cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

uzdepo

Локомотивное депо «Узбекистан». +99871-299-68-05 Instagram: https://instagram.com/uzdepo?r=nametag Facebook: https://m.facebook.com/depouzbekistan/

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
3 001
Suscriptores
+524 horas
+347 días
+4530 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

03:07
Video unavailableShow in Telegram
“30-iyun Yoshlar kuni”ga bag’ishlangan tadbirdan videolavha.
Mostrar todo...
IMG_3533.MOV66.80 MB
👍 6
Korxonada 28-iyun kuni “30-iyun Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida, korxonada o‘z faoliyatini yuritib kelayotgan xodimlar tomonidan she’r va kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Bundan tashqari, korxona yoshlari tomonidan tayyorlab kelingan hajviy sahna ko‘rinishi, barchaga birdak kayfiyat ulashdi. Iyun oyi doirasida o‘tkazilgan barcha musobaqalar va ko‘rik-tanlovlar videolavha tarzda namoyish etildi. Tadbir so‘nggida barcha o‘tkazilgan sport musobaqalari hamda ko‘rik-tanlov g‘oliblari korxona rahbariyati tomonidan taqdirlandilar. Tadbir ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Mostrar todo...
👍 14
Photo unavailableShow in Telegram
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Z.G‘. Narzullayevning buyrug‘iga asosan 2024-yil 01-iyul kunidan “Temiryo’linfratuzilma” aksiyadorlik jamiyatining Yagona dispetcherlik markaz boshlig’ining o’rinbosari - lokomativlarni ekspluatatsiya qilish bo’limi boshlig’i lavozimiga Omonqulov Eldor G’ulomovich tayinlandilar.
Mostrar todo...
👏 79👍 43 9🤔 8🫡 4😁 1🎉 1🏆 1
Photo unavailableShow in Telegram
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Z.G‘. Narzullayevning buyrug‘iga asosan 2024-yil 01-iyul kunidan “Temir yo’l infra tuzilma” ma’suliyati cheklangan jamiyati “O’zbekiston” lokomotiv depo boshlig’i lavozimiga Xamdamov Nurali Muxtorivich tayinlandilar. “O‘zbekiston” lokomotiv deposi jamoasi nomidan yangi mas’uliyatli vazifalari bilan tabriklab, kelgusi ishlarida omad tilaymiz.
Mostrar todo...
👍 172👏 22 9🤝 9🤔 5🫡 3🌚 1
26-iyun Xalqaro giyohvandlikga qarshi kurash kuni munosabati bilan, korxonamizda “Biz giyohvandlikga qarshimiz” shiori ostida targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi. O‘zbekiston temir yo‘llari aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi o‘rinbosarining 2024-yil 24-may kunidagi “Yoshlar o‘rtasida giyoxvandlik va psixotrop moddalardan foydalanishni oldini olish” to‘g‘risidagi 149-NZ sonli buyrug‘ini ijrosini ta’minlash maqsadida, hamda yoshlarda giyohvandlikga qarshi immunitetni oshirish, psixafaol moddalar tarqalishining oldini olishga qaratilgan yangi ta’sirchan targ‘ibot- tashviqot va tarbiyaviy profilaktik mexanizmlarni joriy etish maqsadida, O‘zbekiston lokomotiv deposi boshlig‘i E.G‘.Omonqulov tashabbusi bilan korxonamizga bir qancha mexmonlar taklif etildi. Bular; Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i palkovnik Xusanov Shuxrat. Toshkent mintaqasi temiryo‘l transportida xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi xuquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i padpolkovnik Amanov Sherzod Respublika ma’naviyat –ma’rifat markazi qoshidagi ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, filologiya fanlar nomzodi, “Oltin qalam” mukofoti sovrindori Dilshod Rajab O‘zbekiston Temiryo‘llari aksiyadorlik jamiyati markaziy temiryo‘l poliklinikasi shifokori Abidova Adelina Xamziyevna Toshkent mintaqasi temiryo‘l transportida xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi O‘zbekiston bo‘linmasi profilaktika inspektori katta litenant Isakov Sa’dulla G‘aybullaevichlar yig‘ilishda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Yig‘ilish so‘nggida tadbir ishtirokchilar tomonidan o‘zlari qiziqtirgan savollariga javob olishdi hamda ishtirokchilar tomonidan ma’ruzachilarga minnadorchilik bildirildi. Tadbir mazmunli bo‘lib o‘tdi.
Mostrar todo...
👍 23🕊 2
👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Tayinlov… “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Z.G‘.Narzullayevning 2024-yil 26-iyundagi NOK-842-sonli buyrug‘iga asosan Zulfiqorov Murod Yo'ldoshevich  "O'zbekiston" lokomotiv deposi boshlig‘ining ta'mirlash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi Zulfiqorov Murod Yo'ldoshevich, mas’uliyatli, o‘zining faoliyat sohasida bilimi, tajribasiga va tashkilotchilik qobiliyatiga ega mutaxassis. Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi rahbariyati va jamoasi nomidan Murod Yo'ldoshevichni yangi mas’uliyatli vazifalari bilan tabriklab, kelgusi ishlarida omad tilaymiz.
Mostrar todo...
👍 108👏 15🤔 6🤝 5🍾 4🔥 2 1👌 1
"O'zbekiston" lokomotiv deposining Xovos filialida 60 yoshni qarshilagan 31-sexda ish faoliyatini olib borayotgan chilangarlar F.Ashurbayev, A.Xodjanov hamda U.Zokirovlar estalik sovg’a bilan taqdirlanib nafaqaga kuzatildi.
Mostrar todo...
👍 40👏 8
"O'zbekiston" lokomotiv deposi rahbari E.G’.Omonqulov boshchiligidagi ishchi guruh korxonaning 06-sexidagi MVHT elektropoyezdlarning kompressor qurilmalarining texnik holatini ko’zdan kechirdi.
Mostrar todo...
👍 11
Archivo de publicaciones
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.