es
Feedback

¡No caigas en manos de tramposos! Telemetrio encuentra y marca estos canales 👉 Si quieres ver la etiqueta, suscríbete

Kitoblar olami

Kitoblar olami

Ir al canal en Telegram

Noyob elektron va audio kitoblar olami. Top elektron kitob: t.me/kitoblar1/4684 Top audio kitoblar: t.me/kitoblar1/5528 Aloqa uchun: @kitoblar1bot Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139

Mostrar más

📈 Análisis del canal de Telegram Kitoblar olami

El canal Kitoblar olami (@kitoblar1) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 34 589 suscriptores, ocupando la posición 868 en la categoría Libros y el puesto 2 263 en la región Uzbekistán.

📊 Métricas de audiencia y dinámica

Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 34 589 suscriptores.

Según los últimos datos del 30 octubre, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de -181, y en las últimas 24 horas de -24, conservando un alto alcance.

  • Estado de verificación: No verificado
  • Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 13.19%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 5.55% de reacciones respecto al total de suscriptores.
  • Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 4 564 visualizaciones. En el primer día suele acumular 1 921 visualizaciones.
  • Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 25.

📝 Descripción y política de contenido

El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
“Noyob elektron va audio kitoblar olami. Top elektron kitob: t.me/kitoblar1/4684 Top audio kitoblar: t.me/kitoblar1/5528 Aloqa uchun: @kitoblar1bot Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139”

Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 31 octubre, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Libros.

34 589
Suscriptores
-2424 horas
-1747 días
-18130 días
Archivo de publicaciones
📣Dam olish onlari ham aqlni charxlash, ham hordiq olish uchun munosib taklif2️⃣ 🎬 "Indiana Jons" (1-4) 🎬 "Sen mening uyimsan" 🎬 "Avatar" 🎬 "Dastlabki kod" 🎬 "Podolsk kursantlari" 🎬 "Shindler ro‘yxati" 🎬 "Yaxshi, Yomon va yovuz" 🎬 "Ayla: Urush qizi" 🎬Ilohiy ishq 🎬 "Qo'lingdan kelsa tutib ol" 🎬 "Qochqin" 🎬 "Niqob" 🎬 "Chernobil" (serial) 🎬 "Shamollarda qolgan hislarim" 🎬 "Otam va o‘g‘lim" 🎬 "Farengeyt bo'yicha 451" 🎬 "Maymunlar sayyorasi" (1-3) 🎬 "Botmagan quyosh" 🎬 "Qirol nutqi" 🎬 "Qora quti" 🎬 "Mavritaniyalik" 🎬 "Imom Abu Iso Muhammad Termiziy" 🎬 "Zakovatli Uill Xanting" 🎬 "Bir paytlar Gollivudda" 🎬 "Katta askar" 🎬 "Sevastopol mudofaasi" 🎬 "Aviator" 🎬 "Jek va loviya poyasi" 🎬 "Imom Al-Buxoriy" 🎬 "Karta, Pul va ikki miltiq" 🎬 "So'nggi legion" 🎬 "Novda" 🎬 "La'natlanganlar oroli" 🎬 "Muxojir" 🎬 "Aloqa" 🎬 "Oydin kecha" 🎬 "Zanjir" (serial) 🎬 "Maxsus topshiriq" 🎬 "Kutubxonachi" (1-2) 🎬 "Zamin Farzandi" 🎬 "Marslik" 🎬 "Hasad" 🎬 "Baxt ortidan quvib" 🎬 "Forrest Gamp" 🎬 "Karib dengizi qaroqchilari" (1-5) 🎬 "12 yil qullikda" 🎬 "Oydin kecha" 🎬 "Baxt kimyogari" 🎬 "Kar va ko‘r" 🎬 "Hayot go‘zal" 🎬 "Hidoyat yo‘li" 🎬 "Osmondagi bolalar" (1-3) 🎬 "Muqaddima" 🎬 "Shoushenkdan qochish" 🎬 "Jangchilar klubi" 🎬 "Taqdir o‘yini" (serial) 🎬 "Eng yaxshi taklif" 🎬 "G'arbiy frontda o'zgarish yo'q" 🎬 "Ko‘rinmas mehmon"

Abbosbek bilan uchrashishmi? Unda senga SNICKERS kerak! Abbosbek Fayzullayev bilan uchrashishni xohlaysanmi? Unda senga SNICKERS kerak! ⚽️ Abbosbek Fayzullayev bilan shaxsiy uchrashuvda ishtirok etish, shuningdek, o‘yin konsoli, futbol to‘pi, avtografli to‘p va boshqa ko‘plab sovg‘alarni qo‘lga kiritish imkoniyati bor. Hammasi juda oson: 1. Aksiya qadoqdagi SNICKERS sotib ol. 2. Qadoqdagi QR-kodni skaner qil. 3. Xaridingni saytda yoki Telegram-bot orqali ro‘yxatdan o‘tkaz. Har hafta — yangi g‘oliblar!⚡ To‘xtab qolma. Balki keyingi g‘olib — aynan sen bo‘larsan. Batafsil #reklama 16+

​​Yomg‘irli kunda deraza oldida kitob o‘qishday baxt yo‘q. Qalb o‘z maskanini topganday tinchlanadi. 🥲 @kitoblar1
​​Yomg‘irli kunda deraza oldida kitob o‘qishday baxt yo‘q. Qalb o‘z maskanini topganday tinchlanadi. 🥲 @kitoblar1

📖 Abdulla Qodiriy. O‘tkan kunlar (roman)    Adabiyot erkin jamiyatda asl maqsadini ko'rsatib boraveradi. Qandaydir g'oyalar hukmron bo'ladigan tuzumlarda esa u o'sha g'oyalar uchungina xizmat qiladi. Masalan, Navoiyning asarlari yuz yillardan buyon bizning yurtlarda chop etib kelinyapti, lekin nega aynan yosh olim Akrom Malikning "Hayrat ul-abror" ga sharh kitobini biz qayta-qayta o'qishingiz kerakligini ta'kidlayapmiz? Chunki, bu kitobda Navoiy hech bir tuzumga aralashtirilmasdan, o'z holicha ochib berilgan. Navoiy, qaytaramiz va ta'kidlaymiz, HAZRAT Navoiy ummatning fidokori, da'vatchisi, chin mo'min, Islom tushunchalarini obrazlar misolida, turkiy tilda ochib bergan, so'zning buyuk kuchidan ustalik bilan foydalangan yetuk shaxs bo'lganlarini aynan shu kitobdan bilib olishingiz mumkin bo'ladi.    Xo'sh, biz nima uchun bu mavzuni ochdik? Hozir sizlarga tavsiya qilmoqchi bo'lgan kitobimiz o'tgan asrda yozilgan, ko'pchilik kinosi yoki qahramonlari sababli sevgi, kundoshlik haqidagi roman deb o'ylaydigan "O'tkan kunlar" dir. Siz bu kitobni o'qigan bo'lishingiz, voqealar rivojidan boxabar bo'lishingiz mumkindir, lekin, asarning g'oyasini anglolmagan bo'lsangiz, anglaguningizcha qayta-qayta o'qishingiz kerakligini eslatmoqchimiz. Sizga kitobdagi bir jumlani, Qodiriyning Otabek tilidan aytgan fikrini keltirib beramiz: " Mozoristonda "hayya lalfalah"ni kim ham eshitardi? ". Qadrli kitobxon, bu gapdan nimani tushundingiz? Qisqacha tushuntirib berishga harakat qilamiz.   Mozorda qorovuldan boshqa hamma o'lik bo'ladi. Gapirsangiz, hech kim hech nimani eshitmaydi, har holda bizga shunday tuyiladi. Yozuvchi mozoriston deb Turkistonning o'sha paytdagi holatini aytmoqchi bizga. Hammamizga ma'lumki, dinimizda namozga azon chaqirganda "namozga shoshiling" jumlasidan keyin "najotga shoshiling" (hayya lalfalah) deyiladi. Bundan ma'no namozning najot ekanligidadir. Qodiriy najot deb millatning birlashishini nazarda tutadi, chunki o'sha xonliklar davrida ham namoz o'qishgan xalqimiz. Faqat johilliklari sababli birlashish haqida gap ketsa, qabristondagidek o'zlarini eshitmaganga olishgan. Xo'p, unda najot qachon keladi? Qodiriyning aytishicha: "O'z g'arazi yo'lida istibdod orqali el ustiga hukmron bo'lg'uvchilar yo'qotilmas ekanlar, bizga najot yo'qdur... "   Bizningcha, g'oyasi biz uchun suv va havodek zarur bu asarni barchamiz qayta o'qishimiz shart. 📚 @kitoblar1

🏆 Bugun 5 daqiqa kitob o‘qiganga iPhone 18 Pro sovg‘a qilamiz! 😊 30-oktabr “Mutolaa”da “Omadli mutolaa” kuni va bu kunda il
🏆 Bugun 5 daqiqa kitob o‘qiganga iPhone 18 Pro sovg‘a qilamiz! 😊 30-oktabr “Mutolaa”da “Omadli mutolaa” kuni va bu kunda ilovada istalgan kitobni kamida 5 daqiqa o‘qigan hammaga 1 haftalik BEPUL Mutolaa Premium sovgʻa qilinadi. 📱Bugun 5 daqiqa kitob oʻqiganlar orasidan bir kishiga esa Telegram kanalda random tarzda iPhone 18 Pro ham sovg‘a qilamiz!
🤝 Bugundan kitob oʻqish odatini shakllantirishingiz uchun zo’r imkon! Yaxshi tashabbus.
👉 Hoziroq ilovaga kirib, kitob mutolaa qiling: https://me-qr.com/E8U1zNFP

​​Ma’nan yetuk kitoblarni tanlab o‘qi. Aks holda, bir dasta qog‘oz hayotingni zaharlashi mumkin. ✍ Mark Tven 📚 @kitoblar1
​​Ma’nan yetuk kitoblarni tanlab o‘qi. Aks holda, bir dasta qog‘oz hayotingni zaharlashi mumkin. ✍ Mark Tven 📚 @kitoblar1

Ishonilmoq sevilishdan koʻra kattaroq iltifotdir. 📚 @kitoblar1
Ishonilmoq sevilishdan koʻra kattaroq iltifotdir. 📚 @kitoblar1

#Nazmiy 📜 Voy alamjon... Yot uyida "yor-yor" bo‘ldi, voy alamjon, jon alam, Yor o‘zgaga yor bo‘ldi, voy alamjon, jon alam. Yorga ohim yetmasmu, vidolashib ketmasmu, Yangalar hushyor bo‘ldi, voy alamjon, jon alam. Va’da bergan gul qolsin, inshongan bulbul o‘lsin, Muhabbat bozor bo‘ldi, voy alamjon, jon alam. Qochgani yo‘l ko‘p edi, cho‘kkani ko‘l ko‘p edi, Ayriliq shior bo‘ldi, voy alamjon, jon alam. To‘yga borganlar aytsin, yorni ko‘rganlar aytsin, Kimga kim ko‘p zor bo‘ldi, voy alamjon, jon alam. Gado bo‘ldi Mug‘anniy, ado bo‘ldi Mug‘anniy, Suyanganim tor bo‘ldi, voy alamjon, jon alam. ✍️ MUGʻANNIY 🥲 @kitoblar1

Pepsi Qorni och qolganlar va o‘zgacha taassurotlar uchun turli taomlarni tatib ko‘rib, mazalisini topadiganlar uchun. Pepsi b
Pepsi Qorni och qolganlar va o‘zgacha taassurotlar uchun turli taomlarni tatib ko‘rib, mazalisini topadiganlar uchun. Pepsi bilan mazaliroq❤️ Batafsil #reklama instagram.com

✍️ Baxtiyor Abdug‘afur 📖 "Uzbechka" Ushbu asar aslo qahramonlik haqida emas. Zero, shunday davrlar bo‘ladiki, tuzumlar qahramonlarini bemalol rad etadi, ularning jasoratiga ko‘z yumadi. Son-sanoqsiz qurbonlar ko‘zga ko‘rinmaydi, zabt etilgan marralar haqida so‘zlanadi, xolos. Inson qadri va sha’ni unutilgan, uni orzu-umidlar emas, qo‘rquv boshqaradi. Asar qahramoni – oddiy o‘zbek qizi Jamila. Qismati bir-biriga o‘xshab ketadigan minglab askarlarning – qay biri bedarak yo‘qolgan, qay biri begona yurtlarda kafangado bo‘lgan, yana biri asirlik mashaqqatlarini tortgan – ramziy qiyofasi. Jamila – qahramon. Yaratgan uni favqulodda sezgi va jasorat bilan siylagan. Butun salohiyati va iqtidorini dushmanga qarshi safarbar etadi. Qahramonliklar ko‘rsatadi. Ne kulfatki – tuzumning shafqatsiz ishlayotgan jazo mashinasi – uni ham o‘z komiga tortib ketadi. “Ulug‘ dohiy”ning mehnat lagerlaridan biriga hukm qilinadi. Nemislarga asir tushgan sobiq Ittifoq asirlarining taqdirini eslang – Yevropa ozod etildi, Germaniya mavh etildi, sho‘ro asirlari esa Sibirga haydaldi. Ularning aybi – qurshovda qolgani va asirga tushgani. Urush vaqtida frontlarda tuzilgan “jazo” batalonlarini yodingizga keltiring. Ularga hukm qilingan jangchilar tayyor nishon emasmidi? Urushdan keyin ko‘cha-ko‘ylarda qarovsiz qolgan urush nogironlari haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Shulardan muxtasar tarix tartib berib ko‘z oldingizga keltiring.  Urushda faqat g‘alaba qozonilmaydi. G‘oliblarni esa doim go‘zal hayot kutavermaydi. 🥲 @kitoblar1

📌 Har kuni bir dona chuqur ma’noli ibora hayotingizni o‘zgartirishi mumkin... Siz ham oddiy gaplardan zerikdingizmi? Unda bi
📌 Har kuni bir dona chuqur ma’noli ibora hayotingizni o‘zgartirishi mumkin... Siz ham oddiy gaplardan zerikdingizmi? Unda bizning kanal aynan siz uchun 👇 🧠 Falsafiy va hayotiy iboralar 💭 O‘ylashga majbur qiladigan fikrlar 📖 Donolar so‘zlari va motivatsiya 🔥 Har kuni yangi postlar Bu kanal sizni: — chuqurroq fikrlashga — hayotga boshqacha qarashga — va o‘zingizni rivojlantirishga yordam beradi 🚀 Hoziroq qo‘shiling va fikrlaringizni yangi darajaga olib chiqing! 👉 https://t.me/sar_satir

#Kitobdan ​Seni sevadigan inson uchun kurashish mumkin, lekin kimdir seni sevishi uchun kurashilmaydi. 📚 @kitoblar1
#Kitobdan ​Seni sevadigan inson uchun kurashish mumkin, lekin kimdir seni sevishi uchun kurashilmaydi. 📚 @kitoblar1

✍️ Isajon Sulton 📖 "Boqiy darbadar" Shunday asarlar boʻladiki, ularda aks ettirilgan voqealar, uyushtirilgan intrigalar, yaratilgan qahramonlarning fikru oʻyi va harakati – bularning barcha-barchasi nedir bir haqiqatni, muallif oʻquvchiga yetkazmoqchi boʻlgan muayyan bir maqsadni anglatishga, izohlashga, yuqtirishga xizmat qiladi. Bunday asarlarning “anatomiyasi” yuzlab detallardan terib chiqilgan buyumni, asbobni eslatadi. Mana shu buyum, asbob foydalanishga, ishga yaroqli boʻlishi uchun u yoxud bu detal oʻylab topilmogʻi, ularning qayeridandir oʻz joyini egallamogʻi shart boʻlgani singari, boyagi asarning bosh gʻoyasi – aytilmoqchi boʻlgan muhim fikr toʻla-toʻkis oʻquvchiga yetib borishi uchun ham turli voqealar, intrigalar, konfliktlar, qahramonlar uyushtiriladi, “terib chiqiladi”. “Boqiy darbadar” romani toʻgʻrisida esa bunday deb boʻlmaydi. Bu romanda, aynan, teskari manzaraga duch kelamiz. Yaʼni, uning muallifi (yana ham aniqrogʻi – muallif ijodiy tafakkuri) hozirga qadar koʻrgan umri davomida yigʻib-tergani, oʻziga ogʻirlik qilgan shunchalik koʻp savol, ziddiyat, hikmat, ibrat, fikr, oʻy-mulohaza, ishtiboh, gumon, taxmin, qoʻrquv, vahm va yana boshqa insoniyat aqli, onggi, tuygʻusi, hissiyotiga doir kechinmalar qatlamini yaratadiki, ularning har biri toʻgʻrisida alohida kitob bitmoq, kunlab munozara olib bormoq mumkin. Asosiy voqealar olimlarning maxsus laboratoriyada uzoq yillar tajriba o‘tkazib, har jihatdan mukammal, “Tangrining irodasiga isyon o‘laroq, ya’ni u belgilab bergan hayot-mamot va taqdir chegaralaridan jasurona sakrab o‘tib, halokatli barcha ta’sirlarga chidamli va jarohatlangan a’zosini tezda tuzata oladigan, boz ustiga, aqlu tafakkur jihatidan sizu bizdan bir necha baravar ustun” turadigan qo‘lbola sun’iy insonni dunyoga keltirish harakatlari atrofida kechadi. Olimlar juda ko‘p urinishlar oxirida bunga erishadilar ham. Ammo kutilmaganda… 📚 @kitoblar1

STING STING — "Formula 1"ning rasmiy hamkori. Poyga tezligi, g‘ayrati va his-tuyg‘ulari har bir lahzani ruhlantiradi. Startga
+1
STING STING — "Formula 1"ning rasmiy hamkori. Poyga tezligi, g‘ayrati va his-tuyg‘ulari har bir lahzani ruhlantiradi. Startga. Diqqat. STING. Batafsil #reklama instagram.com

#Hikoya ​​So‘nggi uchrashuv — Bugun oxirgi uchrashuvimiz, - dedi qiz ko‘zlari quvnab. — Ha, - dedi yigit ham uning qo‘lini mahkam siqarkan. — Endi boshqa uchrashmaymiz, doim birga bo‘lamiz. Ertaga to‘yimiz... 📚 @kitoblar1

#Kitobdan Sertabassum kishi muvaffaqiyatga tez erishadi. Chunki u o'zining beg'ubor tabbasumi bilan o'zgalar qalbini tez egal
#Kitobdan Sertabassum kishi muvaffaqiyatga tez erishadi. Chunki u o'zining beg'ubor tabbasumi bilan o'zgalar qalbini tez egallaydi. Shoir Asma'iy aytadi: "Ish tufayli maqsadga yetib bordik. Shirin so'zlar tufayli esa, unga erishib qo'ya qoldik!". 📖Doktor Oiz Qarniy. "Tabassum qiling" 📚 @kitoblar1

LINEKS FORTE BILAN Sizning ichaklaringiz yaxshi holatda - Diareyani samarali bartaraf etadi - Ichak faoliyatini normallashtiradi Sotib olish Nojoʻya taʼsirlari mavjud. Shifokor bilan maslahatlashing. #reklama apteka.uz

​​Kel, yashirib qo‘yayin seni yurakning eng chuqur yeriga. Keyin sen ham yashirgin meni yurakning eng chuqur yeriga. Topolmas
​​Kel, yashirib qo‘yayin seni yurakning eng chuqur yeriga. Keyin sen ham yashirgin meni yurakning eng chuqur yeriga. Topolmasin bizlarni birov! ✍️ Shavkat RAHMON 🥲 @kitoblar1

Ozon O'zbekiston endi Telegram'da Barchaga salom! Bu Ozon O'zbekiston marketpleysining Telegram'dagi rasmiy sahifasi. Bu yerd
Ozon O'zbekiston endi Telegram'da Barchaga salom! Bu Ozon O'zbekiston marketpleysining Telegram'dagi rasmiy sahifasi. Bu yerda aksiyalarimiz va eng foydali takliflarimiz haqida so'zlab beramiz, kompaniya yangiliklari bilan bo'lishamiz, foydali to'plamlarni joylashtiramiz va, albatta, ko'p hazillashamiz! Obuna bo'ling, sizni ko'rishdan juda xursand bo'lamiz! ❤️ Obuna boʻlish #reklama

📖 "Jaziramadagi odamlar" ✍ Luqmon Bo'rixon Asarda 41-shirkat aholisi bo‘lmish cho‘lquvarlarning gohi sururli, gohi alamli, jo‘shqin voqea-hodisalarga to‘la hayoti aks etadi. Ko‘kalamzor qishloqlaridan cho‘lni obod qilish maqsadida kelgan qishloq odamlarining cho‘lga moslashishi og‘ir kechadi.  Asar Samad ismli yigitcha tilidan hikoya qilinadi. Bola atrofidagi ko‘plab insonlarning xarakteri va yashash tarzlarini kinoyalar orqali ochib berishga urinadi. Asarda yumor, piching, kinoya yetakchilik qiladi. Kitobxon 41-shirkat odamlarini umumiy tarzda sodda, go‘l, zamondan biroz ortda degan tushunchalarga borishi mumkin. Ammo ularning o‘ziga yarasha ayyorligini, quvligini, riyokorliklarini hikoyachining kinoyalaridan anglab olishimiz mumkin. Samadning yon qo‘shnisi bo‘lmish O‘roqvoy shaharda o‘qirdi va u kutilmaganda Lolaxon ismli shaharlik qizni bir kun ichida to‘y qilib olib keladi. Samad bolalik muhabbati bilan Lolaxonga bog‘lanib qoladi va unda ayolga nisbatan beg‘ubor sevgi paydo bo‘ladi. Lolaxon va O‘roq bitta farzandli bo‘lgach O‘roqvoyni harbiy xizmatga chaqirtirishadi. Afsuski, ko‘p o‘tmay uning jasadi temir sandiqda keladi. Qisqa muddat ichida qishloq aholisi O‘roqni qahramon hisoblab haykalini o‘rnatishadi va Lolaxonni uning bevasi sifatida sadoqat timsoliga aylantirishadi.  Bid’at va xurofotlarga mukkasidan ketgan odamlar endi kimning to‘yi bo‘lsa, kelin va kuyov O‘roqvoyning haykali poyiga gul qo‘yib, haykal yonida turgan Lolaxonni tavof qilish odatini o‘ylab topishadi.  O‘roqning ukasi Ashur asarda ko‘zbo‘yamachi, qayerda janjal bo‘lsa hozir-u nozir, umuman olganda, qishloqning old yigiti etib tasvirlanadi.  Bir kuni qishloqda to‘y bo‘ladi. Butun qishloq aholisi to‘yga boradi. Ammo Lolaxon beva ekani va o‘zini endi to‘ylarda ko‘rish boshqalarga erish tuyulib qolgani sabab uyida qoladi. Shu payt Samad ham o‘rtog‘i Durbek bilan isiriq uchun uyidagi molxonaga kirishadi. Ular Lolaxonning kim bilandir erkalanib shivirlashayotganini eshitib qolishadi. Durbek Samadning hay-haylashiga-da qaramay to‘yxona tomonga yuguradi. Yo‘lda Ashur o‘rtoqlari bilan mast holatda kelayotgandi.  Durbek suyunchi olishga shoshilgan boladek yugurib Ashurga hammasini aytib beradi... Lolaxon judayam chiroyli, yosh, hayotga chanqoq, muhabbatga tashna edi. Uning butun hayoti oldinda, sevib sevilib, yayrab-yashnab umr kechirishga yuz foiz haqqi bor edi. Ammo bu bilan hech kim hisoblashmadi. Lolaxonning istaklari, fikri bilan qiziqilmadi. Sadoqat ma’budasi sifatida ko‘kka ko‘tarilib, ilohaga aylantirildi.  Vaholanki, insonning, ayolning o‘z tabiiy ehtiyojlari, tabiat tomonidan belgilab qo‘yilgan qonuniyatlari mavjud. Shunday ekan, bunday ehtiyojni jilovlashga odamzod qodir emas. Jilovlashning o‘zi umuman kerak emas. Lolaxon yana qayta turmush qurishi, farzandli bo‘lishi, qaysidir bir yelkaga suyanishi mumkin edi. Afsuski, qishloq ahlining keraksiz bid’at-xurofotlarining qurboniga aylandi.  Kechagina Lolaxonni olqishlab, ko‘kka ko‘tarib turgan riyokor olomon o‘limidan so‘ng uning sha’nini yer bilan yakson qildi. To‘ydan so‘ng 9 oyga yetmay tug‘ib qo‘ygani birdan ularning yodiga tushib, buzuqqa chiqarishdi. Sharmsiz ayol sifatida haqorat qilishdi.  Asarda yana bir qancha qahramonlar, ramziy obrazlar mavjud. Ular orqali adib to‘ylardagi ortiqcha dabdaba, ichkilikbozlik, riyokorlik, g‘iybatchilik singari illatlarni ochib bergan. Xalqimizning bema’ni an’ana va urf-odatlari qoralanib, yaxshi fazilatlari ulug‘langan.  Yuqorida cho‘lning isyoni, sarkashligi haqida so‘z aytgandik. Cho‘lni bo‘ysundirishga urinish bekor ketganidek, insonni tabiiy ehtiyojlarini jilovlash ham fojia bilan yakunlandi. Shunday ekan, tabiat yaratgan qoidalarga aralashish, uni jilovlashga, o‘zgartirishga urinish yaxshi oqibatlar keltirmaydi. Har narsa shunday mukammallik bilan yaratilganki, unga ortiqcha omil qo‘shish ham, olib tashlash ham mumkin emas… 🥲 @kitoblar1