqib qo'yishgan...
Eh shuncha turli xil mutaxassislar...
#tanqid #hazil
Ayniqsa "moldo'xtir"lar ham chiqarkan oramizda mana 😄
@JoshDeveloper
"IT" sohasi bo'lmaganda, qaysi kasbni tanlaga bo'lardingiz deb o'ylaysiz ?
Mengachi ? 🤔
#sorovnomacha #imagination
@JoshDeveloper
Kecha "Angular Signals RFC Discussion" bo'lib o'tdi. Unda Angular jamoasi Signals API va u bilan bo'ladigan birqancha o'zgarishlar haqida o'z takliflarini o'rtaga tashlashdi.
Shu o'zgarishlar orqali ketilsa(juda katta ehtimol bilan shunday bo'ladi InshaaAlloh), Angularni yangi 16-versiyasidan, Angularda kod yozish biroz o'zgaradi va osonlashadi. RxJSni kerakmas joylarda ham ishlatish kamayadi. Change detection ishlash tarzi o'zgaradi va hozirgi Lifecycle hooks o'rniga, Functional Lifecycle Hooks ishlatiladi va boshqa o'zgarishlar... 🌚
Batafsil:
https://www.youtube.com/watch?v=oTFauGIs7s0&ab_channel=Angular
Bu hali 16-versiyadagi birgina o'zgarish xolos. Avvalroq aytganimdek, Build jarayonlariga yangi "tool"lar ham qo'shilyapti. Masalan, Development uchun Vite, Production uchun esa EsBuild.
#news #angular
React'chilar boshlaydi hozir ...
@JoshDeveloper
Elon Musk Twitter'ni logosini "it"ga almashtirib qo'yibdi. 🐕
Xohlaganini qilaverarkanda 😄
#twitter
@JoshDeveloper
NG - BE
Belgiyadagi yillik Angular konferensiyalari kanali. Ichida ko'p foydali mavzular mavjud ekan.
Angular o'rganayotganlar uchun yuborib qo'yyapman 🙂
Link: https://www.youtube.com/@NGBECONF
Ng-conf'ning asosiy kanali: https://www.youtube.com/@ngconfonline
React yoki Vue'da ham shu kabi doimiy konferensiyalar bo'lib turadimi ? Bo'lsa yuboring.)
#tavsiya
@JoshDeveloper
Google'da ishlash yoqmaydi. Katta oylik berishsa ham ishlamasdim.
O'rniga, Apple'da ishlash yaxshiroq.
Azimjon akani qilganlariga taqlid qilib ko'raychi, bir narsa bo'lar inshaaAlloh 😄
P.s: https://t.me/fikrlog/1679
#joke
@JoshDeveloper
Yana bir Youtube kanal 🌚
O'zim kuzatib turadigan yaxshi kanallardan biri, Web Dev Simplified kanali.
Beginner'lar uchun ham, Middle-Senior'lar uchun ham yaxshi kontentlar bor.
#tavsiya
@JoshDeveloper
"Fireship"ning Youtube'da ikkinchi kanali borligini bilmas edim. Yaqinda bilib qoldim.
Uyerda ham ko'p foydali narsalar bor ekan.
Link: https://www.youtube.com/@beyondfireship
#tavsiya
@JoshDeveloper
Siz bilmaydigan bir narsani aytaman.
Ishlagan pullarim ichida eng barakatsizi shu kabi o'yinlardan topgan pullarim.
Yo'qotgan vaqtlarimni eng tez va samarasiz o'tgani ham, shu kabi bekorchi narsalarga sarflaganlarim.
Kichik paytim, aqlim kamroq payti bu narsalarga men ham qiziqqanman. Ilm olish o'rniga, shu narsalar bilan vaqtimni o'tkazishni xohlaganman. Professional shug'ullanishni ham xohlagan paytlarim bo'lgan.
Alloh esa menga to'g'risini ko'rsatdi. Alhamdulillah.
Hozir esa sizlarga ham ko'rsatyapti, men orqali.
Bola shunga qiziqsa qilaversin degan "kaltafahm"larcha fikrlash to'g'ri emas. Bola o'g'irlikka ham qiziqishi mumkin. Bolaga to'g'ri yo'lni ko'rsatadigan kattalar, ota-onalar aslida.
Adashmang. Umringizni nimada o'tkazayotganingizga boqing.
Mu'oz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: U kishi aytdilar:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni bandaning ikki oyog'i, to'rtta narsadan so'ralmaguncha (o'rnidan siljimaydi) davomli bo'ladi: umrini nimaga sarf qilgani, jasadini nimaga zoe ketkazgani, boyligini qayerdan kasb qilib va uni qayerga ishlatgani, ilmiga qanday amal qilgani haqida, so'raladi”, dedilar. (Sunani Dorimiy).
#maslahat
@JoshDeveloper
Bu mening musulmon sifatida va jamiyatni rivojini o'ylagan inson sifatida qarashlarim.
Nafsingizga aytganlarim og'irlik qilayotgan bo'lsa, bemalol yashashda davom etishingiz mumkin.
Qarshi fikrlilar ham gaplarim haqligini ich-ichidan tushunib turganiga aminman. Agar tushunadigan aqli qolgan bo'lsa.
Juda yoqmasa fikrlashim, "Leaving the channel is a perfect option".
Nega bu mavzuni ko'tardim ?
Chunki shu narsalarni "IT" sohasiga tiqishga urunishyapti. O'zim juda hurmat qilgan tashkilot "IT Park" ham bu narsani e'lonini qilganidan so'ng, "IT" xodimi sifatida o'z fikrlarimni ulashdim.
"Sog' bo'lasilar" 🙂
@JoshDeveloper
Kibersport musobaqalarini 25 yoshdan pastlar uchun uyushtirilishiga qarshiman.
Yoshlarni umrini o'g'irlashyapti. Foydaliroq narsa qilgan ma'qul edi. Na sog'liqqa foydasi bor u o'yinlarni. Umr o'tgani qoladi befoyda ilm ustida.
Ertaga farzandlaridan "Otang nima ish qiladi?" desa, "Otam CSGO'chi yoki Dota'chi" deb yurishini kim ham xohlaydi ?
Bunday narsalarni yoshlar kasb va hunar o'rganib qoladigan davrida uyushtirib, ularni shunga qiziqtirish yaxshi ish emas.
#tanqid
@JoshDeveloper
¡Ya disponible! Investigación de Telegram 2025 — los principales insights del año 
