es
Feedback
Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Ir al canal en Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares

Mostrar más
5 040
Suscriptores
-424 horas
-97 días
-3530 días
Archivo de publicaciones
"Dasturlash manga emas ekan" - deganlar yoki QA sohasiga qiziqayotganlar uchun yangilik. 14-aprel kuni QA bo'yicha bepul master-klass bo'layotgan ekan. Hammani taklif qilaman. LINK #qa @JoshDeveloper

Tepadagi kabi intervyu savollari sizga qiziq bo'lyaptimi?
Anonymous voting

Middle/Senior Frontend intervvyu savoli Saytga RTL tillarini ham qo'shishingiz kerak bo'lib qoldi. Masalan, Arab tili. Qanday ketma-ketlikda shu ishni uddalaysiz? #interviewQuestion @JoshDeveloper

"Team lead" intervyu savoli Team Lead'lik uchun bo'ladigan intervyularda tushishi mumkin bo'lgan savol. Barcha o'zidan kelib chiqib javob berishi mumkin.
Sizda dasturchingiz muhim login va parollarni Production'ga chiqarib yubordi. Buni chiqqanda bildingiz. Keyingi qilinadigan qadamlaringiz qanday bo'ladi?
#interviewQuestion @JoshDeveloper

Node.js'ni chuqur o'rganaman deb yurganlar bo'lsa, buyerga qarab ketsin 😉️️️️️️ Afsuslanmaysiz. #nodejs @JoshDeveloper

Azimjon aka "kushli" maslahat beribdilar ⬇️ https://t.me/lazyprogrammer/s/1 "Qilgan qaroringizga sodiq bo'ling" #share @JoshDeveloper

Senior Frontend intervyularda kamdan kam tushishi mumkin bo'lgan, ammo qiziq vazifa: Tasavvur qiling sizda "Custom rich text-editor" bor. Unga undo va redo funksiyasini qo'shmoqchisiz. Savol: Qanday usulda shu funksiyani qo'shasiz? Qanday data struktura yoki pattern'dan foydalanasiz. #interviewQuestion @JoshDeveloper

Yandex Uzbekistan Dev Meetup №2 – 10 aprel kuni Toshkentda! Nima haqida gaplashamiz? ✅Yandeks Go hamkorlar uchun xizmatlarni qanday kengaytiradi? ✅Yandex Pro arxitekturasi qanday optimallashtiriladi? ✅C++ va userverni samarali kod yozish uchun qanday ishlatish mumkin? ✅ Murakkab IT loyihalarida product engineer uchun qanday ko'nikmalar zarur? Dasturchilar uchun yangi narsalarni o'rganish, savollar berish va mutaxassislar bilan muloqot qilish uchun ajoyib imkoniyat. 📲Batafsil ma'lumot shu yerda.

Shu paytgacha nechta intervyuga qatnashgansiz? (Xoh kandidat, xoh intervyuver bo'lib)
Anonymous voting

Oxirgi hazil postni o'chirdim. Bugungi kunni targ'iboti yaxshi emas deb topdik ✅ React'chilar bemalol ishlayveringlar, komandangiz joyida 😁 #update @JoshDeveloper

"React.js komandasi rasman ish tashlash qilibdi. Bunga sabab Meta loyihalarini Angular'da qurishni boshlagani deyishyapti...." Gapimni davomi kommentda ⬇️ #reactDown @JoshDeveloper

Hayit muborak, ahli developers 🌚🌙

👆Bunga birinchi misol Qolganlar ham o'z tajribalarini kommentda ulashishsa bo'lar ekan 🙂 Qiziq hikoyalar bo'lar edi.

Intervyuda yolg'on ishlatish Ko'p intervyularda o'zim guvohi bo'ladiganim - kandidatlar yolg'on ishlatishi. Bilasizmi nima? Intervyuverlarni katta qismi yolg'onni tez payqaydi, ayniqsa texnik tomondan yolg'on bo'lsa. O'zingizni sharmanda qilgandan ko'ra, "Bu mavzuni chuqurroq o'rganib chiqishim kerak ekan", deganingiz ancha yaxshiroq. Yaqindagina shunday kandidatni intervyu qildim. Texnik savollarni o'zida yolg'on ishlatyaptida 😅 "Falon narsa nima?" desam, tikkasiga "ijod" qilyapti. Shu kandidat esimda qolib ketdi. Keyingi safar topshirsa ham biroz ikkilansam kerak... #tavsiya #interview @JoshDeveloper

"Skype" yopilayotgan ekan. Eshitganlar bormi? 👀 #RIP @JoshDeveloper

Yiliga kamida 800$ atrofida ekan, korporativ akkount olish. Hamma kurslar "free trial"da 14 kunga tekin ekan. Hozir ochib ko'ryapman. Boshqa device'lardan ham kirib ko'rdim. Aftidan "Restrictions' yo'q. Ammo, "Terms and policies"da unday emas ekan...) #udemy @JoshDeveloper

Udemy'da korporativ ishlatish uchun akkount olganlar bormi? "ITransition"da bitta akkount orqali kirardik hammamiz. Bunday yo'li hali ham bormi? Narxi va qanday olsa bo'larkin? Rasmiy saytida bunday uslubini tabiiyki ko'rmadim. Biladiganlarni kommentga chorlayman) #udemy @JoshDeveloper

IT blogger'lar o'rtasida stol tennisdan chempionat qilmaymizmi? 🌚 #taklif @JoshDeveloper

Repost from Janob Panda | AI
TypeScript Go tilida qayta tug‘ilmoqda! Microsoftdan kutilmagan syurpriz! Microsoft TypeScript kompilyatorini Go tilida qayta yozishga qaror qildi va bu IT olamida katta shov-shuv ko'tarilishiga sabab bo'lmoqda! Nima uchun? 1. Tezlik - 10x oshadi! TypeScript hozir JavaScript va TypeScript ning o'zida yozilgan, ammo katta loyihalarda bu Microsoft uchun qimmatga tushyapti. Masalan, VS Code sekin ishga tushadi, build jarayonlari esa cho‘zilib ketadi. Sababi, VS Code ham TS, JS da yozilgan (hozirgi yangi chiqayotgan AI ga asoslangan editorlarning 90% qismi ham VS Code ustiga qurilgan). Microsoft esa Go orqali bu muammoni yechmoqchi: Go’ning yengil tabiati va tez kompilyatsiyasi tufayli TypeScript 10 baravar tezroq ishlaydi. Dasturchi sifatida IDE ni ochib, bir soniyada ishlashni boshlashni xohlamaysizmi? 2. JavaScript dunyosiga moslik - Go C# dan ustun! TypeScript JS ekotizimining yuragi. Go esa sodda sintaksisi va JS’ga o‘xshash tuzilishi bilan JS/TS dunyosiga C# ga qaraganda ancha yaqin. C# esa .NET runtime’ga bog‘liq va og‘irroq - uni har bir platformaga moslashtirish murakkab. Go esa bitta binary faylga aylanadi va Linux, Mac, Windows - hamma joyda bir zumda ishlaydi. JS dasturchilari uchun Go ni o‘rganish oson, C# esa "boshqa dunyo” dek tuyuladi. 3. Portlash oson - vaqt tejaladi! Go bilan TypeScript’ni qator-ma-qator ko‘chirish mumkin, chunki uning xotira boshqaruvi (garbage collection) va soddaligi hozirgi mavjud kodni qayta yozishni osonlashtiradi. Agar C# tanlansa, .NET integratsiyasi va murakkab refactoring yillar talab qilardi. Go esa hozirgi semantikani saqlab, tez natija beradi. Aslida, Microsoft Rustni ham ko'rib chiqdi, ammo uni o‘rganish qiyinligi va qayta yozishdagi qiyinchiliklar uni bu tanlovlar safidan chiqardi. 4. C# ning darajasi pasaymaydi - bu strategik qadam! “C# ni nima qilamiz?” deb xavotirlanmang. Microsoft C# ni Azure, korporativ dasturlar va boshqa sohalarda rivojlantirishda davom etyapti. Bu qaror C# ga xiyonat emas, balki TypeScript’ning o‘ziga xos ehtiyojlariga mos yechim. Go bilan Microsoft nafaqat tezlik, balki JS hamjamiyatining ham ishonchini qozonmoqchi. Shu bilan birgalikda, bu yangilik C# haqida emas, TypeScript haqida. Microsoft MVP sifatida shuni ayta olamanki, Microsoftning C# bo'yicha ham zo'r yangiliklari bor ... Dasturchilar, nima deysiz? Endi TypeScript bilan editor va dasturlaringiz uchadi, Siz qanday fikrdasiz? @mukhammadkarim_tukhtaboev

Yurish — muhimroq! Istalgan sohada hamma darrov natijaga erishishni(yugurib ketishni) xohlaydi. Ammo, kamchilik bir qoidani biladi. Consistency is key. Yugurishni qo'ying, asosiysi siz shu yo'lda yuring. Bir kun yugurganlardan ham o'tib ketasiz. Davomiy bir yo'lda yurgan inson, shu yo'lda yugurib, charchab qolgan insondan yoki harxil yo'lda yurib ko'rayotgan insondan yaxshiroq. Muhimi — yurish! #thoughts (Bir e'lonni reklama qilishni iltimos qilishgan edi, shuni post kommentidan topib olasiz 😉) @JoshDeveloper