cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Kitobsevar qiz kundaligi

♡Kitoblar ♡Talaba hayoti ♡Ijodkorlik ♡Ozgina yumor • @booklover_girlinstagram.com/kitobsevar_qiz ©️Durdona Raxmiddinova

Mostrar más
Tayikistán7 550El idioma no está especificadoLibros18 579
Publicaciones publicitarias
198
Suscriptores
Sin datos24 horas
-27 días
-1130 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Yaqin orada biror kitob meni gazeta.uz ning abituriyentlarga atalgan maqolasichalik yig‘lata olmagandi. Men uchun o‘tmishga aylangan o‘sha abituriyentlik davrlarim esimga tushdi. Maqolada aytilgan qishloqda 2oylik "kazarma" bo‘lsa, menda 2yillik shunday "kazarma" hayoti bo‘lgan. Lekin hozir maqoladagi jonli rasmlarni ko‘rib hayajon va adrenalin bilan birga charchoqlar, stresslar ichida o‘tgan kunlarimga qaramasdan o‘sha davrlarni juda sog‘inganimni his qildim. Ko‘zlarim o‘z-o‘zidan yoshlandi. Birinchi yili SamDu ga o‘qishga kirganimda oliy ta'lim tizimidan shunchalar ko‘nglim qolganki,o‘ylaganim sari ,bor yo‘g‘i shu bemani o‘qish uchun nega bunchalar qiynalib tayyorlanganim alam qilardi. O‘qishga kirganimning birinchi oylari bo‘m-bo‘sh bo‘lib qolgandim. U joyda ikki yil "o‘qib", agar shunday davom etsam o‘zimdagi bilim olishga bo‘lgan qiziqishini butunlay yo‘qolishini bilib,yozda qaytadan 2haftalik o‘sha" kazarma"hayotiga qaytdim. Natijasi—o‘zim orzu qilgan kasbda, qisman bo‘lsada bilim beradigan joyda o‘qiyapman, bo‘lajak shifokorman... Maqolani esa o‘qib chiqishingizni tavsiya qilaman. Balki kimgadir abituriyentligida unutilgan orzularini eslatar.. Oxiridagi fikrlarga esa 100%qo‘shilaman. @kitobsevar_qiz https://www.gazeta.uz/uz/2023/07/15/kazarma/
Mostrar todo...
Қишлоқдаги абитуриент дўстимга

Фотосуратчи Холида Мусулмон 2022 йил июль ойида Жиззах вилояти Ғаллаорол туманидаги хонадонларнинг бирида ташкил этилган абитуриентларнинг ўзига хос тайёрлов марказида икки кун яшаб, уларнинг ўқиш ва турмуш шароитларини тасвирга туширган эди. «Газета.uz» унинг фотоҳикоясини тақдим этади.

#nazm Senlab so‘zlaganni sen ham sizlama, Ayovsiz yo‘llardan taskin izlama. Bir chetga surib qo‘y xotiralarni, Seni unutganni sen ham eslama. Yaxshisi, gullarga uzoqroq tikil, Senga erkalanib egilsa egil. Tog‘lar poyidagi sharshara misol, O‘zingni parchalab sochilma ko‘ngil. Dardlaring ko‘p bo‘lsa, yulduzlarga ayt, Tunlar kamlik qilsa kunduzlarga ayt, Yozga, kuzga yoril, qishga yolvorgil, Qaldirg‘ochlar kabi shamollarga ayt... Gullardan chopqirroq shamol bo‘l ko‘nglim, Gullarga yo‘g‘rilgan hayol bo‘l ko‘nglim. Yulduzlardan baland, oydan yorug‘roq, Sen hammadan mag‘rur ayol bo‘l ko‘nglim. @kitobsevar_qiz
Mostrar todo...
1.17 MB
Qaytishi yoʻq manzil "Nimani unutishni istasak,undan qutulolmaymiz". Kecha biror roman oʻqishga kuchli xohish sezdim.Hayotim monoton va zerikarli tuyula boshladi.Shu ikki sababdan xonadoshimning kitoblari orasidan tavakkaliga bir kitob tanladim.Muqovadagi soʻzlar ayni holatimga mosdek tuyuldi:"Hayot qadriga yetish uchun oʻqishga arzirli kitob". Koʻpchilik kitobxonlar Elchin Safarlining bu kitobi haqida salbiy fikrlar bildirishadi.Ochiqchasiga aytadigan boʻlsam, kitob bir foxisha ayolning kundalikdagi fikrlaridan—uning hayot yoʻlidan yozilgan.Lekin bunday taʼrif berish mening uslubimga zid. Kitob —bir adashgan va kelajak haqidagi orzularsiz yashashga koʻnikkan ayolning qanday qilib tinch hamda oʻtmish haqidagi oʻylarsiz hayotga qaytgani haqida. Kitobda Safarliga xos atmosfera bor: dengiz tasviri, sevgi, falsafiy qarashlar,biroz mavhumlik,yozuvchi shaxsiyatining bosh qahramonga aloqadorligi... Kitobni oxirigacha oʻqishga undagan narsalar: qahramonning oʻzi haqida oʻzini oqlamasdan ochiq yozganligi, hech qanday chiqish yoʻli yoʻq boʻlgan vaziyatlardan qanday chiqqaniga bilishga qiziqishdir... Bilasizmi, bunday murakkab taqdirlar haqida oʻqib,oʻzimga tashqaridan qarayman.Shunda Men uchun "murakkab" tuyulgan vaziyatlarimga javob topishim osonlashadi. Kitobni oʻqish yoki oʻqimaslik haqida hech qanday fikr bildirmayman.Men na Safargi fanatlari,na uning tanqidchilari safidaman.Men adabiyot tarafidaman:) @kitobsevar_qiz
Mostrar todo...

Открыть комментарии
Garri Potter Garri Potter haqida eshitmagan yoki hech bo‘lmasa kinolarini ko‘rmagan kishi kam bo‘lsa kerak.Hogwart,sehrli tayoqchalar,afsunlar... Men uch yillar oldin Garri Potterning haqiqiy "fanati" bo‘lganman.Barcha kitoblarini (8ta edi adashmasam) juda oz vaqt ichida elektron dasturdan o‘qib chiqqanman,u haqidagi telegram kanalda admin bo‘lganman va Garrining muxlislari bo‘lgan turli viloyatdan ko‘p o‘rtoqlar bilan tanishganman.Garchi hozir Garri Potter va o‘sha davrdagi tanishlarim bilan yaqin aloqada bo‘lmasak-da,bu menga juda iliq va yorqin xotiralar qoldirgan.Ayniqsa ushbu musiqali quticha!Sovg‘a edi. Garri Potter va uning do‘stlaridan ko‘p narsa o‘rganganman, ayniqsa sadoqatni. Hozir uch yillik xotiralarimni orasidan "Garri Potter" deb qidiruv berganimda hayolimga birinchi bo‘lib shu so‘z keldi... Kinolaridan ko‘ra kitoblari juda qiziq va shiddatli. Men bir necha oygacha ta'siridan chiqolmaganman. Uzoq va sarguzashtlarga boy mutolaa xohlovchilariga ushbu kitoblar to‘plamimi o‘qishni tavsiya qilaman. @kitobsevar_qiz
Mostrar todo...

Открыть комментарии
Garri Potter Garri Potter haqida eshitmagan yoki hech bo‘lmasa kinolarini ko‘rmagan kishi kam bo‘lsa kerak.Hogwart,sehrli tayoqchalar,afsunlar... Men uch yillar oldin Garri Potterning haqiqiy "fanati" bo‘lganman.Barcha kitoblarini (8ta edi adashmasam) juda oz vaqt ichida elektron dasturdan o‘qib chiqqanman,u haqidagi telegram kanalda admin bo‘lganman va Garrining muxlislari bo‘lgan turli viloyatdan ko‘p o‘rtoqlar bilan tanishganman.Garchi hozir Garri Potter va o‘sha davrdagi tanishlarim bilan yaqin aloqada bo‘lmasak-da,bu menga juda iliq va yorqin xotiralar qoldirgan.Ayniqsa ushbu musiqali quticha!Sovg‘a edi. Garri Potter va uning do‘stlaridan ko‘p narsa o‘rganganman, ayniqsa sadoqatni. Hozir uch yillik xotiralarimni orasidan "Garri Potter" deb qidiruv berganimda hayolimga birinchi bo‘lib shu so‘z keldi... Kinolaridan ko‘ra kitoblari juda qiziq va shiddatli. Men bir necha oygacha ta'siridan chiqolmaganman. Uzoq va sarguzashtlarga boy mutolaa xohlovchilariga ushbu kitoblar to‘plamimi o‘qishni tavsiya qilaman. @kitobsevar_qiz
Mostrar todo...

"Мени нимам Худога хуш келдийкин, ўт ҳам ёндирмади, сув ҳам ўз бағрига тортолмади, ўқ ўтмади, бу менинг бахтимми ё жондан тўйган имда ҳам ажал олмагани – бахтсизлигиммикин, кўп ўйладим, аниқ жавоб тополмадим. Ҳали мақсадга етишгунча қанча кўргуликлар борийкин. Тақдирни тўғри тушунганимданмикин, мени тақдир қаттиқ қўли билан бўлса-да омон сақлаб келмоқда. Ботир юрагим йўқ, шундай бўлишига қарамай, қўрқоқ ҳам эмасман. Ёлғон сўзлаб, қабиҳ ишлар қилмадим. Аччиқ бўлса-да, ҳақиқатни яхши кўрардим. Деярли доим ўзимни бир хилда сақлашга уринардим. Қаттиқ севиниб, қаттиқ хафа бўлмасдим. Худога шукр қилиб, таваккал қилардим. Одамларнинг хатти-ҳаракатларини ўрганардим, бирдек баробар муолмада бўлиб, боримни аямай, йўғимни ҳеч кимдан сўрамасдим." Urushning to‘rt daftari Mana necha kundirki, kech bo‘lishini va jurnalist Aziza Qurbonova telegram kanalida berib borilayotgan ushbu to‘rt daftarning yozmalarini o‘qishni kutaman. Entikib, yig‘lab o‘qiyman ba'zan. Insonning vujudi va ruhi qanchalik chidamli bo‘lishi mumkinligini, urushning haqiqiy yuzining real tasvirlarini o‘qish meni chuqur hayollarga qoldiradi. Urush haqidagi badiiy kitoblarni qanchalik berilib o‘qimay ko‘nglimning bir chetida baribir badiiyot berilgan yoxud bo‘rttirilgan fikri turardi. Lekin bu daftarlar yozuvchi bo‘lmagan kishining urush yillarida yozgan kundaliklari bo‘lganligi uchun endi urush haqidagi tasavvurlarim tiniqlashdi, og‘irlashdi ham... Kundaliklarni ko‘chirib chiqish davom etyapti. Barchangizga ushbu daftarlarni boshidan o‘qib chiqishni tavsiya qilaman: 👉 Birinchi qism 👈
Mostrar todo...
Микрофон кўтарган аёл

#қисм44 ...Май ойининг биринчи кунларида шимолга – Унгария (Венгрия) чегараси томон кетаётган эдик. Айнан қаергалигини билмасдик. Чап томонда катта сув, ўнг томонимиз баланд қирлик эди. Кўприк олдига келганимиз кўприкнинг ўнг томонидан икки қир орқасидаги сойда пулемёт ўқига тутишди. Бир неча немис ва бизнинг ўнлаб болалар жасади сувга оқиб кетди. Чекинишга йўл йўқ эди. Орқамизда илон думидай чўзилиб келаётган ишчи батальонлари, немис бўлимлари бор, уларни босиб ўтиб бўлмасди. Таппа-таппа ўзимизни ерга отиб, йўл ёқасидаги ариққа ётиб олдик. Туриб яна юра бошлаганимизда тепаликлардан автоматда ўққа тутишди. Саросима тушиб, бир-бирига урилиб, йиқилиб, суриниб ҳамма фақат олдинга интиларди. Чунки, бошқа йўл йўқ. Шу онда қаердандир учиб келаётган миномёт минасини шив-шив-шив қилиб товуши эшитилиши билан яна ҳамма ўзини ерга отиб ётди. Қий-чув, тўполон бўлиб кетди. Тўполон орасида минанинг портлаган товуши эшитилиб, дақиқа ўтмай икки немиснинг йўл ўртасида боши думалаб юрибди, бирининг қўли сакраб-сакраб тушди,…

Xadicha (roziyallohu anho) Xadicha onamiz butun insoniyat orasida birinchi bo‘lib islomni qabul qilgan, payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vassallam bilan birga namoz o‘qigan, Qur'on ta'limini olib uni ayollarga o‘rgatgan zotdir. Islomning ilk davrlarida Xadicha onamiz uning ravnaqi yo‘lida mol-dunyolarini sarflab katta xizmat qildilar. Men Hazrati Xadicha roziallahu anho onamizning umr yo‘llaridan ma'naviy yetuk ayol kishining bir qancha sifatlarini o‘qib uni xotiramda saqlashga harakat qildim. Masalan: •Har ishda Allohga tavakkul qilish •Turmush o‘rtog‘ining har qanday vaziyatida chiroyli sabr va muomala bilan yonida turish, unga ishonish va itoat etish •Mol dunyosi va obro‘ e'tiborning hajmidan qat'iy nazar go‘zal xulq ko‘rsata olish kabilarni. "Saodat asri qissalari"ni o‘qiyotganligim sababli bu kitobda Xadicha onamiz hayotlari haqida deyarli yangi ma'lumot topmadim. Ammo voqealar chiroyli badiiyat bilan yozilganligi uchun mazza qilib o‘qidim. @kitobsevar_qiz
Mostrar todo...

Открыть комментарии
Yashamoq sokinlik istar "Xotirjamlik harakatsizlik emas, ongli harakatdir." Tasavvur qiling, judayam go‘zal daraxtzor bir manzilda 200km/soat tezlikda ketayotgan mashinadasiz.Ammo tezlik yuqoriligidan mashina derazasidan tashqariga qaraganingizda, chalkashib ketgan ranglarnigina ko‘rasiz holos... Juda ko‘pchilik insonlar kabi men hozir ayni shu holatdaman. Tezlashtirilgan, allaqanday shoshqaloqlik ichida ekanligim sababli, atrofidagi go‘zalliklarni ko‘rishini, soniyada yashashni unutib qo‘yyotgan kunlarim orasida qo‘limga tinchlantiruvchi, ichki sokinlikka olib keluvchi kichkina rasmli kitobcha kelib qoldi. Kitobning asosiy g‘oyasi qayergadir va nimalar uchundir ma'nosiz shoshqaloqligimiz ortidan tashqi va ichki olamimizga bir nazar tashlamasdan, aslida nima xohlayotganimizni bilmasdan yashab o‘tib ketayotganimizni eslatish hamda "To‘xta, sokinlash, xotirjamlash, ichki meningga nazar sol" deyishdir. O‘zingiz bilan oxirgi marta qachon chin dildan suhbatlashdingiz? Mutlaqo hech narsa qilmasdan(telefonsiz, atrofga alanglamasdan, ovqatlanmasdan —xullas diqqatni umuman tashqi dunyoga qaratmasdan) nechi daqiqa ichki dunyoyingizga nazar soldingiz?Katta ehtimol bilan siz ham 200km/soatdek tezlikda yashayapsiz. Kitob shu tezlikdagi insonlarni sokinlashtiradi,ongli yashashni eslatadi. Endi yana tasavvur qiling,haligi go‘zal manzilda 20km/soat tezlikda ketyapsiz,atrofni bemalol ko‘rib,his qilib...Xotirjamlik shunaqa—ham harakat qilasiz,ham yashaysiz.Oxir oqibat hayotni, yillarni tezlashtirilgan kadrdek yashab o‘tib ketishdan alamlisi bo‘lmasa kerak. Xotirjam @kitobsevar_qiz
Mostrar todo...

Открыть комментарии
00:21
Video unavailableShow in Telegram
2.15 MB
00:18
Video unavailableShow in Telegram
2.27 MB
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.