Josh*Developer
Ir al canal en Telegram
IT blog of: Umar Sadullayev Senior Software Engineer @ EPAM Google Developer Expert Founder of @vector_academy_uz Reklama: @joshdeveloper_ad Shaxsiy: @umar_shares
Mostrar más4 830
Suscriptores
-524 horas
-27 días
+2130 días
Archivo de publicaciones
4 828
"FrontINT" kursi qo'llanmasi ⚡️
Ushbu PDF Frontint.uz kursi uchun qo'llanma.
Frontend sohasida ko'plab ma'lumotlarni o'z ichiga olgani bois, siz azizlarga alohida yuboryapmiz.
Kitobdagi ma'lumotlar to'liq holda Frontint.uz kursida tushuntirib o'tilgan.
Enjoy it with ☕️
#guide
@JoshDeveloper
4 828
Kommentda halol va haromni belgilab berayotganlar chiqibdi.
EPAM biz biladigan va mahsulotlarini ishlatadigan Google, Apple, Meta kabi kompaniyalar qatorida Yevropa va Amerika kompaniyasi. Ularni ham siyosati bir. Avval ham bu haqida aytganman. Halol va harom masalalarni ahli-ilmlarga qo’yib beringlar. Man ham so’ramasdan, surishtirmasdan ishga kirmayman.
O’zimizga limit qo’yib, ortda qolib ketadigan zamon emas hozir. Halol loyihada, halol ishlab, halol joyga sarflayotganlarga tosh otishni to’xtatib, o’zimiz halol rizqimizni topishni boshlasak bo’lar edi.
#munosabat
@JoshDeveloper
4 828
To'g'risin aytsam, Unicon Soft'dan ketgim kelmayapti ham.
Eng ko'p offline ishlagan ishxonam shu joy. Komanda - TOP 🔥. Hammasini sog'insam kerak.
Loyihalarimiz ham juda katta va mas'uliyatli.
Lekin "Comfort zone kills your dreams!" degan ekan bir O'zbek dasturchi.
Erishishim kerak bo'lgan rejalar ko'p. Tanlov qiyin bo'ldi, ammo shunday bo'lishi kerak ekan.
Ko'ramiz endi, bu yo'l qayerga olib borar ekan 🙂
#thoughts
@JoshDeveloper
4 828
1 hafta kuttirmay ayta qolay, EPAM'dan offer oldim 🙌. Qaytmoqchiman.
Nega EPAM?
- Remote
- O'sish uchun shu paytgacha EPAM'chalik yordam bergan kompaniya bo'lmadi. Hozir yana o'sishim kerak.
- Qolgan kompaniyalar bunday offer bera olmadi.)
Loyiha ham topilgan, faqat muddati juda oz loyiha ekan. Tavakkal qilyapman. Xudo xohlasa, buni oqlaydi degan umiddaman.
#news
@JoshDeveloper
4 828
Keyingi hafta karyeramda kichik o'zgarish bo'ladi, inshaaAlloh.
Tahmin qilinglarchi?)
#career
@JoshDeveloper
4 828
Repost from EDU.DIGITAL.UZ
Toshkentda birinchi marotaba "Ping Pong Dev" turniri oʻtkazildi
📖Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi homiyligida Umar Sadullaev tashabbusi bilan faol IT inflyuenserlar ishtirokida "Ping Pong Dev" stol tennisi turniri boʻlib oʻtdi.
🏓Stol tennisi boʻyicha oʻtkazilgan ushbu turnirda 16 ta dasturchi inflyuenserlar ishtirok etdi:
1. Umar Sadullayev 2. Khondamir Abdukhoshimov 3. Zohidjon Akbarov 4. Abbos Xazratov 5. Ulugbek Samigjanov 6. Eldor Ergashov 7. Alisher Tojiev 8. Javohir Akramjonov 9. Javohir Berdiyev 10. Elbek Normurodov 11. Ikramov MuhammadMubiyn 12. Akobir Abduganiyev 13. Bobosher Musurmonov 14. Muhammadkarim Tuxtaboyev 15. Saud Abdulwahed 16. Shahzod Tursunov🏆Yakuniy natijalarga koʻra Javohir Berdiyev turnir gʻolibi boʻldi. ⚜️Turnir haroratini videolavhamizda tomosha qiling! 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
4 828
Suhbat nihoyasiga yetdi.
Qatnasha olmaganlar uchun audioni yuboryapman.
Bizni to'g'ri tushunib, qabul qilgan Komiljon akaga, mehmonlarimiz Alisher aka Tojiyev va Muhammadkarim akaga rahmat aytamiz.
Sooo, let's keep coding :)
#munosabat
@JoshDeveloper
4 828
Dasturlashga qadam qo'yayotgan hamma yaqiningizni suhbatga taklif qiling.
Expert sifatida hamma bilishingiz kerak bo'lgan gaplarni aytaman, Xudo xohlasa.
4 828
Dasturlashdan daromadgacha?
Bu tuzoqmi yoki haqiqat?
Bugun, 14:30'da shu kanalimizda jonli efir qilamiz, kurs egalari ham kirishi va savol va fikr yo'llashi mumkin.
Hammani taklif qilaman. Siz ham taklif qiling.
#suhbat
@JoshDeveloper
4 828
Komiljon Xamidjonov degan xalqaro Senior dasturchi akamiz bor ekan.
Dasturlash sohasini ham "qabriston"ga aylantiryapti. Akalar, odamlarni hissiyoti bilan marketing qilib, ularga yolg'on umidlar berib kurs sotishni to'xtating.
Dasturlashda bozorni o'zingiz ko'rib turibsiz, 5-10+ minglab odamga sohani boylikka ulab yolg'on ma'lumot bermang.
Mayli o'sha sotgan minglagan odamlaringizdan 100 tasi dasturchi bo'lar, aldangan qolganini pulini sizga halollab bera oladimi? Yo'qmi? Unda yolg'onsiz ochiqcha marketing qiling, shunda sizni qarg'aydiganlar kamayadi.
Xalqni katta qismi sodda va ishonuvchan, dalada quyonlar bor ekan deb bo'riga aylanish shart emas, odam bo'lib qolaylik.
Alloh rizqimizni to'g'ri marketing qilib kurs sotsak ham beradi, ziyoda ham qiladi.
#munosabat
@JoshDeveloper
4 828
Ogohlantiring!
Instagram va Telegramimda chiqayotgan bir odamning reklamalari jonga tegdi.
Odamlarni pulga qiziqishidan foydalanib, dasturlashni boyib ketishga bog'lab kurs sotib yotibdi.
Bu qahramonimizni ismlarini aytardim-u, "yozarmon"lardan bo'lishi mumkin deb qo'rqyapman. Keling Xamidjon deb chaqiramiz.
Siz va meni vazifamiz yaqinlarimizni dasturlashda to'g'ri yo'naltirish va haqiqatlarni ochib, qalloblardan ogohlantirish.
Bunday kurslar sotuvchilar shuncha odamni oy va yillarini, umidlarini pullashyapti.
O'sha akamiz nogoh shu postni o'qisa, bitta gapim bor:
- Odamlarni umidi bilan o'ynashmang, kurs soting ammo sodda xalqni aldamang. O'sha chiroyli mashinangizni ham kod yozib olmaganingizni o'zingiz ham bilasiz.
#munosabat
@JoshDeveloper
4 828
Frontend'dagi osondan qiyingacha bo'lgan mavzularni bir kichik PDF'da o'qishni xohlaysizmi?
Shu postga jami 500 ta reaksiya yig'ilsa, Frontint.uz da o'tilgan mavzular uchun ishlatilgan kitobchani kanalga tashlab beraman 🔥😉
#savol
@JoshDeveloper
4 828
DevOps sohasi O'zbekistonda rivojlanayotganidan hursandman.
O'rganish uchun kurs qidirayotganlar uchun, quyidagi kursni tavsiya qilaman 😉️️️️️️
Link:
https://t.me/fintechhubuz/1250
Reklama huquqlari asosida!
#tavsiya #devOps
@JoshDeveloper
4 828
JS interpreted'mi yoki compiled'mi?
Shu savolga javob sifatida maqola yozgan ekanlar Diyorbek aka.
Shu maqolalar orasida AST(Abstract syntax tree)ga ko'zim tushgandi.
Quyida JS kodingiz AST holida qanday ko'rinishini "live" ko'rsangiz bo'ladi.
Link: https://astexplorer.net
#js
@JoshDeveloper
4 828
Mehnatdan qochmang.
Shogirdlarim orasida bir juda ozchilik toifasi bor. Contributor'lar. Dasturlashni o'rganish va tajriba oshirish jarayonida nima loyihaga yordam kerak desam yordam beradiganlar.
Hursand bo'lardim shunday o'quvchilar borligidan. Qachon qandaydir loyihaga yordam kerak bo'lsa bog'lanardim. Bepulga yordam berishardi.
Hozir qarasam ko'pchiligi muvaffaqiyatli dasturchilar bo'lishgan.
Bunda mehnatdan qochmasliklari katta rol o'ynagan deb o'ylayman.
Demak dasturlashda qanot qoqish arafasidagilarga tavsiyam — mehnatdan qochmang, ayniqsa beminnat qilinadiganidan. Aynan shunday sizga moddiy foyda keltirmaydigan mehnatlar ko'proq narsa keltiradi.
#tavsiya
@JoshDeveloper
4 828
Senior JavaScript dasturchisi uchun intervyu savoli:
JS/TS dasturlarida "Memory leak" qachon ro'y beradi va qanday oldini olish mumkin?
#interviewQuestion
@JoshDeveloper
4 828
“krinj”
Kim nima deb nomlaydi bu tarqatilayotgan gaplarni? 😄
#fake
@JoshDeveloper
¡Ya disponible! Investigación de Telegram 2025 — los principales insights del año 
