es
Feedback

¡No caigas en manos de tramposos! Telemetrio encuentra y marca estos canales 👉 Si quieres ver la etiqueta, suscríbete

Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Ir al canal en Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad

Mostrar más
5 143
Suscriptores
-424 horas
-237 días
-5830 días
Archivo de publicaciones
Mana shu taklifni yozib yuborgan edim bir safar. https://t.me/kunuzofficial/135608 Kim bilsin menga o'xshagan nechta odam yozgan. Ammo, hammamiz hech narsa qilmasak, tepadagilar o'zgarishlar haqida o'ylamay yuravermidi. Mana, o'zgarishlar bor. Sekin bo'lsa ham. Xalq fikrlashi oshgan sari tepadagilar shunga moslashishga majbur bo'laveradi. Hali ko'p o'zgarishga zarur nuqtalarimiz bor. Ularga ham biz qattiq turaylikki, tepada yurganlar majbur bo'lishsin e'tibor qaratishga. @JoshDeveloper

Aytgancha men Mockint.uz ni qilganmanku 🌚😄 Ancha kichik bo'lsa ham.) Biz hali ham ishlayapmiz, bilimini oshirmoqchi bo'lganlar hali ham bog'lanib intervyular o'tkazishyapti. Xatto kichikroq kompaniyalar bilan kelishuv qilib, ishchilarini intervyulardan o'tkazib, darajalarini aniqlab beryapsiz. Siz ham foydalanishingiz mumkin. @JoshDeveloper

Bilasizmi nima? Tezroq o'z startup'imizni qilishimiz kerak. Hamma emas, ba'zilarimiz, jumladan men ham. Josh*Podcast'ni bundan keyingi sonida biror Startup egasi bilan suhbat uyushtirishni o'ylayapman. Bu safargisi "Software Engineer kim?" nomi ostida bo'lib o'tadi. Xudo xohlasa juda manfaatli suhbat bo'ladi. Chunki mehmonimiz ............ aka, o'z tajribalarini ulashadilar inshaaAlloh. #startup #podcast @JoshDeveloper

Mavzuni hammaga qiziq bo'lishi uchun ozgina o'zgartirdik. Ozgina qoldi, e'lon chiqadi inshaaAlloh. Ungacha ichingizni qizdirib turay. Mehmonimiz ham ko'pchilik taniydigan inson 🌚 #stayTuned @JoshDeveloper

"Fireship" avtori o'z ovozidan ham pul qilishni boshlabdi. What an idea! Sayti: https://vocalize.cloud/ #makeMoney @JoshDeveloper

Bu safargi Josh*Podcast Seniorlar uchun va Senior bo'lmoqchilar uchun juda qiziq bo'ladi. InshaaAlloh. #stayTuned @JoshDeveloper

Mana shu sayt foydalanishga arziydigan sayt. Avval ham yuborganman, yana yuboryapman. Roadmap.sh - Developer Roadmaps #roadmap @JoshDeveloper

Tepadagi kodni ishlatib ko'rganlar bormi? 🙋‍♂️ Agar siz JS o'rganayotgan bo'lsangiz va kodga qiziqib ham ko'rmagan bo'lsangiz, demak sizdan yaxshi dasturchi chiqishi biroz qiyinroq. Chunki, o'sadigan dasturchi hardoim shunday narsalarga qiziqadi, no-odatiy narsalarni ham o'rganadi, ishlatib ko'radi. Ha aytgancha, tepadagi kod ishlamaydi. Prototype chaining qoidalariga zid kod yozilgan, ammo boshqacha yo'llari bilan qilsa bo'ladi. Buni JS o'rganayotgan shovvozlarga qoldirdim. Izlaning. @JoshDeveloper

"Senior ham HTML CSS yozib o'tiradimi? yoki Junior ham katta vazifalarni qila oladimi?" deydiganlarga Khumoyun tog'am javob yozibdi. https://t.me/khumoyun_codes/403 Postni qisqacha pastdagi koddan tushunib olsangiz bo'ladi. 🌚 class Junior {...} class Middle extends Junior {...} class Senior extends Middle {...} if(needed) Middle.prototype = Senior.prototype; if(reallyNeeded) Junior.prototype = Senior.prototype; Warning ⚠: Don't do it in real projects! @JoshDeveloper

🥲🥲🥲 Eehh...😢 @JoshDeveloper
🥲🥲🥲 Eehh...😢 @JoshDeveloper

"Dasturlash menga emas ekan" deb, o'z vaqtida undan chiqa olish ham bir mahorat. Kasblar ko'p. "IT"dan boshqa sohalarda ham shu summalarni ishlay olasiz. Faqat o'zingizga mos ish bo'lsa va qattiq harakat qilsangiz, inshaaAlloh. Yoshlarga ayniqsa bu maslahatim. Ularni ota-onalariga ham. Hamma ham dasturchi bo'lish uchun moslashmagan. Hammada iqtidorlar harxil. Bular haqida ham o'ylanglar. @JoshDeveloper

Mana Instagram, Facebook'lardan chiqishni samarasi, https://t.me/JR_TwitGram/1721 Yil boshida #deletedInstagram chellenjini uyushtirganim esingizdami? Foydasi bo'ldimi? Yoki yana qaytib oldingizmi? Yoki o'rniga boshqa keraksiz mashg'ulotlar topdingizmi? 😄 Manga ancha foydasi bo'ldi 🙋‍♂ @JoshDeveloper

Repost from Azimjon's Fikrlog
Bugun, 18-may “Global Accessibility Awareness Day” ekan. Accessibility so’zini o’zbek tiliga tarjima qilishga harakat qildim, rosa qiynaldim. U bizda yo’qmi? Ko’p hollarda lug’atimizda biror so’z bo’lmasa - hayotimizda shu narsa yo’q degani. Imkoniyati cheklangan insonlar soni 1 milliard ekan. Mahsulot yaratish paytida ularni ham inobatga olib keting. Shunda haqiqatda hamma uchun yaratgan bo’lasiz. Misol uchun ilk bor SMS eshitmaydigan insonlarni o’ylab yaratilgan ekan. Telefon jiringlaganda tebranishi ham aynan imkoniyati cheklangan insonlarni o’ylab yaratilgan. Yevropada 4 qavatli binolarda ham, metroga kirishda ham lift bor. Ko’zi ojizlar uchun svitofor ham ovoz chiqarib turadi. Bu ham bir bag’ri kenglik.

Oxirgi kunlar jamoamiz kamaygandan so'ng, ko'p vazifalar o'zimga qoldi. Orada ASP.NET Web API kursim ham bor. Xullas 🤯 Ko'p vaqtim UI kutubxonalarni "update" qilgandan keyin buzilgan mayda stillarni to'g'irlash bilan o'tyapti. HTML va CSS ba'zan juda bosh og'riq bo'ladi. Juda... 😄 Hozirgina task'larimdan birini "Merge" qildim, yoqimli tuyg'u...🌚 Shunaqa gaplar... @JoshDeveloper

ITechArt o'z nomini Vention'ga o'zgartiribdi. Uhmm, qiziq... Sababi nima bo'lishi mumkin ekan-a? 🤔 👀 @JoshDeveloper

⚠️Diqqat Bu post barchamiz bilishimiz kerak bo'lgan tobora xavfli qurolga aylanib borayotgan loyiha haqida bo'ladi. Deepfake texnologiyasining yuksalishi bilan tasvir va videolarni reallikdan deyarli farqlanmaydigan usullarda manipulyatsiya qilish har qachongidan ham osonlashdi. Bu bizning maxfiyligimiz, xavfsizligimiz va shaxsiy obro'-e'tiborimizga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Xususan, men qizlar va ayollarni ogohlikka chaqirmoqchiman. Hozirgi davrda ijtimoiy tarmoqlarda fotolar yuklash kundalik hayotning odatiy qismiga aylangan. Shuni bilishimiz kerakki, bu fotolarni keyinchalik xohlagan ko'yga solish, osonlikcha o'zgartirish va bizga qarshi ishlatish mumkin. Ayrim shaxslarning suratlaridan foydalangan holda, ko'pincha ularni sharmanda qilish yoki obro'sini to'kish maqsadida soxta videolar yaratilgan holatlar ko'payib ketgan. Masalan, p.rnografik tasvirlar yoki videolarga yuzlarini qo'yish. Buning oqibatlari haqiqatan ham dahshatli, odamlar sharmandalikdan hatto o'zini o'ldirishgacha borishi mumkin. Agar siz hech qachon nomaqbul xatti-harakatlar qilmagan bo'lsangiz ham, soxta video orqali sizni yuzingizni tasvirlab berishlari mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarga bo'lar-bo'lmas rasmlarni yulashni to'xtatishimiz kerak, agar menga baribir, rasm yuklayveraman desangiz ba'zi xavflardan xabardor bo'lishingiz va o'zingizni himoya qilish uchun choralar ko'rishingiz kerak. Mana bir nechta maslahatlar: • Har qanday fotosuratlarni Internetga joylashtirishdan oldin ikki marta o'ylab ko'ring. O'zingizdan so'rang: "Bu fotoni menga yoqmagan tarzda qayta ishlatishlariga rozi bo'larmidim?" • Fotosuratlarni kim bilan bo'lishayotganingizga e'tibor bering. Rasmlarni faqat o'zingiz ishonadigan odamlar bilan baham ko'rganingizga ishonch hosil qiling. • Suratlaringizni kim ko‘rishini nazorat qilish uchun ijtimoiy media akkauntlaringizdagi maxfiylik sozlamalaridan foydalanishni o‘ylab ko‘ring. • Tasviringizdan foydalanadigan deepfake videodan xabardor bo'lsangiz, darhol chora ko'ring. Bu haqda tegishli organlarga xabar bering va agar kerak bo'lsa, yuridik maslahat so'rang. Xulosa qilib aytganda, biz fotosuratlarni Internetda baham ko'rishdagi xavflardan xabardor bo'lishimiz kerak, ayniqsa deepfake rivojlangan davrda. Opalar-singillar, rasmlaringizni tarqatishda, yoki ijtimoiy tarmoqlarga yuklashda ehtiyot bo'ling, iloji bo'lsa umuman yuzingiz tushirilgan rasmni yuklamang. Bu shunchaki shaxsiy fikrlarim va maslahatlarim, xohishingiz o'z qo'lingizda. @mabrur_dev

Qaranglar nima topdim 🌚 Jakhongir aka Rakhmonov sovg'a qoldirib ketgan ekan 😄 Oldik, Choydan 🍵🫖 📍C-Space Yunusobod @Josh
+2
Qaranglar nima topdim 🌚 Jakhongir aka Rakhmonov sovg'a qoldirib ketgan ekan 😄 Oldik, Choydan 🍵🫖 📍C-Space Yunusobod @JoshDeveloper

Universitetlarimizdan birida o'qiydigan va "EPAM" kabi katta xalqaro kompaniyada ishlaydigan do'stimiz bilan gaplashgan edim. Amaliyotga kompaniyalarga jo'natishyapti ekan o'qishdan, shu kompaniyadan hujjat olib borish kerak ekan o'qishiga. Do'stimiz "hop" deb, ishxonadan "Shuyerda ishlaydi" degan hujjatni olib borsa, uni rad qilib, "Rektorni va universitetni nomiga yozishsin" deb qaytarishibdi 😅 E tovba... [Shu yerda qattiq tanqidiy gaplar bo'lishi mumkin edi.] #tanqid @JoshDeveloper

Qanday kompaniyada ishlaysiz?
Anonymous voting

Ushbu mavzu bo'yicha ba'zi jihatlar ham bor ekan. Masalan, Qur'on tinglayotganda unga e'tibor bilan tinglash, shunchaki nimadir eshitilib turishi uchun qo'yib qo'yish yoki zerikmaslik uchun qo'yib qo'yish Qur'onga odobsizlik bo'ladi. Ishlayotganda hayolingiz butunlay Qur'ondan tashqarida bo'ladigan bo'lsa, tinglamaganingiz ma'qul, agar yengil ish qilib, Qur'onni ham tinglay olsangiz, bemalol. Tinglash va eshitishda farq bor. #islam @JoshDeveloper