cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

ANONS.uz 🇺🇿

Oʻzbekiston va jahonda roʻy berayotgan voqea hamda yangiliklardan birinchilardan boʻlib xabardor boʻling. 📄OAV litsenziyasi 0492. 🇷🇺ANONS.uz rus tilida: @anonsuz Reklama boʻlimi: +99899 813 69 99 @uznewsads +99894 649 57 77 @uznews_ads

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
1 304
Suscriptores
-124 horas
-97 días
-4330 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
🇹🇭🇺🇿Tailand oʻzbekistonliklar uchun rasman vizasiz rejim joriy qildi 2024-yilning 15-iyul sanasidan Tailand hukumati Oʻzbekiston va yana 92 ta davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi. Endi roʻyxatga kiritilgan davlatlar fuqarolari mamlakatda 60 kungacha vizasiz yurishlari mumkin. @anonsuzbek
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿🎶Samarqandda “Sharq taronalari” festivali boʻlib oʻtadi 25-30 avgust kunlari “UNESCO” shafeligida Samarqandda “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali oʻtkaziladi. Qayd etilishicha, ushbu festivalda ishtirok etish uchun 100 dan ortiq davlatga taklifnomalar yuborilgan. Hozirda festivalda qatnashish uchun Yaponiya, Indoneziya, Polsha, Belorussiya, Ozarbayjon, Gruziya, Italiya va boshqa bir qator Sharqiy Osiyo davlatlaridan arizalar kelishi boshlandi. @anonsuzbek
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
⚽️Ispaniya terma jamoasi “Euro 2024”da gʻolib boʻldi Hal qiluvchi match Berlinda boʻlib oʻtdi va jamoa Angliya jamoasi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. 👉Batafsil: https://anons.uz/ru/news/ispaniya-vyigrala-euro-2024 @anonsuzbek
Mostrar todo...
Toshkentdagi Taras Shevchenko koʻchasi gastronomik xiyobonga aylantiriladi Bu yerda yoritish ustunlari, oʻrindiqlar va chiqindi urnalari oʻrnatiladi, daraxt koʻchatlari oʻtqaziladi va boshqa koʻplab ishlar amalga oshiriladi. Qurilish ishlari 15-iyuldan boshlanadi. Shuningdek, koʻchada fotozonalar, piyodalar yoʻlaklari, veloyoʻlaklar, bolalar oʻyingohi va koʻrgazmali sahna boʻlishi rejalashtirilgan. @anonsuzbek
Mostrar todo...
1
Toshkentdagi Taras Shevchenko koʻchasi gastronomik xiyobonga aylantiriladi Bu yerda yoritish ustunlari, oʻrindiqlar va chiqindi urnalari oʻrnatiladi, daraxt koʻchatlari oʻtqaziladi va boshqa koʻplab ishlar amalga oshiriladi. Qurilish ishlari 15-iyuldan boshlanadi. Shuningdek, koʻchada fotozonalar, piyodalar yoʻlaklari, veloyoʻlaklar, bolalar oʻyingohi va koʻrgazmali sahna boʻlishi rejalashtirilgan. @anonsuzbek
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
🎤Milliy bogʻda bepul konsert dasturi boʻlib oʻtadi 14-iyul kuni bogʻ mehmonlarini “Benom” guruhi, DJ Safronov va “Tumor Band” guruhining chiqishi, olovli shou va boshqa koʻplab narsalar kutmoqda. 🕖Boshlanish vaqti: 19:00 💰Kirish bepul. @anonsuzbek
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
🧒🏻🎈“Limpopo” akvaparkida “Bolalar kuni” aksiyasi oʻtkazilmoqda Har juma kunlari akvaparkda 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga kirish uchun 50% chegirma taqdim etiladi. 💰Ish kunlari chegirmasiz kirish narxlari: • kattalar uchun: 2 soat – 75 000, 3 soat – 100 000, butun kunga – 140 000 soʻm. 30 soat uchun abonement – 800 000 soʻm; • 3-12 yoshdagi bolalar uchun: 2 soat – 50 000, 3 soat – 60 000, butun kunga – 80 000 soʻm. 30 soat uchun abonement – 500 000 soʻm. @anonsuzbek
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
🤩Jony, Jah Khalib, Inna va boshqa dunyo yulduzlari Andijonda oʻtkaziladigan festivalda qatnashadi 29-iyuldan 31-iyulga qadar Andijon viloyatining Xonobod shahrida “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada sanʼati festivali boʻlib oʻtadi. Festivalning ochilish marosimida Hamdam Sobirov, Yulduz Usmonova, Dianella va Jah Khalib (Qozogʻiston) ishtirok etishi rejalashtirilgan. 30-iyul kuni esa Shohruxxon, Megan (Belgiya) va Jony (Ozarbayjon) oʻz chiqishlari bilan festival mehmonlarini xursand qiladi. 31-iyul kuni, festivalni yakunlash tadbirida mehmonlar Rayhon, Dj Sukhbir (Hindiston) hamda jahon yulduzi Inna ishtirokidagi musiqiy chiqishlardan zavqlanishi mumkin. @anonsuzbek
Mostrar todo...
🤣 2❤‍🔥 1👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
🌏😎“Tashkent City” bogʻida teatr, muzey va planetariyga kirish uchun aksiya amal qilmoqda Bogʻda har kuni muzey, teatr va planetariyga aksiyalar amal qilmoqda: • Muzey + planetariy = 110 000 soʻm; • Muzey + teatr = 150 000 soʻm; • Muzey + planetariy + teatr = 200 000 soʻm. 💵Standart narxlar: • Muzey – 50 000 soʻm; • Planetariy – 80 000 soʻm; • Teatr – 120 000 soʻm. 🕖Ish vaqti: soat 11:00 dan 23:00 gacha. @anonsuzbek
Mostrar todo...
00:25
Video unavailableShow in Telegram
🌋😍Italiyada choʻgʻ otilib chiqayotgan vulqon manzarasida konsert oʻtkazildi Sitsiliyada hayratlanarli manzara bilan konsert boʻlib oʻtdi. Tadbir eramizga qadar lll asr teatrida ochiq osmon ostida oʻtkazildi. 👉Etna vulqoni bir necha kundan beri choʻgʻ va kul chiqarmoqda, lekin mutaxassislar buni hozircha xavfli emas deb hisoblashgan. @anonsuzbek
Mostrar todo...
IMG_8517.MP48.61 MB
👍 2
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.