cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

EKOLOG.UZ| UZ🇺🇿

Ekologiya boʻyicha eng soʻnggi yangiliklar. @ekologuz🇺🇿Последние новости на экологические темы из Узбекистана. @ekologuzru🇷🇺 The latest news on environmental issues from Uzbekistan @ekologuzenglish🇬🇧 Savol va takliflar uchun bot: @eklguz_bot

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
25 758
Suscriptores
-124 horas
-1097 días
-2 25330 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Dala yonmoqda... Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani Yangiobod hududi 20-inyu' kuppa kunduzda dalani yoqib yuborgan fermerimiz, qilmishidan hulosa qilmaganga o‘xshaydi . Bugun o‘sha dala maydonini yana yoqib yuboribdi . Dalani yoqish oqibatida u yerjda yashaydigan sudralib yuruvchilar, hasharotlar, qushlar nobud bo‘ladi. Atmosfera ifloslanadi. Fermarlarimizga insof tilab, albatta qonuniy tarzda huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarni jazoga tortilishini so'rab qolamiz ☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling @eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning
Mostrar todo...
video_2024-07-03_07-37-29.mp41.56 MB
video_2024-07-03_07-37-33.mp44.86 MB
😢 1
Olmaliq shahridagi boshpanasiz mushuklari muammosini hal qilishda yordam so‘rab “Ekolog” jamoat birlashmasiga qo‘ng‘iroq qilishdi. Ko‘p qavatli uyda yashovchi fuqaro va pastdagi mushuklarni ovqatlantirib yurgan qo‘shnisi o‘rtasida janjal kelib chiqqan, shundan so‘ng ichki ishlarga murojaat qilingan. “Ekolog” jamoat birlashmasi ko‘ngillilari Olmaliq shahridagi mahalla qo‘mitasida bo‘lib, mahalla raisi va profilaktika inspektori bilan birgalikda xonadon aholisi bilan suhbatlashdi, o‘zaro muloqotda bo‘lgan tomonlar yarashtirildi. Va bir biriga qarshi yozgan arizalarini qaqaytarib olishdi. Olmaliq shahridan kelgusida bunday muammolarni hal qilish, boshpanasiz hayvonlarga yordam berish uchun ekoko'ngillilar jalb qilindi, mushuklar asta-sekin sterilizatsiya qilinadi, parazitlarga qarshi davolanadi va oziqlantirish joyining tozaligi nazorat qilinadi. Suhbatni o‘tkazish va tomonlarni yarashtirishda yordam va ko‘mak bergan “G‘afur G‘ulom” nomidagi mahalla qo‘mitasi raisi Egamqulov Eldor va profilaktika inspektori Nishonov Sirojiddinga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Aziz yurtdoshlar, boshpanasiz jonivorlar ham Alloh tomonidan yaratilgan, ularning ham yashashga haqqi bor. Keling ular bilan uyg‘unlikda yashaylik! "Ekolog" jamoat birlashmasining ko‘ngillilar safiga qo‘shiling. Birgalikda O‘zbekistonimiz jonivorlarini himoya qilaylik! ☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling @eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning
Mostrar todo...
🔥 1
00:41
Video unavailableShow in Telegram
Somon yoqib, ofat keltirmang Ekologlarning aniqlashlaricha, 1 gektar maydonda boshoqli don poyasi yoqilganda, atmosferaga 500 gramm azot oksidi, 379 gramm uglevodorod, 3 kilogramm kul, 20 kilogramm is gazi va uglerod oksidi kabi zaharli gazlar tarqaladi. Shu kunlarda somon poyalarini yoqilishi odatiy holga aylanib qoldi. Lekin buning oqibati global iqlim o‘zgarishiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi haqida o‘ylab ham ko‘rmayapmiz. Oqibatda tirik organizmlarning nafas olishi qiyinlashib, turli kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Tuproq strukturasi buzilib, eroziya kuchayadi va hosildorlik kamayishi, shuningdek, hududdagi mavjud foydali hashorotlar va sudralib yuruvchi jonivorlar nobud bo‘lishi, dala chetidagi o‘simlik dunyosiga zarar yetishi mumkin. Ayanchlisi, ayni kunlarda Andijon viloyatining Izboskan tumanidagi aksariyat fermer xo‘jaligi yerlarida bug‘doydan bo‘shagan yerlarda somonlarga o‘t qo‘yish holatlari uchramoqdaki, bu odamlarning ekologik madaniyati yetishmasligidanmi yoki tabiatga bo‘lgan munosati shu darajada pastmi, deya o‘ylanib qolasan. Odatda, bunday vaziyatni sodir etib, ekologik ofat keltiruvchilar takroriy ekin ekish uchun yerni bo‘shatib, tezroq haydashga tayyorlash kerakligini bahona qilishadi. Lekin aslida, ular somon qoldiqlarini yig‘ib olish va chiqindilarni ko‘mib kompost qilishdan erinib, undan tezroq qutulish yo‘lida bunday harakatlarni ma'qul ko‘rishmoqda. Nahotki, ular bu qilmishlari bilan katta muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini anglab yetmaydi? Qolaversa, har bir tumandagi nari borsa 6-7 kishidan iborat ekologiya xodimlari ularning qaysi birini to‘xtatib qola oladi? Aftidan, somon yoqib atrof-muhitga ziyon yetkazayotganlarga ma'muriy javobgarlik choralarini kuchaytirish lozimga o‘xshaydi? Anvarjon HALIMOV ☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling @eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning
Mostrar todo...
video_2024-07-03_07-22-57.mp413.13 MB
👍 3
Qurbaqalar va baqalar bir biridan farq qiladimi? Ko'p odamlar qurbaqa va baqalar bir xil jonzot deb o'ylashadi. Ammo bu to‘g‘ri emas. Mazkur amfibiyalar bir biridan farqlanadi. Baqalar odatda juda silliq teriga ega, ular hatto jonzot suvdan tashqarida bo'lganda ham nam ko'rinishda bo‘ladi. Buning sababi shundaki, baqalar terisi orqali qisman nafas oladi va namlovchi moddani ajratib turadigan maxsus bezlarga ega. Bundan farqli o'laroq, qurbaqalar g‘adir-budur terisi va quruq ko'rinishi bilan mashhur. Baqalar yaxshi sakrashadi. Ba'zilar tana o'lchamidan 20 barobargacha masofaga sakrashlari mumkin. Qurbaqa umuman sakramaydi, balki emaklab harakatlanadi. ularning oyoqlari qisqaroqdir. Qurbaqalar odatda baqalarga qaraganda kattaroq, terisi qalinroq bo‘ladi. Agar siz yo'lni kesib o'tmoqchi bo'lgan amfibiyani ko'rsangiz, u qurbaqa bo'lishi mumkin. Baqalar uzoq vaqt suvsiz yashay olmaydilar, shuning uchun ular kamdan-kam hollarda suvdan chiqib ketishadi, qurbaqalar esa turmush o'rtog'i yoki oziq-ovqat manbai topish uchun uzoqroqqa sayohat qilishadi. Hammamiz eshitadigan qurillash ovozini faqat erkak qurbaqa chiqaradi ☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling @eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning
Mostrar todo...
👍 3 2🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Hyundai itlar uchun avtonom avtomobil chiqardi Dogability sizning uy hayvonlaringizni mustaqil ravishda parkga yoki veterinarga olib borishi mumkin. Mashina burun izi asosida ishga tushadi va mo'ynali do'stingiz yomg'irda ho'l bo'lib qolsa qurita oladi.
Mostrar todo...
🔥 2 1
00:40
Video unavailableShow in Telegram
🌳 Daraxt bizning najotimiz -issiq, ifloslangan havodan. Daraxtlarning tomirlari 3 tonnagacha suv ushlab turadi. Daraxt bor joyda salqinlik, xotirjamlik hukm suradi. Daraxt bor joyda qushlar sayraydi, inson to‘yib-to‘yib nafas oladi. Daraxtlar yomg‘ir yog‘diradi. 🌲Siz ko‘chat eka olmasangiz, yegan mevangizning danagini chiqindiga tashlamang. Ularni yig‘ib suvli joyga seping. 🌳 Har bir danak, bitta daraxt demakdir! ☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling Biz bilan @eklguz_bot orqali bog'laning Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
Mostrar todo...
IMG_0614.MOV31.44 MB
6🔥 1💯 1
Nega bo‘z echkiemar  populyatsiyasini saqlab qolishimiz kerak? Echkiemarlar foydalimi? Nega bo‘z echkiemar  yo'q bo'lib ketish arafasida? Bo‘z echkiemar Markaziy Osiyoda eng yirik sudraluvchi hisoblanadi. Bo‘z echkiemarlar va ilonlar asosan kemiruvchilar bilan oziqlanadi. Kemiruvchilar vabo tashuvchilardir. Agar ilonlar va kaltakesaklar bo'lmaganida, vabo epidemiyasi boshlangan bo‘lardi. Kichik echkiemarchalap chigirtka va boshqa hasharotlar bilan oziqlanadi.  Echkiemar va  ilonlarning go'shti saraton kasalligini davolamaydi, balki kasallikni yanada chuqurlashtiradi. Bo‘z echkiemar  O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan bo‘lib, uni tutish va o‘ldirish uchun jarima miqdori 34 million so‘mni tashkil etadi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya institutining kichik ilmiy xodimi Temur Abduraupov va Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi bioxilma-xillik bo‘limi xodimi Tolib Normatov, “Ekolog” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Nargis Qosimovalar ishtirokchilarga so‘zlab berishdi. Jizzaxda “Ekolog” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan Yashil jamg‘armaning moliyaviy  ko‘magida mahalla faollari uchun tashkil etilgan trening muvaffaqiyatli o‘tdi.  Xuddi shunday treninglar Navoiy, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ham bo‘lib o‘tadi. ☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling @eklguz_bot orqali biz bilan bog'laning
Mostrar todo...
3.02 MB
👍 2🔥 2
00:23
Video unavailableShow in Telegram
7.72 MB
Toshkent shahar Olmazor tumani Usta shirin ko‘chasi, Jomiy krugga bormasdan yo‘ldagi daraxtlarni butalab tashlashmoqda. "Yozning jaziramasida butalash mumkinmi? Kim ularga ruxsat bergan? O‘zi Olmazorda birorta daraxt qolmadi. Moratoriy sabab ularni shoxlaridan mahrum qilib kesishmoqchi ko‘rinishadi. Bu palma emas-ku kesib tashlashsa shoxlarini", deydi holat haqida xabar bergan kuzatuvchimiz. Toshkent shahar ekologiya boshqarmasidan ushbu holat yuzasidan munosabat kutib qolamiz. 📍Manzil (Геопозиция) ☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling Biz bilan @eklguz_bot orqali bog'laning Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
Mostrar todo...
2.03 MB
🤬 3 1😢 1
Toshkent shahri Olmazor tumani, Qoraqamish 2/1 "Bo‘ston" mahallasi 43 ko‘p qavatli xonadonlar oldidagi daraxt qurib qolgan yaqinda sinib tushadi ekan. "O‘rik daraxti juda tez quriydi. Shu sabab shoxlari ham mustahkamligini yo‘qotib tez-tez sinadi. Qishda bita shoxi singandi. Hozir yana bir shoxi singan. Mahallaga ko‘p marotaba aytdik, menimcha kimningdir ustiga tushib nogiron qilganida yoki o‘limiga sabab bo‘lganda bartaraf etishadi. Sizlardan iltimos shu muammomizni hal etishda ko‘maklashinglar. Biz daraxtlarga ziyon yetkazishlari va kesishlariga qarshimiz. Ammo singan shoxlari xavfli deb bilamiz", deydi holat haqida xabar bergan kuzatuvchimiz. Tegishli tashkilotlardan ushbu murojaatni ijobiy hal etishda amaliy yordam so‘raymiz. ☘️ @ekologuz kanaliga obuna bo'ling Biz bilan @eklguz_bot orqali bog'laning Instagram | Facebook | Twitter | Sayt
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.