es
Feedback
𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV

𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV

Ir al canal en Telegram

Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali Onlayn/oflayn kurslar Repetitor: @JalolBOLTAYEV_kurs, @JalolBOLTAYEV Tel.: 97-299-00-66 Muhim: @TARIX_OMBOR

Mostrar más

📈 Análisis del canal de Telegram 𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV

El canal 𝗧𝗘𝗦𝗧 𝗟𝗜𝗗𝗘𝗥 | JALOL BOLTAYEV (@testlider) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 20 134 suscriptores, ocupando la posición 9 830 en la categoría Educación y el puesto 3 981 en la región Uzbekistán.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 20 134 suscriptores.

Según los últimos datos del 05 septiembre, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de -197, y en las últimas 24 horas de 29, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: No verificado
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 32.34%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 16.69% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 6 511 visualizaciones. En el primer día suele acumular 3 361 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 49.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
Repetitor, testolog Jalol BOLTAYEVning TARIX faniga ixtisoslashtirilgan kanali Onlayn/oflayn kurslar Repetitor: @JalolBOLTAYEV_kurs, @JalolBOLTAYEV Tel.: 97-299-00-66 Muhim: @TARIX_OMBOR

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 06 septiembre, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Educación.

20 134
Suscriptores
+2924 horas
+97 días
-19730 días
Archivo de publicaciones
Darslikda Qoraqalpog‘iston 1925–1932-yillarda Qozog‘iston, 1932–1936-yillarda esa RSFSR tarkibida bo‘lgan, degan ma’lumot bor
Darslikda Qoraqalpog‘iston 1925–1932-yillarda Qozog‘iston, 1932–1936-yillarda esa RSFSR tarkibida bo‘lgan, degan ma’lumot bor. Bu ma’lumot texnik sabab bilan xato tushib qolgan bo‘lsa kerak. Aslida Qoraqalpog‘iston 1925–1930-yillarda Qozog‘iston ASSR tarkibida, 1930–1936-yillarda RSFSR tarkibida bo‘lgan. Ruscha Vikipediyadan ham ko‘rib olishingiz mumkin. Unda “1930-yil 20-iyulda Qoraqalpoq avtonom viloyati Qozog‘iston ASSR tarkibidan chiqarilib, bevosita RSFSR tasarrufiga o‘tkazildi”, deb yozilgan. 1932-yilda nima bo‘lgan edi? 1932-yilda Qoraqalpog‘istonning viloyat maqomi o‘zgarib, respublikaga aylantirilgan. Ya’ni RSFSR tarkibidagi Qoraqalpoq avtonom sovet sotsialistik respublikasiga aylantirilgan. Yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak: 1925–1930 – Qozog‘iston ASSR tarkibidagi avtonom viloyat 1930–1932 – bevosita RSFSR tarkibidagi avtonom viloyat 1932–1936 – RSFSR tarkibidagi Qoraqalpoq ASSR “Kundalik-optimal”ni tuzish jarayonida ma’lumotlarni, odatda, bittalab tekshirib chiqaman. Lekin yuqoridagi holat texnik xatolik, xolos. Aytgancha, “Kundalik-optimal”dagi bu mavzuga oid savolda ma’lumot to‘g‘ri berilgan. O‘quvchimning savoli sababli shu masalaga aniqlik kiritib qo‘yishni lozim topdim.

Tasavvur qiling, 2 oydan beri oflayn tarzda tayyorgarlik ko‘ryapsiz, lekin repetitoringiz haligacha ismingizni ham bilmaydi.
Tasavvur qiling, 2 oydan beri oflayn tarzda tayyorgarlik ko‘ryapsiz, lekin repetitoringiz haligacha ismingizni ham bilmaydi. Bunday holat, albatta, o‘quvchiga yoqmaydi. Shuning uchun oflayn kursda ham imkon qadar o‘quvchilarni tezroq bilib olishga harakat qilaman. Onlayn ta’limda esa bu muammo yanada jiddiyroq (va bu muammoga shu paytgacha to‘laqonli yechim topdim, deb men ham ayta olmayman, aniqrog‘i ayta olmasdim. Endi esa boshqacha). O‘quvchi kursni “shunchaki Telegramdagi guruh” deb qabul qilsa, uning darsga bo‘lgan munosabatiga va oxir-oqibat natijasiga ham salbiy ta’sir qiladi. Shu sababli avvalgi guruhlarimda ham o‘quvchilar bilan ko‘proq muloqot qilishga harakat qilardim, kontaktlarimga saqlab qo‘yardim. O‘quvchilar soni ko‘paygani sari buni amalga oshirish qiyinlashadi. Lekin “Uchinchi guruh”dan boshlab bu tartibni yana joriy qildim va bundan keyin ham davom ettiraman. Chunki o‘quvchining qanday o‘qiyotganini, qayerda qiynalayotganini, nimalarga ehtiyoji borligini va qaysi jihatlari sustligini ham bilib borish kerak. Bu esa uning kamchiliklari ustida o‘z vaqtida ishlash va natijasini yaxshilash uchun muhim. Xudo xohlasa, bizning kursda hech kim shunchaki Telegramdagi guruhga qo‘shilib, keyin o‘z holiga tashlab qo‘yilgan o‘quvchiga aylanib qolmaydi. 👉 @TESTLIDER

Tanish holat. Menda ham shunga o‘xshash vaziyatlar bo‘lgan. Balki “o‘sha paytlarda” alam qilgani uchunmi, shunday gap yozgan edim: Gondurasda ham bir paytlar xalqini himoya qilish uchun kurashgan, ammo oxir-oqibat aynan o‘sha xalqning o‘zidan zarba yeb, “yaxshisi kuchlilar tomoniga o‘tay” deb tizim ichiga singib ketganlar bo‘lmaganmikan? Ba’zan odamni qarshisidagi dushman emas, o‘zi yaxshilik qilgan odamning munosabati charchatadi. Shunday paytlarda umummanfaat deb o‘z manfaatlaringdan kechganing, ayrim takliflarni rad etganing ham yodingga tushib ketarkan...

Men aybdor ekanman Yarim kechasi bir ustoz o’qituvchilar dars taqsimoti to’g’risidagi nizomga kiritilgan o’zgarishlarda meni
+1
Men aybdor ekanman Yarim kechasi bir ustoz o’qituvchilar dars taqsimoti to’g’risidagi nizomga kiritilgan o’zgarishlarda meni ayblab, “qarg’adilar”. Men uning muammosini vaqtida hal qilib bermabman, paysalga solibman. Nizomga darhol o’zgartirish kiritishim kerak ekan. Kamiga men shu nizomdagi o’zgarishlarni sharhlab borayotganim uchun ham aybdor emishman. Men nizomni “reklama” qilayotgan ekanman. “Suf sizga” degan gapni ham eshitib oldim. Shu kunga qadar mana shu ustozning murojaatini eshitib, ayrimlarini vazirlik mas’ullari bilan birgalikda ijobiy hal qilib ham berganmiz. Ustama to’lanadigan tadbirlar ro’yxatiga o’zgartirish kiritishga ham muvaffaq bo’lgandik. Minnat qilmoqchi emasman, shunchaki bu qo’limdan keladigan ish edi. Allaqachon Adliya vazirligi ro’yxatdan o’tkazib bo’lgan dars taqsimoti to’g’risidagi nizomni o’zgartirish esa menga emas. Men vazirlik xodimi emasman, shu o’qituvchilarga o’xshagan oddiy bir fuqaroman. Nizomni ishlab chiqqanlar yetti o’lchab bir kesgan, biz hali o’ylab ham ko’rmagan muammolarni ular oldindan ko’rib bo’lgan, deb o’ylayman. P.S. O’sha ustozni yozganlarini kanalga joylagim kelmadi. Ko’rib, yana asabim buzilmasin deb, o’chirib yubordim. Suratda shunchaki, o’zimning javobim. Telegram l Instagram l Facebook

Sirdaryoliklardan xafamana 😁

Uchinchi guruhga O‘zbekistonning 14 ta hududidan o‘quvchilar qo‘shilgan. Eng katta ulush – Xorazm viloyatiga tegishli. Undan
Uchinchi guruhga O‘zbekistonning 14 ta hududidan o‘quvchilar qo‘shilgan. Eng katta ulush – Xorazm viloyatiga tegishli. Undan keyingi o‘rinlarda Qashqadaryo, Qoraqalpog‘iston va Andijon viloyatlari turibdi. Farg‘onadan Qoraqalpog‘istongacha, Xorazmdan Surxondaryogacha – turli hududlardan bir guruhga jam bo‘ldik. O‘zbekistonning turli hududlaridan jamlangan o‘quvchilar bilan bitta maqsad sari harakat qiladigan guruh.

🔥 30-AVGUSTGACHA – MAXSUS IMKONIYAT! 30-avgustdan boshlab “Oktyabrchilar” yoki “Dekabrchilar” guruhiga qo‘shilgan ishtirokchilarga imzoli ruchka va kurs davomida foydalaniladigan 3 ta “Kundalik-optimal” kitoblarini yuborishni boshlayman. Kursga qabul 30-avgustdan keyin ham davom etadi. Ammo undan keyin qo‘shilgan ishtirokchilarga 3 ta kitob va imzoli ruchka yuborilmaydi. Hozir esa 200 000 so‘m to‘lov qilib guruhga kirganlar ushbu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin. 30-avgustga juda oz vaqt qoldi. Kursga qo‘shilish uchun @jalolboltayev_kurs'ga yozing.

Repost from Jalilov. Qaydlar
"Davlat va huquq asoslari" fani dasturi loyihasi boʻyicha. Pedagog Jalol Boltayev eʼlon qilgan fikrlarga qoʻshilaman. Bu haqi
"Davlat va huquq asoslari" fani dasturi loyihasi boʻyicha. Pedagog Jalol Boltayev eʼlon qilgan fikrlarga qoʻshilaman. Bu haqidagi fikrlarimni "Xalq taʼlimi info" nashrida bildirganman. 1. Dasturdagi oʻquv maqsadlarida Blum taksonomiyasining quyi darajalariga - bilish (yodlash) va tushunishga eʼtibor haddan tashqari kuchayib ketgan. Ayniqsa, tayanch taʼlim (8-9 sinflar) bosqichida. Yuqori darajadagi koʻnikmalarga juda kam oʻrin ajratilgan. 2. Dasturning hozirgi tahririda oʻquvchini ongli inson, ongli fuqaro sifatida koʻrib, huquq va uning manbalari mohiyatini tushunishiga eʼtibor qaratish oʻrniga, uni potensial jinoyatchi sifatida koʻrib, jazo bilan qoʻrqitish ustunlik qilmoqda. Maqsad, misol uchun, bezorilikni bu ishi notoʻgʻri ekani uchun, ongli ravishda qilmaydigan shaxsni emas, bezorilikka qonunda belgilangan sanksiya tufayli, qoʻrquv tufayli qilmaydigan shaxsni tarbiyalash boʻlib qolgan. Yaʼni huquqni oʻqitishga nisbatan demokratik jamiyatning emas, totalitar davlatning yondashuvi ustuvor boʻlib qolgan. Bu - fundamental jihatdan notoʻgʻri. P.S. Britaniya, xususan, Kembrijning oʻrta maktablar uchun huquq dasturi bunday tamoyil asosida tuzilmagan.

Qaysi guruhga kimlar qo‘shilishi mumkin? Bu savolni ham ko‘p berishyapti. Shuning uchun guruhlar o‘rtasidagi farqni aniq tushuntirib o‘taman. 1, 2 va 3-guruhlar bazasi bor, tarix fanini avval o‘qiganlar o‘quvchilar va ustozlar uchun mo‘ljallangan. 1 va 2-guruhlar aslida 6 oylik guruhlar edi. Bu guruhlardagi o‘quvchilarni avvaldan o‘qitib kelayapman. 1-guruh ayni damda 9-sinf, 2-guruh esa 10-sinf darsligi bo‘yicha ketmoqda. 3-guruh – “Oktyabrchilar” esa yangi ochiladigan tezkor guruh. Har darsda taxminan 10 mavzudan o‘tiladi. Shuning uchun bu guruhga ham kamida ma’lum bazaga ega bo‘lganlar qo‘shilishi maqsadga muvofiq. Bu uchala guruhda ham Milliy sertifikat imtihoniga ham, attestatsiyaga ham tayyorlanishingiz mumkin. Attestatsiyaga tayyorlanayotganlar hamkorim Guli Eshnazarovaning pedagogika bo‘yicha yopiq guruhi havolasi kurs o‘quvchilariga bepul taqdim etiladi. Yana aytaman: agar siz hali BOSHLANG‘ICH darajada bo‘lsangiz, 1-, 2- va 3-guruhlarni tavsiya qilmayman. Chunki bu guruhlarda ko‘p mavzular tez sur’atda o‘tiladi. Ko‘p mavzu degani – ko‘p test ishlash degani. Bizning kursda faqat kitobni o‘qib chiqish yoki savol-javoblarda qatnashishning o‘zi yetarli emas. Asosiy e’tibor muntazam va ko‘p test ishlashga qaratiladi (chunki shundagina real natija bo‘ladi). Shuning uchun agar tarix fanidan endigina boshlayotgan bo‘lsangiz yoki bazangiz hali mustahkam bo‘lmasa, sizga “Dekabrchilar” guruhini tavsiya qilaman. Bu guruh sekinlashtirilgan sur’atda olib boriladi.

Ayni damda 4 ta guruhga QABUL etmoqda! 1-guruh – “1-Tezkor guruh”. Darslar tongda bo‘lib o‘tadi. 2-guruh – “2-Tezkor guruh”. Darslar kechqurun, soat 20:00 dan boshlanadi. 3-guruh – “Oktyabrchilar” – “Tezkor YANGI guruh”. Darslar sentyabr oyida boshlanadi. 4-guruh – “Dekabrchilar” guruhi – Sekinlashtirilgan guruh. Darslar sentyabr oyida boshlanadi. Qaysi guruhni tanlasangiz ham, oylik to‘lov – 200 000 so‘m. Oktyabrda topshiradiganlar bitta to‘lov evaziga 3 ta guruhdagi darslarda ham qatnashishlari mumkin. 💳 9860010133910371 kartasiga to‘lovni amalga oshirib, chekni @jalolboltayev_kurs ga yuborasiz. Shundan so‘ng sizni tanlagan guruhingizga qo‘shib qo‘yaman.

Yotib olib, telefonda kanallardagi krinj kontentlarni kuzatib o‘tirgan paytingizda, kimdir imtihon 27-oktyabrga qo‘yilgani haqida yozib qoldi. Birdan telefonni ham, boshqa narsalarni ham yig‘ishtirib, kitob o‘qishga va test ishlashga o‘tib ketdingiz-a? Imtihongacha shunaqa shijoat bilan o‘qing! )) Aslida mendayam shunaqa bo‘ldi. Birdan test tuzishga o‘tib ketdim menam. 😂

Tarix fanidan navbatdagi “Milliy sertifikat” imtihoni 29‐dekabrda boʻlib etar ekan. Muddat yaxshi, puxta tayyorlanishga vaqt bor.

🔥 Jalol BOLTAYEV kitoblari Bu yerda sotuvdagi mening muallifligimdagi (hammuallifligimdagi) tarix faniga oid test to‘plamlar
🔥 Jalol BOLTAYEV kitoblari Bu yerda sotuvdagi mening muallifligimdagi (hammuallifligimdagi) tarix faniga oid test to‘plamlari va qo‘llanmalaridan namunalar ko‘rishingiz va ularni sotib olishingiz mumkin. Shu paytgacha 70 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalari (test to‘plamlari, qo‘llanmalar) yaratganman. Aksariyati onlayn kursim ishtirokchilariga PDF holatida ham taqdim etilgan. Ushbu bo‘limda esa nashriyotdan chiqqan, hozirda sotuvda mavjud bo‘lganlarni ko‘rishingiz mumkin. BOSHQA KITOBLARIMIZ: • “REPETITOR” (2017–2019-yilgi 6–9-sinf darsliklari asosida – Akbar ZAMONOV, Sharofiddin NURMUHAMMADOV, Jalol BOLTAYEV)“ZAMONAVIY 30”“MAJBURIY FAN. O‘ZBEKISTON TARIXI” “KUNDALIK-OPTIMAL” TURKUMI “KUNDALIK-OPTIMAL” (6-sinf “Qadimgi dunyo tarixi” – 2022) “KUNDALIK-OPTIMAL” (7-sinf “O‘zbekiston tarixi” – 2022) “KUNDALIK-OPTIMAL” (7-sinf “Jahon tarixi” – 2022)“KUNDALIK-OPTIMAL” (10-sinf “O‘zbekiston tarixi” – 2022)“KUNDALIK-OPTIMAL” (10-sinf “Jahon tarixi” – 2022) “KUNDALIK-OPTIMAL” (8-sinf “O‘zbekiston tarixi” – 2023) YAQINDA NASHRDAN CHIQISHI KUTILAYOTGAN KITOBLARIM... • “KUNDALIK-OPTIMAL” (8-sinf “Jahon tarixi” – 2024) • “KUNDALIK-OPTIMAL” (9-sinf “Jahon tarixi” – 2024) • “KUNDALIK-OPTIMAL” (9-sinf “O‘zbekiston tarixi” – 2024) 👉 @TESTLIDER – repetitor, testolog Jalol BOLTAYEV kanali! 👉 @TARIX_OMBOR guruhida TARIX fani oid barcha zarur materiallar joylangan!

Aytgancha, masalan, rus tili o‘qituvchilari uchun 49 ta, matematika o‘qituvchilari uchun 34 ta tavsiyaviy manba ko‘rsatilgan. Boshqa fanlarda ham bunday manbalar soni ancha ko‘p. Lekin ular tavsiyaviy. Testologiya nuqtayi nazaridan esa kitobdagi har qanday mayda ma’lumot test uchun material bo‘lavermaydi. Test o‘quvchining muhim bilim va ko‘nikmalarini o‘lchashi kerak, tasodifiy yoki ikkilamchi tafsilotni yod olgan-olmaganini emas. Masalan, bir darslik muallifi bilan suhbatlashganimda u kishi o‘z kitobidagi bir ma’lumot haqida: “Men bu ma’lumotni test tuzish uchun kiritmagandim”, degan edi. Umuman olganda, Baholash markazi ham bu tamoyilni hisobga olsa kerak. O‘tgan galgi imtihonda 35 ta testning 32 tasiga maktab darsliklarini o‘qigan holda javob berish mumkin edi (o‘tgan galgi imtihondagi barcha topshiriqlarni yuqori sifatli deya olmayman, garchi avvalgi imtihonlarga qaraganda nisbatan yaxshiroq bo‘lgan bo‘lsa-da).

Attestatsiya imtihonlari spetsifikatsiyasini ko‘pchilik ko‘rgan bo‘lsa kerak. Unda tavsiyaviy xarakterdagi 16 ta asosiy va 14 ta qo‘shimcha adabiyot keltirilgan. Lekin bundan qo‘rqib, “endi imtihondan o‘tish uchun 30 ta kitobni o‘qish kerak ekan”, degan xulosaga kelish shart emas. Masalan, o‘tgan attestatsiya imtihonidagi savollarni tahlil qiladigan bo‘lsak, 35 ta testning 32 tasiga faqat maktab darsliklarini puxta o‘qigan holda javob berish mumkin edi. Qolgan 3 ta topshiriqning 2 tasi metodik qo‘llanmaga, 1 tasi esa tashqi manbaga borib taqalgan. O‘sha paytda tarqalgan “35 ta savolning 30 tasi boshqa kitoblardan tushdi” degan gap esa haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Bunday gapni aytganlar yo birovdan eshitgan gapiga ko‘r-ko‘rona ishongan, yo bu gapni aytishdan boshqa maqsadi bor. Hozir ham o‘qituvchilarga avvalo yangi maktab darsliklarini puxta o‘zlashtirishni tavsiya qilaman. Chunki ko‘pchilik yangi darsliklarni hali yetarlicha o‘zlashtirmasdan turib, qo‘shimcha adabiyotlarga o‘tishga shoshiladi. Bu to‘g‘ri yondashuv emas. Ro‘yxatda tavsiya etilgan, tarix fanlari doktori, professor Akbar Zamonov boshchiligida yozilgan barcha kitoblarni o‘qib chiqqanman. Ular, albatta, qiziqarli va foydali. Lekin o‘qituvchilar attestatsiya imtihoniga tayyorgarlik ko‘rishda, birinchi navbatda, maktab darsliklarini puxta o‘zlashtirgani ma’qul. Biz shu yondashuv bilan doim yuqori natija qilib kelyapmiz. 👉 @TESTLIDER

Yangi Milliy o‘quv dasturi muhokamada: dasturda nimalar nazarda tutilgan? Majburiy umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarga
Yangi Milliy o‘quv dasturi muhokamada: dasturda nimalar nazarda tutilgan? Majburiy umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarga nimalarni o‘rgatish, qanday bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda buning maqsadi qanday bo‘lishi "curriculum" deb ataluvchi hujjat – Milliy o‘quv dasturida belgilab beriladi. Ammo O‘zbekistonda vaziyat boshqacha. Ya’ni, 2023-yildan buyon 6 milliondan ortiq o‘quvchining ta’lim olishini belgilab beruvchi, ular nimani va qanday maqsadda o‘rganishini aniq ko‘rsatib turadigan yagona hujjat amalda to‘laqonli ishlamayotgandi.  2025-yilgacha maktablarga tatbiq etilishi kerak bo‘lgan Milliy o‘quv dasturi 2026-yilga kelib, yana qayta tahrirlanib, jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim qilindi. Xo'sh, takomillashtirilgan yangi Milliy o'quv dasturida nimalar nazarda tutilgan? Qanday o'zgarishlar bor? Qisqacha tafsilotlar bilan saytimizda tanishing. Batafsil https://xalqtaliminfo.uz/post/1708 Telegramda o'qish
Ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklarni @xalqtaliminfo'da kuzatib boring.
Telegram l Instagram l YouTube