cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

𝐃 𝐔 𝐍 𝐘 𝐀 𝐌 🕊️

Mostrar más
Tayikistán7 677El idioma no está especificadoLa categoría no está especificada
Publicaciones publicitarias
194
Suscriptores
Sin datos24 horas
Sin datos7 días
Sin datos30 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

#Mulohaza Universitetda o‘qiyman, yoshim yigirma birda! Internet asrida ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlarni o‘qib turaman. Kattalar yoshlardan shikoyatda: “Yoshlar qayoqqa qarab ketyapti?” degan gaplar ko‘p uchrab turadi. Yoshlar deganda universitet, kollej va maktablarda o‘qiydigan talaba, o‘quvchilar nazarda tutilsa kerak. Men o‘sha siz qayoqqa qarab ketayotganini bilishni istagan guruhning bir a’zosiman. Aholimizni ikki guruh: yoshlar va kattalarga ajratar ekansiz, siz kattalarga savollarim bor. Yoshlar qayoqqa qarab ketyapti, deyish o‘rniga, kattalarning qayerda turgani bilan qiziqib ko‘rdingizmi? Vatanning boshiga balo ochayotganlarning asosiysi yoshlarmi yoki kattalarmi? Bu mamlakatda yuz minglarcha o‘quvchi testdan bir savol ko‘proq yecha olish uchun tirsak chiritarkan, kimlardir sinov savollari bilan birga yoshlarning hayotini ham o‘g‘irladi va kelajagini chiritdi. Universitetga kirishni “kimning puli ko‘p” kimoshdi savdosiga aylantirgan poraxo‘rlar qaysi kollej o‘quvchilari edi? Pora evaziga cho‘ntak qappaytirayotgan kollej o‘quvchilaridir balki ular? Bolaxonador qilib so‘kinayotgan, xodimlarini ariqqa tushirib, tosh ko‘tartirgan hokimlar nechanchi sinfda o‘qishardi? Millatning yuziga tik qarab yolg‘on gapirgan siyosatchilar qaysi universitetda tahsil oladi? San’atchiman, deya har turli axloqsizlikni qilayotganlar o‘smirlik davrini yashayaptimi? Askiyachimiz deya, zal to‘la konsert berib, beldan past hazilidan ko‘tarila olmaganlar qaysi sinfni bitirishyapti? Din odami bo‘la turib TVga chiqib imonimni, qadriyatlarimni oyoq osti qilganlarning yoshi nechchida? Kinolarda 7 yoshdan kattalar uchun olingan filmlarda bel ustiga chiqa olmaganlar nechanchi yilda tug‘ilgan? Bizga ta’lim berguvchi o‘qituvchilarni ko‘cha supurib, dala tozalashga, uy qurishga jo‘natgan biz o‘quvchilar emas! “Siz bu o‘lkaning kelajagisiz!”, degan balandparvoz gaplardan voz keching. Kelajagingiz oqim oqim bo‘lib Rossiyaga qora ishchi bo‘lib ketyapti, qanchasi o‘sha yerda kimsasiz mozorlarda qolyapti. Jimsiz! Siz BU O‘LKANING BUGUNISIZ! Siz yashayotgan kuningizni qutqarishga qurbingiz yetmaganda, ertani qutqarishni bizga topshirmoqchimisiz? Kimning qo‘li kimning cho‘ntagida ekanligi noma’lum, axloqsiz munosabatlarga to‘la bo‘lgan seriallar bilan miyamizni to‘ldirib pul ishlayotgan ham Siz! Dindan nafratlantiradigan, hijobli yo namozxonga terrorist deb qaraydigan ssenariylar yozdirayotgan ham Siz! Oila kabi muqaddas bir maskanni faqat ayollar yelkasiga ortqilab qo‘yib, erlarini qora ishchi qilib chet elga ketishiga qarab turganlar kim? Biz o‘sha otasi Rossiyada, onasi Turkiyada qora mehnat qilayotganlarning farzandimiz. Bizni “Tramadol”, “Lirika” bilan to‘lgan ko‘chalar “tarbiya qilmoqda”. Kecha klublarida to‘polon qilgan futbolchilarni boshga ko‘tarib, maktabda janjal qilgan o‘quvchilarni ro‘yxat("uchyot")ga qo‘yishning mantig‘i nima? Masjidga borishni ta’qiqlashni ilm o‘rgansin deya oqlovlarga o‘rab, ota-onamiz, qadriyatlarimizga hurmat bilan qarashimizni kutishingiz hayratlanarli... TV kanallari xiyonat tasvirlariga to‘la seriallar bilan to‘lib toshgan. Ma’rifat ko‘rsatuvlarida esa OILA MUQADDAS, deysiz. Pul xirsidan yurtning daraxtlarini kesib uni beton to‘la cho‘lga aylantirmoqdasizu, bizga kelajakni insho qilishni topshirmoqchimisiz? Chirqillab o‘z uyini himoya qila olmay ko‘chada qolayotgan oilalarning buzilgan uyi o‘rniga qurilgan “Sitilar”da ADOLATLI BUYUK KELAJAK qurishimizni kutayapsizmi? Ayol-qizlarni ― biri ketsa boshqasi olinadigan ashyodek, sarposiga ko‘ra baholangan buyumdek ko‘rib, Ayol Muqaddas, Ayol Mukarram deya uqtirmoqchimisiz?! Yoshman, ammo sizga aytadigan bir gapim bor. Biz yangi avlodmiz va oppoq qog‘ozmiz. Siz bu qog‘ozni nima bilan to‘ldiryapsiz? Ajdodlarimiz, o‘z dinimiz, tilimizni unuttirish bilanmi? Davring kelganda qandingni urib qol, degan aqida bilanmi? Muammo kimda? Yoshlardami yoki kattalarda? Buyuk o‘tmishimizni qayerdan o‘rganaylik? Bizga o‘qib o‘rganishimiz uchun ajdodlarimiz hayotidan bahs etgan nechta kitob yozildi va kitob rastalarida sotilmoqda? ©Internetdan
Mostrar todo...
Gunohlaring haqida boshqalarga aytib yurmaganing kabi, ibodating haqida ham maqtanishing shart emas!
Mostrar todo...
#ибрат Нега йиғлаяпсиз? Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳу охирги касал бўлишларида йиғладилар. Ундан "Нега йиғлаяпсиз?" деб сўрадилар. У "Мен сизнинг бу дунёингизга йиғламаяпман. Балки сафарим узоқлиги, унга тайёрлаган зоди роҳилам озлиги учун йиғлаяпман. Эртага Сиротдан ўтиб жаннатга кўтариламанми ёки ундан қулаб дўзахга тушаманми, шуни билмай йиғлаяпман" дедилар. Фахри коинот Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васалламдан энг кўп ҳадис айтган, Аллоҳнинг розилигига етишган мана шундай зот охиратидан қўрқиб, шундай йиғлаган экан. Сизу бизга ўхшаб гуноҳга муккасидан кетган осийлар сочларимизни юлиб ташласак ҳам кам экан!
Mostrar todo...
​​📿Кўп истиғфор айтсангиз: 1. Ғамингиз кетади, 2. Қарзингиз узилиши осон бўлади, 3. Саҳв-хатоларингиз кечирилади, 4. Барча яхшиликга муяссар бўласиз, 5. Само эшиклари сизга очилгай, 6. Дуоларингиз қайтарилмайди – ижобат бўлади инша Аллоҳ. 👉 Истиғфорни қандай айтасиз? ✔️Истиғфор лафзларидан баъзилари: 📿1. "Астағфируллоҳ" (Аллоҳдан мағфират сўрайман) 📿2. "Астағфируллоҳа ва атубу илайҳи" (Аллоҳдан мағфират сўрайман ва Унга тавба қиламан) 📿3. "Аллоҳуммағфирли ва туб алайя иннака антат таввабур роҳийм" (Илоҳо, Ўзинг мени мағфират қил, тавбаларимни қабул қил. Зеро, Сен тавбаларни қабул қилгувчи ва Раҳимли Зотсан)
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#mativatsiya Duo qiling...
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
#mativatsiya
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Allohdan o'zga do'stni ko'rmadim...
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
ХОТИМАНИ ҲАМ ГЎЗАЛ ҚИЛИНГ! Агар бирор киши билан алоқангиз узилса, унинг барча сирларини тўплаб, бир жойга яширинг-да, сўнгра у жойни ўзингиз ҳам унутиб юборинг. Шунда хотима ҳам гўзал бўлади. Хотимани гўзал қилиш ҳам мукаррам ахлоқлардан ҳисобланади. “Ҳикматлар чашмаси”дан
Mostrar todo...
Holim ne boʻlarkan bir kuni oʻlsam, Har igna soʻzlarim olsa nishonlar?! Siz meni kechiring ranjitgan boʻlsam, Men sizni kechirdim allaqachonlar. ✍Xayrulla Hamidov
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
Люди могут обижать тебя и просто так. Обратись к Аллаху, и раны твои зацветут.
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.