cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Olamafro'z

So'z va surat olamidamiz: "Qurro-qur, hayt-o, to'ramning oti!" O'ta tarixiy kanal, hamma fikrlar subyektiv va aralash O'zJOKU talabasi; fotojurnalist, tadqiqotchi, dokumentalist 🌝 🚀 Hozircha O'zbekistonda 📸 https://instagram.com/xolida_musulmon_photog

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
633
Suscriptores
Sin datos24 horas
+27 días
+530 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Millat xarakterini shakllantirish, ruhiyatni ulgʻaytirishda kuy, musiqa, ashulaning o‘rni muhim. Bu hayotiy xulosam mutaxassis tomonidan ham tasdiqlangan. Tashqi ko‘rinishingizda iste’mol qilayotgan yeguliklar muhim o’rin tutganidek, ruh va ong parvarishida tinglayotgan musiqangizning salmogʻi ogʻir tosh bosadi. Quyidagi inyervyu orqali bugungi shou-biznes holati, millatimiz boyligi hisoblanuvchi maqom va xalq dostonlari taqdiri haqida kuyinayotgan ustozimiz Husniddin Atoning dolzarb fikrlari bilan tanishishingiz mumkin. O‘zbek San’ati kelajagiga qaygʻuruvchi har bir inson uchun ta’sir qiluvchi intervyu: https://youtu.be/EJUK3qbl9vE?si=EzxU9nox8mjdWDeW @Xolida_Musulmon
Mostrar todo...
“SAN’ATKORLAR HAM SOLIQ TO‘LASIN“

🔴 Kutilmagan uchrasuv. Mazali pitsa bilan tamaddi. Muzdek Coca-Cola!

https://clck.ru/3AQc3s

Televideniyedagi musiqiy loyihalar Iste’dodlarni kashf qilishning boshqa yo‘li yo‘qmi? Kliplar saviyasi nega tushib ketyapti? San’atkorlarga litsenziya berish ularni cheklash emasmi? Nima uchun davlat san’atkorlarga sportchilardek e’tibor bermaydi? Madaniyat vazirligi kerakmi? Festivallardan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? Festivallar kutilgan natija beryaptimi? Bog‘cha bolalariga maqom eshittirish to‘g‘rimi? Rasmiy vebsayt: http://darakchi.uz Telegram kanalimiz:

https://t.me/darakchi

Instagram`da kuzating:

https://instagram.com/darakchi.uz

Facebook`da kuzating:

https://www.facebook.com/darakchi

Реклама -

https://t.me/darakchireklama

, 97 330-93-91

2
Photo unavailableShow in Telegram
Har kun savalaydi Meni O’tmishim Afsus, changalingda yondi bugunim Yashagim keladi qiynoqdan nari, Azobdan olis, Bo’ynimga osilar ğuldek muhabbat… @Xolida_Musulmon
Mostrar todo...
🔥 4 3👏 3👍 1🤔 1
#art Yigitali Sattorov doimo o‘z ustida ishlaydigan va ijod bilan yashaydigan yosh o‘zbek rassomi. Uning suratlaridan hech qachon manzilini izlashdan to‘xtamaydigan yo’lovchining nolasi eshitiladi. Asarlarida ham abstrak, ham milliy uslub uygʻunlashib ketgandek, nazarimda. San’atni va rassomchilikni tushunmaydigan inson ham o’ziga kerakli nimadir topa oladi, ruhidagi kemtikni yamashga kuch topadi. …Va Yigit Sattorning o’ziga va ijodiga bo‘lgan sadoqati meni rom etib kelgan. Siz bilan bir makon va bir zamonda yashayotgan ijod kishisi dunyoga qanday nigoh bilan boqyapti, siz ko‘rgan go‘zallikni rassom qanday tasvirlaydi, bu qiziq. Doimo qiziq. Shijoatingizni yo‘qotmang, Yigitali Sattorov. @Xolida_Musulmon
Mostrar todo...
👍 10 3🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Men ham oddiy qishloq qiziman. Ota-onam barcha farzandlarining oliy ma’lumotli va bilimi kuchli bo‘lishini orzu qilishgan. Va orzulariga yarasha qo‘llab-quvvatlaganlar ham. Buning uchun ota-onamdan doimo minnatdorman. Agar ota-onam va akam qo‘llovi sabab oliygohga kirmaganimda hozir hech bir natijaga erishmagan bo‘lardim. Kuzatuvchilarim orasida hamqishloqlarim, men kabi orzularga to‘la qishloq qizlari, uka va singillarim ham bor. Bu kanalim orqali har bir kichik yutugʻimni-da nishonlashim, o‘z suratlarimni ko‘proq joylashimga sabab maqtanish yoki ko‘z-ko‘z qilish emas, aksincha, men kabi orzularga to’la insonlarni ilhomlantirish, maqsadlari uchun harakat qilishga undash. Ishonamanki, kuzatuvchilarim men sabab qizlarini o‘qitishi, tinglashi, qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Kanalimni kuzatayotgan hamqishloqlarim esa men uchun doimo muhim! ❤️🌝 Opangiz, singlingiz, qizingizning ishtiyoqini qo‘llang, ularga qanot bo‘ling! Parvozlar tilayman… @Xolida_Musulmon
Mostrar todo...
16🔥 12❤‍🔥 3😁 3👍 2🥱 1👀 1🫡 1
Umuman sogʻlom jamiyatlarda ayolga ham shaxs sifatida qarashadi. Ayolni ulug‘lash yoki qiz farzand qadrini oshirish uchun Ona timsolini keltirish men uchun juda jo‘n tuyiladi. Ammo menga cho’kayotgan odamni qutqarish hozir birinchi o’rinda. Suzishni esa qutqarib bo‘lgach ham o‘rgataveraman. ☹️ @Xolida_Musulmon
Mostrar todo...
❤‍🔥 4 3
Photo unavailableShow in Telegram
Shoira Madina Norchayeva feysbuk sahifasida mana shunday o‘ta ta’sirli va alamli post qoldirdi. Izohlar esa bundan-da ta’sirli edi. Ha, ba’zi o‘zbek oilalari borki, qiz farzandni inson o‘rnida ko‘rishmaydi, ilm olish-u iste’dodlarini rivojlantirishga imkon berishmaydi. Bu juda achinarli hol. Qizni erta turmushga berish Va kamiga o’qitmasdan uzatish esa ikki karra achinarli. Xuddi buyum ayirboshlashga o’xshaydi bu. Qizlar ham baxtli bo’lishga haqli. Hunar o’rganish, ilm olib oliy ma’lumotli bo’lish esa turmush tarzining yengillashiga(chunki pul topadi) hamda jozibali bo’lishiga, o’ziga ishonch hissini oshirishga xizmat qiladi. O‘ziga ishongan Onagina soğlom nasl qoldira oladi. Bolaning ruhan kuchli ekanligi, aqlan rivoj topishi, hissiy nogiron bo’lmasligi dastlab Onaga boğliqligini unutmaylik. @Xolida_Musulmon
Mostrar todo...
❤‍🔥 7 4💯 4
“Bek Ali ijodini suratlarimga yaqin his qilaman” — Xolida Musulmon. @Xolida_Musulmon
Mostrar todo...
🔥 2👀 2👍 1 1
01:50
Video unavailableShow in Telegram
Ajoyib shoir Bek Ali haqida ijodkor va shoirning muxlislari oʻz fikrlarini bildirishdi. Shoirning “Voh” sheʼriy toʻplamini xarid qilish uchun @anorbooks_admin ga yozing Sahifalarimiz: ⬇️ Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Mostrar todo...
40.29 MB
2
Mana, qaqajonlar! 🪷 Endi menda hozirgi noutbugimdan yaxshisi bor! ✅✊ Bu esa ijodiy imkoniyatimni kengaytiradi! 🌪️ @Xolida_Musulmon
Mostrar todo...
12🔥 3👍 2🥰 1🎉 1
Repost from Yoshlar ovozi
#tanlov 🎉 Yosh ijodkorlar taqdirlandi Bugun Yoshlar ijod saroyida "Yoshlar ovozi" gazetasining 100 yilligi oldidan o‘tkazilgan tanlov g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Har bir nominatsiyaning 1-o‘rin sovrindorlari noutbuk, 2-o‘rin sohiblari smartfon, rag‘batlantiruvchi o‘rin egalari esa smart televizor bilan taqdirlandi.
Yosh ijodkorlarimizni erishgan ushbu yutug‘i bilan chin dildan tabriklab, ularga ijodiy barkamollik tilab qolamiz! Bizning manzil: https://t.me/yoshlarovozi
Mostrar todo...
8👎 1
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.