🇺🇿 Learn .NET
Ir al canal en Telegram
• 2 ta Microsoft MVP dan o'rganing • Professional .NET va C# darslar • https://learn.net.uz rasmiy kanali
Mostrar más1 359
Suscriptores
-124 horas
-97 días
-3230 días
Archivo de publicaciones
1 359
Mohirdev
Kecha mohirdevga borgan edim va hayit sovg'alari bilan kutib olishdi. Jamoada korparativ madaniyat juda yaxshi.
Leap Academy asoschisi Behzod aka bilan ham tanishdim.
Aytgancha, .NET kursimga mohirdevda ham o'qishingiz mumkinligini bilarmidingiz?
1 359
Amaliy Loyiha No. 13
Dasturlashni o'rganishning eng oson yo'li - loyiha tuzish. Tinimsiz video-darslik ko'rishni bas qiling va quyidagi amaliy loyihani tuzing.
Yuqoridagi kabi yulduzchani harakatga keltiradigan sodda console loyihasi tuzing. Ko'rsatilganidek, chegaralar ham qoyishiniz mumkin.
#amaliyot
Telegram | YouTube | Linkedin
1 359
GitFyle
Bu kodiga ko'ra dasturchining unumdorligi va darajasini hisoblaydigan loyiha. 3 yil oldin Hassan Habib ning (deyarli) barcha videolarini ko'rib bo'lib ish so'rab yozganimda, u paytda kodi yopiq bo'lgan GitFyle loyihasiga qo'shgan edilar. Bir yilga yaqin vaqt haftada 5 kun 3 soatlar chamasi ushbu loyihaga hissa qo'shdim va katta tajriba orttirdim.
Hozirda ushbu loyihani open-source ko'rinishda qayta yozib chiqayotgan ekanlar.
Agar sabr qilib, ushbu loyihaga hissa qo'sha olsangiz 1 yildan keyin o'zingizni keyingi darajada tasavvur qilavering.
P.S. Ushbu imkoniyatni tajriba ilinjida yurgan do'stingizga ulashing.
#job
Telegram | YouTube | Linkedin
1 359
Kodning Oson O'iqilishi
If shartlari ichida o'zgaruvchi/funksiya bo'lishi tavsiya qilinadi. Chunki, shartning o'zi o'qiyotgan inson uchun biznes mantiqni yetkazishi qiyin. Agar armiya yoshi nomli o'zgaruvchi bo'lmaganda bu dastur armiya yoshini hisoblayotganini bilishingiz qiyin bo'lar edi.
#tips
Telegram | YouTube | Linkedin
1 359
🤔 Hmm, qiziq!
Sun'iy intellektning bu kamchiligi nima deb atalar ekan?!
Galyutsiyantsiyani bilaman yo'q ma'lumotlarni to'qib javob berishi. Teskari javob qaytarishni nima deb atashadi, siz bilasizmi?
1 359
.NET for Mac
Mac foydalanuvchilari uchun .NET loyihalarini tuzish video-qo'llanmalarini chiqarishni boshladik. Jamoamizda duch kelgan eng katta muammo bu skype ishlatayotganda ekran ko'rsatish ishlamasligi.
Bu muammoni A'zam Amonov ushbu videoda hal qilib ko'rsatganlar.
1 359
"Thank you Elbek for bringing beasts to the team"
- Hassan Habib
Hozir 2 haftalik ish muhokamasi bo'lyapti va Ustoz Hassan Habib ishga olgan bizning shogirdlar haqida shunday dedilar. Kutilgan natijadan 2 barobardan ziyod natija ko'rsatishdi.
P.S. Lekin, bunday natija qilish uchun yillar davomida jamoadan bir kun ham uzoqlashishmadi.
1 359
Open Source
Ish tajribasi izlab yurganlarga yuborib qoying:
FEATURE: Support @media Queries
#portfolio
Telegram | YouTube | Linkedin
1 359
Yuji Mori janoblari loyiha boshqaruvi haqida masterklass o'tyaptilar. Sizga ham turli mamlakatlardan eng kuchli liderlardan o'rganishni tavsiya qilaman.
Yuji Mori janoblari Nippon Foundation direktori hisoblanadilar.
1 359
Yuqoridagi siz uchun hech qanday ma'no kasb etmayotgandir. Lekin, u rasmda bizning yillar davomida qilgan mehnati aks etgan. Va kun kecha 3-komponent bo'lgan "Work" marrasini bosib o'tdik.
Keling batafsil tushuntiraman, bizning 2 nafar shogirdimiz (3-si ushbu jarayonda) mana shu 3 bosqichni muvaffaqiyatli bosib o'tib, Hassan Habib jamoalariga muvaffaqiyatli ishga qabul bo'lishdi. Bu haqida batafsil yana yozaman.
Hozir esa rejamiz qanday ishlashi haqida aytib otaman.
School - o'quv kursimiz mobaynida eng faol va aqlli dasturchilarni yetishtirib chiqaramiz.
Project - kurs tugagndan keyin biz bilan maqsadlari bir bo'lgan bitiruvchilarni Tarteeb loyihamizga qo'shib tajriba ulashishda davom etamiz.
Work - yetarlicha tajriba orttirishganda va ular uchun bo'sh ish o'rni ochilganda Hassan Habib bilan ishlayotgan loyihamizga qo'shamiz va yaxshi oylik berish birga katta loyihada ishlashni boshlaymiz.
Va, oldinroq aytganimdek, kuni kecha ushbu rasmdagi barcha marralarni bosib o'tdik.
#news
1 359
🎙️ Improved Version - Part 1 🎙️
Typically, we select a charming cafe as the venue for our birthday celebrations, ensuring we reserve a comfortable space in advance. To elevate the ambience. We hire an accomplished DJ whose music selection infuses the party with a lively and joyful spirit. Additionally, great care is taken in choosing thoughtful and delightful gifts for the birthday individual to ensure their day is truly memorable.
Try like this 🤯
1 359
Yangilangan Lexi 🚀
Endilikda siz ovozni o'zgartirishingiz, natijalaringizni kutish vaqtida yangi so'zlarni o'rganishingiz va javobingizni yaxshilangan versiyasini eshitishingiz mumkin.
Bu postning ostida manga eng qiziq tuyulgan ovozning javobini yuborib qoyaman.
@LexiEnglish_bot
#portfolio
1 359
Intervyu Savollari No. 3
Describe uses cases for Open for extension - Closed for modificaition?
SOLID dagi bu 2-qoidaning muhimligi haqida mana shunday dars oldim bugun. Kelinglar ushbu qoida amal qiladigan ba'zi holatlarni birgalikda muhokama qilamiz. Men boshlab beraman:
- Metod yozganimizda uning imzosini (method signature) o'zgartirmasligimiz kerak.
Misol:
Console.WriteLine(...) methodi method overloading texnikasi yordamida ushbu qoidaga mos ishlaydi.
P.S. Endi sizning navbatingiz
#interview
Telegram | YouTube | Linkedin1 359
100 Kun O'tibti
Maymun miyasiga neurolink o'rnatib kompyuterni boshqargan videoni ko'rgan bo'lsangiz kerak. Birinchi insonga bu jihoz qoyilganiga bugun 100 kun bo'libti. U odam tanasi falajlikka uchragan va neuralink orqali hozirda kompyuterini ishlata olayotgani va o'yinlar o'ynayotganini aytayapti.
Dunyoda misli ko'rilmagan ishlar ketyapti. Aynan, hozir o'zingizni ko'rsatish vaqtingiz. Bu sohani o'rganayotgan ekansiz, katta orzular qiling. Yangi dasturlar tuzib, ko'plab insonlarni hayotini yaxshi tomonga o'zgartirishni maqsad qiling.
#news
Telegram | YouTube | Linkedin
¡Ya disponible! Investigación de Telegram 2025 — los principales insights del año 
