es
Feedback

¡No caigas en manos de tramposos! Telemetrio encuentra y marca estos canales 👉 Si quieres ver la etiqueta, suscríbete

Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Ir al canal en Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad

Mostrar más
5 144
Suscriptores
-524 horas
-227 días
-5930 días
Archivo de publicaciones
"IT" sohasi bo'lmaganda, qaysi kasbni tanlaga bo'lardingiz deb o'ylaysiz ? Mengachi ? 🤔 #sorovnomacha #imagination @JoshDeveloper

Kecha "Angular Signals RFC Discussion" bo'lib o'tdi. Unda Angular jamoasi Signals API va u bilan bo'ladigan birqancha o'zgarishlar haqida o'z takliflarini o'rtaga tashlashdi. Shu o'zgarishlar orqali ketilsa(juda katta ehtimol bilan shunday bo'ladi InshaaAlloh), Angularni yangi 16-versiyasidan, Angularda kod yozish biroz o'zgaradi va osonlashadi. RxJSni kerakmas joylarda ham ishlatish kamayadi. Change detection ishlash tarzi o'zgaradi va hozirgi Lifecycle hooks o'rniga, Functional Lifecycle Hooks ishlatiladi va boshqa o'zgarishlar... 🌚 Batafsil: https://www.youtube.com/watch?v=oTFauGIs7s0&ab_channel=Angular Bu hali 16-versiyadagi birgina o'zgarish xolos. Avvalroq aytganimdek, Build jarayonlariga yangi "tool"lar ham qo'shilyapti. Masalan, Development uchun Vite, Production uchun esa EsBuild. #news #angular React'chilar boshlaydi hozir ... @JoshDeveloper

Elon Musk Twitter'ni logosini "it"ga almashtirib qo'yibdi. 🐕 Xohlaganini qilaverarkanda 😄 #twitter @JoshDeveloper
Elon Musk Twitter'ni logosini "it"ga almashtirib qo'yibdi. 🐕 Xohlaganini qilaverarkanda 😄 #twitter @JoshDeveloper

NG - BE Belgiyadagi yillik Angular konferensiyalari kanali. Ichida ko'p foydali mavzular mavjud ekan. Angular o'rganayotganlar uchun yuborib qo'yyapman 🙂 Link: https://www.youtube.com/@NGBECONF Ng-conf'ning asosiy kanali: https://www.youtube.com/@ngconfonline React yoki Vue'da ham shu kabi doimiy konferensiyalar bo'lib turadimi ? Bo'lsa yuboring.) #tavsiya @JoshDeveloper

Google'da ishlash yoqmaydi. Katta oylik berishsa ham ishlamasdim. O'rniga, Apple'da ishlash yaxshiroq. Azimjon akani qilganlariga taqlid qilib ko'raychi, bir narsa bo'lar inshaaAlloh 😄 P.s: https://t.me/fikrlog/1679 #joke @JoshDeveloper

Yana bir Youtube kanal 🌚 O'zim kuzatib turadigan yaxshi kanallardan biri, Web Dev Simplified kanali. Beginner'lar uchun ham, Middle-Senior'lar uchun ham yaxshi kontentlar bor. #tavsiya @JoshDeveloper

"Fireship"ning Youtube'da ikkinchi kanali borligini bilmas edim. Yaqinda bilib qoldim. Uyerda ham ko'p foydali narsalar bor ekan. Link: https://www.youtube.com/@beyondfireship #tavsiya @JoshDeveloper

Siz bilmaydigan bir narsani aytaman. Ishlagan pullarim ichida eng barakatsizi shu kabi o'yinlardan topgan pullarim. Yo'qotgan vaqtlarimni eng tez va samarasiz o'tgani ham, shu kabi bekorchi narsalarga sarflaganlarim. Kichik paytim, aqlim kamroq payti bu narsalarga men ham qiziqqanman. Ilm olish o'rniga, shu narsalar bilan vaqtimni o'tkazishni xohlaganman. Professional shug'ullanishni ham xohlagan paytlarim bo'lgan. Alloh esa menga to'g'risini ko'rsatdi. Alhamdulillah. Hozir esa sizlarga ham ko'rsatyapti, men orqali. Bola shunga qiziqsa qilaversin degan "kaltafahm"larcha fikrlash to'g'ri emas. Bola o'g'irlikka ham qiziqishi mumkin. Bolaga to'g'ri yo'lni ko'rsatadigan kattalar, ota-onalar aslida. Adashmang. Umringizni nimada o'tkazayotganingizga boqing. Mu'oz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: U kishi aytdilar: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni bandaning ikki oyog'i, to'rtta narsadan so'ralmaguncha (o'rnidan siljimaydi) davomli bo'ladi: umrini nimaga sarf qilgani, jasadini nimaga zoe ketkazgani, boyligini qayerdan kasb qilib va uni qayerga ishlatgani, ilmiga qanday amal qilgani haqida, so'raladi”, dedilar. (Sunani Dorimiy). #maslahat @JoshDeveloper

Bu mening musulmon sifatida va jamiyatni rivojini o'ylagan inson sifatida qarashlarim. Nafsingizga aytganlarim og'irlik qilayotgan bo'lsa, bemalol yashashda davom etishingiz mumkin. Qarshi fikrlilar ham gaplarim haqligini ich-ichidan tushunib turganiga aminman. Agar tushunadigan aqli qolgan bo'lsa. Juda yoqmasa fikrlashim, "Leaving the channel is a perfect option". Nega bu mavzuni ko'tardim ? Chunki shu narsalarni "IT" sohasiga tiqishga urunishyapti. O'zim juda hurmat qilgan tashkilot "IT Park" ham bu narsani e'lonini qilganidan so'ng, "IT" xodimi sifatida o'z fikrlarimni ulashdim. "Sog' bo'lasilar" 🙂 @JoshDeveloper

Kibersport musobaqalarini 25 yoshdan pastlar uchun uyushtirilishiga qarshiman. Yoshlarni umrini o'g'irlashyapti. Foydaliroq narsa qilgan ma'qul edi. Na sog'liqqa foydasi bor u o'yinlarni. Umr o'tgani qoladi befoyda ilm ustida. Ertaga farzandlaridan "Otang nima ish qiladi?" desa, "Otam CSGO'chi yoki Dota'chi" deb yurishini kim ham xohlaydi ? Bunday narsalarni yoshlar kasb va hunar o'rganib qoladigan davrida uyushtirib, ularni shunga qiziqtirish yaxshi ish emas. #tanqid @JoshDeveloper

Yaxshi maqolalar o'qishda dev.to sayti ham juda foydali. Ko'pincha "Advanced" mavzular yoziladi. Maslahat beraman 🙂 P.s: Reklama olish xizmatini yo'lga qo'ysam ham bo'larkan o'zi 🌚 #maslahat @JoshDeveloper

Youtube'da sifatli kontentlar bilan taniligan developedbyed kanali avtori, React.js uchun kurs chiqaribdi. Narxi ham uncha qimmat emas. Videolarini kuzatib turaman. Kursi ham yaxshi chiqqan bo'lsa kerak aniq. Kurs haqida videosi: https://www.youtube.com/@developedbyed Inglizcha kurs qidirayotganlar bo'lsa, ulashib qo'ydim. P.s: Reklama huquqlari asosida emas.😄 #course @JoshDeveloper

Kecha shunday 1-Aprel hazili bo'lgan ekan Twitter'da. 😅 #joke @JoshDeveloper
Kecha shunday 1-Aprel hazili bo'lgan ekan Twitter'da. 😅 #joke @JoshDeveloper

10 Rendering Patterns for Web Apps https://youtu.be/Dkx5ydvtpCA 0:00 Intro 0:37 Static Website 1:09 Multi Page Apps 1:51 Single page App 2:45 Server-Side Rendering with Hydration 3:23 Static Site Generation with Hydration 3:54 Incremental Static Regeneration 4:46 Partial Hydration 5:12 Islands 5:44 Streaming SSR 6:12 Resumability @JoshDeveloper

Ishda jamoadoshingiz tortishib qolsangiz... Hozirgi loyihamga qo'shilganimga 7-8 oy bo'lib qoldi. Ilk kunlarimda jamoaning bir a'zosi bilan biroz kelisholmay qolgandim. Bunga sabab, u inson o'rgatishni yoqtirmaydigan inson ekan. Loyiha haqida savol so'rasam, "Shuni ham bilmaysanmi ?" qabilida javob beryapti. Shundan so'ng, undan uzoqroq yurishga qaror qildim. 😄 Qolgan jamoa a'zolari bilan do'stona munosabatlar davom etdi va kuchayib bordi. Ammo, u bilan... Lekin, baribir bir jamoada ishlagandan so'ng, to'qnashib turishga to'g'ri kelardi. Javoblari esa, hardoimgidek qo'polroq bo'lardi. Bu haqida menejerimga aytganimda, yana shunday qilsa bizga ayt, gaplashib qo'yamiz dedi. Ammo, menga bu taklif juda ham ma'qul tushganicha yo'q. Chunki, menejer aralashsa, oramizda bundan battar sovuqlik tushadi. Bir oycha oldin u bilan yana birga ishlashga to'g'ri keldi. U ishlagan bir "feature" ustida men ham yangi "feature" qo'shishim kerak edi. U qilgan ishni biroz tushunmaganim uchun, o'zidan so'rashga majbur bo'ldim. U esa yana avvalgidek yoqimsiz javoblar berdi. Shunda oxiri men ham, qattiqroq gapirdim va "Thank you" deb chiqib ketdim. Oradan birnecha kun o'tdi. U "Pull request" ko'targan va men "Reviewer"man. 😄🌚 Jahlim chiqib turgandi. Xato yoki biroz chiroyli bo'lmagan kodlariga komment yozib tashladim. "Buni to'g'irla" degandek. 😄 Ammo, shu ishim xato bo'lganini keyin tushunib yetdim. U akamiz shaxsiyimga jahl qilib yozibdi. Man ham javobiga o'zi menga avval qanday muomala qilgan bo'lsa, men ham shunday javob yozdim. "Shuni ham bilmaysanmi ?" qabilida. U "o'chdi". Men yutdim. 🥳 Ammo, bu ishim xato ekanligini bilib turardim. Kamiga Senior'man-a. 🌚 Biroz o'tib, eng to'g'ri qarorimni qildim. U odamga "Onboarding" jarayonidan beri o'zini qanday tutayotganini, u bilan ishlash qanchalik qiyin bo'layotganini chiroyli qilib tushuntirdim. Unga qayta jahl qilganimni sababini ham. Va U tushundi. Mentor'lik qobiliyati yo'qligini, tushuntirish yoqmasligini aytdi. Men ham jahl qilganlarimni tan olib, uzr ham so'radim. Biz kelishib oldik. 🙌 Ha, 6-7 oylab davom etgan bu yoqimsiz holat, shunchaki ikki inson ochiqchasiga, chiroyli muomalada gaplashish bilan hal bo'lib ketdi. Buni ertaroq qilishni ham iloji bor edi. Sizlarga maslahatim shuki, ishda iloji boricha "hissiyot"ga berilmang. Aql bilan ish qiling. Sizga qanday yoqimsiz muomala qilishsa ham, bu ish ekanligini unutmang. Vaqti kelganda, ochiqchasiga gaplashib olishdan qo'rqmang. Ishda do'stona muhit yarating. Va eng asosiysi ushbu postni ulashishni unutmang.🙂 #maslahat @JoshDeveloper

Shunchaki tashlab qo'ydimda 🙂 #notHate #butMaybe @JoshDeveloper
Shunchaki tashlab qo'ydimda 🙂 #notHate #butMaybe @JoshDeveloper

Vite va Vue.js'ni egasi Evan You bilan intervyu qilishibdi. Fikrimcha ko'pchilikka qiziq bo'lsa kerak. 🌚 Link: https://www.youtube.com/live/q85fNQA071k?feature=share Vite deganiga, Angular yangi versiyasida shunaqangi ko'p o'zgarishlar qilyaptiki, xatto ularni ichida Vite'ni "Development build" uchun qo'llash ham bor. Bu juda ajoyib yangilik.(kechroq bo'lsa ham) Bundan tashqari, yaqinda Angular Signals uchun RFC bo'lib o'tadi. Unda jamoa ko'plab savollarga javob beradi. #news @JoshDeveloper

Dasturlash yo'nalishida "Super-kontrakt" to'lab o'qiyotganlarni hech tushuna olmasam keragov... #tanqid P.s: TATU haqida gap ochmadim, nega shu joyni tushunaverasizlar tanqid qilsam ? 🤷‍♂️ @JoshDeveloper

Ishdan qachon ketgan afzal ? Yaqinda kommentda so'rashgan edi. Ishga kirish haqida yetarlicha gaplashdik, endi ketish haqida ham gaplashaylik, deya. Qiziq mavzu a ? Ishdan ketish aslida yoqimisiz eshitiladi. Ammo, hamma vaqt ham unday emas. Masalan, shaxsan o'zim, o'zimga yoqqan, deyarli barcha imkoniyatlar bor bo'lgan kompaniyamdan boshqa kichikroq kompaniyaga o'z xohishim bilan o'tganman. Shu davrda juda ham ikkilanganman. Maslahatlar olganman. Hozir esa, ketganimdan afsuslanmayman. Aksincha, ko'p narsa kutganimdan ancha yaxshi bo'ldi. Ha, balki avvalgi ish joyi ko'proq imkoniyatlar bergandir, ammo, hamma imkoniyatlar ham har doim qadrli bo'lavermas ekan. Vaqt o'tgan sari qadrlaydigan narsalaringiz o'zgarib turadi. Agar bir ishdan boshqasiga o'tmoqchi bo'lsangiz, bunda muommo yo'q. Faqat, o'tayotganingizda quyidagi maslahatlarimni unutmang. 1. Davomiylik. Yangi ish joyidagi loyiha davomiyligi, qancha muddat ishda qola olishingizni hozirgi ish joyingiz bilan solishtiring. 2. Nima maqsadda ketayotgan bo'lsangiz, shu narsa ketishingizga arziydimi yo'qmi ? Bu haqida chuqurroq o'ylab ko'ring. 3. Ketishga shoshmasdan oldin, hozirgi ish joyingiz bilan kelishuvga erishish yo'llarini axtaring. Balki, ular yaxshiroq "Counter-offer" berishar. 4. Ketishingiz aniq bo'lsa, yangi kompaniyada hamma siz kutgan narsalar bor bo'lsa va hozirgisi bilan kelisha olmasangiz, ikkilanmasdan Allohga tavakkal qiling. Kerak payti sizni ikkilanmasdan ishdan haydaydigan kompaniyalarga, o'zingizga kerak payti - rahm qilishingiz shart emas. 5. Ketgandan so'ng afsuslanmang. 🙃 6. Ketib xato qilgan bo'lsangiz, meni ayblamang. 😄 Davom etamizmi kommentda maslahatlarni ?) 7. ... 8. ... #maslahat @JoshDeveloper

getRandomNumber() 😄 #joke @UmarSadullayev
getRandomNumber() 😄 #joke @UmarSadullayev