cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Human — LIVE

Yangiliklar qisqa satrlarda Murojaat uchun👉 @Livehumanuzbot Rasmiy kanal👉 @humanuzofficial Sport👉 @humansportuz

Mostrar más
Uzbekistán63 025El idioma no está especificadoLa categoría no está especificada
Advertising posts
186Suscriptores
Sin datos24 hours
Sin datos7 days
Sin datos30 days

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Afg‘oniston Prezidenti Ashraf Gʻani bugun Toshkentga amaliy tashrif bilan keldi Oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Afg‘oniston rahbari 15-16 iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar" xalqaro konferensiyasida ishtirok etishi kutilmoqda. 👉@livehumanuz
Mostrar todo...
O‘zbekistonda kamida 1,7 million kishining oyligi 100 dollarga ham yetmaydi 2021-yil may oyida ish haqidan daromad solig‘i to‘lagan fuqarolarning 38 foizi 1 million so‘mgacha, 24 foizi esa 1–2 million so‘m oralig‘ida maosh olgan. 👉@livehumanuz
Mostrar todo...
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu Fargʻonaga keldi Vazir Margʻilondagi Hunarmandlar markazi, Oltiariqdagi uzumchilik bogʻlari, Qoʻqondagi Xudoyorxon saroyi bilan tanishdi — hokimlik. Vazir 15-16-iyul kunlari Toshkentda boʻlib oʻtadigan xalqaro konferensiyada ham ishtirok etadi. 👉@livehumanuz
Mostrar todo...
Sh.Mirziyoyev imzolagan hujjatlar bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi negizida Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tashkil etilmoqda. 👉@livehumanuz
Mostrar todo...
Sergey Lavrov Toshkentga keldi Rossiya tashqi ishlar vaziri Toshkentda 15-16-iyul kunlari boʻlib oʻtadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” anjumanida ishtirok etadi. 👉@livehumanuz
Mostrar todo...
«Yangi Oʻzbekiston» universitetida yillik kontrakt 49 700 000 soʻm, xorijliklar uchun esa 10 ming dollar etib belgilandi. 👉@livehumanuz
Mostrar todo...
15-iyul kuni Qonunchilik palatasining yalpi majlisida aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinadi. Yalpi majlisda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyevning axboroti eshitiladi. 👉@livehumanuz
Mostrar todo...
360 turdagi davlat bojlarini Yagona elektron billing tizimi orqali to‘lash yo‘lga qo‘yilgani hisobiga 24 milliard so‘m mablag‘lar tejalgan Joriy yilning 13-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga taqdim etligan raqamli texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlariga oid taqdimotda sohaga tegishli qator masalalar muhokama qilindi. 👉@livehumanuz
Mostrar todo...
Toshkent metropoliteni Rossiyadan 10 ta poyezd sotib oladi Toshkent metropoliteni uchun oʻnta toʻrt vagonli metro poyezdlarini sotib olish boʻyicha hukumat qarori qabul qilindi. Unga koʻra, Rossiyadan 2021-yilning 1-dekabriga qadar “Toshkent metropoliteni” UK uchun 10 ta yangi toʻrt vagonli poyezdlar olib kelinadi. Loyihaning umumiy qiymati 63,7 mln. yevroni tashkil qiladi. Shundan 8,7 mln davlat byudjeti mablagʻlari, 30,5 mln. Rossiya Davlat taraqqiyot korporatsiyasi „VEB.RF“dan olingan kreditlar, 24,5 mln. esa  „Roseksimbank“ AJdan olingan kreditlar hisobidan qoplanadi. Qayd etilishicha, 10 ta poyezd yiliga 95,6 mln. yoʻlovchini tashiydi. „VEB.RF“ krediti stavka boʻyicha 11-yilga, „Roseksimbank“  krediti esa 12 yilga berildi. 👉@livehumanuz
Mostrar todo...
Oʻzbekistonda dollar kursi birinchi marta 10 700 soʻmga qadar koʻtarildi Quyida dollarning yangi qiymatlari: «Agrobank» sotib olish — 10 610, sotish — 10 690; Asia Alliance Bank: sotib olish ­­— 10 640, sotish — 10 700; NBU: sotib olish — 10 640, sotish – 10 700; Orient Finans Bank: sotib olish — 10 590, sotish — 10 690; «Savdogar bank»: sotib olish — 10 590, sotish — 10 690. 👉@livehumanuz
Mostrar todo...