es
Feedback

¡No caigas en manos de tramposos! Telemetrio encuentra y marca estos canales 👉 Si quieres ver la etiqueta, suscríbete

Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Ir al canal en Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad

Mostrar más
5 147
Suscriptores
-724 horas
-37 días
-5630 días
Archivo de publicaciones
Kech qolish yoki umuman kelmaslik. Linkedin’da mana bu postni o’qigandim, buyerda biz O’zbeklarning katta qismidagi kech qolish kasalligi haqida yozilgan. Shu o’rinda, o’zimni ancha paytladan beri asabimni buzib keladigan muommoni yozsam. Bizdagilarni ko’p qismi kech qolishsa yoki umuman uchrashuvga kelishmasa/kirishmasa ogohlantirishmaydi. Yaqinda Angular’dan tekin amaliyot ochgan edik eslasangiz. ~55 tacha odam kirdi qatnashaman deya. 2 kun oldin “meeting” bo’lishini aytdim. ~15 yaqin odam kirdi xolos. Bitta odam ogohlantirdi kech qolishini. Bo’ldi. 😅️️️️ What the heck ? Amaliyotga shu kirganlar va ogohlantirgan insonni oldik. Qolganlarni olmadik. Xulosa: Boshqalarni vaqtini qadrlang. Siz uchun uchrashuv qilinsa va siz kech qolsangiz yoki kirmasangiz, ogohlantiring. Bu madaniyatli inson ekanligingizni ko’rsatadi. Ko’p hollarda sizga yaxshilik olib keladi. #maslahat #tanqid @JoshDeveloper

Repost from Abduaziz π
​​🏴 Master Yaqin do'stim bilan github haqida suhbat borsa "branch"larni nomlash bo'yicha mavzuda takrorlanadigan savol bor: "github nega asosiy master branchlar nomini mainga o'zgartirdi?". Men hayron, o'zgartirdi bo'ldi. Lekin aniq javob bilan qiziqib ko'rmaganman. Hozir erinmasdan izlab topdim sababni. Hammasi "black community" uchun ekan (fantastika 🎆), masterni ularga nima aloqasi bor desangiz: master so'zi boshqalarga nisbatan "hukumron"likga nisbatan ishlatilar "emush". Menimcha qulchilik bilan bog'liq. Xullas pozitsiyasini bildirish uchun qiligan amal. Nima bo'ldi? Ba'zi resurslarda/action fayllarda avvalgi master qolib ketgan, hozirgi yangi repozitoriyalar bilan to'qnashuvlar mavjud. 4 ta so'z qora ro'yxatda(uzur qora demoqchi emas edim) ekan dasturlash olamida: black-list, white-list, slave va master. Jenkins ishlatadiganlar Jenkins slave, master node'larni qanday nomlar ekan? Yoki DevOps va Automation Engineerlar ham ratsistmi? Rate-limit qilishda foydalanuvchilarni qanday ro'yxat("list")ga qo'shish kerak endi? "Worker" so'zini ham yuqoridagilarga qo'shishni taklif qilaman 😆 Odam ajratmayman. Aytmoqchimanki, siyosat, shaxsiy qarashlar va bir narsalarni iT olamga taqbiq qilishning oqibati yaxshi emas yoki 1 oy davomida kamalak ranglik loaderni tomosha qilasiz. @AbduazizPy

Angular deganiga, bir yangilikni e’lon qilmoqchi edim. Tajriba yig’ishga qiynalayotgan Angular dasturchilari uchun bir ishni boshlayapmiz inshaaAlloh. 3-4 ta bo’lib jamoa bo’lib, bir loyiha qilishni boshlashadi. Biz esa har bir jamoaga “Code reviewer”lar biriktiramiz. Orasida o’zim ham bo’laman. Shu bilan ularni kodlarini tekinga “review” qilib boramiz(loyiha tugaguncha). Kimda-kim Angular o’rganayotgan bo’lsa va shu loyihada qatnashmoqchi bo’lsa, quyidagi guruhga qo’shilsin. Guruh linki: https://t.me/+cplkLedv3nFlNjli Reviewer sifatida yordam bermoqchi bo’lganlar ham qo’shilsin. Aytgancha, meni yangi “title” bilan tabriklasangiz bo’ladi. 🌚 #angular #e’lon @JoshDeveloper

Tahrirchi.uz nomli “extension” haqida eshitgandirsiz. ishlatib ko’rmadim-u, lekin yaxshi ekanligiga ishonaman. Angular ishlat
Tahrirchi.uz nomli “extension” haqida eshitgandirsiz. ishlatib ko’rmadim-u, lekin yaxshi ekanligiga ishonaman. Angular ishlatishganidan ko’rinib turibdi yaxshi dasturchilar qilgani. 🌚 #tahrirchi #angular @JoshDeveloper

“Arc” nomli browser’ni hozir ishlatib ko’ryapman. Juda yoqyapti 🌚 Dizayn butunlay boshqacha. Oddiy odam uchun yasalmagani ham sezilib turibdi. Qandaydir o’ziga tortadi. Tablarni “split” qilsa bo’ladi. Qandaydir “Mac OS”ga o’xshashlik tomonlari ham bor. “Developer tools” Chrome’niki bilan deyarli bir xil. Ko’chish qiyin bo’lmadi. Xullas, sinab ko’rishga arziydi. Bu hozircha birinchi taasurotlarim. Umid qilamanki, muommolari chiqmaydi inshaaAlloh. #arc @JoshDeveloper

Monorepo nima? Monorepo bu bir repository ichida birnechta aloqador loyihalarni yozish. Bu xuddi rasmdagidek ko’rinishda bo’l
Monorepo nima? Monorepo bu bir repository ichida birnechta aloqador loyihalarni yozish. Bu xuddi rasmdagidek ko’rinishda bo’lishi ham yoki faqat Frontend loyihalar bo’lishi ham mumkin. Monorepo qilishdan maqsad, o’rtada “shared” kodlarni oson ulashish, loyihalarni oson boshqarish. Versiya o’zgarishlarda ham hammaga bittada o’zgarish kirita olish va hokazo. JS dunyosida Monorepo qilish va uni oson boshqarib turish maqsadida birnechta tool’lar chiqqan. Nx, TurboRepo va boshqalar bunga misol. Katta-katta kompaniyalar, masalan Google, Meta, Microsoft, Uber, Amazon va hokazolar, ko’p loyihalarida Monorepo qilishgan. #monorepo #architecture @JoshDeveloper

Maktab boshlanyapti ekan. Maktabda hali ham o’qiyotganlarga o’z maslahatlarimni berdim. Quyida havola: https://t.me/Josh_shares/67 @JoshDeveloper

5 daqiqaga boshlaymiz inshaaAlloh 🎙 Manzil: @Josh_shares #reminder @JoshDeveloper

Repost from Umar shares
Bugun 21:00 da ushbu ikkinchi kanalimda Live voice chat qilamiz. AMA(Ask me anything) ko’rinishida. inshaaAlloh Savollaringiz bo’lsa, shu post kommentiga yozib qoldiring. #live @Josh_shares

Repost from Umar shares
Bugun ushbu ikkinchi kanalimda Live voice chat qilamiz. AMA(Ask me anything) ko’rinishida. Savollaringiz bo’lsa, shu post kommentiga yozib qoldiring. #live @Josh_shares

Ayni paytda ishda quyidagi kabi vazifalar bilan bandman: 1. Bug to’g’irlash, Feature qo’shish. 2. Loyiha arxitekturasini yaxshilash. Aynan shu ikkinchisi ustida ko’p ishlar qilyapmiz. Monorepo ko’rinishiga olib kelish harakatidamiz. Nx ishlatyapmiz. Monorepo ichidagi loyihalarni Module Federation orqali bir biri ichida ishlatish varianti ham bor. Bu haqida bir qarorga hali kelmadik. Xullas yaxshi tajribalar bo’lyapti. #updates @JoshDeveloper

Vaziyat balki boshqacha-dir?! Ikki qalin do’st bir biri bilan hazillashib urushgandek tonda gaplashib turganda, chetdan ularni orasidagi vaziyatni bilmagan odam ularni urushyapti deb o'ylaydi. Ular orasidagi yaqinlikni chetdagi odam his qilmaydi. Endi aytmoqchi bo'lganimni aytsam, hali asl mohiyatini tushunmagan narsangizga fikr bildirishga shoshilmang. Osmondan tushib qolib, biror narsaga darrov "reaction" qilmang. Kimdir haqida noto'g'ri ma'lumot tarqagan bo'lsa, darrov uni yomon inson demang. Mazmunini bilmasangiz aralashmang. Balki siz bilmassiz... Balki... Balki... degan savollarni berib, yaxshi gumonga borishga urunib ko'ring. Odamlar haqida qilayotgan birinchi gumoningiz, sizning qanday inson ekanligingizni bildiradi. #tanqid @JoshDeveloper

Repost from MohirDev.uz
Dasturchining hayot yo'li haqida podkast 🎙MohirDev'da navbatdagi suhbat dasturchining hayot yo'li, sohani o'rganish, ish topishdagi tajribalar, universitet va diplom, hamda xalqaro kompaniyalarda ishlash haqida bo'lib o'tdi. ▶️ Unda Umar Sa'dullayev hamda Muhammadrasul Nurmuhammadov o'z tajribalari asosida dasturchilarga muhim tavsiyalar berib o'tishdi. Ularning ayni kundagi faoliyati va bunga qadar nimalar qilishgani haqida esa bugun premyerada bilib olishingiz mumkin. 🕘 Premyera 2-sentabr, bugun soat 21:00'da MohirDev YouTube kanalida bo'lib o'tadi 👉 Eslatmani yoqib qo'yish

Helper/Utility funksiyalarni qaysi ko’rinishda yozish kerak ? Bilamiz, ba’zi kutubxonalar yordamchi funksiyalarni Class ichiga, statik qilib yozadi. Masalan, export class Utils { static someHelpfulMethod() { // logic } static calculatePros(name) { // some logic if(name === “React”) return null; } } Yana ba’zilar esa, har bir funksiyalarni alohida-alohida qilib, function bilan yozadi. Masalan, export function doSomethingFun() { // logic } Bu ikkisini ham o’z foyda va zararlari mavjud. Keling foyda va zararlarini kommentda sanaymiz. Men esa o’zim ma’qul ko’rganimni aytaman. Bu ikkinchi usul. Alohida funksiyalar orqali qilish. Sababi, kodda ishlatilmay qolgan funksiyalarni “Tree shaking” qilishda Class’lar biroz muommo bo’ladi. Ichida keraksiz funksiyalarni ham ko’tarib kelishi mumkin. Alohida funksiyalarda esa unday emas. Sizga qaysi biri ma’qul va nega ? #programming @JoshDeveloper

Kanalimiz kattaroq bo’lgandan so’ng, postlarni ikkiga ajratishga to’g’ri kelyapti. Ushbu kanalimni 90% qismini faqat professional IT postlari uchun qoldirishga qaror qildim. Qolgan hamma mavzular, fikrlarim, IT’ga aloqador no-professional postlar(hazillar, kichik ma’lumotchalar va hokazo), tanqidlar va boshqa shu kabi postlar uchun alohida kanalda qilishga o’tamiz. O’zbek kompaniyasiga o’tib Ingliz tilida kam gaplashishni boshlaganim sabab, alohida kanalimizda postlar O’zbek va/yoki Ingliz tilida bo’ladi. Xullas, kiringlar buyoqqa ham bo’ldi. 😅️️️️️️ https://t.me/Josh_shares @JoshDeveloper

Kimgadir qilayotgan yaxshiligini videoga olib, yaxshilik qilinayotgan odamga zulm qilayotgan ahmoqlar ko’payib qoldi a? Bir nochor onaxonni yashirin videoga olib, unga pul beryapti va yig’laganlarini videoga olib tarqatyapti… Onaxonni o’zi yoki farzandlari buni ko’rsa nima der ekan? Kimga yoqadi bu holat? Ruhsat so’radimikan? Eng qizig’i, u pulni berayotganlar Alloh roziligiga erishmoqchimi yoki odamlar olqishiga? Asabim buzilib ketdi… Ibrat bo’lsin uchun olgandir deysizmi? Zulm orqali qilinadigan ibratlariga tupurdim unaqada! Zulmsiz ham ibrat ulashsa bo’ladi aslida… Biroz aqlini ishlatsa… #tanqid @JoshDeveloper

EPAM’da birga ishlagan do’stlarimiz yaxshi bir loyihaga qo’l urishgan ekan. Ancha rivojlanib ham qolibdi. Loyiha maqolalar yozishingiz va o’qishingiz uchun mo’ljallangan. Check it out - upper.uz #tavsiya @JoshDeveloper

Bizni ba’zi odamlar zo’rda, xuddi mana bu Bruce Lee’ning shogirdiga o’xshashadi. Oyni ko’rsatsa, barmoqqa qarashadi… #tanqid @JoshDeveloper

Qiziq bir ma’lumot o’qib qoldim. O’sha mashxur, kinolarda ko’p chiqadigan Viking’lar bilan Musulmonlar o’rtasida jang bo’lgan
Qiziq bir ma’lumot o’qib qoldim. O’sha mashxur, kinolarda ko’p chiqadigan Viking’lar bilan Musulmonlar o’rtasida jang bo’lgan ekan. Natijasi rasmda. Musulmonlar o’sha devdek odamlarni yer tishlatgan ekan. Tarixni qarasangiz, Musulmonlar ilmda va armiyada eng ilg’orlardan bo’lishgan. Taqvo ahli bo’lishgan-da liderlar ham. #fakt #islam @JoshDeveloper

Kirganlar xafa bo’lmasin-a 😅️️ Ularga 20% chegirma beraqolamiz unda 🙂️️️️️️ Xuddi shu tepadagi shartlar, faqat 30% emas, 20%. Davlat universitetiga kirganlarga esa, 20% emas, 25% chegirma. 🌚️️️️️️ #chegirma #tanqid @JoshDeveloper