cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Sayxunobod tumani sport maktabi

Sayxunobod tumani sport maktabi rasmiy kanali 📱Telegram:https://t.me/sayxunobod_sport_maktabi 📞 Matbuot xizmati: +998 (95) 175 00 28 ✉️ E-mail: [email protected]

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
1 039
Suscriptores
-824 horas
-617 días
-1 17230 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Sayxunobodning chekka mahallasida kurash mahorat maktabi ochildi Kurash sport turi keng ommalashgan Sayxunobodning Paxtaobod mahallasida viloyat prokuraturasi va tuman hokimligi tashabbusi bilan kurash mahorat maktabi tashkil qilindi. Uning ochilishida viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, viloyat prokurori Savid Imatov, tuman mutasaddilari, sportchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Maktab shu hududdagi sobiq kasb-hunar kolleji binosi negizida tashkil etilgan boʻlib, barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Bu yerda 150 nafar sportchi oʻz mahoratini oshirish imkoniyatiga ega. Tadbir doirasida “Viloyat prokurori kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtdi. Unda 100ga yaqin yosh kurashchilar 3 vazn toifasida oʻzaro bellashdi. Yakunda gʻoliblar medal va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Telegram I Web-site I Facebook
Mostrar todo...
👍 4
#live
Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida 🖐 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha musobaqaning Respublika A,B,S liga bosqichiga start berildi.
Musobaqani Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev hamda O'zbekiston Respublikasi sport vaziri maslahatchisi Avazbek Karimovlar ochib berishdi. 🟢 Ochilish marosimi davomida Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan sportchilarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni O‘zbekiston chempionatlari va kuboklarida ishtirok etishlari uchun viloyat Sport boshqarmasiga zamonaviy “HIGER” avtobusi topshirildi. 🟡 Shundan so‘ng Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev hamda O'zbekiston Respublikasi sport vaziri maslahatchisi Avazbek Karimov stol tennisida bahs olib borishdi va do‘stlik g‘alaba qozondi. ➡️ Musobaqa 3 ta yosh toifasi (16-21, 22-26, 27-30)da qur'a tashlash jarayoni bo‘lib o‘tdi va unda ishtirokchilar o‘z raqiblarini bilib olishdi. Voqealar rivojini biz bilan kuzatishda davom eting... 🎙 Sport xaqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring. 🇺🇿 Bizning sahifalarimiz: 🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#Sirdaryoda_stol_tennis 11-14 iyul kunlari "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida stol tennis sport musobaqasining A-B-C ligalari Respublika bosqichi Sirdaryo viloyati mezbonligida bo'lib o'tadi. Eslatib o'tamiz ushbu sport turiga qiziqish bildirib ro'yxatdan o'tgan yoshlar soni 534 ming 915 nafarni tashkil etgan bo'lsa, shulardan 252 nafarigina 4 ta bosqichdan o'tib Respublika bosqichiga yetib kelishdi. 🎙 Sport xaqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring. 🇺🇿 Bizning sahifalarimiz: 🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
Mostrar todo...
👍 1
🗣 Yangiyer shahar markazida Dominant Fight Club sport majmuasi ochildi. 🟡 Klubning asosiy oldiga qo‘ygan maqsadi bugungi kunda o‘sib  kelayotgan yosh avlodni qo‘llab quvvatlash va manan yetuk avlod qilib tarbiyalash, sog'lom turmush tarziga yo‘naltirish maqsadida Yangiyer shahar sport maktabining trenerlari biriktirildi. 🟢 Zero yoshlarimiz kelajagimiz poydevoridir . 🎙 Sport xaqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring. 🇺🇿 Bizning sahifalarimiz: 🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
Mostrar todo...
01:16
Video unavailableShow in Telegram
🗣 Guliston temir yo‘l vokzalida 🖐 "Besh tashabbus olimpiadasi" loyihasi doirasidan o‘rin olgan sportning stol tennisi turi bo‘yicha Respublika bosqichi ishtirokchilarini tantanali kutib olish jarayonidan video lavha 🎙 Sport xaqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring. 🇺🇿 Bizning sahifalarimiz: 🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
Mostrar todo...
97.57 MB
#live #sirdaryo #stoltennisi #beshtashabbusolimpiadasi #respublikabosqichi
🗣 Ayni vaqtda Guliston temir yo‘l vokzalida bir guruh sportchi yoshlar tantanali kutib olindi
🟡 Guliston temir yo‘l vokzalida 🖐 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida 11-14-iyun kunlari Sirdaryo viloyati mezbonligida bo‘lib o‘tadigan A.B.C liga sportning 🏓 stol tennisi turi bo‘yicha respublika bosqichida ishtirok etish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar yoshlari yetib kelishdi. Bizni kuzatishda davom eting... 🎙 Sport xaqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring. 🇺🇿 Bizning sahifalarimiz: 🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram
Mostrar todo...
Archivo de publicaciones
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.