cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Bazarov Orifjan Shadiyevich

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
1 249
Suscriptores
Sin datos24 horas
-37 días
-2630 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Repost from Edu.uz
02:39
Video unavailableShow in Telegram
#qabul2024 #ikkinchi_mutaxassislik ⚡️Ikkinchi va undan keyingi ta’lim bo’yicha o’qishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi 2024/2025-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi. ▪️Bunda nomzodlar platformada: ➖oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi; ➖diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi; ➖hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar. ☝️Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi. Bizni kuzating👇🏻 Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Mostrar todo...
Ikkinchi_va_undan_keyingi_ta’lim_bo’yicha_o’qishga_kirish_uchun.mp46.20 MB
👍 2
#Ezgulik Bugun institut rahbariyati Shahrisabz tumanining Mevazor mahallasidagi bir guruh yoshlar bilan uchrashdi. Dastlab Mevazor fuqarolar yigʻini raisi Ilgʻor Rahmatov bilan muloqot oʻtkazildi. Yoshlarning asosiy mashgʻulotlari, faoliyati haqida suhbat qurildi. Soʻngra mahalla yoshlari yetakchisi Maʼruf Ibrohimov hamrohligida yigit-qizlar va ularning ota-onalari bilan oʻtkazilgan uchrashuvlarda ham yoshlarga oid davlat siyosatining mohiyati, boʻsh vaqtdan unumli foydalanish masʼuliyati, taʼlim va tarbiya uygʻunligining ahamiyati haqida soʻz bordi. Muammolar oʻrganildi, yechimi yuzasidan maslahatlar berildi. Masalan, Suhrob Suyarovning Belorusdagi oʻqishini tiklash boʻyicha koʻmaklashishga qaror qilindi. Muhammadali Tolibjonovning viloyat blogerlari oʻrtasida “Qashqadaryo boʻyicha eng yaxshi instagram kanali” nominatsiyasi gʻolibi boʻlgani eʼtirof etildi. ✍️ rektor_qarmii
Mostrar todo...
👍 1
#Ezgulik Bugun institut rahbariyati Shahrisabz tumanining Mevazor mahallasidagi bir guruh yoshlar bilan uchrashdi. Dastlab Mevazor fuqarolar yigʻini raisi Ilgʻor Rahmatov bilan muloqot oʻtkazildi. Yoshlarning asosiy mashgʻulotlari, faoliyati haqida suhbat qurildi. Soʻngra mahalla yoshlari yetakchisi Maʼruf Ibrohimov hamrohligida yigit-qizlar va ularning ota-onalari bilan oʻtkazilgan uchrashuvlarda ham yoshlarga oid davlat siyosatining mohiyati, boʻsh vaqtdan unumli foydalanish masʼuliyati, taʼlim va tarbiya uygʻunligining ahamiyati haqida soʻz bordi. Muammolar oʻrganildi, yechimi yuzasidan maslahatlar berildi. Maʼlumot oʻrnida, Mevazor mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlardan 12 nafari institutga biriktirilgan boʻlib, muntazam ravishda muloqotlar oʻtkazib kelinmoqda. Ular hamisha oliygoh rahbariyati eʼtiborida. ✍️ rektor_qarmii
Mostrar todo...
#Sarhisob Bugun institutda 2023/2024 oʻquv yilini muvaffaqiyatli tamomlagan bakalavrlar va magistrlarga diplomlarni topshirish marosimi koʻtarinki ruhda, zoʻr shodiyona bilan oʻtkazildi. Tadbir avvalida tugallangan oʻquv yilida erishilgan yutuqlar haqida soʻz yuritildi, bunda professor-oʻqituvchilar mehnati va talabalarning faolligi muhim oʻrin egallagani alohida eʼtirof etildi. 🇺🇿 Batafsil… 🇷🇺 Подробно … 🇬🇧 In detail… Bizni birga kuzatib boring: 👇 🔵 Facebook |✅ Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz ✍️ rektor_qarmii
Mostrar todo...
IMG_3231.MOV6.38 MB
Repost from Edu.uz
02:16
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar diqqatiga! Hukumat qaroriga asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan. Ushbu toifadagi abituriyentlar 2024-yil 5-iyuldan boshlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar platformada avtomatik shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni joriy yilning 25-iyuliga qadar davom etadi. Ma’lumot uchun, ushbu Nizom oliy harbiy, oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga, Toshkent davlat yuridik universitetiga, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bizni kuzating👇🏻 Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Mostrar todo...
Texnikum_bitiruvchilarini_suhbat_asosida_OTMlarga_qabuli_uchun_onlayn.mp44.26 MB
#2024_OAVda_biz 🖋 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining (OTFIV) telegram kanalida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti hamda “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi” MChJ va “Uzbekistan GTL” MChJ hamkorligida muhandislik kadrlarini tayyorlash tizimidagi ustuvor vazifalar mavzusida oʻtkazilgan matbuot anjumani haqidagi axborot e’lon qilindi. Bizni birga kuzatib boring: 👇 🔵 Facebook |✅ Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz ✍️ rektor_qarmii
Mostrar todo...
OTFIV ǀ RASMIY

#Prezident_topshirigʻi_ijrosi_amalda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti hamda “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi” MChJ va “Uzbekistan GTL” MChJ hamkorligida muhandislik kadrlarini tayyorlash tizimidagi ustuvor vazifalar mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi. Dastlab Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 20-iyun kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan vazifalar, taʼlim va ishlab chiqarish oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, oʻzgarishlar mohiyati haqida soʻz yuritildi. Soʻngra Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti hamda “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi” MChJ va “Uzbekistan GTL” MChJ korxonalari bilan hamkorlikning yangi istiqbollarini amalga oshirishga qaratilgan bitimlar imzolandi. Matbuot anjumani savol javoblarga boy boʻldi. Bizni kuzating Facebook | X | YouTube

👍 1
#Xalqaro_hamkorlik Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Gʻulom Uzoqov boshchiligidagi delegatsiyamiz xizmat safari bilan Belarus milliy texnika universiteti (BMTU)da boʻlib turibdi. Vakillarimiz “2+2” taʼlim dasturi boʻyicha mazkur universitetni tamomlagan oʻzbekistonlik talabalarga diplomlarni topshirish marosimida ishtirok etdilar. Soʻngra Belorussiyaning Mustaqillik kuni va mamlakatning fashist bosqinchilaridan ozod etilganining 80 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan harbiy parad tadbirida qatnashdilar. 🇺🇿 Batafsil… 🇷🇺 Подробно … 🇬🇧 In detail… Bizni birga kuzatib boring: 👇 🔵 Facebook |✅ Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz ✍️ rektor_qarmii
Mostrar todo...
👍 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Туркий давлатлар ташкилотининг норасмий саммитида иштирок этиш учун 5-6 июль кунлари амалий ташриф билан Озарбайжонда бўлади. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 5-6 июля посетит с рабочим визитом Азербайджан для участия в неформальном саммите Организации тюркских государств. #Mirziyoyev #sammit #TDT #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Mostrar todo...
#2024_OAVda_biz 🗞 “Qashqadaryo” gazetasining 14-iyuldagi sonida QarMII matbuot kotibi Abdurazzoq Murodovning “Taʼlim va ishlab chiqarish oʻrtasidagi integratsiya taraqqiyotga xizmat qiladi” sarlavhali maqolasi eʼlon qilindi. 🖋 Maqolada “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi” MChJda oʻtkazilgan matbuot anjumani haqida soʻz yuritilgan. 💻 Xuddi shu maqola gazetaning veb-sahifasi orqali ham berildi. Uni quyidagi havola orqali toʻliq oʻqishingiz mumkin: 👇 https://qashqadaryogz.uz/read/ta-lim-va-ishlab-chi-arish-rtasidagi-integratsiya Bizni birga kuzatib boring: 👇 🔵 Facebook |✅ Instagram |▶️ YouTube | 🌐 qmii.uz ✍️ rektor_qarmii
Mostrar todo...
Qashqadaryo gaz_matbuot anjumani_4.07.2024.pdf22.83 MB
👍 1
Repost from Manaviyat.edu.uz
02:25
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev SHHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va “SHHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Ostona shahriga tashrif buyurdi. 🤝Ostona shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin hamda Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuv va muzokaralar bo‘lib o‘tdi. ♦️4-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan SHHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi va nutq so‘zlab, muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Shundan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev “SHHT plyus” formatining “Ko‘p tomonlama muloqotni mustahkamlash – barqaror tinchlik va taraqqiyot sari intilish” mavzusidagi uchrashuvida ham ishtirok etib, nutq so‘zladi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Mostrar todo...
IMG_4674.MP428.10 MB
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.