cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

To’qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti

Ushbu kanal Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti To'qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti tomonidan yuritiladi.

Mostrar más
Uzbekistán47 152El idioma no está especificadoEducación99 359
Publicaciones publicitarias
383
Suscriptores
+424 horas
+57 días
+130 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

20-may kuni toʻqimachilik sohasi mutaxassislari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Shabnam tekstil korxonasi toʻquv boʻlimi boshligʻi Avazbek Mirzaxmedov hamda Umida Uzoqovalar ishtirok etishdi. Taʼkidlash joizki, Umida Uzoqova 1990-2000-yillarda Uchqun toʻqimachilik attorlik buyumlari fabrikasining bosh dissinatori, 2000-2008-yillarda Kulxan qoʻshma korxonasida ishlab chiqarish direktori, 2008-2016-yillar mobaynida esa Mudofaa vazirligining koʻp tarmoqli unitar korxonasi rahbari lavozimlarida ishlagan yetuk mutaxassis hisoblanadi. Mentorlarning talabalar bilan olib borgan suhbati nafaqat kasbning texnik kompetensiyalari, balki professionallik odobi xususidagi bilimlariga ham salmoqli hissa qoʻshdi. https://t.me/tstf_talabalari
Mostrar todo...
👍 4🔥 1
Kimyogarlar kuni nishonlandi...Kimyo” kafedrasi professor-o’qituvchilari hamda “Kimyo” kafedrasi qoshidagi “Tadqiqotchi“ to‘garagining faol talabalari ishtirokida 13-may kuni talabalar turar joyida kimyogarlar kuniga bag’ishlangan “Mo’jizakor kimyo-intellektual yoshlar nigohida” deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni ochib berish uchun so‘z “Kimyo” kafedrasi mudiri S.X.Karimovga berildi. Ular kafedra tarixi, ta’lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan ishlar, yutuqlar va natijalar to’g’risida qisqacha to’xtalib o’tdi. Boshlovchilar ishtirokchilarga, tomoshabinlarga kimyoviy moddalar to’g’risida bir necha she’riy topishmoqlar berishdi va qiziqarli ma’lumotlarni aytishdi. Keyin navbat iqtidorli talabalar S.Musurmonqulova va M. Boboqulovalarga berildi. Ular kimyo bilan bog‘liq bir qancha qiziqarli tajribalarni ko‘rsatib o‘tdilar. Tadbir so’ngida talabalarga a’lo baholari, namunali xulqi va kafedra tadbirlarida aktiv ishtirok etganlari uchun tashakkur e’lon qilindi. https://t.me/tstf_talabalari
Mostrar todo...
👍 3🔥 1
00:29
Video unavailableShow in Telegram
#Oybek To'qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti 7-22 guruh talabasi Masharipova Shirinoyning Muso Toshmuhammad o'g'li Oybekning qalamiga mansub she'ridan videolavha. https://t.me/tstf_talabalari
Mostrar todo...
👍 10👏 3🔥 1
Milliy raqs, urf-odatlar va modalar namoyishi – TTYSI talabalarining adiblar yodi hamda ijodiga baxshida etgan ulkan ehtirom. Ayni shu kayfiyat, ayni shu ruh va shukuh bilan “Uchinchi Renessans yoshlarini tarbiyalashda Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybekning badiiy merosi” nomi ostidagi konsert dasturi poytaxt ahli va mehmonlari eʼtiboriga taqdim etildi. Tadbir Xalqaro Nordik universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetlari hamkorligida tashkil etildi. https://t.me/tstf_talabalari
Mostrar todo...
👍 3🔥 1👏 1
17-may kuni boʻlib oʻtgan ochiq muloqotlarning birida uchinchi bosqich talabalaridan sohaga yoʻnaltirilgan ingliz tili oʻquv kurslarini tashkil etish xususida soʻrov kelib tushgan edi. Bugun talabalarning istagi bajarildi. 20-maydan boshlab, 2-oʻquv binosida joylashgan 311-xonada talabalar uchun toʻqimachilik va uning sohalariga yoʻnaltirilgan, mutlaqo tekin ingliz tili kurslari tashkil etiladi. Kurslarning vaqti va jadvali haqida batafsil maʼlumot olish uchun TSTF dekanatiga murojaat qilishingiz mumkin. https://t.me/tstf_talabalari
Mostrar todo...
👍 6
17-may kuni boʻlib oʻtgan ochiq muloqotlarning birida uchinchi bosqich talabalaridan sohaga yoʻnaltirilgan ingliz tili oʻquv kurslarini tashkil etish xususida soʻrov kelib tushgan edi. Bugun talabalarning istagi bajarildi. 20-maydan boshlab, 2-oʻquv binosida joylashgan 311-xonada talabalar uchun toʻqimachilik va uning sohalariga yoʻnaltirilgan, mutlaqo tekin ingliz tili kurslari tashkil etiladi. Kurslarning vaqti va jadvali haqida batafsil maʼlumot olish uchun TSTF dekanatiga murojaat qilishingiz mumkin. Telegram | Instagram
Mostrar todo...
Talabalar tomonidan kelib tushgan soʻrovlarning hech biri nazardan chetda qolayotgani yoʻq. 1-binoning beshinchi qavatida joylashgan oʻquv xonalarida kompyuter sichqonchalari nosozligi hamda ayrim kompyuterlarda Autocad dasturi yoʻqligi haqida shikoyat kelib tushgan edi. Bugun – 18-may kuni ushbu muammolar operativ tarzda bartaraf etildi. Xonalardagi sichqonchalarni sozlash chogʻida kompyuterlarning biri ham nosozligi aniqlandi. Tez orada nosoz texnika vositalari hamda qurilmalar toʻliq taʼmirdan chiqadi. https://t.me/tstf_talabalari
Mostrar todo...
👍 4
Joriy yilning 16-may sanasida To'qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti tyutorlari tomonidan kitobxonlikni targ'ib qilib "Mening sevimli kitobom"  va "Inson qadri ulug'-xotirasi muqaddas" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Ushbu tabdirda talabalar sevib o'qigan asarlaridan parchalar aytishdi. Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Mahmudxo'ja Behbudiy, Fitrat, Usmon Nosir, Munavvarqori kabi ma'rifat kurashchilari haqida tyutorlar ma'lumotlar berishdi. https://t.me/tstf_talabalari
Mostrar todo...
👍 4🎉 1
Bugun 17-may kuni To'qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti talabalari murojaatlari va takliflarini amaliyotga tatbiq etish hamda oʻrganish maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi. Suhbat chogʻida talabalar “Qalqon” guruhi va uning faoliyatini isloh qilish, guruh aʼzolarini ragʻbatlantirish, institutda yangi ochilayotgan taʼlim yoʻnalishlarining targʻibotiga volontyorlarni jalb etish, biznes forumlar tashkil etish kabi takliflarni berishdi. https://t.me/tstf_talabalari
Mostrar todo...
👍 2🔥 1
To'qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti dekanati jamoasidan talaba-yoshlarga minnatdorlik. 📝 Talaba-yoshlarning faolligini oshirish, ularni darsda faol qatnashishini ta'minlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, talabalarni o‘qitishda yangi  bilim  va  amaliy  ko‘nikmalar shakllantirilmoqda. Zamonaviy jihozlangan laboratoriyalarni mavjudligi esa muayyan  nazariy  bilimlarni talabalarga yetkazib  berishda muhim rol o'ynamoqda. Darslarga to'liq qatnashishini ta'minlamoqda. ☘️ 3-4 kurs talabalari institutda o'tiladigan darslardagi nazariy bilimlarni olib, dual ta'lim tizimi asosida korxonalarda amaliy ko'nikmalarni amalga oshirishmoqda. 🍃 Barcha yaratilayotgan shart-sharoitlar siz talaba-yoshlarning kelgusida yetuk mutaxassis bo'lib yetishib chiqishingiz uchundir. ⚡ Hozirgi kunda siz talaba-yoshlarning davomatingiz 99% ga yetdi. 💐 Shu munosabat bilan hurmatli fakultetimiz professor-o'qituvchilari, tyutorlari hamda talaba-yoshlari barchangizga minnatdorlik bildiramiz. https://t.me/tstf_talabalari
Mostrar todo...
To’qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti

Ushbu kanal Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti To'qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti tomonidan yuritiladi.

👍 5🔥 2👏 2