cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi

Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi matbuot xizmati

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
1 843
Suscriptores
-124 horas
-97 días
-4730 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Malakali va izlanuvchan o‘qituvchilar uchun ajoyib imkoniyat! 🗣 "Orzu qanoti" maktablari 2024–2025-o‘quv yilida Termiz shahri hamda Muzrabot tumanida o‘z faoliyatini boshlashni rejalashtirmoqda! 📣Shu munosabat bilan quyidagi fanlar o'qituvchilari uchun tanlov eʼlon qilinadi: ✅ Boshlang‘ich sinflar; ✅ Matematika; ✅ Informatika va AT; ✅ Fizika va astronomiya; ✅ Kimyo; ✅ Biologiya; ✅ Geografiya, iqtisodiyot, tadbirkorlik asoslari; ✅ Musiqa madaniyati; ✅ Tasviriy san’at; ✅ Texnologiya; ✅ Ona tili va adabiyot; ✅ Ingliz va rus tili (o‘zbek sinflar uchun); ✅ Tarix: ✅ Jismoniy tarbiya; ✅ ChQBT. – Davlat umumta'lim maktablaridagi imtiyozlar bizda ham qo'llanadi; – shuningdek, 50% (ish natijalariga ko'ra 100% gacha) ustama beriladi; – o'qituvchilar bepul tushlik bilan ta'minlanadi. 🗂 Obyektivka va portfoliolarni quyidagi telegram manzilga yuboring: 📞 +998 99 046 07 08 +998 91 237 85 85 @qarshiyev_j_m
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Malakali va izlanuvchan o‘qituvchilar uchun ajoyib imkoniyat! 🗣 "Orzu qanoti" maktablari 2024–2025-o‘quv yilida Termiz shahri hamda Muzrabot tumanida o‘z faoliyatini boshlashni rejalashtirmoqda! 📣Shu munosabat bilan quyidagi fanlar o'qituvchilari uchun tanlov eʼlon qilinadi: ✅ Boshlang‘ich sinflar; ✅ Matematika; ✅ Informatika va AT; ✅ Fizika va astronomiya; ✅ Kimyo; ✅ Biologiya; ✅ Geografiya, iqtisodiyot, tadbirkorlik asoslari; ✅ Musiqa madaniyati; ✅ Tasviriy san’at; ✅ Texnologiya; ✅ Ona tili va adabiyot; ✅ Ingliz va rus tili (o‘zbek sinflar uchun); ✅ Tarix: ✅ Jismoniy tarbiya; ✅ ChQBT. – Davlat umumta'lim maktablaridagi imtiyozlar bizda ham qo'llanadi; – shuningdek, 50% (ish natijalariga ko'ra 100% gacha) ustama beriladi; – o'qituvchilar bepul tushlik bilan ta'minlanadi. 🗂 Obyektivka va portfoliolarni quyidagi telegram manzilga yuboring: 📞 +998 99 046 07 08 +998 91 237 85 85 @qarshiyev_j_m
Mostrar todo...
👍 5
Repost from Hilola Umarova
Photo unavailableShow in Telegram
Qadrli hamkasblar, hurmatli pedagoglar! Avvalo barchangizni chinakam insoniylik, ezgu qadriyatlar, o‘zaro hurmat, mehr-saxovat ayyomi — Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy tabriklayman hamda o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildirib qolaman. Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda Uchinchi Renesans davrining poydevori aynan ta’lim islohotlari asosida qurilayotganligi va bu jarayonda siz aziz hamkasblarimiz sidqidildan ishtirok etayotganingiz tizim yetakchisi sifatida meni juda xursand qiladi. Bu jarayonlarda sizlar bilan bir safda yelkama-yelka turib xizmat qilish men uchun ham faxr, ham ulkan mas’uliyatdir. Shuni unutmasligimiz kerakki, ta’lim sohasi millatimiz yuksalishi hamda uning kelajak rivojida muhim rol o‘ynaydi. Bu haqiqatni barchangiz teran anglagansiz. Shu boisdan sizlarni hech ikkilanmay ana shu savobli ishlarning mohir muhandislari, deb atasam, mubolag‘a bo‘lmaydi. Aziz do‘stlar, muhtaram ustozlar! Barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan yana bir bor muborakbod etaman. Oilangizga xotirjamlik, baxt va omad hamisha hamroh bo‘lishini tilayman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Mostrar todo...
2024-yil  14-iyun kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi "Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi" kafedrasi katta o‘qituvchisi Risolat Usmonaliyeva tomonidan tarix guruhi tinglovchilari bilan “Tarix fanidan zamonaviy pedagogik texnologiyalarning amaliyotga joriy etilishi. Darsliklar, qo‘shimcha adabiyotlar va internet resurslaridan foydalanish” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Dars jarayonida tinglovchilar kichik guruhlarda ishlash orqali "Klaster", "Nima? Qayerda? Qachon?", "Pinbord" ,"Brifing" metodlaridan foydalangan holda amaliy mashg‘ulotda faol ishtirok etdilar.    Dars qiziqarli va taassurotlarga boy bo‘ldi.
Mostrar todo...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табригиПоздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Mostrar todo...
TABRIKLAYMIZ! Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 7-fevraldagi ʼʼO‘qituvchilarning ilg‘or tajribasi va faoliyati davomida qo‘llab kelayotgan zamonaviy metodikalarni ommalashtirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisidaʼʼgi 32-sonli buyrugʻiga asosan Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 6-sonli umumtaʼlim maktabi oliy toifali musiqa fani oʻqituvchisi Musayeva Xolida Panji qizning metodik tavsiyasi respublika miqyosida ommalashtirildi.
Mostrar todo...
👍 1
TABRIKLAYMIZ! Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 9-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi Safarova Shahnoza Abdusalomovna, Jarqo'rg'on tumanidagi 35-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi Djiyanova Go'zal Maxamadiyevna hamda Qumqo'rg'on tumanidagi 3-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi Mavlanova Shohsanam Shaydullayevnalarning ish tajribalari respublika miqyosida ommalashtirildi.
Mostrar todo...
👍 2
04:45
Video unavailableShow in Telegram
PEDAGOGIKA MARKAZIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI O‘TKAZILDI 2024-yil 23-may kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida “Boshlang‘ich ta’lim tizimini takomillashtirishda xalqaro tajribalarning o‘rni va ahamiyati” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.
Mostrar todo...
102.35 MB
2024-yil 13-iyun kuni Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazida malaka oshirayotgan maktabgacha ta'lim tashkiloti guruhi tinglovchilari viloyat qoʻgʻirchoq teatrida "Quvnoq arava" sahna ko'rinishini tomosha qilib madaniy hordiq chiqarishdi. Tomosha soʻngida tinglovchilar qoʻgʻirchoq teatrining bolalar hayotidagi tarbiyaviy ahamiyati haqida oʻz fikrlarini bildirishdi.
Mostrar todo...
👍 1👏 1
TA’LIM DARAJASI YUQORI BO‘LMAGAN MAKTABLARGA MANZILLI METODIK YORDAM KO‘RSATISH Ta'lim darajasi yuqori bo'lmagan maktablarga "Metodik tur" doirasida uzluksiz metodik yordam ko'rsatish uchun Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Pedagogika markazi direktorining 2024-yil 30-maydagi Qo'shma buyrug'i tasdiqlandi. Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Pedagogika markazi bilan hamkorlikda viloyatimizdagi 74 ta maktablar direktorlari va ularning o'rinbosarlari ishtirokida Zoom platformasi orqali yig'ilish o'tkazildi. Yig'ilishda ushbu maktablarga fan metodistlari tomonidan "Metodik tur" tadbiri doirasida manzilli metodik yordam berish rejasi bo'yicha batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, umumta'lim maktablarida talim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirishda maktabgacha va maktab ta'limi boshqaruvi idoralari va ta'lim muassasalari rahbarlarining shaxsiy mas'uliyatini oshirish bo'yicha tegishli tavsiya va ko'rsatmalar berildi.
Mostrar todo...
👍 2
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.