es
Feedback

¡No caigas en manos de tramposos! Telemetrio encuentra y marca estos canales 👉 Si quieres ver la etiqueta, suscríbete

Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Ir al canal en Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad

Mostrar más
5 143
Suscriptores
+224 horas
-197 días
-5530 días
Archivo de publicaciones
So'rovnoma. O'quv kurslari-yu markazlarini sifatli bo'lishini, yolg'onlar aralashmasligini xohlaysizmi ? Unda keling bir ish qilamiz. Bilishimcha Sardor aka o'quv kurslar va markazlarga kamchiliklari haqida aytishni boshlabdilar. Bu orqali, sifat oshishi turgan gap. Qabul qilishmasa va ummatga yolg'on ishlatib, hiyla orqali yoki sifatsiz "mahsulot" yetkazib berayotganlari uchun nomlarini oshkor qilinar ekan. Bu ish menga yoqdi. Manfaatli bo'lishiga ishonaman. So'rovnoma shuki, oramizda kim shunday yolg'on kurslarga yoki markazlarga, sifatsiz yoki juda past sifatli kurslarga "tushgan" bo'lsa, kommentda nomlarini oshkor qilmasdan yozsin. Sizga bog'lanishadi, tekshirishadi va u markazga ogohlantirish berishadi. P.s: Sardor akani o'zlarini WebBrain o'quv markazlaridan ham shikoyatlaringiz bo'lsa, bu bo'yicha neutral ravishda o'zim shug'ullanaman. Markaz ajratish bo'lmaydi. Shunchaki kommentda WebBrain haqida shikoyatingiz borligini qoldiring. #UmmatgaSifatliTalimBeraylik @JoshDeveloper

Noto'g'ri tushunmanglar-u, IT blogger sifatida IT sohasida "sifat"ni oshirish uchun biroz qattiqroq harakat qilishim kerakligini tushundim. Ha, biroz yoqimsiz inson sifatida ko'rinaman shu biznes egalariga. Ammo, umumiy ma'noda shunday qilish orqali boshqa o'quv kurslari va markazlari ham, reklamani oylikka, pulga taqayverishdan voz kechishga o'tishadi deb umid qilaman. Sardor akani ushbu videolaridagi holatlar ham kam emas. Bunga asosiy sabablardan biri odamlar shu kabi "reklama"larga uchishida. Kimnidir biznesiga, o'quv markaziga hech qanday adovatim yo'q. Aksincha hursandman va yordamlashishga ham tayyorman. Faqat, bizni ummatga sifatli ta'lim olib kirishsin, tamom. Qattiqroq postlar chiqargan bo'lsam, yoki chiqarsam kelajakda, oldindan uzr :) @JoshDeveloper

Bugun Linkedin'da bir masterklass reklamasini ko'rib qoldim. "Agar sizning oylik maoshingiz 300$ va 1000$ atrofida bo'ladigan bo'lsa ..." Qarasam, 1 oylik masterklass reklamasi ekan 😄 Unaqamasda endi... @JoshDeveloper

Oldindan mani nomimga mahalla qilib qo'yishibdimi deyman-a ? 😄 #joke @JoshDeveloper
Oldindan mani nomimga mahalla qilib qo'yishibdimi deyman-a ? 😄 #joke @JoshDeveloper

Repost from WebBrain Academy
Zamonaviy firibgarlarga aldanmang! Yoshlarning IT haqida to'liq tushunchalari yo'qligi sababi o'zbek bozorida IT qallobligi ko'payib bormoqda.  Natijada esa norozi talabalar, ota-onalarning qiynalib topgan pullari havoga sovurilishi va yoshlarning IT dan ko'ngli sovushiga olib kelmoqda. Biz bu videoni yoshlarni aldayotgan firibgar o'quv markazlar va yolg'onchi IT blogerlarini ogohlantirish maqsadida ommaga chiqardik. Agarda o'zlarini yig'ishtirib kontentlarini to'g'irlashmasa ovoz o'chirilgan kadrlarning ovozi bilan ijtimoiy tarmoqlarda ko'rishlari mumkin bo'ladi! Shunday firibgar o'quv markazlar tuzog'iga tushgan faqatgina bir talaba bilan bo'lgan suhbatlashdik. Yana qanchadan qancha yoshlar bularning tuzog'iga tushishgan? Bu videoni ko'rib nafaqat o'sha ayrim qo'shtirnoq ichidagi o'quv markazlar balki yoshlarimiz ham xulosa chiqarishlarni so'rab qolamiz. 👉 To'liq videoni ko'rish Webbrain — Sizning buguningiz va ertangiz biz uchun muhim! 📞 33 576 20 20 📍 64-uy, Bunyodkor koʻchasi, Chilonzor. Instagram | Facebook You tube | Telegram

Bugundan stackoverflow.com ga nafaqat javob topish uchun, balki orada javob berish uchun ham kirishni boshlayman. Kimdir bergan savolga, birinchi javobimni berdim bugun. O'zim uchun qiziqarli mashg'ulot bo'lyapti. Ham stackoverflow'ga hissamni qo'shib, odamlarga yordam beryapman, ham o'zimni eski bilimlarimni yangilayapman, ham yangi bilimlar o'rganyapman. Shunaqa gaplar 🙂 Aytgancha, Happy Weekend 🎉 @JoshDeveloper

Shu, profiliga "Lead Senior+ Full stack Backend React MEVN Web Frontend Programming Developer" qilib yozib qo'yadiganlarni hech tushunmaymanda... 🤷‍♂️ P.s: Sal bo'rttirildi. Ammo haqiqatga yaqin 😄 @JoshDeveloper

JavaScript'da o'zi nechta scope bor ? 🤔 1. Global Scope 2. Function(Local) Scope 3. Block Scope 4. Module Scope Module Scope'ni ko'pchilik bilmasligini aytibdi. Men ham birinchi eshitganimda, biroz o'ylanib qolgandim. Chunki ko'p manbalar bu haqida gapirmaydi. Aslida, bizda har bir modul uchun alohida Scope bor. Bunga misol import qilgan biror modulingizni ichidagi oddiy o'zgaruvchiga import qilayotgan moduldan turib kira olmasligingiz. Shunaqa gaplar 🙃 @JoshDeveloper

Hozirgi JavaScript'da nechi xil Scope bor ?
Anonymous voting

Motivatsiya deganga, tepadagi mavzuga aloqador bir yaqinda eshitgan motivatsion gap esimga tushib ketdi. "Hard times create strong men, strong men create good times, good times create weak men, and weak men create hard times" ©️ G. Michael Hopf Tepadagi gaplar, hayotimda juda ko'p kuzatgan haqiqatlardan biri. Ba'zi istisnolar uchramasa albatta. Insonni irodasi va tarbiyasiga ham bog'liq. Josh*Motivator deb kanal ochsam bo'larkan-a ? 😄 Training'lar ochvorsam, soqqa qilarmidim 🤔😄 @JoshDeveloper

Repost from Islombek.dev
Motivatsiyani bozordan "sotib oling" yohud muzlagan jajji qo'llar Ko'p motivatsion videolarni ko'rsangiz: "Sen uddalaysan, yorasan!" degan odamlar chiroyli joylarda, juda yaxshi sharoitda o'tirgan bo'ladi. Balki shungami yoki boshqa sabab gaplarida ta'sir unchalik kuchli emas. Meni fikrimcha motivatsiya olishning eng zo'r yo'li erta tongda yoki kechqurunda bozorga borishdir. Chunki u joyda har qanday sovuq bo'lmasin, qiyin, og'ir ish bo'lmasin oilasini boqaman deb chiqqan yosh bolakaylardan tortib yoshi 60 dan oshiq onaxonlarni ham hayot uchun kurashayotganiga guvoh bo'lasiz. Qani aytingchi jajji barmoqlariga puflab isitaman deb turgan bolakaydan ham ko'proq motivatsiya beradigan nima bor? Uchirib yuboradigan sovuqda, bo'ynini yelkasiga qisib, nigohlarini yerga qaratgan holda o'yga tolib turgan onaxon yoki kiyimlaridan tushayotgan yomg'ir tomchilari ko'z yoshi bilan qo'shilib, hech kimga sezilmayotgan ayoldan ham ko'proq sizga kim motivatsiya bera oladi birodarim? Qarib, kuchdan qolgan otaxon o'ziga bir necha barobar katta yukni, yuzidagi ajinlarni yana ham sezdirib yuboradigan darajada qiynalib tortib ketishichi? Alloh bergan ne'matlar atrofimizda shu darajada ko'pki shukr qilib sanog'iga yeta olmaymiz. Biz kompyuterimiz kuchsizligidan, oyligimiz biz xohlagandek emasligidan, oyoq kiyimimiz o'tkan yilgi "eski modadagisi" ekanligidan nolib turganimizda hayotda bu kabi holatlar ham bo'lib turipti. O'zimizni isloh qilaylik... @islom_aliy

Kanaldagi eski maqolalarni qidirib topa olmayotganlar diqqatiga, hamma maqola va podcast'lar @JoshDeveloper_Bot'ga joylandi. Bemalol shuyerdan qidirib topishingiz mumkin. Kanalda turgan eski "menyu" kattalashib ketgani sabab, boshqa foydalanilmaydi. Botdan topsangiz bo'ladi foydali postlarim, maqola va podcast'larimni. @JoshDeveloper

ChatGPT'ga kimdir singlisini yoshini so'rab yozibdi. 😄 -35 yosh degan javob ham bor 😄 Savoli quyidagicha: "Men 10 yosh bo'l
ChatGPT'ga kimdir singlisini yoshini so'rab yozibdi. 😄 -35 yosh degan javob ham bor 😄 Savoli quyidagicha: "Men 10 yosh bo'lganimda, singlim meni yoshimni yarimida edi. Hozir 70 yoshdaman. Singlim nechi yoshda ?" Javoblarni o'zingiz ko'ring :) Share ✈️ @JoshDeveloper

Xushxabar(cha) 🥳 Allohni izni bilan Itransition'da darajamni ham oshirib oldim. Lvl.5. (Strong Middle desak ham bo'ladi) Alhamdulillah. Endi bir daraja qoldi toza Senior'ga inshaaAlloh. Shunaqa gaplar 🙃 @JoshDeveloper

Networking(tanish bilish 😄) Bugun Meetup'ga borganimni bilasizlar. Odam umuman olganda yetarli keldi. Ammo baribir kam. Bu kabi Meetup'lar ko'p qilinar ekan, ammo juda kam odam kelar ekan. Buni eshitib biroz ranjidim. Bizda odamlar qandaydir "onlaynlashib" ketgan. Jonli ko'rishgisi, odamlar bilan tanishgisi kelmaydi. "Networking"ga e'tibor qilmaydi uncha. Bu yaxshi emas. Bu kabi "tekin" bilim ulashish, yaxshi odamlar bilan tanishish imkoni berilsa, foydalanish kerak. Masalan, bir meetup'da bir aka bilan tanishgan edik. U payti EPAM'da ishlar edim. Shu akaga qoil qoldim. Meetup'da tanishib, kontaktimni olib qolgan edilar. Hozir men sababchi bo'lib, bir yildan beri EPAM'da ishlaydilar. Mana "Networking" samarasi. Bunga misollar juda ko'p. Nima demoqchiligimni tushundingiz. "Networking is not about just connecting people. It's about connecting people with people, people with ideas, and people with opportunities." ©️ Michele Jennae @JoshDeveloper

Iya, Weekend tugayaptimi ? 😢

Finalga gap yo'q a ? Fransuzladan alamim qolgandi, Marokash sabab. Bugun maza qildim ☺️😄

Uzgeeks meetup ham tugadi. Kimlar qatnashdi ? 🙋‍♂️ #meetup @JoshDeveloper
Uzgeeks meetup ham tugadi. Kimlar qatnashdi ? 🙋‍♂️ #meetup @JoshDeveloper

Bugun 14:00 da UzGeeks meetup ga kelmoqchi bo’lganlarga manzil xaritasi mana: link Yaqinida masjid ham bor. Progress academy’ni o’zida ham namoz o’qishga sharoitlar bor ekan. 14:00 da boshlanadi. inshaaAlloh @JoshDeveloper

Jamoada kattaroq dasturchilar bo'lsa baribir yaxshi. To'g'risin aytsam, "Code review" jarayonidan juda ko'p bilim olyapman ulardan. Ikki tomonlama. O'zimni xatolarimni topib berishadi va to'g'irlayman. O'zim ham ularni kodlarini "review" qilib, ko'p narsa o'rganaman. Savol berishardi odamlar, yaxshi pul to'lagan joyda yolg'iz ishlaganim yaxshimi, yoki kamroq to'lagan joyda kuchli dasturchilar bilan ishlaganimmi deb. Javobim ikkinchisi bo'ladi, sharoiti to'g'ri kelsa. Hozirshu fikrdaman :) Shunaqa gaplar. @JoshDeveloper