cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi Web site: http://surxondaryo.uz/ Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088 Elektron pochta: [email protected] Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy. @surxondaryouz_bot

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
25 043
Suscriptores
-3324 horas
-1177 días
-30230 días
Archivo de publicaciones
00:35
Video unavailableShow in Telegram
📹 Surxondaryo viloyati hokimi Ozarbayjonlik investorlarni qabul qildi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Mostrar todo...
C1052 1.mp412.46 MB
👍 14👏 2 1👎 1
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun Ozarbayjon davlatidan vohamizga tashrif buyurgan “Tobus Bashtiyan Ltd” kompaniyasi rahbari Naig Mammadxasanov va “Kaspian kapital group” kompaniyasi rahbari o‘rinbosari Adalat Axunovni qabul qildi. Uchrashuvda mehmonlarga vohamizning investison salohiyati va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun mavjud imkoniyatlar taqdimot qilindi. Xususan, uzumchilik va vinochilik, “Omonoxona” va “Sangardak” hududlarida turizm loyihalarini amalga oshirish, Termiz shahridagi eski uylarni renovatsiya usulida hamda bo‘sh turgan yer maydonlarida 30 mingga yaqin ko‘p qavatli turar joylar va zamonaviy yo‘llar qurish yo‘nalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Mehmonlar mavjud imkoniyat va sharoitlar ma’qul ekanligini bildirib, loyihalarning texnik va iqtisodiy tomonlarini ishlab chiqish hamda qisqa muddatlarda loyihalarni amalga oshirish istagini bildirdi. Ikki tomon ham o‘zaro hamkorlikda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor va mamnun ekanliklarini qayd etishdi. #Surxondaryo #Ozarbayjon #hamkorlik #TobusBashtiyanLtd #Kaspiankapitalgroup Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Mostrar todo...
👍 15🔥 14👏 2
01:15
Video unavailableShow in Telegram
📹 Termizda Jalinga – interaktiv video studiyasi ish boshladi Termiz davlat universitetida tashkil etilgan Jalinga interaktiv video studiyasi yurtimizda sanoqli bo‘lib, u yangi texnologiyalar va ijodiy yondashuvlardan foydalanib, interaktiv hamda animatsion kontentlar tayyorlash uchun barcha sharoitlarni o‘zida mujassam etgan markaz sanaladi. Hozirda viloyatda yagona bo‘lgan markazning imkoniyatlaridan nafaqat universitet, balki, vohadagi boshqa ta’lim muassasalari ham foydalanishlari mumkin. Studiyada yuqori sifatli video darslar tayyorlash, onlayn va oflayn rejimda interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazish imkoniyati mavjud. Bu esa dars jarayonini yanada samarali va qiziqarli o‘tishini ta’minlaydi. Shuningdek, talabalar o‘z bilimlarini mustahkamlash va kengaytirish uchun turli xil virtual tajribalarni sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Mostrar todo...
Jalingoo.mp413.31 MB
👍 31🔥 6🎉 3
01:05
Video unavailableShow in Telegram
Qiziriq va Bandixonga tashrif: Poliklinikalar ochilishi va yoshlarga jihoz topshirish tadbirlari, yoshlar yetakchilari faoliyati, maktab sharoitlari hamda mahalladagi ishlar taqdimoti bilan tanishuv Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Mostrar todo...
C1053.mp416.39 MB
👍 20👏 2 1👎 1
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumanida stomatologiya va oilaviy poliklinika binolarining ochilishi hamda ishsiz yoshlarga subsidiya asosida asbob-uskunalar topshirish tadbirlarida ishtirok etdi. Yoshlar ishlari agentligi shahar va tumanlar bo‘lim boshliqlarining faoliyati yuzasidan taqdimotlar bilan tanishildi. Shuningdek, tumandagi 36-sonli maktab sharoitlari ko‘zdan kechirilib, o‘quv binosini ta’mirlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Hududlarga tashrif yakunida Bandixon tumanidagi og‘ir hudud sifatida tanlab olingan Polvontosh mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha sektor rahbarlari hamda “yettilik”ning hisobotlari tinglandi. Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2115 #Surxondaryo #poliklinika #subsidiya #taqdimot #maktab #mahalla Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Mostrar todo...
👍 24 3👏 2
Photo unavailableShow in Telegram
🐑 Surxondaryodagi qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni ma’lum qilindi 🏢 Viloyat statistika boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2024-yilning 1-aprel holatiga vohamizdagi qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 2 574,9 mingtaga yetgan. 📈 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilganing mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda qo‘y va echkilar soni 57,1 mingtaga yoki 2,3 foizga ko‘payishni qayd etgan. Qo‘y va echkilar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari kesimida tahlil qilinganda, jami bosh sonining 77,7 foizi dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelmoqda. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Mostrar todo...
👍 32👎 4👏 2🕊 1😐 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ichimlik suvi o‘chirilayotgan mahallalarda maxsus texnikalar yordamida suv yetkazib beriladi Termiz shahri Tinchlik mahallasida joylashgan "Shimoliy darvoza" guruhli suv ishlab chiqarish inshootida ta'mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan bugun, 12-iyun kuni soat 08:00 dan 20:00 gacha Termiz shahrining quyidagi mahallalarida suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi: ➖ Do‘stlik; ➖ Saxovat; ➖ Turon; ➖ Navro‘z; ➖ Tinchlik; ➖ Shodlik; ➖ Shifokor; ➖ Ma'rifat; ➖ "A.Jomiy" mahallalari. Suv ta’minoti vaqtincha o‘chirilayotgan mahallalar aholisiga zaruratga ko‘ra ichimlik suvi maxsus texnikalar yordamida yetkazib beriladi. «Surxondaryo suv ta’minoti» MChJ yetkazilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Mostrar todo...
👍 29🙏 3🤝 2👎 1
00:33
Video unavailableShow in Telegram
📹 Surxondaryo viloyati hokimi ellikdan ortiq tadbirkorning muammolarini tingladi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Mostrar todo...
C1052.mp49.76 MB
👍 23👎 3🔥 3👏 2🙏 1
Bugun Termiz muhandislik-texnologiya institutida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning tadbirkorlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda 56 nafar tadbirkorning 64 ta murojaat, taklif va tashabbuslari tinglandi va atroflicha o‘rganildi. ❗️Eslatma: Tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan muammolar, yangi taklif va tashabbuslar yuzasidan telegram guruhi va @surxondaryo_tadbirkorlari_bot telegram boti hamda quyidagi telefon raqamlariga murojaat qoldirishlari mumkin: ☎️ (76) 225 09 59; ☎️ (76) 225 09 45; ☎️ (76) 225 10 84; ☎️ (76) 225 10 85. Uchrashuv haqida batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2114 #Surxondaryo #tadbirkorlar #uchrashuv Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Mostrar todo...
👍 26👏 3 2👎 2
Photo unavailableShow in Telegram
Surxondaryo viloyati bo‘yicha 1 708 ta dehqonchilik uchun yerlarni e-auksion.uz orqali 30 yilga ijaraga oling 🔷 Oltinsoy tumanidan 111 ta (ko'rish) 🔷 Angor tumanidan 93 ta (ko'rish) 🔷 Bandixon tumanidan 115 ta (ko'rish) 🔷 Muzrabot tumanidan 53 ta (ko'rish) 🔷 Denov tumanidan 178 ta (ko'rish) 🔷 Jarqo'rg'on tumanidan 124 ta (ko'rish) 🔷 Qiziriq tumanidan 104 ta (ko'rish) 🔷 Qumqo'rg'on tumanidan 96 ta (ko'rish) 🔷 Sariosiyo tumanidan 29 ta (ko'rish) 🔷 Termiz tumanidan 88 ta (ko'rish) 🔷 Uzun tumanidan 110 ta (ko'rish) 🔷 Sherobod tumanidan 428 ta (ko'rish) 🔷 Sho'rchi tumanidan 179 ta (ko'rish) ☎️(99) 203-00-30 (Surxondaryo viloyat vakili) Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Mostrar todo...
👍 12 2🙏 2👎 1🔥 1👏 1🕊 1
00:39
Video unavailableShow in Telegram
📹 Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchida yoshlarga yer ajratish, ehtiyojmand oilalarga bug‘doy topshirish tadbirlari o‘tkazildi hamda g‘alla o‘rimi, g‘o‘za parvarishi va mahallada infratuzilmani yaxshilash ishlari bilan tanishildi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Mostrar todo...
15.85 MB
👍 17 3👏 2
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlarida bo‘lib, g‘alla o‘rimi ishlarining borishi bilan tanishdi hamda ishsiz, daftarda turgan yoshlarga yer ajratish, ko‘makka muhtoj oilalarga bug‘doy tarqatish tadbirlarida ishtirok etdi. Tadbirlarda g‘alla o‘rimida faol ishtirok etayotgan kombayn operatorlari va mexanizatorlarga viloyat hokimligining sovg‘alari ham topshirildi. Tashrif yakunida Sho‘rchi tumanida og‘ir hudud sifatida tanlab olingan Olatemir mahallasida infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2113 #Surxondaryo #Galla2024 #yoshlargayer #mahalla Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Mostrar todo...
👍 30👎 2🕊 2👏 1
02:11
Video unavailableShow in Telegram
Ulug‘bek Qosimov: "Prezidentimiz topshirig‘i bilan sinov tariqasida 15 ta qishloq mahallalaridagi BSKlar faoliyatini yo‘lga qo‘yamiz" Surxondaryo viloyati hokimi kuni-kecha Prezidentimiz huzurida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarga asosan vohada amalga oshiriladigan kelgusidagi vazifalar xususida OAV vakillariga intervyu berdi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Mostrar todo...
video_2024-06-11_11-34-22.mp414.50 MB
👍 28👏 5🙏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Rasman: 2024-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun – yakshanba kuni nishonlanadi Prezident Shavkat Mirziyoyev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qarorga ko‘ra, 2024-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun – yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi. Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17-iyun – dushanba kuniga ko‘chiriladi, 18-iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Mostrar todo...
👍 26👏 3🎉 3 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Tojikistonda yana sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda ham sezildi FVV Seysmoprognostik monitoring markazining xabariga ko‘ra, bugun soat 09:13 da Tojikistonda 4,3 mangnitudali zilzila sodir bo‘lgan. Yer silkinishi kuchi Surxondaryoning quyidagi hududlarida ham sezilgan: ➖ Sho‘rchi tumanida — 2-3 bal; ➖ Uzun tumanida — 2 ball; ➖ Qumqo‘rg‘on tumanida — 2 ball; ➖ Oltinsoy tumanida — 2 ball; ➖ Jarqo‘rg‘on tumanida — 2 ball; ➖ Denov tumanida — 2 ball; ➖ Bandixon tumanida — 2 ball. Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda kecha, 10-iyun kuni sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryo viloyatining qator hududlarida ham sezilgan edi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Mostrar todo...
👍 13🙏 3 1🤝 1