cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Jomboy tongi gazetasi

Samarqand viloyati Jomboy tumani “Jomboy tongi” gazetasining rasmiy kanali Bot (Xabar qoldirish): @jomboytongibot ☎️(0366) 475-27-00, (94) 186-23-85 🔗http://jomboytongi.uz http://facebook.com/jomboy-tongi-gazetasi 🏛Jomboy shahri, Archazor koʻchasi, 13-uy.

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
392
Suscriptores
Sin datos24 horas
-37 días
-930 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Photo unavailableShow in Telegram
🔵 “Jomboy tongi” gazetasining 24-sonida (8.07.2024-y.) o‘qing: 📌 Karib havzasida “Beril” xavfi e’lon qilindi; 📌 Musaffo zamin – taqdirimiz; 📌 Shifo izlab... 📌 Sermazmun damlar xotirasi.
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
📌 Eng yaxshi tarbiyachilar saralandi 9-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2024” koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi. Unda metodist va tarbiyachilarning kasbiy mahorati, ular tomonidan tayyorlangan videoroliklar hamda ish faoliyati davomida erishgan yutuqlari hay’at aʼzolari tomonidan baholandi. Gʻolib ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Ulaning va ulashing: Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
📌 Birinchi sektor tajribasi Tumanimizning 1-sektor shtabi faoliyati bilan jamoatchilikni tanishtirish maqsadida press-tur tashkil qilindi. Tadbirda tuman hokimi, shtab a’zolari va jamoatchilik faollari qatnashdi. Qayd etilishicha, sektor hududida 53 ming 400 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 1368 nafari ishsiz hisoblanadi. Aholi bandligini ta’minlash yuzasidan 10 ta mahalla kesimida oyma-oy reja ishlab chiqilgan. Joriy yilning o‘tgan davrida 714 nafar fuqarolar bandligi ta’minlangan. Ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ham ma’lumot berildi. Ta’kidlanishicha, birinchi chorak davomida 28 ta oila kambag‘allikdan chiqarilgan. Bundan tashqari, 9 ta mahallada Sayhunobod tajribasini joriy etish belgilangani, “Agrobank” tuman filiali bilan hamkorlikda amaliy ishlar davom etayotgani ochiqlandi. Tadbirda shu kabi masalalar yuzasidan mufassal axborot berildi. @jomboytongi
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
📌 Xodim huquqini kim himoya qiladi? Kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti mavzusida press-tur o‘tkazildi. Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman kengashi ma’lumotiga ko‘ra, ayni kunda uyushmaga a’zo tashkilotlar 92 tani tashkil etadi. Tarmoqdagi kasaba uyushmasiga a’zolar soni esa 4677 nafarga yetgan. O‘tgan bir yil davomida xodimlardan 416 ta murojaat qabul qilingan. Kasaba uyushmasi a’zolarining ijtimoiy himoyasi, dam olishi va salomatligini tiklashi uchun sa’y-harakatlar tizimli olib boriladi. Jumladan, so‘nggi 6 oyda 25 nafar xodimlarga konsert dasturlari uchun chiptalar olib berilgan. Shuningdek, 50 nafar xodim Toshkent shahriga, 40 nafari Xorazm viloyatiga sayohat qilgan. Og‘ir sharoitlarda yashayotgan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironlarni parvarishlayotgan oilalarga 100 million so‘mdan ortiq moddiy yordam ko‘rsatilgan. Shu kabi ma’lumotlar press-tur davomida ochiqlandi va amaliy tarzda taqdimot qilindi. @jomboytongi
Mostrar todo...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
📌 Jomboylik ziyokorlar maskani Tuman axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan jamoatchilikni tanishtirish maqsadida press-tur o‘tkazildi. Qayd etilishicha, markaz 2022-yildan yangi binoda faoliyat yuritadi. “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida barpo etilgan ushbu inshootga mahalliy budjetdan 1,2 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Bugungi kunda 18300 nusxa kitoblar jamlangan. Bundan tashqari, 78 xil elektron resurslar, 48 nomdagi gazeta, 27 nomdagi jurnal taxlamlaridan foydalanish umkoni mavjud. Foydalanuvchilarning umumiy soni 7 mingdan ortiq. Tadbirda shu kabi raqamlar ochiqlandi, ishtirokchilarning savollariga aniq misollar bilan javob qaytarildi. @jomboytongi
Mostrar todo...
👍 1
03:35
Video unavailableShow in Telegram
📌 “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi tuman filiali faoliyati bilan jamoatchilikni tanishtirish maqsadida brifing o‘tkazildi @jomboytongi
Mostrar todo...
Xasanov.mp428.79 MB
📌 Xotin-qizlar faoli har jabhada faol bo‘lishi kerak Namunali ish yuritayotgan xotin-qizlar faollari faoliyati bilan jamoatchilikni tanishtirish maqsadida Qo‘lbosti va Polvonariq mahallalariga press-tur o‘tkazildi. Qayd etish joizki, ushbu ikki mahalla tumanimizning markazdan olis, bir-biriga tutash hududi sanaladi. Umimiy hisobda 9 mingga yaqin aholining 51 foizini xotin-qizlar tashkil qiladi. Press-turda qayd etilishicha, ushbu hududlar xotin-qizlar bandligini ta’minlash va jinoyatchilikka chek qo‘yishda yetakchi ekan. Bundan tashqari, so‘nggi 3 yilda erta tug‘ruq va noqoqnuniy nikoh holatlari kuzatilmagan. Mahalla qoshida tashkil qilingan “Farishtali bekalar” hamda “Orasta qizlar” klublarining faoliyati ishtirokchilarda qiziqish uyg‘otdi. @jomboytongi
Mostrar todo...
Photo unavailableShow in Telegram
📌 Zarafshon – noyob ekologik mintaqa Zarafshon daryosi havzasidagi noyob ekomuhitni jamoatchilikka taqdimot qilish maqsadida press-tur o‘tkazildi. Qayd etish joizki, ushbu daryo tumanimiz qishloq xo‘jaligining asosiy sug‘orish manbasi hisoblanadi. U boshqa daryolardan farqli o‘laroq, ulkan Macho muzligi ostidan oqib chiqishi soha mutaxassislarining hayratiga sabab bo‘lgan. Qariyb 20 ta yirik muzlikni o‘zida jamlagan qoyalar 24 kilometr davomida 5960 metran 2775 metrgacha nishablik sari enib boradi. Daryoning tusi va hosildorlik xusuyati borasida turli ilmiy farazlar mavjud. Jumladan, muzlik ustiga yopirilgan chang va tuproq quyqalari, keyinchalik undan hosil bo‘lgan morenalar bunga sabab qilib ko‘rsatilgan. Qachonlardir Zarafshon hozirgidan yuz bor yirik va sersuv bo‘lgan. Akademik A.Muhammadjonovning fikricha, daryo besh ming yil muqaddam o‘z suvini Amudaryoga quygan. Darhaqiqat, XVI asrda yashab o‘tgan samarqandlik tarixchi olim Hofiz Obro‘ “Ko‘hak suvi sernam yillarda to Jayhunga qadar yetar edi”, deb yozadi. Arxeologik o‘rganishlar, qiyosiy taqqoslashlar ham qadimda Zarafshonning benihoya muazzam bo‘lganlinini tasdiqlaydi. Shunchalarki, dovrug‘i olis Rim va Yunonistongacha yetgan. Yunon mutafakkiri Kvint Kursiy Ruf eramizning I asriga oid qo‘lyozmalarida shunday yozadi: “So‘g‘diyonaning katta qismidan mahalliy aholi “Politimet” deb ataydigan daryo oqib o‘tadi. U avval tor o‘zandan, so‘ng ensiz g‘orga oqib, yer ostida ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. Biroq daryoning sharillagan tovushi eshitilib turadi. Yer usti doim zax”. Yana bir antik davr olimi Strabon ham o‘z qaydlarida Zarafshonni tilga olgan. Sirasini aytganda, Zarafshon vodiysi tasavvur qilganimizdan ancha yirik. Tumanimiz uning bir qismini tashkil etadi, xolos. Uning sohili bo‘ylab to‘rt milliondan ortiq aholi istiqomat qilishini hisobga olsak, buni tasavvur etish mushkul emas. Press-tur davomida ushbu noyob ekomuhitni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar taqdimot qilindi.
Mostrar todo...
📌 Mahalla binosi – jamoatchilik uyi So‘nggi bir yilda barpo etilgan mahalla binolaridagi ish jarayoni bilan jamoatchilikni tanishtirish maqsadida press-tur o‘tkazildi. Qayd etilishicha, bugungi kunda tumanimizda mavjud 38 ta mahallaning 36 tasi o‘z binosiga ega. Shundan 10 tasi so‘nggi 2 yilda barpo etilgan. Bundan tashqari, mahallalar moddiy texnik bazasini mustahkamlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Joriy yilning mart oyida Taldirazzoq, Tut, Xitoypoyon, Nogahon, Samarqand, Nazar, Eski Jomboy, may oyida Qang‘li, Qo‘rg‘onsolomon, Qo‘ng‘irot va Quduqli mahallalariga kompyuter jamlanmasi berilgan. Tumandagi Qo‘ng‘irot va Quduqli mahallalari o‘z xizmat binosiga ega emas, hozirgi kunda ushbu mahallalarning binosini qurish ishlari davom etmoqda. @jomboytongi
Mostrar todo...
👍 1
📌 Tajribali tomorqachilar zamon qahramoni Samarali ish yuritayotgan tomorqachilar faoliyati bilan jamoatchilikni tanishtirish maqsadida press-tur o‘tkazildi. Qishloq xo‘jaligi bo‘limi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda Sarichashma mahallasidagi Hadicha Narziyeva tajribasi taqdimot qilindi. Ushbu xonadonda 12 sotix tomorqa maydoni mavjud bo‘lib, turli sabzavotlar ekilgan. Undan tashqari 2 sotix issiqxona ham mavjud. Bu yerda pomidor yetishtirib, yiliga 3 marta hosil olinmoqda. Tadbir davomida bu kabi tajribali tomorqachilar tumanda ko‘plab ekani ta’kidlandi.
Mostrar todo...
Elige un Plan Diferente

Tu plan actual sólo permite el análisis de 5 canales. Para obtener más, elige otro plan.