cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Yoshlar ittifoqi Shurtan GKM BT

🇺🇿Yoshlar Ittifoqi Shurtan GKM BTning Telegram messenjeridagi sahifasi! Kanalda Majmua Yoshlar Ittifoqi faoliyatiga oid yangiliklar, xabarlar yoritilib boriladi! Murojatlar, takliflar va mulohazalar uchun: @SHGKM_YI_bot

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
404
Suscriptores
+224 horas
+17 días
-930 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

07:42
Video unavailableShow in Telegram
#Устоз_шогирд_форуми Шўртан газ кимё мажмуасида "ШГКМ Ёшлари: ҳаракатдан - тараққиёт сари" номли устоз-шогирд ва раҳбарлар форуми бўлиб ўтди  Батафсил👉https://teletype.in/@sgcc_uzb/8ratvaXCCLs 👇Бизни кузатинг web-sayt | instagram | youtube | facebook
Mostrar todo...
ustoz shogird proekt(Android).mp486.64 MB
#Лочин_оромгоҳи "Лочин" БСО 2024 йилги мавсум иккинчи оқимидан фотолавҳалар @sgcc_uzb|@shgkm_uzb|@sgcc_yi
Mostrar todo...
#Лочин_оромгоҳи "Лочин" БСО 2024 йилги мавсум иккинчи оқимидан фотолавҳалар @sgcc_uzb|@shgkm_uzb|@sgcc_yi
Mostrar todo...
#Лочин_оромгоҳи "Лочин" БСО 2024 йилги мавсум иккинчи оқимидан фотолавҳалар @sgcc_uzb|@shgkm_uzb|@sgcc_yi
Mostrar todo...
⚡️Prezidentimizning tegishli qaroriga ko‘ra Yoshlar uchun quyidagi yangi imkoniyatlar joriy etildi: 1. Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha (ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari) C1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarning oʻqish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 3 baravari (1 mln 20 ming so‘m) miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi; 2. 2024-yil 1-sentabrdan yoshlarning (nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari) xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi uchun ular tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan ballning minimal ko‘rsatkichi bir pog‘ona pasaytiriladi; 3. Oliy ta’lim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida C1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga o‘qituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi; 4. Ota-onalar va o‘quvchilar talabidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablar va kasb-hunar maktablarida chet tili sifatida nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillarini o‘qitishni yo‘lga qo‘yiladi; 5. Xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni o‘rgatish bo‘yicha dunyoning yetakchi markazlari, oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yiladi hamda ularning xalqaro ta’lim standartlariga mos ta’lim dasturlari “Ibrat farzandlari” va “Ustoz” loyihalariga tatbiq etiladi; 6. Olis va chekka hududlarda faoliyat ko‘rsatuvchi eng yuqori ko‘rsatkichga ega 100 ta xususiy o‘quv markazining ta’lim jarayonida foydalanadigan bino va inshootlar uchun ijara to‘lovi xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi; 7. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining sinf xonalarini ta’lim jarayonidan bo‘sh vaqtda kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini amalga oshirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida tekin foydalanish huquqi bilan xususiy o‘quv markazlariga berishga ruxsat etiladi.  ⚡️Shuningdek qarorga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga quyidagi qo‘shimcha funksiyalar yuklandi: 1. Yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish jarayonlarini takomillashtirish, talab yuqori bo‘lgan chet tillarini mukammal o‘zlashtirish uchun sharoitlarni kengaytirish; 2. Xorijiy tillarni o‘qitish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi YATTlar, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari ushbu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, sohadagi muammolarni muntazam ravishda tahlil qilish va ularning yechimi bo‘yicha takliflar tayyorlash; 3. Xususiy o‘quv markazlari reytingini shakllantirish hamda reytingda yuqori o‘rinni egallaganlarni rag‘batlantirish; 4. Yoshlar orasida kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rganishni targ‘ib qilish, ushbu yo‘nalishdagi ijtimoiy loyihalar, ko‘rik-tanlov va olimpiadalarni tashkil etish. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Mostrar todo...
6986619.pdf1.67 MB
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ўзбекистон ёшларига байрам табриги — Праздничное поздравление молодежи Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Mostrar todo...
Repost from N/a
00:10
Video unavailableShow in Telegram
#30_июн_табрик Азиз тенгдошларим, хурматли ёшлар! Сизларни севимли байрамингиз, азму шижоат, гўзаллик ва камолот айёми – Ёшлар куни билан самимий муборакбод этаман. Сизларнинг чуқур мушоҳадали, вазиятни атрофлича таҳлил қила оладиган, юқори марралар сари интиладиган кенг фикрли инсонлар бўлиб камол топишингизда тилакдошман. Барчангизга сиҳат-саломатлик, бахт ва омад ҳамроҳ бўлсин! Ҳурмат билан, @mustafayev_mirjalol
Mostrar todo...
IMG_2222.MOV7.44 MB
👍 7🔥 1
04:41
Video unavailableShow in Telegram
#Ёшлар_куни #Байрам Қадрли Шўртан газ кимё мажмуаси ёшлари 30 июнь - "Ёшлар куни" муборак бўлсин! |Web-sayt|Telegram|Instagram |YouTube|
Mostrar todo...
30-iyunga(Android).mp444.41 MB
30-iyun — "Yoshlar kuni" Yoshlar – jamiyatimizning muhim qismi ekanini eʼtirof etarkanmiz, aynan oʻsib kelayotgan avlod davlatimizning barqaror rivojlanishini, avlodlar almashinuvini taʼminlash, alal oqibat ilm-fanning oʻsishiga, iqtisodiy yutuqlarga erishishimizga, tarixiy qadriyatlarimizni saqlashga masʼul ijtimoiy qatlam ekanligini idrok etamiz. Mamlakatimiz rivojlanishining har qanday konsepsiyasini amalga oshirish ham aynan siz yoshlarning unga munosabatingizga, sizlarning fikrlash va hayot tarzingizga bogʻliq. Shu tufayli ham bugungi kunga kelib yoshlar davlatimiz va jamiyatimiz rivojlanishini taʼminlaydigan milliy manfaatimiz obyektiga aylandi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Aynan sizlar yurtimizning jadal rivojlanishiga o’z hissangizni qo’shmoqdasiz. Biz birlashib yanada ulkan marralarni zabt etishimiz mumkin. Buning uchun siz-u bizdan faqat bilim, istak va harakat bo’lsa bas. Yoshlar ittifoqining Shurtan gaz kimyo majmuasidagi boshlang‘ich tashkiloti jamoasi O’zbekiston yoshlarini ushbu sana munosabati bilan chin qalbdan tabriklaydilar. Sizlarga baxt, omad va sog’lik tilaydilar. Bayramingiz muborak bo’lsin! Hurmat bilan, Yoshlar ittifoqi SHGKM BT jamoasi @sgcc_uzb|@shgkm_uzb|@sgcc_yi
Mostrar todo...
Азиз ёшлар! Сизларни 30 июнь – "Ёшлар куни" муносабати билан ўзим ҳамда Шўртан газ кимё мажмуасининг кўп минг сонли жамоаси номидан самимий муборакбод этаман. Ёшлар ҳар бир давлатнинг келажаги, ривожи ва ютуқларининг гаровидир. Шўртан газ кимё мажмуаси учун ҳам ёшлар – инновациялар, янги ғоялар ва ижодий ёндашувларнинг манбаидир. Бугунги кунда мажмуамиз юксак марраларни забт этаётгани, дунё бозорида ўз ўрнини мустаҳкамлаб бораётгани йўлида Сиз ёшларнинг ҳам ҳиссангиз беқиёсдир. Сизларнинг ҳар бирингиз жамоамизнинг муҳим аъзосисиз. Сизларнинг янгича қарашларингиз, замонавий технологияларни қўллашдаги дадил қадамларингиз мажмуамизни янада юқори даражаларга олиб чиқишига ишонаман. Қадрли ёшлар! Ёшлар куни сизларга янги имкониятлар эшигини очсин, барча орзуларингиз амалга ошишига замин бўлсин. Юртимизнинг келажагини яратишда давом этинг, янги марраларни забт этинг ва доимо олдинга интилинг. Шўртан газ кимё мажмуаси раҳбарияти ҳар доим Сизларнинг Ватанимиз равнақи йўлидаги ҳар қандай ташаббусларингизни қўллаб-қувватлайди. Ёшлар кунида барчангизга сиҳат-саломатлик, бахт-саодат ва катта муваффақиятлар тилайман. Келажакдаги барча мақсад ва режаларингизда омад ёр бўлсин! Байрамингиз муборак бўлсин! Ҳурмат билан, Шуҳрат Асланов "Шўртан ГКМ" МЧЖ Бош директори
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.