Temurbek Adhamov
📈 Análisis del canal de Telegram Temurbek Adhamov
El canal Temurbek Adhamov (@temurbek_adhamov) en el segmento lingüístico de Uzbeko es un actor destacado. Actualmente la comunidad reúne a 13 046 suscriptores, ocupando la posición 15 353 en la categoría Educación y el puesto 6 212 en la región Uzbekistán.
📊 Métricas de audiencia y dinámica
Desde su creación el невідомо, el proyecto ha mostrado un crecimiento acelerado, reuniendo a 13 046 suscriptores.
Según los últimos datos del 26 julio, 2026, el canal mantiene una actividad estable. En los últimos 30 días la variación de miembros fue de -156, y en las últimas 24 horas de -3, conservando un alto alcance.
- Estado de verificación: No verificado
- Tasa de interacción (ER): El promedio de interacción de la audiencia es 39.59%. Durante las primeras 24 horas tras publicar, el contenido suele obtener 17.06% de reacciones respecto al total de suscriptores.
- Alcance de las publicaciones: Cada publicación recibe en promedio 5 169 visualizaciones. En el primer día suele acumular 2 227 visualizaciones.
- Reacciones e interacción: La audiencia responde de forma activa: el promedio de reacciones por publicación es 51.
📝 Descripción y política de contenido
El autor describe el recurso como un espacio para expresar opiniones subjetivas:
“Ish va shaxsiy hayotdagi tajribalarni o'rtoqlashaman”
Gracias a la alta frecuencia de actualizaciones (últimos datos recibidos el 27 julio, 2026), el canal mantiene la vigencia y un amplio alcance. La analítica demuestra que la audiencia interactúa activamente con el contenido, lo que lo convierte en un punto de referencia dentro de la categoría Educación.
Suhbat davomida siz: -Sun'iy intellekt kimlar uchun imkoniyat, kimlar uchun xavf? -Qaysi kasblar sun'iy intellekt tufayli yo'qolib ketishi mumkin? -Robotlar jismoniy mehnatni qay darajada egallab olmoqda? -Doimiy sun'iy intellektdan foydalanish tafakkurimizga qanday ta'sir qiladi? -Farzandlarimizni ushbu davrga qanday tayyorlash kerak kabi qiziqarli va dolzarb masalalar bo'yicha javobga ega bo'lasiz❗️Sun'iy intellekt davrida nimalarga tayyor bo'lish kerakligini bilib oling! Videoni tomosha qiling: https://youtu.be/puhzzueozdw @alohidamavzu
Suhbat davomida siz: -Inson o'ziga juft tanlayotganda nimalarga e'tibor berishi kerak? -Oilada sevgi-muhabbatning roli qanchalik muhim? -Yosh oilalar qanday qilib baxt poydevorini quradilar? -Erkak kishi chinakam rahbarga aylanish sirlari nimalar? -Oilaviy hayot bosqichlari qanday kabi qiziqarli va dolzarb masalalar bo'yicha javobga ega bo'lasiz❗️Baxtiyor oila qurish uchun kerak bo'ladigan sifatlarni bilib oling! Videoni tomosha qiling: https://youtu.be/mxBgie7pAUE @alohidamavzu
Huquqiy madaniyatni rivojlantirish uchun hamma yuridik universitetni bitirishi shart emas. Buning uchun huquqshunos diplomining keragi yo‘q. Bilingki, sizning huquqlaringiz boshqa bir insonning huquqlari boshlangan joyda tugaydi. Mashinani taqiqlangan joyga qo‘ymaslik, internetda haqoratli izoh yozmaslik va tunda qo‘shnilarni bezovta qilmaslik ham huquqiy ong belgisidir. Har qanday shartnomani imzolashdan avval uning oxirgi satrlarigacha o‘qish, do‘kondan chek talab qilish va har bir to‘lovning asosini so‘rash — bu huquqiy madaniyatdir.
Siz oxirgi marta qachon o‘z huquqingizni himoya qila oldingiz?Izohlarda yozib qoldiring, biz ularni albatta o‘qiymiz va keyingi sonlarda tahlil qilamiz. 📹 Premyera @gurungpodkasti
• Haqiqiy ekspertni firibgarlardan qanday ajratish mumkin? • Instagram orqali pul topish uchun qanday sxemalar ishlatiladi? • Qanday qilib 10,000 obunachi bilan $80,000 sotuv qilish mumkin? • Natija bo'lmasa ayb SMM mutaxassisdami yoki tadbirkorda? • O'zbekistonda "soqqa strategiyasi" qanday ishlaydi kabi savollarga javob topasiz!Ko'rsatuv mehmonlari: Azizbek Umaraliev - Tadbirkor, "Spacegroup.uz" asoschisi Asror Iskandarov - Shaxsiy brend qurish bo'yicha mutaxassis ❕Shaxsiy brendga aldanmang, ko'rsatuvni tomosha qiling: https://youtu.be/hPelUBZNjeY @alohidamavzu
Shu sabab o‘zgarishlar hisobiga mavjud bo‘lgan narsalar chinakam ma’noda yaxshi ham, yomon ham bo‘la olmaydi.Haqiqiy yaxshilik — insonning fazilatli tanlovidir. Haqiqiy yomonlik esa tashqi yo‘qotish emas, balki o‘sha yo‘qotish sabab insonning yolg‘on, zulm, hasad, kibr yoki xiyonatni tanlashidir.
Toshkent markazida ketma-ket to‘rt marta o‘tkazilgan "Pivo festivallari" atrofidagi shov-shuvlarni hammamiz ko'rdik. Qiziq bir paradoks yuz bermoqda: davlat qonunlari ochiqchasiga tanaffusga chiqib, yirik kapital o‘zining qoidalarini yozmoqda. Qanday qilib? Avval qonunchilikka qaraymiz: 1. "Reklama to‘g‘risida"gi qonun (38-modda): Alkogol mahsulotlarini reklama qilish, tekin tarqatish, alkogol brendlari nomidan ommaviy tadbirlarga homiylik qilish qat'iyan taqiqlanadi. 2. Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks (187-modda): Ish joylarida, ko‘chalarda, stadionlarda, xiyobonlarda, istirohat bog‘larida va boshqa jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish taqiqlanadi. Qoidalar aniq belgilab qo`yilgan. Lekin poytaxtning qoq markazida, davlat idoralarining bevosita ruxsati va qo`llovi bilan bu moddalar qanday qilib ketma-ket to‘rt marta aylanib o‘tildi? 1-zarba: Siyosiy zondaj (2025-yil iyun). Tashkilotchilar poytaxtda ochiq "Pivo festivali" uyushtirdi. Ommaviy degustatsiya, yutuqli o‘yinlar va brending ishladi. Siyosatchilar orasidan faqatgina "Milliy tiklanish" partiyasi raisi o‘rinbosari Firuza Muxamedjanova bunga e`tiroz bildirdi, bu loyihani "milliy an'analarga tupurish" deb atadi. U jamiyat bitta daraxt uchun oyoqqa turishini, lekin o'zligini yo'qotayotgan festivalda jim qarab turganini ochiq tanqid qildi. Boshqalar esa kar va ko`r. 2-zarba: Qadoqdagi nayrang (2025-yil avgust). Qonunni chalg‘itish uchun loyihani "Mangal Fest" deb nomlashdi. Taras Shevchenko ko‘chasida 50 ming odam yig‘ildi. Go‘sht shunchaki rekvizit bo‘lib, 20 ta pivo stendi (Carlsberg, Guinness, Qibray) ochiqchasiga daryo bo‘lib oqdi. 3-zarba: Xaosning normallashuvi (2025-yil oktyabr). Kuzda xuddi shu ssenariy uchinchi bor takrorlandi. Pivo daryosi, "ochiq raqslar", ijtimoiy tarmoqlardagi daxshatli nafrat. MJtKning 187-moddasi shahar hokimiyati ruxsatnomasi va PRi oldida taslim bo‘ldi. 4-zarba va Klimaks: Qonunning raqsi (2026-yil iyun). To‘rtinchi bor o‘tkazilgan tadbirda hudud odamga shunchalik to'ldiki, tarmoqlarda "havo ham navbatda turibdi" degan gaplar tarqaldi. Jamoat joyida alkogol ochiq sotilmoqda, qonun buzilmoqda. Xo'sh, shu tartibsizlikni nazorat qilishi, 187-modda ijrosini ta'minlashi kerak bo‘lgan huquq-tartibot xodimi nima qildi? U xavfsizlik minorasiga chiqib, musiqa ritmiga moslashib raqsga tusha boshladi. Bu shunchaki "vayb" emas. Bu — qonun himoyachisi qonun buzilishini minorada turib, raqs bilan nishonlayotganining yorqin metaforasidir. Agar siz loyiha nomini chiroyli o‘zgartirsangiz va yirik byudjetga ega bo‘lsangiz, qonunlar shunchaki sizga xalaqit bermaydigan fon musiqasiga aylanib qolarkan. Bugun jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi stoldagi yurisprudensiya bilan emas, balki "vayb" va alkogol lobbisining xohishi bilan boshqarilmoqda. Savol ochiq qolmoqda: Qonun hammaga barobarmi, yoki byudjeti kattalarga "barobarroq"mi?Muallif: Bekzod Kasimov
