cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

NamMTI | Rasmiy kanali

Namangan muhandislik-texnologiya instituti rasmiy kanali nammti.uz fb.com/nammtiuz instagram.com/nammtiuz x.com/nammtiuz youtube.com/c/nammtiuz Bank rekvizitlari: t.me/nammtiuz/174

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
3 693
Suscriptores
-1024 horas
-337 días
-11430 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

“Qurilish otryadlari” – yoshlar uchun yangi imkoniyatlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoz oylarida “Qurilish otryadlari”ni tashkil etib, 100 ming yoshlarni oylik beradigan ishlarga jalb qilish bo‘yicha vazifalar belgilangan edi. Ushbu vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Namangan muhandislik-texnologiya institutida amaliy ishlar davom etmoqda. Institutning mavjud 4 ta fakultetidan jami 50 nafar talabalardan iborat “Qurilish otryadi” tashkil etildi. Ushbu otryad a'zolari institutning ikkita talabalar turar joyi va yangi barpo etilayotgan laboratoriya markazlarida faoliyat olib bormoqdalar. Talabalar otryad a’zolari sifatida qurilish sohasida tajriba orttirib, amaliy bilimlarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Otryadning tashkil etilishi bilan talabalar nafaqat moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanadi, balki ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga katta hissa qo‘shiladi. Namangan muhandislik-texnologiya institutidagi “Qurilish otryadi” loyihasi yoshlarni kelajakda muvaffaqiyatli ish faoliyatiga tayyorlash, ularning bilim va malakalarini oshirishga yo‘naltirilgan. ©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati Telegram |Facebook | Instagram | X | YouTube
Mostrar todo...
👍 1
#XUSHXABAR
Namangan muhandislik-texnologiya institutining 3 nafar ustozlari «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi Vasiylik Kengashi qarori bilan bir guruh faol mehnat faxriylari «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Quvonarli tomoni taqdirlanganlar orasida Namangan muhandislik-texnologiya instituti professor-o'qituvchilaridan Xamidullo Isaxanov, Lutfullo Ubaydullayev hamda Abdulboqi Rahmanovlar «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar. Fursatdan foydalanib, aziz ustozlarimizni ushbu yuksak e'tirof bilan samimiy qutlaymiz! ©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati Telegram |Facebook | Instagram | X | YouTube
Mostrar todo...
👍 8
Repost from Namangan ziyolilari
30:11
Video unavailableShow in Telegram
#Diqqat "Ma'rifat soati" ⚡️ Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi "Siyosiy-ma'rifat soati''.
Tashkilot va idoralar, Namangan viloyati, shahar va tuman hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!
Ma'rifat soatiga ushbu hafta davomida Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan sermazmun ishlar, ma'naviy-ma'rifiy sohadagi ishlar va boshqa foydali ma'lumotlar joylandi. Shuningdek, oʻquv soati davomida:                    ▫️Oʻzbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar dayjesti ▫️Videolavha namoyishi: Biz uchun muhim ▫️“Mahalladan gapiramiz” rukni ▫️“Mutolaa vaqti” rukni taqdim etiladi. Navbatdagi  o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 👉YouTubedagi hamda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi 👉YouTubedagi sahifalarida tomosha qilishingiz mumkin. Bizni kuzatib boring👇 🌐 @Namangan_ziyolilari
Mostrar todo...
93.19 MB
01:56
Video unavailableShow in Telegram
#MUNOSABAT Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Sratov davlat texnika universitetiga tashrif buyurib, universitet rahbariyati bilan qator yo'nalishlar bo'yicha muzokaralar olib borgan edi. Saratov davlat texnika universiteti vakillari NamMTI rektorining tashrifi yuzasidan o'z munosabatlarini bildirdilar. ©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati Telegram |Facebook | Instagram | X | YouTube
Mostrar todo...
ролик без заставок 11.07.2024.mp4288.25 MB
👍 1
Xayrli tong! Bugungi ob-havoning harorati kunduzi 37° va kechasi 24° bõlib õtadi. Ayni paytdagi ob-havo harorati 27° Shamol tezligi: 3 km/h, North Quyosh chiqishi: July 12, 2024 at 04:52AM Quyosh botishi: July 12, 2024 at 07:45PM Ultrabinafsha indeksi: 1 Havo namligi: 41 % Kanalga ulanish @nammtiuz Facebook | Instagram | X | YouTube
Mostrar todo...
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
Namangan muhandislik-texnologiya institutining ishlab chiqarish tarmoqlari bilan keng ko'lamdagi hamkorlik aloqalari O'zbekiston Milliy Axborot agentligi rasmiy sayti orqali keng yoritildi.
Fotoreportaj bilan tanishish👇👇 https://uza.uz/uz/posts/institutda-tarmoq-korxona-oliygoh-zanzhiri-yaratilmoqda_615169 ©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati Telegram |Facebook | Instagram | X | YouTube
Mostrar todo...
Институтда “Тармоқ – корхона – олийгоҳ” занжири яратилмоқда

ФОТОРЕПОРТАЖ

NamMTIda yoshlar bilan ishlash bo'yicha amalga oshiriladigan ishlar yangi bosqichga ko'tarilmoqda.
Namangan muhandislik-texnologiya institutida rektor Odiljon Mamatkarimov raisligida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha muhim yig'ilish o'tkazildi. Unda institut birinchi prorektori Ma'rufjon Qayumov, ijtimoiy ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash bo'yicha rektor maslahatchisi Mamatxon Xodjayev, institutning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va psixologlar ishtirok etishdi. Yig'ilishda o'quv yili yakunlari muhokama qilinib, talabalarning yozgi ta'til davrida bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari ko'rib chiqildi. Talabalar uyida bo'lgan davr mobaynida ularga foydali va qiziqarli mashg'ulotlar tashkil etish, onlayn muloqotni davom ettirish va turli madaniy va sport tadbirlariga jalb qilish chora-tadbirlari rejalashtirildi. Rektor yig'ilish davomida yoshlarning ijtimoiy va psixologik muammolari, yozgi ta'til davrida vaqtlarini samarali o'tkazish uchun qilinishi lozim bo'lgan ishlarni muhokama qildi. Ular bilan ochiq va samimiy muloqot orqali muammolarni aniqlash va ularga yechim topish yo'llari ko'rib chiqildi. Birinchi prorektor Ma'rufjon Qayumov va rektor maslahatchisi Mamatxon Xodjayev ham o'z so'zlarida yoshlar bilan ishlashda innovatsion yondashuvlar va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish zarurligini ta'kidlashdi. Yig'ilish yakunida talabalar bilan doimiy muloqotni davom ettirish, ularning ehtiyojlariga e'tibor qaratish va ularga ko'maklashish borasida faoliyatni yanada kuchaytirish bo'yicha tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, yozgi ta'til davrida yoshlar bilan ishlashni yangi bosqichga ko'tarish va ularning rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan rejalar belgilandi. ©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati Telegram |Facebook | Instagram | X | YouTube
Mostrar todo...
👍 3
NamMTI rektori o'ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolariga quloq tutdi
Bugun Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov Namangan shahrining "Ma'rifat" va "Obod" mahallalarida bo'lib, bir guruh e'tiborga muhtoj yoshlar bilan samimiy muloqot qildi. Ushbu uchrashuvda yoshlarning muammolariga quloq tutildi va ularning fikr-mulohazalari tinglandi. Muloqot davomida yoshlar o'zlarining ta'lim olishdagi qiyinchiliklari, oilaviy va ijtimoiy muammolar, shuningdek, kelajakdagi rejalar haqida gapirishdi. Rektor yoshlarning muammolarini chuqur tahlil qilib, ularni hal etish yo'llarini ko'rib chiqdi. Shuningdek, institutning yoshlar bilan ishlash bo'yicha olib borayotgan loyihalari va dasturlari haqida batafsil ma'lumot berdi. "Obod" mahallasida esa, mahalla faollari bilan uchrashuv tashkil etilib, yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, ularni madaniy va sport tadbirlariga jalb qilish, shuningdek, bevosita oliy ta'limga qamrovini oshirish, ularning kelajakka bo'lgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida rektor yoshlar bilan yaqindan ishlashni davom ettirish, ularning muammolarini hal qilishda yordam berish va ularning rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish lozimligini takidladi. Shuningdek, mahallalar bilan hamkorlikni kuchaytirish va yoshlar bilan ishlash bo'yicha yangi tashabbuslarni amalga oshirish rejalari belgilandi. ©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati Telegram |Facebook | Instagram | X | YouTube
Mostrar todo...
👍 5
Xayrli tong! Bugungi ob-havoning harorati kunduzi 36° va kechasi 23° bõlib õtadi. Ayni paytdagi ob-havo harorati 26° Shamol tezligi: 14 km/h, Northwest Quyosh chiqishi: July 11, 2024 at 04:51AM Quyosh botishi: July 11, 2024 at 07:46PM Ultrabinafsha indeksi: 1 Havo namligi: 47 % Kanalga ulanish @nammtiuz Facebook | Instagram | X | YouTube
Mostrar todo...
Repost from Edu.uz
02:39
Video unavailableShow in Telegram
#qabul2024 #ikkinchi_mutaxassislik ⚡️Ikkinchi va undan keyingi ta’lim bo’yicha o’qishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi 2024/2025-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi. ▪️Bunda nomzodlar platformada: ➖oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi; ➖diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi; ➖hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar. ☝️Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi. Bizni kuzating👇🏻 Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Mostrar todo...
Ikkinchi_va_undan_keyingi_ta’lim_bo’yicha_o’qishga_kirish_uchun.mp46.20 MB
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.